(«Surxon hikoyalari»dan)
Vahobjon Denovga bemahal kelganidan u yoq bu yoqqa telefon qilib, hech kimni topolmadi. Oxiri o‘ylab-o‘ylab kolxoz mehmonxonasida tunab qolishni ma’qul topdi. Mehmonxona qorovuli choponini boshiga yopib uxlab yotgan ekan, uning iltimosiga do‘ng‘illab-do‘ng‘illab zo‘rg‘a ko‘ndi.
Vahobjon ishlagan paytlarda bunaqa bog‘ yo‘q edi. Mehmonxona ham keyin qurilibdi. Qorovul uni aylanma taxta zinadan boshlab chiqib chiroqni yoqqanda, ikkovlari bir-birlariga tikilib qolshndi.
— Ko‘zimga issiq ko‘rinasan, uka. Kayerda ko‘rganman?…
— Men sizni taniyapman. Qosim aka emasmysiz? Bundan yigirma olti yil oldin ko‘r ichagingizni kesib tashlagan edim.
Qosim akaning ko‘zlari chaqnab ketdi.
— Anavuni qarang-a, anavuni qaranga. Voy, joningdan…
Qosim aka uning qo‘lidagi chamadonini olib, qayerga qo‘yishiii bilmay, xonani bir aylanib chiqdi. Oxiri stol ustiga qo‘yib, unga qaradi. Keyin chamadonni yana olib ushlab turganicha, gapira boshladi:
— Tirik odam axir bir kun birbirini ko‘rar ekan. Tan-joningiz sog‘mi? Buni qarang-a. Hozir, hozir.
U gapini tugatmay, yigitlardek chaqqonlik bilan zinadan tushib ketdi. Sal o‘tmay pastdan to‘qto‘q o‘tin yorgan tovush eshitildi. Vahobjon derazani ochib yubordi. Kech kuz bo‘lishiga qaramay, ko‘klam havosi uyga yopirildi. Toshkentdan chiqayotganda izg‘irin jonini achitar, allaqachon yalang‘och bo‘lib qolgan novdalarni buydalar edi.
Xurmozor orqasidan yarim palla tarvuzdek qipqizil oy ko‘tarila boshladi. Vahobjon papiros kulini tashlash uchun kuldon qidirib u yoq bu yoqqa alanglagan edi, bufet ustida turgan kulrang narsaga ko‘zi tushdi. Beixtiyor yaqin borib qaradi. Karadi, badann g‘alati ses kandi. Bu dur bog‘lagan sumbul butog‘a edi. Qo‘liga oldi. Panjadek butoqlar usti novvot duridek qalinlashib ketgan, soch tolasidek sumbul novdasi faqat durning singan joyidan arang ko‘rinib turardi.
U sumbulni qo‘liga olib, chiroq tagiga keldi. Qo‘llari beixtiyor titrardi. Shu payt Qosim aka patnisda xurmo, anor, olma olib chiqdi. Vahobjon unga yo‘l beraman deb, qo‘lidan sumbul durini tushirib yubordi. Sumbul polga tushib, jaranglab sindi. Vahobjon afsuslanib bo‘laklarini terib olar ekan, Qosim akaga gunohkorona qaradi.
— Hechqisi yo‘q. Serob narsa. Xurmoni ermak qilib turing, hozir choy damlab chiqaman.
Vahobjon sumbul siniqlariga tikilib, o‘ylab ketdi. U bu sumbullarning qayerda bitishini biladi. Sumbul-soyda xayol surib o‘tirgan kunlarni esladi.
