Vola (1770-1842)

Vola (taxallusi; asl ismi Eshonxo‘ja Mirinoyatullo o‘g‘li) (1770 — Samarqand viloyati Ishtixon tumani — 1842) — o‘zbek shoiri. Vozehning «Suhbatdoshlar tarjimai holidan do‘stlarga tuhfa» tazkirasida keltirilishicha, Vola tug‘ma ko‘zi ojiz bo‘lgan. Shunga qaramay u turkiy va forsiy tillarda ijod qilgan.

Vola 19-asr Kattaqo‘rg‘on adabiy muhitiga mansub Shavqiy, Nodim, Xiromiylar bilan ijodiy muloqotda bo‘lgan. Navoiy, Hofiz she’rlariga tazmin, muxammaslar bog‘lagan. She’rlari ijtimoiy, falsafiy va ishqiy mavzuda. Ularda mehnatkash xalq hayoti, turmush mashaqqatlari, o‘z qashshoqligidan norozilik, shu bilan birga ezgu orzular ifoda etilgan.

Ba’zi manbalarda she’rlaridan 2 ta devon tartib bergani va bayozlar tuzgani haqida ma’lumot keltiriladi, ammo ular hali topilmagan. Turli bayozlarga kirgan 3 ming misradan ortiq she’rlari bizgacha yetib kelgan.

G‘AZALLAR

* * *

Yoshurmish orazin ul oy niqobimushkfom ichra,
Nihon bo‘lg‘on kibi ko‘zdin quyosh ruxsori shom ichra.

Boshingdin o‘rgulub xolingdin o‘psam, e’tiroz etma,
Qi, taqbili hajar sunnat emish baytulharom ichra.

Ko‘runur garchi davron gulshani, ey do‘stlar, xurram,
Vafo mehrini siz andin tama’ etmang mashom ichra,

Fig‘on bul charxi zolimdinki, dono qon yutar doyim,
Ichar nodon tarab jomini bazmi ehtirom ichra.

Adadsiz zaxmlig‘ tan ichra andog‘ tolpinur ko‘nglum,
Havodis zulmidin tushgan o‘shal qushdekki dom ichra.

Jahon bog‘ida umredurki bir gul vaslini istab,
Qilurmish Vola bulbuldek navoldr har maqom ichra.

* * *

Chaman ichra qayu sarv ul sihi qad qoshig‘a xam yo‘q,
Jahon ahli agar ishqida jon bersa, anga g‘am yo‘q,

Nechuk izhor etay, ey do‘stlar, ul siymtan ishqin,
Ko‘ngul rozini ifsho etgudek olamg‘a mahram yo‘q.

Ko‘rub ko‘nglumg‘a har yon zaxmlar hijroni tig‘idin
Dedilar ahli hikmat: g‘ayri vasli anga marham yo‘q.

Eshitib rahm qilmas ul quyoshsiymo fig‘onimni,
Agarchi ko‘nglum ahvoli anga bir zarra mubham yo‘q.

Parilarga makondur garchi gulzori Eram, ammo
Manga ul hur paykar ko‘yidek dilxohu xurram yo‘q.

Ko‘rub ul oy yuzin miynosini gulgun araq ichra,
Nechuk dersiz guli gulzori ruxsorig‘a shabnam yo‘q.

Ko‘ngulni xush tutub doim, zamone bo‘lmangiz g‘amgin,
Nedinkim ko‘k ravoqidek tiriklik qasri mahkam yo‘q.

Qiyomat vahmidin qon yig‘laganda, kuygan ey g‘ofil,
Oni holig‘a yig‘langkim, ko‘zig‘a qatrai nam -yo‘q.

Agarchi Vola a’molig‘ g‘amidin qon yutar, lekin
Oni botin ko‘zin haq ochsa, zohir diydadin kam yo‘q.

* * *

Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun,
To maningdek ahli olam zoru shaydolanmasun.

Garchi o‘ldum novaki nozingdin, ey abru kamon,
O‘zgalarni qasdig‘a, yorab, ul o‘q yolanmasun.

Ko‘z yoshim bahrida g‘arq o‘ldum yuzung hijronida,
Mehr topg‘onda kishi ul nav’ daryolynmasun.

Ohu ashkimdin tavahhum qilki, hajringdin yana
Nuh to‘foni jahon mulkig‘a paydolanmasun.

Qaddu ruxsoring tamannosida aylarman fig‘on,
Bulbulu qumri gulu sarv uzra g‘avg‘olanmasun.

