(«Ko‘z yoshi tomgan hikoyalar» turkumidan)
Stalin o‘lgan, Beriya otilgan, mahbuslarga munosabat bir kadar yumshagan paytlar. Avgust oyida lagerimizga respublika ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general Jaqsiliq Stepanov kelib, mahbuslar bilan suhbatlashdi. Qamoq ichidagi qamoq, ya’ni kechasi mahbuslar ustidan kulflab qo‘yilgan baraklar derazalaridan temir panjaralar yaqin kunlarda olib tashlanishini aytdi. U Qozog‘iston Rossiya bilan chegaradosh Pavlodar viloyatida, Irtish daryosi bo‘ylarida katta bo‘lgan, ruslashib ketgan qozoq oilasida tug‘ilgan edi. U yetkazgan xushxa-bardan quvongan mahbuslar qarsak chalib, minnatdorchi-liklarini izhor qildilar.
— Yaxshi kunlarni kutinglar. Hammangizning tergov materiallaringiz ittifoq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Ular bizdan har biringiz to‘g‘ringizda fikr so‘rashadi. Hozir yuzdan ortiq odam sizlarga xarakteristika yozish bilan band. Iltimos, tartib-qoidani buzmanglar. O‘zini yaxshi, intizomli tutganlar vaqtliroq erkinlikka chiqadilar. Har kim o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish ko‘rsatishi kerak.
Norkobil degan zek o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘tardi. U asli termizlik bo‘lib, Amudaryo portida qayiqchi bo‘lib ishlagan. Vazifasi — kemada kelgan yuklarning Afg‘onistonga tegishlisini qayikda narigi qirg‘oqqa o‘tkazib topshirish. U josuslikda ayblanib, o‘n besh yil muddatga hukm qilingan. Ya’ni aybi — daryoning naryog‘ida afg‘on savdogaridan bir kostyum bilan tufli sotib olgani. Chet ellik shubhali odam bilan aloqada bo‘lgansan, deb ayblangan edi. Hozir u qirq yoshdan oshgan. Hamon muddat ustiga muddat oladi. Iigirma yillik qamoq uni professional mahbusga aylantirgan. U josus so‘ziga ko‘nikib ketgan. O‘zini chinakam josus bo‘lsam kerak, deb o‘ylardi. Va bunga ishonardi. Norqobil asosan lager tarbiyasini olgan. U blatnoylar tilini mukammal egallagan.Ozodlik, erkinlik, degan so‘zlar endi uning uchun o‘z ma’nosini yo‘qotgan edi. U butunlay «lager o‘g‘li» bo‘lib ketgan.
— Grajdanin general, siz hozir, xar biringiz o‘z mutaxassisligingizni igaga solib xizmat qiling, dedingiz. Menga togpniriq bering, o‘z mutaxassisligim sohasida o‘zimni oqlay.
General Stepanov uning so‘zlarini eshitib, qiziqib so‘radi:
— Mutaxassisligingiz qanday? Albatta foydalanamiz.
— Shpionman, grajdanin general. Topshiriq beripg, bajarmasam gad budu.
Mingga yaqin mahbus qarsillab kulib yubordi. General uning chala-chulpa o‘rischa gaplariyu so‘kinigalaridan zavqlanib kulardi.
— Nega kulasizlar? Chego smeetes gadm, ex vm podonki.
Uning blatnoy do‘stlari esa:
— Vo dayet zaraza, shuruy, shuruy natsmen, — deya uni rag‘batlantirishar edi.
General ketdi. Zeklarning ko‘nglida allaqanday erkinlik uchquni qoldi.
Ellik uchinchi yilning qishi juda og‘ir keldi. Har kuni shamol aralash qor bo‘ralaydi. Yoningda turgan odamni ham ko‘rolmaysan.
Bunday paytlarda soqchilar soni ko‘paytiriladi.
Qor tingan paytlarda tuman bosadi. Lager devorlaridagi kuchli projektorlar zona ichini yoritish u yoqda tursin, projektorning o‘zi kog‘ozga tomgan yog‘dek arang ko‘rinadi. Tumanda adashib qolgan mahbuslar yo‘l topolmay, tikanli simlar bilan to‘silgan devor yoniga borib qolishar, simga tegib ketganda trevoga zangi o‘zidan o‘zi chalinib, lager bo‘ylab uzoq vaqt jaranglab turadi. Devor burchidagi vishkada soqchilar avtomatdan osmonga o‘q uzadilar.
Mahbuslar yashaydigan o‘n bir barakdan to oshxonagacha o‘n bitta temir arqon tortiladi. Mahbuslar oshxonaga shu arqonni ushlab boradilar. Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman tarqaguncha yo‘l topolmay sarson bo‘lib yuraveradilar. Mahbuslar o‘n bir barakdan tortilgan arqonlarni quyosh nuriga o‘xshatishardi. Ba’zilar chumolilardek o‘n bir joydan oshxona tomon o‘rmalayotganlarga qarab: bu yerda hamma yo‘llar kommunizmga olib boradi, deb piching qilishardi.
