Ma’dan (1762-1838)

Ma’dan – Odinamuhammad Avazmuhammad o‘g‘li (1762, hozirgi Tojikiston Asht tumani — 1838) — shoir. Kamina taxallusi bilan she’rlar yozgan. She’riyatdagi shuhrati butun Qo‘qon xonligiga tarqalgan.

Madalixon taklif qilganda, shoir saroyga borishdan bosh tortadi. Ma’dan she’rlaridan devon tuzgan, bir qancha she’rlari qo‘lyozma va toshbosma bayozlarda uchraydi. Asarlarining aksariyati g‘azal va muxammas janrlarida yaratilgan. She’rlarida inson erki, muhabbat ulug‘langan. «Jonim» radifli muxammasida mavjud muhitdan noroziligi, «Ko‘rgazgil menga» radifli g‘azalida alamli, jafokash dunyodan to‘yganligi, «g‘am tug‘yonida» g‘arq bo‘layotganligi ifodalanadi. Shoirning «Pong‘oz» muhammasi Maxmurniig «Hapalak» she’riga hamohang qilib yozilgan.

G‘AZALLAR

* * *

Boda tut, soqiy, rahi mayxona ko‘rguzgil manga,.
Barqi istig‘noyi ishrat yona ko‘rguzgil manga.

Charxdin kom istamak ermas bani odamga qurb,
Muttaqoyi ishqdin afsona ko‘rguzgil manga.

Vodiyi hijrona chekkan ranjdin o‘lmam malulg
Suhbati chug‘z istaram vayrona ko‘rguzgil manga.

To nuzul o‘ldum, qadahdin dayr aro bo‘ldum xumor
Soqiyo, rahm aylagil paymona ko‘rguzgil manga.

Qatrai ashkimni to‘foni jununsoz aylagil,
Ma’rifat daryosidin durdona ko‘rguzgil manga.

Shomi hijron uzra ko‘nglum zohiri ermish xomush,
Shohsori subhdin uyg‘ona ko‘rguzgil manga.

Har qachon bazm ahlidin qat’i taalluq aylaram,
Bori g‘amdin sog‘ari rindona ko‘rguzgil manga.

Ishqdur, Ma’dan, rafiqim vaqti g‘am tug‘yonida,
Paykarim uryoni g‘am parvona ko‘rguzgil manga.

* * *

Ko‘ngul ummidi cho‘x ul mohpaykar iltifotidin,
Karam yo‘xmu gadoya bo‘sayi husning zakotidin.

Meni masrur etarsan choshnii la’li labingdinkim,
Xush ermas Xizra muhtoj o‘ldug‘um obi hayotidin.

Erurkim har itobing hindular taryokidin achchig‘,
So‘zung lazzatlidur ul misrilar qandu nabotidin.

Kaloming sirridin bir zarra rohiblarga fosh etsam,
Kechibon butparastlar, bezilur lotu manotidin.

Yuzung ko‘rgach damodam jazbai shavqim bo‘lub g‘olib,
Yonar ko‘nglum qushi parvona yanglig‘ o‘z visoqidin.

Sarig‘ ruxsorima har dam qizorib oning olidan,
Chiqarman el aro mashshrta aylab el uyotidin.

Xaridori matoi ishqman hayrat do‘konida,
Malomatlar boshimda, xijlati naqdi kasotidin.

Bitildi har na maqsud roqimima maqsadim, voiz,
Mango sharh etma zikri do‘zaxing fikri baxotidin.

Kerakmas huru jannat muddaodin o‘zgaga, Ma’dan,
Mufassirlar demangiz ravzai rizvon sifotidin.

* * *

Avvalo g‘am loyidin jismimni ijod etti charx,
G‘amga xo‘ qildim dog‘i yuz qatla g‘ambod etti charx.

Nola ta’sir etmadi tuzdum tazarru’ torini,
Ul tazarru’ uzra yuz ming zulmu bedod etti charx.

Bir necha ag‘yordin sirrimni ixfo asradim,
El aro rasvolig‘im tahriri bunyod etti charx.

Talx komim o‘lmayin Shirin mazoqi la’lidin,
Xusravi Parvizdek.xasmimni Farhod etti charx.

Shohidi jomi nishotim soz edi may bazmidin,
Sindurub may zarfini ko‘nglumni noshod etti charx.

Kunda yuz ming jabr ila zulm etmakin, ey do‘stlar,
Bilmanam po‘shida kimdin o‘rganib, yod etti charx.