Sunbuli zulfingni tarqatma yuz uzra, gar desang,
Atridin devonalardek xalq savdolanmasun.

Noz ila har sori ko‘z sol, aylasang sayri chaman,
Sharmdin bodomu nargis ko‘zi shahlolanmasun.

La’li jonbaxshingdin etma nuktaye daryog‘a fosh,
To duri shahvor marjonidin izolanmasun.

Quvlanib ko‘yung gulistonidin, ey nomehribon,
Hech oshiq Voladek ishqingga rasvolanmasun.

MUXAMMASLAR

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Zulfin, ey mashshota, tarqab husni behamtog‘a soch,
Sunbulin gul uzra, ya’ni orazi zebog‘a soch,
Shom atrin subh yanglig‘ safhai bayzog‘a soch,
Turra marg‘ulin ochib, ruxsori mahsiymog‘a soch,
Tun savodi anbarin mehri jahonorog‘a soch.

Yusufiston baytul ehzoiim bu axshom, ey sipehr,
Maqdami osori imonim bu axshom, ey sipehr,
Husnig‘a parvonadur jonim bu axshom, ey sipehr,
Erdur sham’i shabistonim bu axshom, ey sipehr,
Axtaringning durlarin bu bazmi mehrosog‘a soch.

Har sabohdek sho‘xlig‘ni qilma izhor, ey nasim,
Berma ilkingdin adab rasmini zinhor, ey nasim,
Lek bu bog‘ ichra bo‘lg‘aysen xabardor, ey nasim,
Sarvi gulro‘yum qilur gulgashti gulzor, ey nasim,
Dam-badam sorig‘, qizil gul ul guli ra’nog‘a soch.

Mehribonlig‘ mujdasin yetkurdi ul nomehribon,
Hajr o‘tig‘a kuyma bir dam emdi, ey afsurda jon,
Vasli davroni yaqindur chekma, ey ko‘ngul, fig‘on,
Yig‘lama, ey ko‘zki, ul oy bo‘lg‘usidur mehmon,
Gar sochar sen yuz guhar, ul gavhari yaktog‘a soch.

Dayr aro ne ishva paydo aylading, ey mug‘bacha,
Kufr elin ko‘nglini yag‘mo aylading, ey mug‘bacha,
Har taraf yuz fitna barpo aylading, ey mug‘bacha,
Zuhd elin may birla rasvo aylading, ey mug‘bacha,
Jur’aye yetti-yu, rahm aylab meni rasvog‘a soch.

Ahli islom ichra ar Bastomiy bo‘lsun, v-ar Junayd,
Olg‘usi ko‘ngullarin ul kofir aylab makru qayd,
Emdi kim olamda qoldi qilmay ul sayyod sayd,
Din aro din ahlining bo‘ynig‘a zulfi bo‘lsa qayd,
Bul’ajab zunnordur ul dilbari tarsog‘a toch.

Har necha qilsang karam muhtojdin tutma darig‘,
Lutf mustag‘niyg‘a qilmoq sudi yo‘q, bilgil anig‘,
Bir giyahdek menki, yomg‘ur ko‘rmagan, rangi sarig‘,
Tashnag‘a ber fayz, ey abri karamkim, ne asig‘,
Garchi suv yuz qatla daryodin olib daryog‘a soch.

Qilmag‘aysan andin o‘zga yor vasfin guftugo‘,
Istasang ikki jahon bog‘ida guldek obro‘,
Voladek doim ul oy vaslinn etgil justujo‘,’
Ey Navoiy, umri jovid aylar ersang orzu,
Bas, jahonning naqdini ul la’li ruhafzog‘a soch.

* * *

Na o‘tlug‘ oraz erkan shu’lasi jismimg‘a jo qilmish,
Na hijron tig‘i erkan band-bandimdin judo qilmish,
Na kofir ko‘zlar erkan dinu imondin judo qilmish,
Na xam qoshlar dururkim hasrati qaddimni yo qilmish,
Na kipriklar o‘qikim, ro‘zgorimni qaro qilmish.

Yozibdur qismatim ro‘zi azalda xomai yazdon,
Qutulmaqlik bu ishdin qayda bo‘lg‘ay zarraye imkon,
Deding: «Ishqingni tark et. Vah, bu ish ermas manga oson,
Qazodindur manga ishq o‘ynamoq, ey nosihi nodon,
Ko‘rubsenmu kishi hargizki tag‘yiri qazo qilmish?

