Maleho Samarqandiy (1641-?)

Bade Samarqandiy (Muhammad Bade ibn Muhammad Sharif Samarqandiy) (1641, Samarqand — ?) — o‘zbek shoiri va adabiyotshunosi. «Maleho» taxallusi bilan she’riy asarlar yozgan.

Uch yillik sayohat natijasida «Muzokir ul-ashob» («Suhbatdoshlar zikri», 1692) nomli tazkira yaratgan. Tazkirada 17-asrda Movarounnaxr va Eronda yashagan 203 shoirning ijodi va hayoti hahida ma’lumot beriladi, asarlaridan namunalar keltiriladi.