Mirhasan Sadoiy (XVIII asr – 1820)

Mirhasan Sadoiy (18-asr 2-yarmi — Farg‘ona — 1820) — shoir. Hayoti va ijodiga oid ayrim ma’lumotlar Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida uchraydi. Huvaydoning shogirdi, ko‘pchilik she’rlari uning g‘azallariga hamohang.

Hofiz, Navoiy, Mashrab adabiy an’analarini davom ettirgan, g‘azallariga naziralar bitgan. She’rlarida dunyoviy sevgi, do‘stlik, axloqiy fazilatlar, ilm-ma’rifat kuylangan, ijtimoiy nohaqliklardan shikoyat qilgan.

Lirikasi ham ijtimoiy mavzuda («Salom», «Bo‘lmadi» va b.). Bizgacha 168 g‘azal, 1 muxammas, 1 musaddas, 1 muvashshah, 2 chiston — 1800 misradan iborat devoni (Toshkent, 1916) yetib kelgan, qo‘lyozmasi topilmagan.

G‘AZALLAR

* * *

Latofat bo‘stonida sanidek yor kelgaymu?
Jahon g‘amxonasi ichra manidek zor kelgaymu?

Yuzingni ishqida man benavodek, ey shahi xubon,
Alamdin siynasi majruh, yurak afgor kelgaymu?

Qurub majlis tutub sog‘ar tamom elini kuydurgon,
Ichib maydin bo‘lub mast, ko‘zi xummor kelgaymu?

Tamomi avvalu oxir sani hoziq tabib derlar,
Yurub darmon topolmay, man kabi bemor kelgaymu?

Jamoling ko‘rmayin, jono, qolib hasrat bila g‘amda
Aziz jondin jahonda man kabi bezor kelgaymu?

Saningdek nozanin shoyad mani hajrimda o‘lgan deb,
Baland bo‘lg‘an mozorim qilg‘ali hamvor kelgaymu?

Munodiylar qilib doim jahonni izlasam tinmay,
Sadoyidek g‘aribu xasta beg‘amxor kelgaymu?

* * *

Bo‘lub masti junun oshiq agar mayxonag‘a kirsa,
Bo‘lur albatta ul obod agar vayronag‘a kirsa.

Ki oshiq ishqidin qilsa agar har qaysig‘a noshir,
O‘zin tutmay urar o‘tg‘a agar parvonag‘a kirsa.

Qadamni qo‘ysa oshiqlar agar butxona sorig‘a,
Hama butlar qilur sajda agar giryonag‘a kirsa.

Junun ahlini ayb etmang, ki bu devonalig‘ birla,
Chiqib Eronu To‘rondin agar Farg‘onag‘a kirsa.

Hama ushshoq eli birdan takallum aylasa nogoh,
Qolur zohid eli hayron agar afsonag‘a kirsa.

Sadoyi bu junun birla bo‘lub giryonu ham nolon,
Chiqorur o‘tlarin har masjidu mayxonag‘a kirsa.

* * *

Yorni ko‘rdum ajab gullar ochilmish boshida,
Bu sababdin bulbuli sho‘rida bo‘ldim qoshida.

Yo muazzin har zamonkim aylasa bongi namoz,
Sajdagohim naqshi mehrobimni ko‘rdum qoshida.

Dog‘ etib bir kun mani qadrimni hargiz bilmadi,
Oshno bo‘ldum na uchun dilbarimni qoshida.

Muncha ko‘p aylab raqiblar birla doim maslahat,
O‘lturur oxir mani ul bo‘lmadi kengoshida.

Bir umed aylab edim borib ko‘ray deb yorni,
Boqmayin ketti, qarab qoldim uyini toshida.

Manga mundog‘ nasiba kunda ming obi azob,
G‘arq bo‘lmas na sababdin bu ko‘zumni yoshida.

Dam urolmas bu Sadoyi yordin aylab ibo,
Sharh etolmas hasbi holin har kishini qoshida.

* * *

Barq urub ul dilrabo boshida qolfoq o‘zgacha,
Belida zarrin kamar, egnida mursoq o‘zgacha.

Goh kiyib kimxobu atlas, goh kiyib gulgun qabo,
Ushbu holat birla bo‘ldi manga o‘rtoq o‘zgacha.

Necha kunlar bo‘ldi hargiz bilmadim jononani,
Bir maningdek bo‘lmag‘ay olamda mushtoq o‘zgacha.

So‘rmagondin bul mani ul mehribon yor qaydadur,
Bul aziz jismim kuyub bo‘ldiki nosoq o‘zgacha.

Bilmadim hargiz ani man do‘st yo dushmanlig‘in,
Ayladi bir so‘z birla bizga shiltoq o‘zgacha.

Bir sabablar birla kelg‘on oldig‘a mehmon edim,
Man ketarman, ul bo‘lur bul yerda qolmoq o‘zgacha.

