Boqixon to‘ra (XIX asr – 1888)

Boqixon to‘ra (19-asr boshlari Qo‘qon — 1888) — o‘zbek shoiri, tabib. Mumtoz she’riyatning turli janrlarida ijod qilgan.

Qo‘qonlik mashhur shaxslar vafotiga bag‘ishlab qator tarixlar yozgan. Mushrifning «Ansob ussalotin va ta’vorixi xavoqin» («Sultonlar nasablari va xoqonlar ta’rixlari»), shoir va tabib Hokimiy (1850—1930)ning «Ta’rix uliloj» asarlarida Boqixon to‘ra haqida qisqa ma’lumot uchraydi.