Tuman chog‘lari mahbuslar qochmasdi. Qochganlarning qancha-qanchasi cho‘lda muzlab qashqiru shoqollarga yem bo‘lishgan.
Fayzsiz bunday qish oqshomlarida yuragi shundog‘am g‘amga to‘lgan zeklar murdadek qimirlamay o‘tiraverar-dilar.
Ishga olib chiqilgan mahbuslar to tuman tarqamaguncha olib kelinmasdi. Kon oldidagi atrofi tikanli sim bilan o‘ralgan maydonchada qorga ko‘milib, och-nahor o‘tirib tuman tarqashini kutardilar.
Zeklar yashaydigan baraklar qanchalik yoritilmasin, odamlar ko‘ksini yoritolmasdi. Ular negadir qo‘shni uyda o‘lik yotgandek bir-birlari bilan shivirlab gaplashishardi.
Uzoq yillar qamoqlarda yashaganlar bu holga ko‘nikib ketishgan edi. Ayniqsa, g‘arbiy ukrainaliklar erkinlikdan tamoman umidlarini uzgan edilar. Shu topda ulardan biri nara (to‘rt kishi yotishiga mo‘ljallangan ikki qavatli so‘ri) ustida chalqancha yotgancha shiftga tikilib «Dvlyus ya na nebo» degan ukrainlarning eng sevgan g‘amgin qo‘shig‘ini kuylayapti. Bu qo‘shiqni tinglagan har qanday toshyurak odam ham yum-yum yosh to‘kardi.
Odamzot qiziq bo‘larkan-da! Shundoq azobli, ayanchli damlarda ham bir-birlari bilan jiqqamusht bo‘lardilar.
Barakdagi kattakon bak suvga to‘ldirib qo‘yiladi.
Uning pastidagi jo‘mrakka bandi zanjirlangan va qulflangan krujka osib qo‘yilgan. Ko‘pincha musulmon dinidagi o‘rta osiyoliklar, kavkazliklar, tatarlar shu bak oldida cho‘kkalab tahorat oladilar.
Boshqa dindagilar, biz suv ichadigan idishni harom qilding, deb to‘polon qilardilar. Mushtlashish boshlanadi. Soqchilar barakka kirib, qonga belangan janjal-kashlarni ajratadilar. Bir, ikki zekni haydab opchiqib ketadilar.
Barak derazalaridagi panjaralarni olib tashlashga, barakni qulflamaslikka so‘z bergan ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general va’dasini bajarmadi. Mahbuslar kechqurun barakka kelishlari bilan nazoratchilar ularni sanab, ustlaridan qulflab qo‘yishadi. Hamma hojat ishlari shu yerning o‘zida bo‘ladi.
Men o‘sha paytda «Madaniy tarbiya» bo‘limida rassom edim. Vazifam qaysi brigada qancha ruda qaziganini sahargacha katta-katta shchitlarga yozib, zonaning ko‘rinarli joyiga ilib qo‘yish edi.
Sovuq shundoq zaptiga olgan dekabr kechasi edi. Oltinchi barakda qiy-chuv bo‘lib qoldi. Mahbuslarning dod-voylarini eshitib, o‘sha tomonga yugurdim. Barakda yong‘in bo‘layotgan edi. Mahbuslar etik bilan tepib, oynalarini sindirgan derazalardan buralib-buralib qop-qora tu-tun chiqardi. O‘t ichida qolganlar yordam so‘rab qichqirishardi.
Kor qalin yoqqan paytlarida mahbuslarga piyma (valenka — tagcharmi yo‘q namat etik) berilardi. Ilashgan qor barakka kirganda erib, valenkalar jiqqa ho‘l bo‘lib ketardi. Mahbuslar ularni quritish uchun barak pechi ustiga qator terib qo‘yardilar. Yong‘in ana shu valenkalardan boshlangan edi.
Nazoratchi starshina Demyanov yonayotgan barakka qarab, maxorka tutatib turardi.
— Eshikni ochmaysizmi? — deya unga zorlandim.
— Haqqim yo‘q. Maxsus buyruq bo‘lmaguncha ocholmayman, — deya qat’iy javob qildi u.
— Yetmish ikki odam bo‘g‘ilib o‘ladi-ku! Nahotki rahmingiz kelmasa? Bu ishingiz uchun hali javob berasiz, — dedim g‘azab bilan.
— Men buyruqni bajaraman. Bu fashistlar kuysa kuyaversin, yonsa yonaversin. Barakdan yetmish ikkita kalla bilan bir yuz qirq to‘rtta oyoq topilsa bo‘lgani. U yog‘i bplan, o‘lik-tirigi bilan ishim yo‘q.
Zona devoridagi soqchi bo‘layotgan vokeani kuzatib turgan ekan. Telefonda shtabga xabar qilibdi. Zudlik 6ilan shtab navbatchisi yetib keldi. Demyanovga eshiklarni och deb buyruq berdi.