Jon fido aylar agarchi har kim ul jononag‘a,
Vu Sadoyi kunda ming bo‘ldiki mushtoq o‘zgacha.

* * *

Nogahon ko‘rdum ajab bir yori xubon o‘zgacha,
Bog‘ ichida bir guli sarvi xiromon o‘zgacha.

Dam-badam vasfin o‘qub ul dilbari jononani,
Man bo‘lurman bulbuli murg‘i xush ilhon o‘zgacha.

Bir nigohi birla olamni barin qatl aylamish,
Xohlasa bergay mani bechorag‘a jon o‘zgacha,

Kulbai baytul hazan ichra dili vayronaman,
Koshki bir yo‘l kelib ul bo‘lsa mehmon o‘zgacha.

Manki bir Ya’qub yig‘larman chu abri navbahor,
Ko‘zlarimni yoshidur misli qizil qon o‘zgacha.

To bu g‘am zindonida bo‘ldum giriftori balo,
Kim qilur andin bo‘lak mushkulni oson o‘zgacha.

Haddin oshti yorni javri, hech vafosin ko‘rmadim*
Man qilurman g‘amlarin bag‘rimda pinhon o‘zgacha.

Bir savol etsang berur albatta ul yuz ming javob,
Bir aningdek ko‘rmadim olamda purdon o‘zgacha.

Bu Sadoyig‘a mahol emdi qanoat qilmog‘i,
Qasd etar jonimg‘a ul har kun xiromon o‘zgacha.

* * *

Necha kundur intizor bo‘ldum sanam didorig‘a,
Sabr qilsam toqatim yo‘qdur ani xummorig‘a.

To qiyomatg‘acha emdi man qachon bo‘lg‘um xalos,
Banda bo‘lg‘on xasta ko‘nglum zulfini har torig‘a.

Ul yiroqdin bu halokatlar bila qilmog‘lig‘im,
Jon beray derman havas birla ko‘rub diydorig‘a.

O‘lturub qilsa takallum la’li durarboridin,
Bir dame some’ bo‘lay derman ani guftorig‘a.

Qushlari kelsa havolab bul mani jonim uchun,
Ko‘krogimni man ocharman zahrlik minqorig‘a.

Yor aytur bo‘lsalar, qilsam tavofi Ka’bani,
Bir nazar solsun Sadoyidek dili afgorig‘a.

* * *

Sani deb nozanin har kun bu jonim ming fido bo‘ldi,.
Tajalli ko‘rsatur deb ko‘zlarim ko‘rmay ado bo‘ldi.

Bilurman xalqi olam — barchasi ayshu tarab birla,
Maningdek kim bu olamda giriftori balo bo‘ldi?

Oyog‘im boricha yurdum paru bolim bila uchtum,
Etolmay oqibat sanga, alsab, baxti qaro bo‘ldum.

Hamisha kuydurub, jono, ilojim qilmading hargiz,
Sadoyi xastadil bechora bu g‘am birla ado bo‘ldi.

* * *

Necha ishdin aqlu hushing kam bo‘lur,
Oqibat aftodalikdin xam bo‘lur.

Tutma ulfat bu avom ahlig‘a ko‘p,
Kam bo‘lur aqling sani har qancha ko‘p

Ulfati xotunu go‘dak birladur,
Aqli zoil ham dili g‘am birladur.

Ko‘p suxan qilsa kishi, ey aqli dur,
Garchi haq so‘zdur, bo‘lur aqli qusur…

Ishtihodin ko‘p yemak, bevaqt xob,
Aql uyin qilg‘ay bu ishlar ko‘p xarob.

Orzuyi xom uchun kim yesa g‘am,
Sabrsiz bo‘lsa agar yetsa alam,

Ul ko‘ngulda aql turmas, ey falon,
Aqlsiz elga g‘izo zardobu qon.

* * *

Sani yodingda man yig‘lab, ayo ey dilbari jonim,
Agar aytsam ado bo‘lmas, ki bu dardi farovonim.

Judolikda bo‘lib Ya’qub, bu mehnat bobida Ayyub,,
Davosini tilarman, aylagil dardimg‘a darmonim.

Topilmas xoki poying ko‘zlarimg‘a to‘tiyo qilsam,
Eram bog‘ida bitgan bul ajab sarvi xiromonim.

Yaqin bo‘ldum kuyub o‘lmoqg‘a, jono, bilmading hargie„
Nechuk sharh aylamay yetsun sanga bu rozi pinhonim.

Eshikingga bo‘lub soil sanga ko‘p iltijo aylab,
Ulug‘ daryo bo‘lub oqg‘on mani bu chashmi giryonim.

Rizodurman qarig‘onda shahid etsang Sadoyini,
Yarashur oq soqolimdan agar oqsa qizil qonim..

