Maxmur Koriziy (1820-1876)

Abdulkarim Barot o‘g‘li Maxmur Koriziy 1820 yil Jizzaxga qarashli Koriz qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida dunyoga keldi. U 16 yoshlarida Farg‘ona vodiysining markaziy shaharlaridan biriga tahsilni davom ettirish uchun boradi. Bir she’rida esa yigirma besh yoshlarida yana Jizzax vohasiga qaytib kelganini qayd etadi. Shoir 1876 yil 56 yoshida vafot etgan.
Maxmur Koriziyning yagona qo‘lyozma devoni mavjud bo‘lib, unda shoirning g‘azal, soqiynoma, ustozlariga bog‘langan muxammaslari, she’riy xatlari joy olgan.

G‘AZALLAR

* * *

Parishon xotirimg‘a bir shirin mahvash xayoli bas,
Vale bu g‘am tuni hamdam bo‘lurg‘a xattu xoli bas.

Ne deb man lolayu gulni tamoshasini aylarman,
Boqib yuz ko‘z bilan ko‘rmoqqa ul jonon jamoli bas.

Jahonda har kishi o‘z matlabig‘a bo‘lsa gar vosil,
Chekib ko‘p ranju mehnat borsamu ko‘rsam visoli bas.

Ko‘rinsa mohi nav olam eli boqib duo aylar,
Qadimni xam qilib qilsam duo ikki hiloli bas.

Hama el sarv ila shamshod vasfin aylayur insho,
Manga yozmoqqa umrimcha aning qaddi niholi bas.

Muyassar aylasa yotsam aning ko‘yida borimcha,
Tiriklikdin nasibam bo‘lsa shuncha mohu sole bas.

Jahonni lazzatig‘a maylsiz bo‘lsam ajab ermas,
Qilurg‘a to‘tii jon to‘mai la’lida boli bas.

Qorong‘u dahr ichinda topsalar har kimsa bir Xizre,
Manga ul Mavlaviydek sodiqu sohib kamole bas.

Bu Maxmurni halok bo‘ldi, demang muhlik xumor ichra,
Munga hayvon suvi yanglig‘ mayi shirin ziloli bas.

* * *

Meni xastani muncha dog‘ ettilar,
Vujudimni yong‘on charor ettilar.

Firoq emgakidin etib ko‘p zabun,
Ko‘zim yoshin ikki bulog‘ ettilar.

Ko‘ngulga solib ishq o‘tin dam-badam,
Muhabbat o‘tiga o‘chog‘ ettilar.

Junun dashtida mardi badmast etib,
Gahi telbavash, gah sog‘ ettilar.

Nechun chekmayin dilrabolar g‘amin,
Raqiblar bilan sayri bog‘ ettilar.

Chunon sayd etib jon qushini birov
Tanim quvvati zog‘u qalog‘ ettilar.

Etib jilva sog‘archi ham jomi may,
Giriftori oltun ayoq ettilar.

Chunon o‘rtab andoqqi ishqing o‘ti,
Kulimdin nishon yo‘q so‘rog‘ ettilar.

Malomat o‘qig‘a nishon aylabon,
Sitam xanjariga sadog‘ ettilar.

Mani teshai dasti Ko‘hkandek etib,
Firoq ichra joyimni tog‘ ettilar.

Necha Laylivash dilrabolar kelib,
Junun xaylidin deb sanog‘ ettilar.

Sen, ey soqiy, bir lutfe ko‘rguzmasang,
Bu Maxmurni hajr ichra dog‘ ettilar,

* * *

Bir kun tun o‘rtasida uchradi bir mahliqo yolg‘uz,
Duchor o‘ldi magar zulmatda Xizri rahnamo yolg‘uz.

G‘ubori dilni yozmoqlikka bir marham tilar erdim,
Aning chun keldimu, oldimg‘a bilmam oshno yolg‘uz.

Xaloyiq qadr aytur erdi har yilda bir tunni,
Ushal aytgan tuni shul tunmi keldi dilrabo yolg‘uz.

Muyassar bo‘lsa har soat qadam tuprog‘ini totsam,
Qilib o‘tsam ko‘zimga surma doim to‘tiyo yolg‘uz.

Dili sad pora bo‘lgan, bag‘ri kuygan mubtalodurman,
Mani og‘ritmagin nevchunki singan (saxyo) yolg‘uz.