Dadajon ham shu barakda yashardi. U bir yarim oydan beri to‘shakka yotib qolgan, hassaga tayanib arang oshxonaga borib-kelardi. Ko‘pincha xamyurtlari unga ovqatini keltirib berardilar.
Dadajonga nima bo‘ldiykin, deb tashvishlana boshladim.
Barak eshigi o‘t o‘chirish qoidalariga rioya qilinmay o‘rnatilgan edi. Eshiklar ichkariga ochilardi. Bu barakni mahbuslarning o‘zlari qurgandilar. Prorab kancha tayinlamasin, kuloq solmagandilar. Yong‘in chiqqanda, yo yer qimirlagan paytda ichkaridagilar o‘zlarini eshikka uradilar. Shunda eshik yopilib kolib, ochishning iloji bo‘lmaydi. Maxbuslar barakda o‘zlari uchun o‘zlari qopqon yasagan edilar. Bir soldat lom olib kelib eshikni buzdi. Ichkaridan tutunda xolsizlanganlar biri-birini itarib tashqariga chiqa boshladilar, to‘lib oqayotgan anhor qirg‘og‘i o‘pirilganday bo‘ldi. Odamlar tinmay yo‘talishar, o‘kchishardi. Ular orasida Dadajon ko‘rinmasdi. Deyarli hamma mahbuslar tashkariga chikdi. Dadajon yo‘q. Nazoratchi mahbuslarni bir-bir sanadi. Ularning soni yetmish bitta edi.
— Dadajon yo‘k, ichkarida qolib ketibdi. — dedim. Batareya chirok ushlagan to‘rt soldat gaz niqob kiyib barakka, tutunlar orasiga kirib ketdi. Sal fursatdan keyin hushidan ketgan Dadajonni ko‘tarib chikishdi. Qalin qor bosgan yerga yotqizishdi. Shoshib bordimu bushlat bog‘ichini yechib, ko‘kragiga kuloq tutdim. Yuragi urmasdi. Lekin tani xali issik edi. Bilagini ko‘tarib, tomirini ushlab ko‘rdim. O‘ttiz uch yil dukillab muttasil urib turgan yurak endi urishdan to‘xtagan edi. Uning ochiq qolgan ko‘zlariga karadim. Tun qorong‘usida ko‘zlarida qanday ifoda kotib qolganini bilolmadim. Qaboqlarini kaftim bilan pastga qarab siladim. Yetdim, deganda yiqilgan Dadajonning bu dunyoga to‘ymagan, erkinlik yo‘liga intizor tikilgan ko‘zlari endi bir umrga yumildi.
Garnizondan kapitan Rasulov yetib keldi. Qator yotqizib qo‘yilgan, tinmay o‘qchiyotgan o‘ttiz besh choqli maxbusning boshiga borib, bir-bir qarab chikdi. Dadajonning tepasiga kelib uzoq turib qoldi.
Bosh vrach Shkarin holsiz yotganlarning hammasini sanitar zambarida kasalxonaga jo‘nata boshladi
Lager uyg‘onib ketgan. Mahbuslar panjarali derazalardan 6u tomonga jimgina qarab turishibdi.
Dadajoshsh zambarga yotqizishdi. Bir tomopidan o‘zim ko‘tarishib o‘likxonaga obordik.
Soat sakkizda barcha baraklarning eshigi ochildi.
Oltinchi barak lop etib yondiyu alanga ichida qoldi. Achimsiq tutun hidiga to‘lgan lager ustida, tumanlar orqasidan tong yorishib kelardi.
Bir yurtning odami har qanday sharoitda ham bir-biriga qayishar ekan. Biron soatlar o‘tib, kapitan Rasulov qog‘ozga o‘roqli bir narsa berib ketdi. Ochib qarasam, sakkiz metr oq surup. Dadajon uchun kafanlik edi bu. Hali ham tuman tarqagani yo‘q. Ancha baland ko‘tarilib qolgan quyosh tuman pardasi orqasidan xuddi qizdirilgan chaqadek ko‘rinadi.
— Kafanlikni men olib kelganimni birov bilmagani durust, — dedi u yoq-bu yoqqa alanglab Rasulov. —Marhumning jasadini soat uchlarga tayyorlanglar.
To soat uchgacha marhum Dadajonni yuvib, kafanlab, janozasini o‘qidik. Brichka aravada darvozadan olib chiqishdi. Vaxtada tunda eshiklarni ochmay, shuncha odamga shikast yetkazgan, Dadajonning o‘limiga sabab bo‘lgan nazoratchi starshina Demyanov turardi. Brichkani qo‘riqlab borastgaplarga tanbeh berdi:
— Kafanni ochib qaranglar. Badaniga shtik sanchib ko‘ringlar, mug‘ombirlik qilayotgan bo‘lmasin.
Rasulov:
— Tekshirib ko‘rilgan, xotirjam bo‘l, — deb javob qildi.
