Samar Nurov. Olisdagi yulduzlar (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Samar Nurov 1934 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ildi. 1956 yilda Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tamomlagach, “Qashqadaryo haqiqati” viloyat gazetasida, Qashqadaryo viloyat radiosida, “Sovet O‘zbekistoni” (hozirgi “O‘zbekiston ovozi”) gazetasida, “Guliston” jurnalida xizmat qildi. Ko‘p yillar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo‘limining mas’ul kotibi bo‘lib ishladi. Samar Nurov “Olisdagi yulduzlar”, “Bodom guli”, “Chaqmoq”, “Rais” kabi ko‘pgina qissalar va hikoyalar muallifidir. U Orol dengizi, o‘zbek chorvadorlari hayotidagi muammolarga doir bir qator ocherklar yaratgan tajribali publitsist hamdir.Samar Nurovning “Durdona”, “Seni sevaman, hayot!”, “Bir uy quvonch”, “Oltin vodiy”, “Beda hidi” kabi o‘nga yaqin nasriy kitoblari chop etilgan. Bu kitoblar o‘zbek nasri rivojida mustahkam o‘rin tutuvchi asarlar bo‘lib qoldi.Adibning “Qarshi xoni” deb nomlangan tarixiy mavzudagi yangi asari nashrga tayyorlanib, uning ayrim boblari matbuot sahifalarida e’lon ham qilingandi. Samar Nurovning adabiyotimiz va xalqimizga sidqidildan xizmatlari munosib taqdirlandi. U “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.