Qildi ta’zirim mening xursheddek gardun aro,
O‘ldururg‘a vaz’ining qatlimg‘a jallod etti charx.

Bul tiriklik domidin bo‘ldim sivo, ming shukrkim,
O‘ldurub g‘am ilkidin Ma’danni ozod etti charx.

* * *

To xusumat raxshini dahr uzra javlon etti charx,
Bevafoliq rasmini xublarg‘a farmon etti charx.

Oyu kun, anjum, malak, sonsiz kavokib xaylining,
Iztirob ila falak toqinda sarson etti charx.

Ko‘k aro Isr tajarrud, yer uza ovora Xizr,
Har kimi bir nav’ men yanglig‘ parishon etti charx.

Ko‘b fusun naqshin chekib har dam sipehr ayvonig‘a,
Yuz tuman makri ila taklifi mehmon etti charx.

Go‘starib hayrat bisotin tarhi gardun uzrakim,
Shomi zulfin ko‘rsatur tun husnini qon etti charx.

Boda bazmin tarqatib mahfilim jam’iyatin,
Lashkari anduh ila toroju tug‘yon etti charx. <

Umr poyoni vido’ etti safar raxtin tuzub,
Bu fano bozoridin naqdimni toroj etti charx.

May chekib dildor ila jom erdi, Ma’dan, ulfatim
O‘t yoqub mayxonama o‘tlug‘ nayiston etti charx.

* * *

Muanbar kokulingni mushk birlan g‘ola yozmishlar,
Labingga uqday kofurdin buthola yozmishlar.

Muqaddar munshilar arbobi husning mushafi uzra
To‘lun oy jadvalig‘a sun’ birlan hola yozmishlar.

Pari gulchehralar tumori tasxiri aloyiqdur,
Fusun ahli qiyomat nasridin timsola yozmishlar.

Na yanglig‘ qona tabdil rang olibdur kifriking o‘qi,
Yuraklar porasidin anga yuz parkola yozmishlar.

Emasmu mazhabi ishq ichra joyiz Ko‘hkan shavqi,
Ki lavhi Besutun satriga tarhi lola yozmishlar.

Ko‘ngul purg‘am, yurak obila hamdam ko‘zda yoshim qon,
Sango husnu latofat, manga ohu nola yozmishlar.

Shabi ohimdin onjoq Ma’dan o‘ldi tiyra gardunkim,
Sirishkimdin taqi kim Shomu Chinni ola yozmishlar.

* * *

Mani afgor edanlar, kosh, man yanglig‘ figor o‘lsun
Ki, furqat bodasin sing‘on tarab jomig‘a zor o‘lsun.

Mening mahbusi zindoni malomat aylaganlar ham
Mazallat tufrog‘ina yostonib xor o‘lsa xor o‘lsun.

Chekib ishratrabosin sukr o‘lub bexud o‘lanlarg‘a
Mudaqqiq dard berkim, el ichinda sharmsor o‘lsun.

Degil ushshoqakim majzubi ishq o‘lmish budur chora,
Chiqib sahroya, Majnun daf’idek benangu or o‘lsun.

Turobimg‘a qadam qo‘yg‘ach tahammul pesha qilg‘ilkim
Mabodo hil’ati nozing g‘uborimdin g‘ubor o‘lsun.

Jahon ma’murasidin o‘zga maqsudi murodim yo‘q, ,
Boshim farshi harimi dargahi ul shahsuvor o‘lsun.

Zalilu mustamandu xor deb, Ma’dang‘a ta’n etma,
Anga hijron muborak, sanga davlat poydor o‘lsun.

* * *

Chekib qatlimg‘a saf ul xayli mujgoningga sallamno,
Ko‘ngul sham’in yorutg‘ay, zaxmi paykoningga sallamno.

Vafo rasmin tuzub, nooshnolig‘ shevasin buzg‘an,
Jatrodin yuz o‘gurgan ahdu paymoningga sallamno.

Jahon chun kulbai attor yanglig‘ atrbez o‘ldi,
Abiromiz zulfi anbarafshoningga sallamno.

Mening Majnun kibi nokoma in’oming nisor etkim,
Falaq shohi degay rashk ila ehsoningga sallamno.

Samodin to samakka partavi husning bo‘lub lomi’,
Bu ko‘zgu uzra aksi mehri ruxsoringga sallamno.