Uni dafn qilishga meni olib chiqishdi. Ana shunda Rasulovning millatga qayishishiga tan berdim. Go‘r qazish, murdani ko‘mish uchun buxorolik uchta soldatni yuborayotgan edi. Ulardan biri Qur’onni juda chiroyli tilovat qilar ekan.
Tuman tarqagan. Oftob qor bostan oppoq cho‘lda ko‘zni qamashtiradi.
Qabristonga kelganimizda generalning iti ko‘milgan joyga qaradim. Juda chiroyli qilib gumbaz ko‘tarilibdi. Befarzand general o‘limi oldidan, «Mendan qolgan pullarni sarf qilib sodiq itimga yodgorlik o‘rnatinglar», deb vasiyat qilgan ekan. Yodgorlik yaqiniga bordim. Qora marmar toshga shunday so‘zlar o‘yib yozilgan:
«Mening sodiq va vafodor do‘stim, o‘ttiz yetti qochoq mahbusni tutib bergan va o‘zi yovuz mahbus qo‘lida halok bo‘lgan Jek nomli itga minnatdor do‘sti general mayor Maksim Mixaylovich Rechnikovdan».
Atrofga qarayman. Bu qabristonga akademik Tupolevning iste’dodli shogirdi, Mehnat qahramoni Dudintsov ko‘milgan. SSSR xalq artisti Vera Kvitko, Valeriy Chkalovning samolyotini hamisha uchishga sinchkovlik bilan tayyorlaydigan aviatsiya mayori Stepanov, Buxoroda rishta kasalini tugatishda katta xizmat ko‘rsatgan Rustam Azimzodalar shonsiz-sharafsiz ko‘milgan. Ularning qabri qani? Allaqachon tep-tekis bo‘lib ketgan. Birgina shu Jek deb atalgan itga qo‘yilgan savlatli yodgorlik qabristonni «obod» qilib turibdi.
Taqdir, takdir, muncha qahring qattiq! Muncha shafqatsizsan! Shu buyuk zotlarni bitta it qatori ko‘rmading-a!
Fayzsiz, qishda bo‘ronlar uvillagan, yerdan bosh ko‘targan giyohlarni saraton qovjiratib tashlaydigan bu befayz ayanchli badbaxt dala manzarasiga qarab bu xunuk, bu sovuq qabristonga qarab ich-ichimdan faryod urardim.
Uch buxorolik azamat yigit lom bilan, belkurak 6ilan toshga aylanib ketgan zarang yerni kavlab kabr ochguncha terga pishib ketdilar. Jasad lahadga qo‘yildi. Og‘zi yassi tova tosh bilan bekitildi. Buxoroning Shofirkonidan xizmatga chaqirilgan Mir Arab madrasasining talabasi Istam Ahadov degan yoshgina yigit tilovat boshladi. Shag‘al aralash tuproqni qabrga tashlay boshladik. Istamboy Qur’on o‘qishning hadisini olgan ekan. Oyatlarni tiniq, yurakka to‘ppa-to‘g‘ri borib qadaladigan ajib bir ohang bilan o‘qirdi. Bir umr tilovat eshitilmagan bu qaqir cho‘lda muallaq turib vijirlayotgan qushlar ham tepamizda chir aylanar edi. Ular ham qori bolaning ovozidan mast bo‘lgan edilar.
Tilovat tugab, to‘rtovimiz yuzimizga fotiha tortdik.
— Istamboy ukam, rahmat senga. Iltimos, shu yerda yotgan musulmon bandalarning ruhiga ham bir tilovat qilsang.
Istamboy boshladi. Boya tilovat paytida tepamizda chirqillib aylangan, endi esa sovuqdan jon saqlab, qalashib yotgan toshlar orasidagi xas-xashakdan yasalgan uyalarida hurpayib o‘tirgan qushlar Istamboyning ovozini eshitib, yana tepamizga qaytib keldilar. Qanotlarini pirpiratib havoda jimgina muallak qotib turardilar. Ular balandga ham chiqmas, pastga ham tushmas, allaqanday ko‘rinmas ip bilan tepamizga osib qo‘yilgandek tek qotgan edilar.
Ikki oyog‘i bilan tumshug‘i qip-qizil, boshida gunafsha rang kokili bor bu kushlarning paydo bo‘lganiga hali qirq yildan oshgani yo‘q. Ularning asli nomi qanaqa, hech kim bilmaydi. Qozoqlar Beyisht qushi, Qrim tatarlari Ridvon (Rizvon) qushi, deb ataydilar.
Ular toshlar orasidagi inlariga cho‘l giyohlarining urug‘larini yozda g‘amlab oladilar. Bo‘ron turganda, yog‘ingarchilik paytlarida haftalab inlaridan chiqmaydilar.
Odamlar ularning inlari og‘ziga non ushoqlari, har xil don-dunlarni sochib qo‘yadilar.