Chekib ko‘p ranju mehnat vasli bog‘i ichra kirgan ko‘p,
Degaymu do‘stlar ishqida kuygan marhabo yolg‘uz.

Bu kuygan jonimi hijron balosi ko‘p zabun etdn,
Na bo‘lg‘ay olsangiz ilgimni, e ahli pano, yolg‘uz.

Bu Maxmurga junun orzu bo‘lubdir deb gumon etmang,
Munga tun o‘rtasinda uchramish bir mahliqo yoyag‘uz.

* * *

Sening ishqingda, ey dilbar, yurak-bag‘rim to‘la qonmen
Ochilmay g‘unchavash ham andalibdek koni afg‘on men.

Nishonim benishon bo‘ldi kuyub axgar bo‘lib qoldi,
Junun dashtida bir muhlik quyun yanglig‘ parishon men.

Vujudim poybo‘si mahjabinlarning arosida
Tushib xoki mazallatg‘a boshim ham guyi chavgonmen.

Bu umrim naqdini oldi biron yo‘l qayrilib boqmay,
Ilojim topmayin oyinadek har yerda hayronmen.

Sabo yetkur payomimni, halokat vaqtiga yettim,
Ki shoyad yodiga tushsam nechun ishqida o‘lgonmen…

Meni ishq ichra andog‘ bir pari Majnuncharoq etdi,
Aning kuyida qoldim bexabar xori maug‘aylonmen.

Jigar-bag‘rim ezildi dilrabolar suhbatin istab,
Tushib ayru hamadin tolibi bir shakkaristonmen.

Biyoboni judolikda qolib yolg‘iz, qulovuzsiz,
Topolmay mahrami dil telbalardek turfa sarsonmen.

Bu Maxmur aytsa ko‘p afsonalar ayb aylamang nechun,
Muhabbat gulshanida sayrayub yurgan g‘azalxon men.

* * *

Tiriklik ichra bo‘lg‘aymu o‘shal zeboni bir ko‘rmoq,
Ko‘rinmay ko‘nglimi olg‘on guli ra’noni bir ko‘rmoq.

Necha oyu necha kunlar chekib hijron balosini,
Muyassar etsa bo‘lg‘aymu o‘shal barnoni bir ko‘rmoq.

Manga shuldur havas ko‘rsam, yuzungni, ey pari paykar,
Hamaga orzu ul jannatul ma’voni bir ko‘rmoq.

Damodam, yuz yo‘la, har ko‘z ochanda ko‘rmoq istarman,
Sanga jono, keraksa oshiqi shaydoni bir ko‘rmoq.

Kelib, siynamni chok aylab, ko‘ringlar dardu dog‘imni,
Na hojat sizga, ey xalq, Vomiqu Uzroni bir ko‘rmoq.

Bugun g‘am dashtida bag‘rim erib xunobalar yuttim,
Bo‘lib Majnun tushub dilga o‘shal Layloni bir ko‘rmoq.

Biling, e tolibi haq, barcha toat afzalidur bul,
Kelib dunyoga har kim orifu dononi bir ko‘rmoq.

Kel, ey soqiy, berib.tur dam-badam shahdi muhabbatdin,
Nechun, mumkin emas, boli Humo, Anqoni bir ko‘rmoq.

Ezilib xun bo‘lib oqdi, tarahhuM qil, ado bo‘lmay,
Senga bo‘lsa havas bu Maxmuri rasvoni bir ko‘rmoq.

SOQIYNOMALAR

Kel, ey soqiy, karam qil sog‘ari may,
Halok bo‘ldim bu maxfilda may ichmay.
Ichib man ham qazay tog‘i vujudim,
Yo‘qolsin nash’a birlan boru budum.
Olib tesha qo‘limga mast kirsam,
Ki tog‘ni qazmag‘in dodini bersam.
Meni ham shahid qil, e yori qobil,
Ki bir shisha halohilni yuborgil.
Ichib qilsam vujud tog‘ini barham,
Ochib jo‘yi muhabbatni og‘ushsam.
Manga jo‘yi muhabbat kelsa erdi,
Ki andin bog‘i dil sabz o‘lsa erdi.
Ochilsa necha rang gul bog‘i dildin,
Oqib ko‘p chashma chiqsa tog‘i dildin.
Oqilg‘on chashmadin ham el barisi,
Ichib shod o‘lsa yoshi ham qarisi.
Jahon bog‘ini bul sarsabz qilsa,
Rango-rang necha rang sabza ko‘karsa.
Muni ko‘rg‘on xaloyiq shod bo‘lsa,
Kuduratdin hama ozod bo‘lsa.
Ne bo‘lg‘ay ko‘rsam erdi bog‘i ishqin,
Agarchi qazmasam ham tog‘i ishqin.
Ichib jomi payo-payni bo‘lub mast,
Desam zrdi necha so‘zlarni payvast.
Ochib mayxonai ishqing eshikin,
Ki andin bir surohi may yuborgil.
Bu Maxmur ko‘p xumoriy, ertadin-kech,
Menga bir boqmading bo‘ldi na deb hech.