Amiriy gulshani nazmida afg‘on aylakim Ma’dan,
Degay bulbul navou savty ilhoningga sallamno.

* * *

Har kimy ilgida sing‘an jom ila sahbosi bor:
Jomi Jam, mir’oti Iskandardin istig‘nosi bor.

Bir muvofiq bo‘lsa yori dahr aro har kimsani,
Layliyu Shirinu Uzrodin qachon parvosi bor?!

Oftobi orazingdin bahraye, jono, olur,
Ushbu olam ichra kimning diydai binosi bor.

Soqiyo, ko‘rsat jamoling aksini jom ichrakim,
Xasta ko‘nglum ilgida jon naqdidin barnosi bor.

Ko‘hkan Shirina, Uzrosiga Vomiq faxr etar,
Ishq bozorida har Qaysni bir Laylosi bor.

G‘am yemam kofir ko‘zung o‘ldursa ming yo‘l ne uchun,
La’li jonbaxshingda bil yuz ming Masih anfosi bor

Dahr mahbubig‘a, Ma’dan, bog‘lamas ko‘ngul ne deb,
Bir pari-paykar, quyosh yuzluk malak siymosi bor.

* * *

Bahori husni ruxsoring gulidin bo‘lmog‘a toza,
Bu ko‘nglum bulbulining nolishig‘a yo‘qtur andoza,

Erur yuz pora ko‘nglum tori zulfung yodidin, vahkim,
Magarkim bu kitob ul rishta birlan topti sheroza.

Yuzung ko‘rgan kishi ne vajhdin qonlar yutar mandek,
Lni gar qilmasa mashshota rangi zulmdin toza.

Jamii xo‘blar da’vosi botil bo‘ldi husningdin,
Barobar kelmagandek sehrlar izhori e’joza.

Emasdur ko‘zlarim ko‘rmak uchun bul tan hisorig‘a,
Kezib fikring chiqarg‘a jon erur bu ikki darvoza.

Bu zulfu ko‘zu qoshingni tamannosida har soat,
Jafolar to‘rt yondindur manga behaddu andoza.

Jarasdek nola qilsam, ayb qilmanglar mani Majnun
Ki, ey Laylivashim, cheksam agar har sori xamyoza.

Ne tong, o‘rtansa jonim sham’ o‘tig‘a shavqdin har tun,
Erur to xalq aro, ey bevafo, husningdin ovoza.

Mani bu Volai shaydolig‘img‘a chekmag‘ay ta’na,
Kishi bir qatla ko‘z solsa agar ul husni navtoza.

* * *

Ketib ul sho‘x, ketmish jismdin jonim so‘rog‘ uzra,
Magar mushkin xatingdin nafhaye yetmish dumog‘ uzra.

Mashomimg‘a sabo gar nakhate keltursa, tong ermas,
Parizodim tararmish sunbuli zulfin tarog‘ uzra.

Mening qatl aylag‘ach chug‘zi adular qatl komidin,
Taloshur itlari qonimni ko‘rgach ityalog‘ uzra.

Dedim, o‘ldur, mening qonlig‘-boshim yo‘lungda pomol et
Yaroshuqdur mening qonimg‘a gul la’ling dudog‘ uzra.

Dema hech kimga zulm etmodi Ma’dan dahri zulmoniy,
Nag‘u Farhodning ta’zir etib o‘ldurdi tog‘ uzra?

* * *

Orazing fikri bila gulzor aro bemor gul,
Septi shabnamdin yuziga suv magar afgor gul,

Sayri gulzor ayladim go‘yo ko‘rub akoi ruxing,
Elga olmish mushti zar qilmoq uchun isor gul.

Har bahor istab nasiming vaslidin yuz til bila
Aylamish har bir nido ahlidin istifsor gul.

Gashti gulzor aylasang, kel diydam uzra, ey sanam,
Bermasun nogah kafi poyingg‘a bir ozor gul.

Og‘zingu ko‘zung xayoli birla fikr aylab yuzung,
G‘uncha qon yuttiyu nargis bo‘ldi bemiqdor, gul.

Aylamish bodi sabo ul dam sazovori xazrn,
Orazingdin lahzai kim aylasa izhor gul.

Zarraye xurshid ruxsoringni raxshon aylading,
Xalq aro Ma’dan kibi bo‘lg‘ay adam guftor gul.

* * *

Suyung‘il, ey ko‘ngulkim, davri ishrat jom kelturmish,
G‘am o‘ldi munfailkim, shodlik payg‘om kelturmish.