* * *

Fig‘onu ohu vovaylo, man ul yorimdin ayrildim,
Havas birla xumoriman, ko‘zi xummordin ayrildim.

Hayotim boricha yig‘lay bo‘lub monandi ul Yah’yo,
Tarahhum qilg‘uchi holima ul g‘amxorimdin ayrildim.

Nasimi subhidin qilg‘on muattar bu dimog‘imni,
Xo‘tan sahrosida bir mushki totorimdin ayrildim.

Bo‘lub hamchun firoqida tanim tufroqg‘a o‘rguldi,
Aningdek mehribon ul yaxshi guftorimdin ayrildim.

Hamisha yaxshilik aylab tamomi eldin o‘ksurman,
Ko‘ngulni xushlig‘i ul kulli g‘amxorimdin ayrildim,

Ajab shabnam tushub doim ochilg‘on bir qizil guldek,
Bo‘lubman bulbuli sho‘rida gulzorimdin ayrildim.

Etib bu iltifoti gohlar xobu xayolimda,
Dimog‘imni muattar qilg‘an ul attorimdin ayrildim.

Sadoyi jon berib, jon elur vaqtiga yetgonda,
Talab bozorida shundog‘ xaridorimdin ayrildim.

* * *

Seni deb man ado bo‘ldim, ayo ey yori jononim,
Na yurmakka majolim bor, na o‘lturmakka darmonim.

Bu ko‘nglumni xushi erding, ko‘zimni ravshani erding,
Egildi qomatim yodek, ayo sar t xiromonim.

Ajab hikmat erur emdi chamanni gullari xandon,
Ochilmas birgina sandin mani tab’i parishonim.

Takallum aylasang durlar sochib la’li lisoningdin,
Ki Azroil emas hojat, chiqar albatta bu jonim.

Saningdek nozanin shoyad bu jon chiqmasdin ilgori,
Na hub bo‘lg‘ay edi qilsang kelib dardimg‘a darmonim.

Sadoyi qichqirib aytur unini boricha doim,
Na deb yetmaz sanga hargiz mani bu ohu afg‘onim?!

* * *

Yiroq tushtum jamolingdin sani, ey yor, sog‘indim,
Yo‘lingga termulub, ey nozanin, bisyor sog‘indim.

Na deb azmi safar qildim, bu ishlardin pushaymonman
Parishon xotirim doim, yurak afgor sog‘indim.

Mani sandin yiroq etgan falakni gardishi erdi,
Nadur chora bu g‘amlardin yotib bemor, sog‘indim.

Erurman kecha-kunduz to‘tiyi bexonumon yanglig‘,
Bo‘lubman bulbuli sho‘rida, ey gulzor, sog‘indim.

Visolingdin judo bo‘ldum, tanim tufroqqa o‘gruldi,
Labi maygun, qadi ar-ar, ko‘zi xummor, sog‘indim.

G‘ariblikda mani holimni hech kimsa bilmaydur,
Ko‘zimni ravshani, ko‘nglum xushi dildor, sog‘indim.

Ko‘ray deb orzu aylab jamoling, ey pari chehra,
Kelib holimni so‘rg‘il, ey pari ruxsor, sog‘indim.

Sadoyi, san kabi yo‘qdur giriftori balo bo‘lg‘on,
Sani izlab yurub har ko‘chau bozor, sog‘indim.

* * *

Sani hajringda, ey jonon, ado bo‘lgon Sadoyiman,
Kuyub kuldek bu olamdin fano bo‘lgon, Sadoyiman.

Yurub olam aro tinmay, borib bir joyida qo‘nmay,
Qiyib janda, olib aso, gado bo‘lgon Sadoyiman.

Garahhum qilg‘udek holimg‘a sandin o‘zga hech kim yo‘q,
Yurub yig‘lab saharlarda navo bo‘lgon, Sadoyiman.

Saningdek yoru jonimni ko‘ray deb orzu aylab,
Pu g‘am birla giriftori balo bo‘lgon, Sadoyiman.

Hamisha justujo‘ aylab, ki tarki xonumon aylab,.
Bu olam mehridin kam-kam sivo bo‘lgon, Sadoyiman.

Pari san, yo malak, yo hursan, zoting emas ma’lum,
Berib dinimni bilmay mubtalo bo‘lgoi, Sadoyiman.

O‘qub baytu g‘azallarni hamisha zoru xun yig‘lab,
Tamomi xalq ichida behayo bo‘lgon, Sadoyiman.,

Sani birla mani qasdimda dushmanlar farovondur,
Borurda dargahingda boxabar bo‘lgon, Sadoyiman.

* * *

Ayo, ey dilbari jonim, jamolingni ko‘ray derman,
Sifoting qilg‘uchi har yerda maddohing bo‘lay derman.

Qorong‘u kechalarda jamoling shamdek yonsa,
Qilib jonim fido parvona yanglig‘, o‘rgulay derman.