Ufadagi Madrasayi oliyada tahsil olib qaytayotgan bir talaba qushlarning inlari oldiga tiz cho‘kib, yig‘lab qur’on tilovat qilgan ekan. Uning gapiga qaraganda, bu qushlar oddiy qushlar emas, mana shu tep-tekis bo‘lib ketgan qabrlardagi azob-uqubatlarda shahid bo‘lgan begunoh insonlarning bir kalima tilovatga ilhaq bo‘lib yotgan ruhlari emish.
Kimki Rizvon qushiga ozor bersa, tuzalmas dardga mubtalo bo‘larmish. Shu qabriston yonidan tunda o‘tgan odamlarning aytishlaricha, qushlarning uyalaridan tong otguncha yig‘i, ohu faryodlar eshitilarmish.
Lagerimizda yer yuzida barmoq bilan sanasa bo‘ladigan Assira-Vavilonliklarning biri — Davidov degan mahbus bor edi. Rizvon qushining bitta xo‘rozi bilan bitta makiyonini tutib kelgan edi. Yaqinda shu Bobil farzandi tutqanoq kasaliga uchrab olamdan o‘tdi. Bobilliklarning yana bittasi dunyodan ketdi.
Istamboy qiroatni sog‘ingan ekan. Armiya safiga chaqirilgandan beri komsomollarning zug‘umiga uchramaslik uchun ovoz chiqarmay, ichida tilovat kilib yurarkan. Nazarimda tilovat qilayotganda uning o‘zi ham allaqanday ruhiy oziqlanayotgandek edi.
Gap-so‘z bo‘lishdan cho‘chimay, bu dafn marosimiga yo‘l ochib bergan hamyurtim, kapitan Rasulovga dil-dilimdan rahmatlar aytdim.
— Ukam, — dedim Istamboyga, — Qo‘lingni fotihaga och: shu Rasulov degan azamat inson xaqiga bir duo qil!
Bu dunyoning g‘amlaridan, ayriliqlaridan, adolatsizliklaridan u dunyoga faryod urib ketgan alamdoshim, hasratdoshim Dadajonni kimsasiz cho‘l tuprog‘iga topshirib qaytib kelyapmiz.
Qish kunlari bir tutam. Soat besh bo‘lmay qorong‘i tushgan. Zona devorlaridagi projektorlar yoqib qo‘yilgan. Gurillab yonayotgan gulxan oldida mahbuslar tik turganlaricha goh qo‘llarini, goh osqlarini o‘tga tutib isinishardi.
Zonaga birov kirmas, birov chiqmasdi.
Hammaning og‘zida bitta gap: «Starshina Demyanovga chora ko‘rilsin, jinoiy javobgarlikka tortilsin».
Yong‘in paytida barak eshiklarini ochmagan starshina Demyanov vaxtada po‘stinga o‘ralib, qorovullar bilan qaynoq choy ichib o‘tiribdi. Uning basharasiga tuflagim keldi. Afsuski, buning sira iloji yo‘q edi. U ozod grajdanin, men esa hamma xukuklardan mahrum qilingan mahbusman.
Bir pastkash, insonlik qiyofasini yo‘qotgan, shafqatsiz, hissiz to‘nka oldida ojizu notavon qolish naqadar alamli, naqadar o‘kinchli!
Mahbuslar so‘zlarida turishdi. Ertasiga ham ishga chiqishmadi. Mahbuslarga bosh-qosh bo‘lgan Norqobilni kechasi soldatlar opchiqib ketishgan ekan. Ertalab zonaga iljayib kirib keldi. Operativ vakil undan mahbuslarni tinchitishni, ertaga ishga chiqishlaripi tushuntirishni so‘rapti. Agar shu topshiriqni bajarmasa qo‘zg‘olon ko‘tarishda ayblanishini aytibdi.
— Gapiga ko‘ndingmi, durak, — deya ta’na qildi maxorka tutunidan mo‘ylovlari sarg‘ayib ketgan, ismi mutlaqo unli xarfsiz yoziladigan Mkrtch degan armani chol.
— Meni kim deb o‘ylayapsan? Bilib qo‘y, ya ne seksot i ne durak.
Tushga yaqin lager boshlig‘i zonaga kirdi. U baraklarni aylanib chiqqandan keyin orqasidan, boshliq nima qilarkin, deb ergashib yurgan mahbuslarga dedi:
— Bo‘ldi endi. Ertadan ishga chiqinglar.
Norqobil unga e’tiroz bildirdi:
— Poka starshina jazolanmas ekan, rabotat ne budem.
Lager boshlig‘i polkovnik Samsonov biron tayinli gap aytishga ojiz edi.