Quyun yanglig‘ junun dashtida sarson o‘lma, ey ko‘ngul,
Sabo ul gulshani firdavsidin in’om kelturmish.

Zulayxo imtisolim Misri davlat uzra shod o‘lkim,
Bugun solori baxtim Yusufi gulfom kelturmish.

Quyoshdek orazingdin nakhati subhi saodatkim,
Ko‘ngul bexudlig‘in tark aylag‘on orom kelturmish.

Qazo sayyodi, olam kosasidan voqif o‘l, Ma’dan,
Senga bir donai maqsud birlan dom kelturmish,

* * *

Na mavzundir ko‘ngul bog‘ida zebo qaddi shamshoding.
Taolilloh, na soat birla sone’ qildi ijoding.

Sog‘indim qumri yanglig‘ qomating ko‘zlab xiyobonlar
Ki, bo‘lmas har qayu mavjuda tushsa sarvi ozoding.

Parivashlarga husning lavhi ta’vizi tag‘ofuldur
Ki, mahjublarg‘a tumori junundur xatti irshoding.

Kitobi orazing ul sajdai mehrobi xat o‘lmas,
Erur zuhhodlar zikrnla uryon sharhi avroding.

Senga hirzi nafas vobastai qaydi tamannodir,
Biyobonlarda Majnun rog‘ibi, tog‘ uzra Farhoding.

Ko‘ngul sayd o‘ldi ko‘rgach donai xoling savodinkim,
Qo‘yib ul dona birlan domi tazvir bo‘yla sayyoding.

Itobu shevai javru jafo o‘rgandi sendin charx
Ki, charx ustodi sansan, ey muallim, kimdur ustoding?

Mening har kunda yuz ming qatla o‘lmakdur faolimkim,
Menga o‘lmaq faroiz, senga vojibdur bu mu’toding.

Xaloyiq naqdi umri sarfi tug‘yoni qazo bo‘lsa,
Erur Ma’dan shahidi g‘amza birlan tig‘i bedoding.

MUXAMMASLAR

* * *

Zamona bo‘lsa oxir ko‘p alomatlar chiqar dedim,
Chiqib Dajjol ila Ya’juj bu olamni yutar dedim,
Ulardin ilgari har shahra bir ofat tegar dedim,
Bu yuz o‘ttiz qaroqchi mulki Pang‘ozni buzar, dedim,
Amon saqla, xudoyo, bu balodin alhazar dedim.

Silar davrinda bo‘lmas hech mushkil ishga osonlik,
Eru xotin arosinda bo‘lub g‘avg‘o parishonlik,
Na bog‘da bog‘bon qoldi, na dehqonlarda dehqonlik,
Bu yuz o‘ttiz balog‘a daf’ bo‘lmas xayru qurbonliq,
Xudo sizlarga bersun manzili nori saqar dedim.

Xaloyiq qildilar dehqonchilik, man ham havas qildim,
Ki go‘yo murg‘i jonimni giriftori qafas qildim,
Qaroqchilarg‘a uchrab, xirmanim donini xas qildim,
Ki mundin so‘ngra shunday ishni qilmoqlikni bas qildim,
Silar har qaysingizni turli ofatdan batar dedim.

Xizrg‘a uchrab ayttim: «Ey nadimi hazrati bori!
Na bo‘lg‘ay bir nazar qilsang boribon xirmanim sori,
Anga yolbordimu qildim tavallo nolayu zori,
Xizr borib nazar soldi samong‘a qoldi don nori,
Quduming tegsa har yer sabz bo‘lg‘ay pursamar, dednm.

Banogoh bo‘ldi paydo uchta bedodi padarla’nat,
Xizr qochdi ulardin qilmadi xirman sari rag‘bat.
Ko‘zim ochsam, qani Xizru qani xirman, qani barkat,
Kasofat shumlug‘idin tekgusi har yerga bir ofat,
Bu badxo‘liklaridin har balog‘a yo‘liqar, dedim.

Kel, ey Ma’dan, quruq nay bo‘lma, hamchun nayshakar bo‘lg‘il,
Bular bo‘ldi xudodin bexabar, sen boxabar bo‘lg‘il,
Yamonlardin qochib sen yaxshilarg‘a hamsafar bo‘lg‘il,
Qarilik vaqtida qaddingni bukma, sheri nar bo‘lg‘il,
Yamonlardin fano berg‘il, xudoyo, alhazar dedim.