Ayo, ey dilbari jonim, sani man justujo‘ aylab,
Kirib mayxona, masjidga so‘rog‘ingni qilay derman.

Ajoyib bandai bechoraman, aqlim erur qosir,
Maqomu manzilingni, ey pari, qaydin bilay derman.

Jamolingni ko‘rub jon bergali orzu aylab,
Qiyomat bo‘lg‘uncha bul ahdni buzmay turay derman.

O‘tub umri Sadoyini qurib bo‘ldi, qarab bo‘lmas,
Agar ko‘rsatmasang husnung, o‘zumni man uray derman.

* * *

Justujo‘ aylab parivash mahvashim ko‘rdum bukun,
Dam-badam jon kuydururg‘a otashim ko‘rdum, bukun.

Bir aningdek nozaninni orzu aylab mudom,
Aylab ul yuz ming tamanno kelmishin ko‘rdum, bukun.

Bulbuli go‘yo edi yo to‘tiyi shakkar lison,
Bir kelib gul ostida o‘lturmishin ko‘rdum, bukun.

Man xayol ettim, tirikdurman anga xizmat qilay,
Bir dame turmay qoshimdin ketmishin ko‘rdum, bukun.

Qasd etar doim raqiblar qilg‘ali yordin judo,
Bu falak yuzi qaroni gardishin ko‘rdum, bukun…

Ko‘zlari jallod doim rasmidur javru jafo,
Necha mandek oshiqin o‘ldurmishin ko‘rdum, bukun

San quloq sol, ey nigoro, har kuni ovozig‘a,
Aytadur doim Sadoyi, nolishin ko‘rdum, bukun.

* * *

Xayoli xom etib ul yorni mehmon qilay derman,
Bu jismi notavonim dardig‘a darmon qilay dsrman.

Borib yorimni man aylay dilu jonim bila taklif,
Agar ul bo‘lmasa bul manzilim vayron qilay derman.

Aning xoki qudumi kulbai vayronama yetsa,
Ki bu jonimni man anga yana qurbon qilay derman.

Tamomi sha’nu shavkat, taxtu baxtimni berib barham„
Barohi haq berib, ammo o‘zim uryon bo‘lay derman.

Sadoyi bu tiriklikdin fano kechgoni xush erdi,
O‘zimni o‘ldirib oldida, qatli jon qilay derman.

* * *

Ayo, ey dilbari jonim, kelib holimni so‘rmassan,
Shitobi beadad aylab qoshimda lahza turmassan.

Qilib jahdu jadal doim sani ko‘ngling olay derman,
Nechuk zehning pareshondur tabassum birla kulmassan?

Sani birla mani, jono, bor erdi ahdu paymonim,
G‘araz bir necha odamdek na deb ahdingda turmassan?

Agar mahshar kuni bo‘lsa sanga vahmi qiyomat yo‘q,
Ajab umring uzun ermish, bilurman, hargiz o‘lmassan.

Tushub ishqim sanga nogah, tiriklik lazzati ketti,
Guvohim zag‘farondur, ro‘yi bu zardimni ko‘rmassan.

Maning bir maqsudim shuldur, ayog‘ing ostida o‘lsam,
Nihoyatsiz ulug‘dursan, netoyin, ko‘zga ilmassan.

Kuyub hajring bila emdi Sadoyi kul bo‘lub ketsa,
Nechuk san ayrilursan, deb qiyo ko‘zingni solmassan.

* * *

Necha kundur ul sanam oshiqlig‘im bilganmukin,
Bul sababdin yo magarkim ko‘rgani kelganmukin?

Yor bu oshiqlarini holini so‘rg‘on bila,
Poralar bo‘lg‘on yurakda yoralar bitganmukin?

Garchi ul Farhodu Shirpn zor yig‘lab o‘ttilar,
Jondin kechgan maningdek odame bo‘lganmukin?

Bir ko‘ray deb orzu aylab sanam diydorini,
Ostoning tufrog‘ina yostonib yotganmukin?

Sharh qildi garchi har kim hasbu holim nomasin,
Daftari inshoni mandek munshilar bitganmukin?

Ey xaloyiqlar, so‘zingiz qolmasun bolou past,
Mandin o‘zga bu judoliq sharbatin totganmukin?

Xalqi olamni bari aylar saropo orzu,
Jonu dil birla maningdek hech kpm ko‘rganmukin?

May ichib gah mast o‘lub shamshiridnn qilmas hazar
Bu Sadoyini qazosi yo yaqin yetganmukin?

* * *

Bir maningdek yor deb devona bo‘lg‘an bormukin?
Sham’ yanglig‘ husnig‘a parvona bo‘lg‘an bormukin?

Oh urub hardam fig‘on aylab junun sahrosida,
Molu mulkidin kechib devona bo‘lg‘an bormukin?