— Kelinglar, ochiqchasiga gaplashaylik. Demyanov masalasida harbiy prokurorga murojaat qildik. U starshina qonun doirasida ish tutgan. Ustavni buzmagan,
jazolab bo‘lmaydi, deb javob qildi. Undan keyin harbiy tribunal bilan gaplashdik. Uning fikri boshqacha. Jazolash kerak. Odamlar xalok bo‘lishini kutib o‘tirmay, shtabga yong‘in to‘g‘risida zudlik bilan xabar qilishi kerak edi, deb javob qildi. U albatta sud qilinadi, degan fikrni aytdi. Xotirjam bo‘linglar, biz ham qarab turganimiz yo‘q. Shuni yaxshi bilinglarki, Davlat xavfsizligi komiteti bilan Ichki ishlar vazirligi hech qachon mahbuslar fikrini tan olmaydi. Ishga chiqishdan boshka ilojlaring yo‘q.
— Barak eshiklari qachon ochiladi, — deb so‘rashdi undan.
— Kutyapmiz. Yuqoridan alohida ruxsat kelishi kerak. Kutyapmiz.
Polkovnik chiqib ketgandan keyin Norkobil boshchiligida gulxan atrofida maslahat «majlisi» bo‘ldi. To‘rtinchi barakdan Dorfman degan yuristni chaqirib kelishdi. U erkinlikda Leningrad advokaturasida ishlagan, ko‘p chigal sud jarayonlarida yutib chikkan obro‘li advokatlardan edi.
— Agar xafa bo‘lmasanglar, gapning ochig‘ini aytaman. Hozirgi urinishlaringiz hech qanday natija ber-maydi. Mahbusning vazifasi — itoat qilish. Birop nimani da’vo kilishga mutlaqo xaqqi yo‘q. Chunki u grajdanlik xukuqidai maxrum qilipgan. Da’volaringizning birontasi inobatga olinmaydi. Vazifangiz faqat va faqat bo‘ysunish.
— Nima, biz qul chto li? — dedi norozi bo‘lib Norqobil.
— Undan ham battar, — dedi Dorfman. — Bu qilayotgan ishimiz yaxshilik bilan tugasa-ku mayli-ya, oqibati yomon bo‘lishi, besh-olti kishining jazo muddatini oshirib ko‘yishlari ham mumkin. Ana unda yomon bo‘ladi.
Dorfman to‘g‘ri aytayotgan edi. Lagerda yuz yildan ortiq muddatga kesilganlardan anchagina bor edi. Lager ichki intizomini buzgan, yo biron jinoyat qilib, o‘n-o‘n besh yillab muddatini o‘taganlariga qaramay, yana yigir-ma besh yildan jazo muddati olganlar bor edi. Juk degan maxbus yigirma yettinchi yildan buyon muddat ustiga muddat o‘tab keladi. Hozir uning jazo muddati bir yuz o‘n to‘rt yilga yetgan.
Dorfman tajribali odam. Qonun-qoidalarni biladi. Uning gaplari to‘g‘ri edi. Maslahat bilan ertadan ishga chiqishga qaror qilindi. Ertalab vaxtada o‘n yetti kishini to‘xtatib qoldilar. O‘n yetti kishining hammasi troyka qarori bilan har xil muddatga kesilganlar edi. Boshliq o‘rinbosari hammamizni to‘plab, «troyka» qarori bilan kesilganlarga yengillik bsrilganini, ular maxsus ruxsatnoma bilan tashqarida soqchisiz ishga borib kelishlari mumkinligini aytdi. Ana shu jazo muddati yengillatilganlar orasida men ham bor edim. Rasulov meni garnizon klubini bezatish uchun o‘zi bilan olib ketdi.
— Qish og‘ir kelyapti. Shaxtaga borsangiz sovukda qiynalib qolasiz. Endi issiqqina klubda soldatlar shavlasidan yeb, suvrat chizaverasiz. Uzoq ishlanadigan suvrat tanlang. Bahorga yetib olguncha ishlanadigan suvrat bo‘lsin. U oldimga bir dasta «Ogonyok» jurnalini tashladi. Jurnaldagi rangli suvratlarni ko‘rib, «Stalingrad panoramasi»ni tanladim. Unda yuzdan ortiq odam suvrati bor edi.
— Bu ish endi sizga muddatingizni o‘tab bo‘lguningizcha yetadi, — dedi Rasulov.
Ishga juda berilib ketgan edim. Orqamda kimdir turganini sezib, o‘girilib qaradim. U bolalik o‘rtog‘im, birinchi sinfdan to to‘qqizinchi sinfgacha birga o‘qigan, juda ham qadrdon do‘stim, mahalladoshim Hamid Azizov edi. U o‘ninchini tugatgandan keyin Toshkent meditsina institutiga o‘qishga kirgan, institutni bitirmay frontga yuborilgan, qaytib kelgandan keyin yana o‘qishini davom ettirgan edi.
Uni ko‘rmaganimga ko‘p yillar bo‘lgan. Oradan shuncha vaqt o‘tib, endi, juda noqulay vaziyatda ko‘rishib turibmiz. U meditsina xizmati mayori, ko‘ksi orden, medallar plankasi bilan to‘la edi.
Bir-birimizga so‘zsiz qarab turibmiz. Ko‘z oldimda uning rangi oqara boshladi. Oxiri yuzidan qon qochib bo‘zga aylandi. Nima bo‘ldi, tobi qochdimi… Yo‘q, u hozir tirik «xalq dushmani»ni ko‘rib qo‘rqib ketgan edi. To‘g‘risi, undan hazar qilayotgan edi.