* * *

Kima sho‘ri junundin ranji nuqson o‘lmasun, yorab,
Man o‘ldum g‘am asiry hech inson o‘lmasun, yorab,
Boshi charxi falak go‘yinda chavgon o‘lmasun, yorab,
Quyundek g‘am biyobonida sarson o‘lmasun, yorab,
G‘ariqi bahri hayrat mahzi hijron o‘lmasun, yorab,

Bu foniy dahr aro el ko‘rmagan mehnatni man ko‘rdum8
Na tamkini farog‘at, na halovoti vatatsjo‘rdum,
Na sayri lolau bog‘u tamoshoyi vatan ko‘rdum,
Na gulgashti biyobon, nakhati rangi suman ko‘rdum,
Nakim bag‘rida mandek dog‘i hijron o‘lmasun, yorab.

Guli bog‘i nishotim so‘la o‘xshar dahr bog‘inda,
Ki qumri gul yaqosin yozadurmish davr oyog‘inda,
Topib, anjoq ziyoye ya’s kulbam g‘am charog‘inda,
Ketib aqlim manim ovoradur ko‘nGlum so‘rog‘inda,
Qayu inson bu yanglig‘ zoru hayron o‘lmasun, yorab.

Solib mehri falak jonimg‘a yuz mahshar alomoti,
Qayon borsam boshimdin kam emasdur g‘am baliyoti,
Manga har nav’ davron ko‘rsatur rangi adovoti,
Tuganmas zarraye bir umr gar qylsam shikoyoti,
Nakim mandek Qatili tig‘i hijron o‘lmasun, yorab.

Falak vojun, zamon ahli zabun, shoh iltifoti kam,
Tanim majruh, hijron xanjari dil chokina marham,
Makonim qo‘hi mehnat, hamdamim — ohu, rafiqim — g‘am,
Na ma’kule muqarrar mazrai rizqim uza marqam,
Maishat oz, muncha g‘am farovon o‘lmasun, yorab.

Mani atvori zishtim aylagach dun ahlig‘a muhtoj,
Shukuhi fitratim mulki tama’din bo‘lmadi ixroj,
Kelanda shomi furqat bo‘ldi ayyomi tarab toroj,
Qani ohi muassir fath uyina yong‘ali minhoj,
Ki miftohi ijobat lavhn pinhon o‘lmasun, yorab…

Mashaqqat cho‘x, farog‘at yo‘x, alam behad, fig‘on afzun,
Ichim g‘amliq, yurak dog‘lik, yuzim soriq, ko‘zim purxun,
Tunum zulmat, kunum mehnat, boshim charx uzra chun . gardun,
Qilur nafrin bu yanglig‘ izzatimga Vomiqu Majnun,
Jafo har qancha mushkil menga oson o‘lmasun, yorab.

Kuyib kul bo‘ldi hijron sham’idek ejod o‘lub Ma’dan,
Fano bo‘lg‘ach sovurdi axgarin g‘ambod o‘lub Ma’dan,
Halovat jomidin shod o‘lmadi dilshod o‘lo‘b Ma’dan,
Qazo jomin ushotti jur’ati Farhod o‘lub Ma’dan,
Bu rasvolig‘da bag‘rim loladek qon o‘lmasun, yorab.

* * *

Bu gulshan sayridin keldim alimda gulzorim yo‘x,
G‘amim g‘am tog‘idin oshti, g‘amim ayturga yorim yo‘x,
Junun dashtida Majnunam manam, Layli nigorim yo‘x,
Malomat toshi yog‘durdi boshimga nangu orim yo‘x,
Ajab oshufta ahvolamki juzve ixtiyorim yo‘x.

Manga, ey muhtasib, ta’zir etma ehtisobingdin,
Saning bu ehtisobing man ham o‘rtandim kitobingdin,
So‘rarsan har daqoyiq, ojiz ermasman javobingdin,
Manga arz aylama Mansurdek dori tanobingdin,
Lnalhaq rishtasi bo‘ynumdadur, parvoyi dorim yo‘x.

Imomi ishqa qildim iqtido tarki sujud aylab,
Zararga ko‘ngul oldurdim suvoi naf’i sud aylab,
Mug‘on dayrig‘a yuzlandim, dog‘i qat’i shuhud aylab,
Mano o‘ldum, yo‘x o‘ldum, nafyi isboti vujud aylab,
Manga ta’n aylama, ey zohido, zuhdingga korim yo‘x.