To‘tiyi go‘yo bo‘lub, yo bog‘ aro bulbullarin
Chug‘z yanglig‘ manzili vayrona bo‘lg‘an bormukin?

Man yurub yolg‘uz biyobonlarda sargardon bo‘lub,
Yor birla hamdamu hamxona bo‘lg‘an bormukin?

Kufr elini xush ko‘rub, zunor bog‘lab doimo,
Emdi mandek soqii mayxona bo‘lg‘an bormukin?

Ey Sadoyi, avvalu oxir zamona haq uchun,
Bir saningdek dunyoda afsona bo‘lg‘an bormukin?

* * *

Oh, naylay, kuydi jonim yorni parvosidin,
Qolg‘an umrum ketsa oxir termulub arqosidin,

Gizlotur ul mohpaykar kiprigini man sari,
Diydam uzra sonchilur har lahza qoshi yosidin.

Ming jarohat birla borsam man ani dargohig‘a,
Ulmagay erdim magar may bersa dasti tosidin.

Har nafasda dilbarim yuz ming o‘lukni tirguzur
Dardima topsam davo derman Masih anfosidin.

Ey Sadoyi, san bu yoringni majozidek ko‘rub,
Aylanib tokay turorsan uyini tegrosidin.

* * *

Yor ishqidin, do‘stlarim, gumon qilmang, o‘larman,
Tegdi mundog‘ g‘am manga, emdi qachon kularman? “

Toshlab ketti nigorim, ul yori mehribonim,
Kelib holimni so‘rmas, nechuk iloj qilarman?

Olib qo‘lg‘a nazirim dargohig‘a ul erni,
Shoyad nazar qilg‘ay deb har kun borib kelarman.

Eldin hazar etmasa, manga nazar qilmasa,
Yugurub-elib yo‘lida oyog‘imdin qolarman.

Olam bari bilibdur, o‘tdek yonib turubdur,
Borsam kuyar oyog‘im, yiroq yerdin qararman.

Bo‘lsun salomat yorim, ul yori mehribonim,
Oshiqliqni davrini emdi yaxshi surarman.

Hijron cho‘lida tashna beobu non, gushna,
Ming yilg‘acha ahdimni emdi buzmay turarman.

Ey yorijoni mahvash, chandon harosi dilkash,
Bo‘lg‘il mani guvohim, yolg‘uz sani suyarman.

Keldi Sadoyi butkul aylab sanga tavakkul,
Ibrohimi Adhamdek o‘zim o‘tqa urarman.

* * *

Sham’ yanglig‘ yorga parvonau axgardiman,
Otashi ishqi muhabbatni gorak tabgardiman.

Bilmayin sudu ziyon ovorai har yon bo‘lub,
Bul g‘arib jonimga doim dardi sargardondiman

Ko‘p umed aylab hamesha iltifoti yordin,
Eshigida termulub, har lahza ro‘yi zardiman.

Yor deb har subhu shom o‘lmakg‘a aylab iztirob,
Demagil nomard hargiz, mardlarni mardiman.

San kimu, ey zohido, manga nasihat aydamak?!
Ishq ustodini taylim aylagan shogirdiman.

Kam baho qilma Sadoyini xaridorim maning,
Durri daryoyi javohirlarni rezaxo‘rdim.an.

* * *

Har dam yig‘lasam sanga, yor, vafo qilurmusan?
Lutfu karamki sandadur, hech bir ato qilurmusan?

Hojatu maqsadim tilab, misli g‘aribi benavo,
Tilga olib oting desam, hech bir sado qilurmusan?

Mustahiqing agar bo‘sam, borsam dargohingga man,
Haqni yo‘lida birgina, xaridori qilurmusan?

Emdiki manga muncha ko‘p qasd araz qilib mudom,
Jonim olurg‘a, ey pari, muncha jafo qilurmusan?

Yaxshi bir uchrading manga, emdiki aylayin savol,
Sayqali g‘am bila magar dilni safo qilurmusan?

Saltanati havo bila, hay-hay ulug‘lig‘ing sani,
Garchi sanga yaroshadur, muncha havo qulurmusan?

Goh ko‘ngul qilib kashol, san sarig‘a boqib mudom^
Dabdabai araz ila doim nizo qilurmusan?

Bahru baru balandu past, barcha vujuh shohiding,
Bo‘lsa yomon-yaxshini muncha bajo qilurmusan?

Hayf sani bu ishlaring, mandin o‘zingni berkitib,
Hasta Sadoyi bandaga, boz jafo qilurmusan?

* * *

Ul yori azizim deb, man emdi samandarman,
Kuydi bu dilu jonim, monandai axgarman.

Bu dashtu biyobonda, monandi bo‘lub Majnun,
Bir yerda qarorim yo‘q, yurganki qalandarman.

Yoshim yetib ellikka, saqolim oqarganda,
Xizmatga buyurgay deb, yor oldida navkarman.