* * *

Kel, ey soqiy, mayi gulfom keltir,
Bahor ayyomi rangin jom keltir.
Ichib bir necha so‘zlarni deyin mast.
Sunib tur kosai zarrinni payvast.
Ichib may kirdilar so‘z gulshanig‘a,
Tushub bir necha ishqing gulxanig‘a.
Terib ba’zi guli ma’nini hadsiz,.
Kuyub kul bo‘ldilar ba’zi jigarrez.
Guli ma’ni terib bo‘ldi Nizomiy,
Birisi Xusrav o‘ldi, biri Jomiy.
Navoiydek chamanning bulbulin ko‘r,
Kelib bul turki ma’ni lazzatin so‘r.
Biri Majnun masal sahronavarddur,
Biri tesha qo‘linda ko‘hgarddur.
Biri axgar bo‘lib kuymoq shiori,
Biri ko‘z qoni to‘kmoq korubori.
Birini qildi kul bir dilbarosi,
Birin qon yig‘latib bir oshnosi.
Biri la’li mayi birlan etib mast,
Birini shahdi Shirin ayladi past.
Birin xokistar aylab otashi ishq,
Birin g‘arqobi xun etmoq ishi ishq.
Berib birig‘a ishqing doridan joy,
Aialhaq aytturub dor uzra hoy-hoy.
Biri charx urdi bozor ichra bilmay,
Biri behud o‘tib ketdi dam urmay.
Birini so‘zlatib minbar boshinda,
Biri maylik qadah gulhaq qoshinda.
Birig‘a ranji so‘zu dardu mehnat,
Biri shodu, biri tortarda kulfat.
Solib har qaysini bir shevaig‘a,
Namudor aylayub olam elig‘a.
Birin Layli qo‘lidin etti Majnun,
Birin Shirinidin aylab digargun.
Birin ko‘r, ichdi Layli ilgidnn may,
Sunub Shirin birig‘a ichdi, hay-hay.
Totub har qatrasin men ham alardek,
Qiray so‘z byoshasiga sheri sherdek.
Vagarna kuldin ayla bistarimni,
O‘chursin bodi ishq xtshstarimni.
Ochib ishqing daru darvozasini,
Ichur har lahza shahding tozasini.
Dilimg‘a so‘zu, dardu sho‘r berg‘il,
O‘limg‘a domani mansur berg‘il.
Bugun ahli xiraddin aylagil dur,
Muhabbatning mayidin ayla pursho‘r,
Deyin bozori ishq ichra analhaq,
Meni ham so‘ysalardi kosh nohaq.
Karam qil garchi bir kelgan gadoman,
Bu g‘urbat shomi-la bir benavoman.
Halok etma necha andisha birlan,
Berib Shirin mayin ur tesha birlan.
Berib Layli mayin Majnunshior et,
Qo‘yib sahroi g‘amda xor-zor et.
Berib ul ikkisig‘a dilrabosin,
Etib ul ikki maftunni gadosi.
Vagarna bu ikki farzona erdi,
Qachon bu ikkisi devona erdi?
Agar har kimsaig‘a dilbaridin,
Totursa shakkarin Shirin mayidin,
Qachon bo‘lmas balo dashtida Majnun,
Ki tog‘i g‘amni qilmas ostun-ustun.
Qachon bo‘lmas kishi Bahromi Go‘ri,
Diloromidin ul topsa huzuri.
Qachon Vomiqcha bo‘lmas har dilafkor,
Aning Uzrosi bir boqsa bayakbor.
Qachon har benavog‘a boqsa yori,
Tururmu etmayin yuz jon nisori.
Qachon chekmas kishi dilso‘z ohi,
Anga boqsa parivash goh-gohi.
Qachon bul Maxmuri dilxasta mahzun,
Ichib may bo‘lmadi sargashta majnun.