Solibdur boshima gardun havoi dilrabolarni,
Alarga oshno, begona aylab oshnolarni,
Qilib shahlar gado-yu, podshoh aylab” gadolarni,
Ajab ko‘r ishq arokim mo‘r etar, vah, ajdaholarni,
Fusundin mo‘r xatlar qayda zulfin ajdaho qilmish.

Tavofi Ka’bai ko‘yungga tokim bog‘ladim ehrom,
Quyundek po‘ya aylab, tutmayin bir yerga hech orom,
Etib ko‘yiga, shaylillah tortib aylagach ibrom,
Ne nozikxo‘ erurkim, aylamish o‘truda yuz dashnom,
Gadoyekim, ani qoshu ko‘zu qaddin duo qilmish.

Og‘iz ochmam ul oyning g‘ayr jomi vasl shukridin,
Tilimg‘a o‘zga so‘z mazkur emasdur la’li zikridin,
Emasdur Vola forig‘ bir zamone oni fikridin,
Navoiyning xalosi yo‘q edi ul g‘amza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dag‘i bo‘ynumg‘a toqilmysh.

* * *

Sandek qachon mahbublar, ey sho‘x, jobir bo‘lg‘usi,
Ushshoq xayli men kabi har necha sobir bo‘lg‘usi,
Umrim firoqing zulmidin albatta oxir bo‘lg‘usi,
Ishq ahli go‘ristonida qabrim chu zohir bo‘lg‘usi,
Farhod oning toshin yo‘nib, Majnun mujovir bo‘lg‘usi.

Netsun jamoling hajrida oy lam’asin gar yuz budur,
Hay qatrasidin anda ko‘p ko‘rgach, dedim yulduz budur,
Jonu tanim kuysa ne tong, ishqing o‘tida so‘z budur,
Dersen, yuzum sori ko‘zung ko‘p boqmasun, gar ko‘z budur,
Ul mehr tobidin erib oqquncha nozir bo‘lg‘usi.

Har nechakim el qatlig‘a fatton ko‘zung aylar jadal,
Jon bergusidur lablaring dahr ahlig‘a so‘z der mahal,
Lutfing qoshida zahrdur hayvon suyi gar filmasal,
G‘amzangdin o‘lturmak ishin ta’lim ola kelmish ajal,
Bu nav’ ustoz o‘lsa, ul tez chog‘da mohir bo‘lg‘usi.

Ohimni dudi bo‘lmadi ko‘nglum o‘tining rofei,
Zulfung savodi ne ajab bo‘lsa jamoling lomei,
Zulmat aro qolmas nihon mehri tajalliy tolei,
Xatti g‘ubori demakim, bo‘lg‘usi ul yuz monei,
Tun pardasi oy nurig‘a ne nav’ sotir bo‘lg‘usi.

Subhimni, jono, aylamish hajring mubaddal shomg‘a,
Lekin tarahhum qilmading hargiz meni nokomg‘a,
Ishqing meni zor ayladi tushgan kibi qush domg‘a,
Ul g‘amza kufridin ko‘ngul nav’e kelur islomg‘a,
Kim tarki islom aylabon go‘yoki kofir bo‘lg‘usi.,

Ishqing o‘ti tug‘yonidur jismim aro mug‘ dayridek,
Jon bulbuli anda, ne tong, talpinsa ko‘nglum tayridek,
Bilmay menga qilding jafo ahli muhabbat g‘ayridek,
Bo‘lg‘usi mutlaq shu’lalar ichra samandar sayridek,
Sensiz ko‘ngul gulzor aro ul damki soyir o‘lg‘usi.

Botin safo topsun desang, af’oli zohir daf’in et,
Albatta ko‘ngul lavhidin naqshi mazohir daf’in et,
Gar maqsading diydor erur, ul nav’ sotir-daf’in et,
Xotirni jam’ istar esang, avval xavotir daf’in et,
Kimki xavotir bo‘lmasa, osuda xotir bo‘lg‘usi.

Marg‘ub zotingni kishi gar anglasa tanzihini,
Yuz yil qilolmas fikr etib mingdin biri tavjihini,
Gar Voladek bersang ne tong ul cho‘p ila tanbihini,
Qildi Navoiy qaddingga sarvi sihi tashbihini,
Bu tab’i nomavzun bila bechora shoir bo‘lg‘usi.