Davotu qalam birla, ilgimg‘a olib qog‘az,
Ko‘rgin yana nomamni, ham sohibi daftarman.

Harchand raqib aytur, bu talx yomon achchig‘,
Bilgil, ki ey azizim, man shahd ila shakkarman.

Er ila bo‘lub hamdam xizmatni bajo qilsa,
Ayb etma Sadoyini har ma’nida choqarman.

* * *

Tun oqshom keldi kulbamg‘a mani ul dilrabo yolg‘uz.
Kirub ohista-ohista, aningdek pur safo yolg‘uz.

Turub bexost o‘rnumdin qo‘lumni lom alif aylab,
Man aydim, san nechuk kelding bu yerra, marhabo, yolg‘uz.

Magar keldingmu,»ey dilbar, dedim jonimni olg‘oni,
Solib zulfi parishoning kiyib gulgun habo yolg‘uz.

Havas birla sanidek yor manga orzu erdi,
Qilay deb xoki poyingni ko‘zumg‘a to‘tiyo yolg‘uz.

Topilmas ikki olamda sanidek nozanin dilbar,
Qi tushgan bandi firoqingg‘a mandek mubtalo yolg‘uz.

Bilurman olami kavnaynda sandek podshoh yo‘qdur,
Boshingg‘a soya qilg‘an g‘aybdin boli humo yolg‘uz.

Sadoyi aytadur emdi kechib bu molu mulkidin,
Sanga hech bormukin mandek ki bo‘lg‘on mosivo yolg‘uz.

* * *

Nigorim ishqidin kuydim, davosn bormukin hargiz,
Tushub zulmat aro qoldim, ziyosi bormukin hargiz?

Kelib ketti mani yorim, nechuk bilmay qolibdurman,
Yana ming yil qarab yotsam, qazosi”bormukin hargiz?

Qilich qoshin havola aylar ul jallodlar yanglig‘,
Magar jonim olurg‘a yo rizosi bormukin hargiz?

Saropo xalqi olamdin bari sandin umed aylab,
Manidek ikki olamda gadosi bormukin hargiz?

Sadoyi aytodur yig‘lab, so‘rang zinhor yorimdin,
Manga ul qilmag‘on boz ham jafosi bormukin hargiz?

* * *

Xayr qilmoq xotiringg‘a kelsa, ey mardi quyosh,
Har kishiga bermagil albatta charlab nonu osh.

Demag‘il, bu yaxshiliq qilsam qilur deb yaxshiliq,
Bo‘lmag‘ay oson tutub har vahshini qilmoq yuvosh.

Ey burodar, bo‘lsa aqling yaxshilar dargohig‘a —
Molingu joningni ber, ostonasidin olma bosh.

To tiriksan qilmagil har kim bila jangu jadal,
Ko‘p savob ermish urush orqasidin qilmoq yarosh.

Kimni ko‘nglung suysa xidmat ayla jonu dil bila,
To yurakdin oqsa qonu ko‘zlaringdin oqsa yosh.

Ey Sadoyi, bu g‘animatni dilu joningda ko‘r,
Necha tiklab boqsa yoringga qachon o‘xshor quyosh.

* * *

Vujudum mulkig‘a, jono, ki ul mohi jahon ermish,
Barobar dargohingda bo‘lsa xoh yaxshi, yomon ermish.

Yuborsang har kishini bir taraf xidmat uchun nogah,
Olib kelgan hamonu oldurub kelgan hamon ermish.

Qo‘lumg‘a poy olub, ko‘ksum nishon etmak mahal bo‘lsa,
Nishon urgon hamon, yoyini sindurg‘on hamon ermish.

Kelib bu avvalu oxir qo‘lini lom alif aylab,
Ki tik turg‘an- hamonu xohi o‘lturg‘on hamon ermish.

Qolur ko‘rgach kishi hayron, degay bu ishlaring tahsin,
Ki yig‘latgan hamonu xohi kuldurgan hamon ermish.

Hamisha term.ulub yotib sani yo‘lingda, ey jono,
Qizil, oqu, qaroyu xohi bo‘lsa za’faron ermish.

Elib-yugrib eshigingda sani deb ba’zi odamlar,
Qilurlar naf’ deb har ish vale sandin rizo ermish.

Sanga xidmat uchun doim berib jon naqdini har kun,
O‘tun olg‘on hamonu o‘tga kuydurg‘on hamon ermish.

O‘zingni tut, dema hargiz falon ibni falonman deb,
O‘zini maxtagan odam yomonlardin yomon ermish.

Bilurmusan, Sadoyi, bu Navoiydin masal qolgan,
Suv keturg‘on hamonu ko‘za sindurg‘on hamon ermish,

* * *

Kelmadi bir kun so‘rab ul yori jononim g‘araz,
Har nafasda qilg‘uchi dardimg‘a darmonim g‘araz.