— Iya, iya, — dedi u lablari titrab. Biroz turib yana, iya, iya, dedi. — Men hozir… hozir…
U shunday orqasiga o‘girildiyu yov quvlagandek, shitob bilan tashqariga chiqib ketdi. Shu ketganicha qaytib kelmadi.
Qish oyoqlab, bahor qadami eshitila boshlagan, tepalik joylarda qor erib, zanglagan yerda mis kukunlari xuddi yashil baxmal yopingandek ko‘rina boshlagandi. «Stalingard» panoramasi yarimlab qolgan.
Rasulov munkaygan rus kampirini ergashtirib keldi.
— Bu opa marhum serjant Gavryushevning xotini. Eslaysizmi uni?
Gavryushev lager qoshidagi o‘t o‘chirish komandasining boshlig‘i, yong‘inga qarshi ogohlantiruvchi plakatlarga buyurtma berardi. «Chekilmasin! Ruxsat etilmagan joyda chekish mana bundoq oqibatlarga olib keladi», degan suvratlar ishlab berardim. Uni duradgorlik kombinati, shaxtalar, benzin skladlari devorlariga mixlab qo‘yardi. Bu plakatlar uchun u durustgina haq olar, bir qismini menga tashlab ketardi. Gavryushev o‘tgan yili qazo qilgan edi.
— Bitta iltimos bilan kepti. Yo‘q, demang.
Kampir ro‘molchaga o‘ralgan nimanidir menga uzatdi, ochib qaradim. Fotosuvrat. Nihoyatda mohir, professional fotochi olgan leytenant yigitning suvrati edi.
— Gavryushevning o‘g‘li. Praga ostonasida halok bo‘lgan. Shuni moyli bo‘yoq bilan ishlab bersangiz. To‘rt kundan keyin o‘g‘lining tug‘ilgan kuni ekan. Pominka qilmoqchi.
— Bo‘pti, Gavryushevning hurmati, albatta ishlab beraman, — dedim.
Kampir qog‘oz xaltadagi yigirmatacha tuxumni stol ustiga qo‘ydi.
— Keragi yo‘q, olib keting, — dedim qat’iy
— Olavering, kampirning oltmishta tovug‘i, sakkizta xo‘rozi bor. Bozorda tuxum sotadi.
Portretni aytgan muddatda bitqazdim. Kampir keldi. Qo‘ltig‘ida nihoyatda chiroyli bir babaq xo‘roz bor edi.
— E, qo‘ying, olmayman. Men eringizdan ko‘p yaxshiliklar ko‘rganman. Haq olsam uyat bo‘ladi-ya.
— E, bolam. — dedi u kulib. — Xo‘rozim ko‘payib ketyapti. Ularni nima qilaman. Tuxum qilmasa bu oliftalar kimga kerak. Baribir bozorga opchiqib sotvoraman. Yaxshisi, sen sho‘rvaga bos bu g‘o‘daygan uxajyorni…
Qo‘ltig‘imda xo‘roz bilan zonaga keldim. Kutubxona oldidagi kichkinagina gulzor biqinida xo‘roz uchun katak yasadim. U juda faol xo‘rozlardan ekan. Tovuqlarini sog‘indi shekilli ertalabgacha yetti-sakkiz marta qichqirdi. Uzoq-yaqindan boshqa xo‘rozlar unga javob qayta-rishdi. Tashqariga chiqsam, mahbuslar ham hovliga chiqib, xo‘roz qichqirishini eshitib o‘tirishgan ekan. Shu birgina xo‘roz ularga qadrdon qishloqlarini, oydin kechalarni eslatib, uyqularini qochirgan ekan.
Mahbuslar xo‘rozni juda erkalatib yuborishdi. Uni katakdan chiqarib yuborishim bilan baraklar oldida mahbuslar tashlagan ushoqlarni terib yer, kechalari esa ularning uyqusini qochirib sahargacha qichqirardi.
Dushanba kuni kechqurun lager ola-to‘polon bo‘lib ketdi. Soat to‘qqiz bo‘ldi, haligacha sakkizinchi shaxtaga ishga chiqqan mahbuslar qaytib kelmayapti.
Boshliqlar, garnizon komandirlari zonada asabiy bir holatda bir-birlariga gap ma’qullardilar.
Qandaydir bir jiddiy, ko‘ngilsiz voqea yuz berganga o‘xshaydi. Zonaga qaytib kelganlarning hammasini safga tizishdi. Oshpazlarni ham, kasalxona vrachlariyu sanitarlarini, novvoyxonadagilarni ham haydab chiqib safga tizdilar. Shoshilmay, birma-bir sanadilar. Yana sapadilar. Yetti marta sanadilar. Bir mahbus kam chiqaverdi. Mahbuslarning hammasini bitta qoldirmay 6araklarga tiqishdi. Eshik oldiga qo‘yilgan soqchilar, nazoratchilar ularning ismi, familiyasini, raqamini yozib, bittalab chiqara boshladilar. Uch soat davom etgan bu «tadbir»dan keyin ro‘yxatni shtabga opchiqib ketdilar. Shtabdagi ro‘yxatga solishtirib, ikki soatdan ko‘proq urinib, g‘oyib bo‘lgan maxbus Norqobil A’lamov degan shaxs ekani aniq bo‘ldi.