MAHZUN G‘AZALIGA MUXAMMAS

Seni mahbublik mulkida ulkim arjumand etti,
Mani ham ishq vodisida zoru mustamand etti,
Yuzungni, ey parivash, gul kabi xotir pisand etti,
Azal dehqoni qadding naxlini to sarbaland etti,
Muhabbat rishtasi ko‘nglum qushi bo‘ynig‘a band etti,

Murodim bo‘lmadi o‘l sho‘xdin hosil chiqib, vahkim,
Mani o‘ldurdi bo‘lg‘ach o‘zgaga moyil chiqib, vahkim,
Demang, ishq ahlini qatlig‘a ul qoyil chiqib, vahkim,
Buti.nomehribonim masti loya’qil chiqib, vahkim,
Boshimg‘a sekratib, xoki tanim gardi samand etti.

Quyoshga o‘xshatur avval jamolin aqli ko‘tohi,
Nedinkim anga yetmas ishq elining nolau ohi,
Boqib o‘z jilvasig‘a noz ila tovus kabi gohi,
Yamon ko‘z tegmasun husnumg‘a deb ul xo‘blar shohi,
Jamoli otashig‘a donai xolin sipand etti.

Ko‘ngul berdim ko‘zu qoshingga, jono, asru dilkash deb,
Tarahhum qilmading hargiz, bu bir zori balokash, deb,
Jamii’ dilrabolardkn seni mumtoz mahvash deb,
Maloik shahnasi xurshidni husnig‘a sarkash deb,
Eshib, aylanturub, ta’zir uchun gardung‘a band etti.

Yangi oydekqoshi fikrlda qaddim turfa zor erdi,
Labini hasratidin ham hazin jonim figor erdi,
Visoli bodasidin Vola ko‘p ummidvor erdi,
Qiyo boqg‘aymu deb, Mahzun, ko‘ngul ko‘p intizor erdi,
Bihamdillahki, mijgon novakidin bahramand etti.

HOFIZ G‘AZALIGA MUXAMMAS

Maro ro‘zeki, ey gardun, az on mah dur afkandi, _
Ba olam z-on sabab hargiz nadidam ro‘i xursandi,
Shabe nogah dar on holat ba ummedi barum andi,
Sahar bar bod meguftam hadisi orzumandi,
Xitob omad, ki vosiq shav ba altofi xudovandi.

Namedonam chi kayfiyat buvad dar ishqi afsunsoz,
Naboshad dar rahash az yakdigar shohu gado mumtoz,
Kase ogah nashud az kori o‘ sehr ast yo e’joz,
Qalamro on zabbn nabvad ki sirri ishq go‘yand boz,
Burun az haddi taqrir ast sharhi orzumandi.

Sabab az ashki surxam, noseho, z-on ro‘i gulgun purs,
Zi xuboni jafojo‘ holimahjuroni dilxun purs,
Birav az jilvai Shiryn, g‘ami Farhodi mahzun purs,
Dil andar zulfi Layli bandu kori ishqi Majnun purs,
Ki oshiqro ziyon dorad maqoloti xiradmandi.

Labi la’li duraxshonat ravonbaxsh astu sho‘rangez,
Suxanhoya itoboludaat shahd astu so‘zangez,
Ba nozi g‘amza chashmonat nishotafzou ham xunrez,
Ba sehri g‘amzai fatton davobaxsh astu dardangez,
Ba chini zulfi mushkafshon diloromevu dilbandi.

Baqoi davlati Qaysar binoi hashmati Fag‘fur,
1’izoi tab’y darveshon kunad poyandau masrur,
Buvad oinai choh az duoi ojizon purnur,
Alo, ey Yusufi Misri, ki kardad saltanat mag‘rur,
Padarro boz purs oxir, kucho shud mehri farzandi?

Bu olifitrati az baski bo dunon majo‘ payvand,
Bu mehr az xoki zulmoti ba so‘hbat siflaro meband,
Zi nopokon kashad albatta doman har saodatmand,
Humoi chun tu oliqadr hirsi ustuxone chand?
Dareg‘ on soyai davlat, ki bar noahl afkandi.

Ba yodi do‘st har jo chashmi oshiq giryaolud ast,
Ki fayzi on guharho hamchu kavkabhoi mas’ud ast,
Shikasta xotiru so‘zi dil injo boisy sud ast,
Duoi subhu shomi tu kalidi ganji maqsud ast,
Ba in rohu ravish merav, ki bo dildor payvandi.

Buvad in Vola kamtar az sagoni orifon harchand,
Ba amri shah ba ro‘hi Xoja shud, lekin tavajjuhmand,
Chi mumkin v-arna dar abyoti u harfe kunad payvand,
Ba she’ri Hofizi Sheroz mexonandu meraqsand,
Siyahchashmoni kashmiriyu arkoni samarqandi.