Yor bizlardin yiroq, man bo‘lub yordin yiroq,
Koshki borib ko‘rorg‘a yetsa darmonim g‘araz.

Qo‘ymagay erdi mani mundog‘ parishonhol ila,
Bir takallum aylab ul yuz marta xandonim g‘araz.

Hasratida orzu aylab anga bo‘ldum ado,
Tushmadi hargiz qo‘lumga durri g‘altonim g‘araz.

Maqsadim, uldur mani, qo‘shsa shahodat ahlig‘a,
Domanig‘a tegmasun derman, qizil qonim g‘araz.

Man kechibman ko‘z tutub ko‘rmay tiriklik lazzatin,
Kelsinu olsun mani bo‘lsa kerak jonim g‘araz.

Kechalar bo‘lsa chiqar doim Sadoyidin sado,
Oy yuzingni ko‘rmasam man ko‘pdur armonim g‘araz.

* * *

Na deb, ey dilbari jonon, sirimni elga fosh etding,
Yurakni kuydurub, jonimni o‘rtab, ko‘zni yosh etding.

Qilib sabru tahammul ham qanoat aylagay erding,
Yuzingni zebu ziynatlar berib misli quyosh etding.

Ajab sandin buzub andozai bu oshnolikni,
Ki Azroil bila hamdam bo‘lub jonim talosh etting.

Dilim bormas, desam mo‘min, desam bu ishlaring tahsin,
Bu ajdoding ila emdi mani tahsinposh etding.

Soni ishqing bila doim kezarman dashtu sahrolar,
Na yozdim man, egildim man, mani tu’mamni tosh etting.

Ki mandin beadablik o‘tti, aroga nizo’ tushti,
Ulug‘liq aylading, oxir kelib yaxshi yarosh etting.

Sadoyidek takabbur to‘dai ujbu riyo qulni,
Ilohi rahm qil holimg‘a kim lutfungni fosh etting.

* * *

Alifdek qomatimni, ey pari, monandi nun qilding,
Esiz go‘yo zabonim so‘zlashur vaqtida gung qilding…

Ki sandin o‘zgaga borib, ki man dod aylasam bir-bir,
Qilich qoshing bila olam barini qatli xun qilding.

Mani boshimga san solding hazoron sho‘rishu g‘avg‘o,
Jahonda ko‘zlarimg‘a ro‘zi ravshanlarni tun qilding.

Umid aylab, ayo dilbar, sani qoshingg‘a kelgonim,
Muhiblik kishidek qo‘l ko‘torub onchi qin qilding.

Sani qilmishlaring ko‘p deb, gunohim aylamay izhor,
Sadoyi, xastadil bechorani doim zabun qilding.

* * *

Ayyuhalahbob, aylay emdi man devonalik,
Oshno tutganlarimiz qildilar begonalik.

Oh, ketti bizni toshlab, voy, ul sultoni husn,
Bul buzuq ko‘nglumg‘a soldi fitnadin vayronalik.

Necha kunlar bilmaduk ul yori joni qadrini,
Kasbu korim emdi bo‘ldi o‘lgucha giryonalik.

Qon yutub man lola yanglig‘, dog‘i tanholik bila,
O‘tti umrum, yor birla qilmadim hamxonalik.

Orzu aylab ko‘roy deb doimo ul yordin,
Sham’ yanglig‘ husnig‘akim bo‘ldi ish parvonalik.

Ey Sadoyi, boshlading qaydin tuganmas doston,
Elg‘a qilg‘on hasbi holingdin bukun afsonalik.

* * *

Ey tabibi har kasal, dardimg‘a darmon qilmading,
Yig‘latib doim mani bir lahza xandon qilmading.

Man ketarman zor yig‘lab hasratu armon bila,
Manzilingg‘a, ey pari, bir lahza mehmon qilmading.

Ey nigoro, man na yozdimu na qildim sanga,
Intiqoli vaqt bo‘ldi, taskini jon qilmading.

Bir kelib, ey shahsuvoro, davlati oling bila
G‘amlarimni manzilin toroju tolon qilmading.

Doimo aylab mani tab’i dilimni bedimog‘,
Dushmaningni ko‘nglini bir lahza xufton qilmading.

Man bilurman, san erursan asl sohib ixtiyor,
Qaysi bir mushkillarimni hayf oson qilmading.

Aytadur yig‘lab Sadoyi misli bulbul zor-zor,
Ko‘rsotib guldek yuzing, aqlini hayron qilmading.

* * *

Yor pinhon ko‘zlarimdin, sharhu imlosin ko‘rung,
Man sarig‘a tortulub bu qoshu ham yosin ko‘rung.

Kuydurub olam barini sog‘ari majlis tuzob,
Sunmagon bizlarg‘a hargiz may bila tosin ko‘rung.