Xarobot ichra kirdim, rindlar bazmin talosh ettim,
O‘zim rasvolig‘im bildi^dimu, sirrimni fosh ettim.
Ichib may zarfini, bag‘rim ezib, qonim maosh ettim.
Ko‘ngul xunobasin ko‘zdin t-o‘qub yosh uzra yosh ettim,
G‘araz bu infioli zishti atvorimg‘a vorim yo‘x.

Tuganmas zarraye har qancha izhori alam qilsam,
Xush ulkim o‘z-o‘za o‘t yoqsamu jismimni kul qilsam,
Samandardek kuyib kul bo‘lsamu sayri adam qilsam,
Sazovor ulki Ya’qubi hazindek xo‘yi g‘am qilsam
Ki, Yusuf tal’atim vaslingga yetmak iftixorim yo‘x.

Nasoyihlar maqomin kezdimu ko‘nglumni tindurdim,
Na voizlarg‘a muxtor o‘ldumu ilgimni topshirdim.
Riyoyi shayxlardin bezdimu paymona sindurdim,
Kirib beboklar dinig‘a bay’atnoma yetkurdum,
Quyundek telbalik dashtida sarsonman, g‘uborim yo‘x.

Junun kayfiyatin bexudlyg‘imdin imtiyoz ettim,
Haqiqat nash’asidin chektimu tarki majoz ettim,
Tag‘ofil shevasin ko‘rguzdi dunyo anga noz ettim,
Na yanglig‘ mazhabi butlon ekan deb ehtiroz ettim,
Tavakkal qildimu o‘tga yoqildim, fikri norim yo‘x.

Mani mahzunu uryon, bodayi jomi nishot ermish,
Dog‘i har misraim sarmoyai bazmi bisotermish,
Aning tahrir etarg‘a kilki ma’ni ixtilot ermish,
So‘zum har nuqtasinda lazzati qandu nabot ermish,
Ki beidroklar fahmida, Ma’dan, e’tiborim yo‘x.

NAVOIY G‘AZALIGA MUXAMMAS

Bukulg‘an qomatim hijrrn elinda notavon ermish,
Dag‘i oshufta ko‘nglum anjuman tig‘ig‘a qon ermish,
Bu g‘ayratdin yurogim chok, rangim za’faron ermish,
Menga nomehribon yor, o‘zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib ag‘yorg‘a oromi jon ermish.

Havodis toshidin sindi falak jomi-ayog‘imni,
Qazo ovora qildi andalibi naxli bog‘imni,
Ulus xalqi topolmas yo‘qlug‘um istab so‘rog‘imni,
Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dog‘imni,
Qi ul har bir qarorg‘on dog‘i hijrondin nishon ermish,

Kezib g‘am vodisin chekdim jafoyu jabru emgaklar,
Judolig‘ o‘tig‘a yondim, kuyib kul bo‘ldi so‘ngaklar,
Tegib furqat o‘qi so‘rox-so‘rox bo‘ldi ko‘kraklar,
Buzulg‘on ko‘nglum atrofidagi zaxm ichra novaklar
Baliyat qushlariga zaxmlardan oshyon ermish.

Ko‘zim yoshi-oqar tinmay damodam o‘lmayin taskin,
Nihoyatsiz, adadsiz, haddin ermish loalol ta’yin,
Msnga sabr ayla, deb sa’y etma, ey sho‘xi jafooyin,
Raqibing sindurur ko‘nglumni men yig‘lab anga lekin,
Suv keltirmoq hamonu ko‘za sindirmoq hamon ermish.

O‘qub tumori ohim el ani afsun sog‘inmishlar,
Maosirlar nishotimdin g‘amim afzun sog‘inmishlar,
Kalomim Vomiqu Farhoda bir mazmun sog‘inmishlar,
Mening ovora ko‘nglum dog‘ini Majnun sog‘inmishlar,
Junun dashtida yurgan man kibi bexonumon ermish.

Suxan tug‘rosin ermish osmon lavxig‘a sabt etgan,
Tabiat fayzidur kavnu makon lavhig‘a sabt etgan,
Erur, Ma’dan, xayolim imtihon lavhig‘a sabt etgan,
Navoiy nazmini ko‘rdum, jahon lavhig‘a sabt etgan,
Buyurgan oni oliyqadr shohi xurdadon ermish.