Sakkizinchi shaxtadap brigadani kechasi soat ikkilarda olib kelishdi.
Lager boshlig‘i ham o‘sha tun uxlamadi. Papiros ustiga papiros chekadi. Tongga yaqin xo‘rozimiz cho‘zib-cho‘zib qichqirdi. Uning tovushidan g‘azabga kelgan boshliq yer tepib baqirdi.
— Xo‘roz boqishga kim ruxsat berdi? Yo‘qotinglar, hoziroq yo‘qotinglar 6u xo‘rozni.
Demyanov quvib yurib xo‘rozni tutib keldi. Boshliqning oyog‘i ostida xo‘rozning tanasini kirza etigi bilan bosib bo‘g‘ziga pichoq tortib yubordi-yu, kiyimiga qon sachratmaslik uchun hali joni uzilmagan jonvorni qo‘yib yubordi. Xo‘roz tapirlab, yerdan yarim metr balandlikka ikki-uch marta sapchib jon berdi.
Mahbuslarga uylarini, qishloqlarini, bola-chaqalarini eslatib har oqshom, har sahar qichqiradigan xo‘roz ularning ko‘zlari oldida qonga belanib jon berdi.
— Baribir qo‘lga tushadi bu natsmen, — dedi Demyanov qo‘liga sachragan qonni irkit dastro‘moli bilan artarkan. — Bu cho‘llardan bironta mahbus qochib qutulmagan.
Lekin Norqobil tutib bo‘lmaydigan, qo‘lga tushmaydigan bo‘lib qochgan edi.
Konchilar posyolkasida mahbuslik muddatini o‘tab bo‘lgan, besh yillik surgun jazosini o‘tayotgan sobiq mahbuslar ham yashardilar. Ularga boshqa tomonlarga borib ishlashga ruxsat yo‘q edi. Ular ham konda ishlashga majbur edilar. Ular orasida Norqobilning blatnoy do‘stlari ko‘p edi. Ular konga maxsus guvohnoma bilan kirib ishlardilar.
O‘tgan seshanba kuni sakkizinchi shaxtada ishlaydigan blatnoy do‘sti uning raqamlangan kiyimlarini kiyib, mahbuslar bilan zonaga keladi. U besh kun mahbuslar bilan ishga borib kelaveradi. U dushanba kuni ishga kelganda yashirib qo‘ygan o‘z kiyimlarini kiyib ruxsat-nomasi bilan shaxtadan chiqib ketadi.
Norqobil esa do‘stlari tayyorlab qo‘ygan grajdan kiyimi bilan, ular to‘plab bergan anchagina pul bilan, suvrati yopishtirilgan, haqiqiyligiga hech kim shubha qilmaydigan qalbaki nasport bilan shu besh kun ichida Termizga yetib keladi. Puflab shishirilgan buzoq terisini minib, afg‘on shamoli quturgandan quturib ko‘z ochirmayotgan tunda jiyanlari ko‘magida Amudaryoda suzib, chegaradan o‘tib ketadi.
Shu topda, uni tutamiz, qo‘lga tushiramiz, jazosini beramiz, deb gapirayotganlarida u Afg‘onistonning Hayraton qishlog‘ida, cho‘pon o‘tovida ko‘k choy ichib, o‘rischa so‘kinib o‘tirar edi.
XOTIMA
Qamoqdan bo‘shagan kunimdan bir hafta avval Demyanovning unvoni oshirildi. Zonaga pogonida bitta yulduz bilan kirib keldi.
Qadrdon Toshkentimga eson-omon yetib keldim. Vayron bo‘lgan ro‘zg‘orimni tikladim. Farzand ko‘rdim. Qator-qator kitoblarim chikdi. «Xalq yozuvchisi» unvoniga sazovor bo‘ldim.
Hovlida o‘tirgan edim. Eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi. Chiqib eshikni ochdim. Ostonada bolalik «o‘rtog‘im» Hamid Azizov turardi. U bag‘riga bosib ko‘rishmoqchi bo‘ldi. Orqaga chekindim. U juda noqulay ahvolda qoldi. Tutila-tutila, to‘y qilayotganini, to‘yga taklifnoma olib kelganini aytdi. Xo‘p, xayr, dedimu eshikni bekitib, ichkariga kirib ketdim. U hayronu lol, serraygancha qoldi. U bergan taklif qog‘ozini o‘qimay, g‘ijimlab, yo‘lakdagi axlat chelagiga tashladim.
2000 yil, may