Aylamas manzur hargiz ul Sulaymon taxtini,
Misli Iso maskanu joyi Masihosin ko‘rung.

Nrni topmoq uchun man ayladim azmi safar,
Bizni g‘arqob etgali g‘am birla daryosin ko‘rung.

Har kishiga yetgusidur kechalar sham’i safo,
Oftobi vazzuhodin husn zahrosin ko‘ring.

Bir aningdek nozaninga olami ofoq hama,
Jon berurlar g‘oibona xalq ixlosin ko‘ring.

Orzu aylab Sadoyi ko‘rsa nogah yorni,
Qo‘lga tushgan bandidek emdi tavallosin ko‘ring.

* * *

Ko‘rmayin ketsam yuzingni, ey nigorim, yaxshi qol,
Sarv qad, simin badan, ey guluzorim, yaxshi qol.

Oshno tutdim sani nahnu qasamnodin beri,
Ko‘z ochib bir ko‘rmading, ko‘zi xumorim, yaxshi qol.

Bog‘ ichida bu dimog‘imni muattar aylading,
Behtarini udu anbar, mushkborim, yaxshi qol.

Eshigingda bul mani ovorau sarson qilib,
Saltanat taxtida doim tojdorim, yaxshi qol!

Rahm qilmay har zamon aylab yurakni poralar,
Qilg‘uchi jon qatlini, ey zulfiqorim, yaxshi qol!

Bir aziz boshimni har kun zeri po aylab mani,
Uynotib otingni har kun, shahsuvorim, yaxshi qol…

Rahmi kelsa gohlar aylar kishig‘a iltifot,
El aro mashhur sohib ixtiyorim, yaxshi qol.

Aytodur doim Sadoyi har zamon aylab umid,
Oyu kunni ko‘rmagan ko‘zi xumorim, yaxshi qol.

* * *

Ajab fosid xayol erdi, parig‘a oshno bo‘ldum,
Nechuk qattig‘ kun erdi, ey pari, sandin judo bo‘ldum.

Ular holatg‘a yettim, bir kelib holimni so‘rmaydur,
Na armondur, na hasratdur, g‘ami birla ado bo‘ldum.

Sani bu otashi hajring vujudim ayladi axgar,
Judolukda kuyub bir o‘chgon o‘tdek beziyo bo‘ldum.

Mani sohib suxan qildi sani bu boisi nazming,
Bihamdillo deyin bu va’dasida beriyo bo‘ldum.

Tegib ishqi, junun eldin ketibdur qismatin qadrim,
Ayog‘ ostida qolg‘on bir yomon xoki siyoh bo‘ldum.

Tilimg‘a harna kelsa aytulur bu telbalar yanglig‘,
Nasihat olmag‘on olamda besharmu hayo bo‘ldum.

Ushotti zarbi ishqing bu qamishdek jismu jonimni,
Ayog‘ ostida yanchilg‘on bamisli bo‘ryo bo‘ldum.

Sani deb ayladi barham Sadoyi sha’nu shavkatni,
Kechib bu taxtu baxtimdin eshiklarda gado bo‘ldum.

* * *

Burodarlar, ado bo‘lmas agar aytsam mani dardim,
Oqardi sochu saqolim, qani yor_oldida qadrim?

Mani dardimni bilmas yoru do‘stum, ahlu farzandim,
Boshim olib ketoyin, tobmasunlar poi bu gardim.

Dilay desam yurub sayru tamosho olami ofoq,
Jahonda har kuni ashkol tamomisi mani pandim.

So‘rog‘ingni qilib istab, ayo ey nozanin dilbar,
Bo‘lub mastu junun har masjidu mayxonag‘a kirdim.

Tegib bu tig‘i hijroning dilu jonimni o‘tkordi,
Chidayolmay bu dardimga o‘zim tufroq o‘la qoldim.

Sadoyi aytodur emdi boshim elig‘a yetganda,
Sani izlab topolmay, har jafou javrlar ko‘rdim.

* * *

Nigoro, sanga jon bersam, bo‘lurmu manga jon paydo,
Magar bo‘lg‘aymukin shoyadki umri jovidon paydo?

Agarchandiki olam ichra ne’matlar farovondur,
Hunar kasb etmaguncha bo‘lmag‘ay bir farcha non paydo.

Tikonsiz gul qachon bo‘lg‘ay, mashaqqatsiz ish olamda?
Bo‘lur har ganjida albat ajdahou yilon paydo.

Adaddin oshti jabri yorni, aytsam ado bo‘lmas,
Guvohim chehrai zardimda bo‘ldi zag‘faron paydo.

Yig‘ib olamni boshimg‘a bukun g‘avg‘oyi om aylab,
To‘kub qonimni derman, man ki qilsam onchi qon payda.

Sadoyi, yig‘lamoqliq yorni oldida ayb ermas,
Qizil gulg‘a bo‘lubdur bulbuli bexonumon paydo.