Vahobjon urushdan oldin medittsina texnikumini tugatib, Sumbulsoyga yuborilgan edi. Sumbulsoy tog‘ oralig‘gtdagi qishloq. Pastu baland tepaliklar, archa va qarag‘aylarga burkangan, yonbag‘irlari ko‘z yoshidek tiniq buloqlar, mayda barg azamat tollar qo‘yiida mudragan so‘lim bir qishloq, Kishloqning qoq belidan kesib o‘tgan soydan kechib adirga ko‘tarilsa, butun qishloq kaftda turgandek ko‘rinadi. Adirning orqasida esa tig‘ jarlik. Bu jarlikda faqat qushlarning chirqillashi-yu, shamolning guvillashi eshitiladi, xolos. Jarlik tubida majnuntollar qo‘yniga yashiringan Sumbulsoy bor. Qishloq yigitlari yozning jazirama kunlari adir oshib shu jarga tushishada. Xuddi novvotdan yasalgan qasrdek, Sumbulsoyda bir tekis shuvillagan tomchilarga quloq solib, soatlab o‘y surib qolishadi. Unsurlardan osilgan soch tolasidek qora sumbul novdalaridan shudring tomadi. Yillar o‘tib bu shudringlar toshga aylanadi. Sumbul tolalari yo‘g‘olashib, ba’zan tok zangidek durga aylanadi. Vahobjon ham Sumbulsoyda soatlab qolib ketardi. Bu yerda sumbul tolalaridan to‘kilayotgan tomchilarniig qo‘lsoat chiqillashiga o‘xshash tovushiga quloq solib, ko‘ngliga o‘t solgan qizning kelishini kutardi. Tog‘liklar odati yomon. Kiz bolaning yngit bilan xilvatda turganini ko‘rishsa, katta janjal chiqadi. Shunga qaramay, qiz kelardi. Adirlardan oshib, toshlar panasida biqinib, Sumbulsoyga yetib kelardi. Gulsum qishloqning o‘qimishli qizi edi. U ota-onasining qarshiligiga qaramay, Samarqanddagi medsestralar kursini bitirib kelgan. Ambulatoriyada Vahobjonning qo‘lida ishlardi. U paytlarda qishloq ayollari erkak doktorga ko‘rinmasdilar. Vahobjon uchun Gulsum nihoyatda zarur edi.
Vahobjon bilan Gulsum Sumbulsoyda juda ko‘p uchrashardi. Ishk-muhabbat o‘rtagan yuraklarning bir-birlariga tiknlib ovutishardi. Ammo kichkinagina qishloqda bunday siriing uzoq saqlanib qolnshi mumknn emas edi.
Kimdir ulariing Sumbulsoyda uchrashishlarini payqab qolgan. Ana shunday uchrashishlarning birnda to‘rt-besh yigit ularning yo‘lini poylab, Sumbulsoyda tutib olishadi. Qizni qo‘yib yuborishadiyu, Vahobjonni qishloqqa olib tushishadi. Betiga qora surtib, eshakka tesqari mindirgancha qishloqdan chiqarib yuborishadi.
Cho‘lda qo‘li bog‘liq, eshakka teskari mingan Vahobjonning qo‘lini cho‘pon chol yechib yuboradi, unga rahmi kelib, otida Denov yo‘ligacha chiqarib qo‘yadi. Cho‘pon cholning gaplari hali ham Vahobjonning qulog‘ida:
— Odatimiz qursin, bolam. Kelgindiga qiz bermaymiz. Qizimizga sal mundoroq qaraganni ayamaymiz.
O‘shanda Vahobjon Denovga tongotar paytida kirib kelgandi. Odamlarning ko‘zlari besaramjom. Hamma tashvishda. Urush boshlanibdi. Urushga ketgani ma’qul.
Vahobjon to‘ppa-to‘g‘ri Harbiy komissariyatga uchrashdiyu, ertasigayoq armiyaga jo‘nab ketdi.
Kirq yil qirg‘in bo‘lsa, ajali yetgan o‘ladi, deydilar. Vahobjon frontda to‘rt yil kezdi. Qancha yaradorlarni jang maydonidan sudrab olib chiqdi. Qancha behol jangchilarga qon quydi. Badanlari o‘kdan ilma-teshik bo‘lib ketdi.
Urush tugashi bilan tug‘ilib o‘sgan Chinozga qaytib keldi. Dunyo kezgai odam bir joyda turolmas ekan. Toshkentga keldi. Instituta kirib yana o‘qishga sho‘ng‘ib ketdi. U frontda paytlarida ikki-uch marta Sumbulsoyga xat yozib, javob kutdi. Ammo Gulsum o‘rniga imzosiz javob kelardi. «… Basharang qorakuya sog‘ingan bo‘lsa kela qol… »
Ana shundan keyin u xat yozishni to‘xtatdi. Gulsumni ham, Sumbulooyni ham unutdi.
Shu topda u dur boylagan sumbul siniqlarini ushlab turib, o‘sha voqealarni bir-bir esladi. Ko‘ngli ham quvonch, ham alam bilan o‘rtandi. Qosim aka yelkada sochiq, qo‘lida choynik bilan chiqqanda u ana shunday o‘ylar bilan band edi.
— Obbo, do‘xtir uka-e, muni qarang-a, ko‘risharkanmiz-a. Tinch-omonmisiz? Esingizdami, Sumbulsoydan qaytganingizda, biznikida tunagan edingiz, o‘zim armiyaga kuzatib qo‘ygan edim.
Qosim aka asli denovlik bo‘lib, o‘tin kesish uchun Sumbulsoyga atayin borardi. Bir kun yong‘oqzorda sarjin kesayotganda qornini changallab yotib qoladi. Ikki yigit zambilda uni ambulatoriyaga olib kelishgandi. Vahobjon qarasa, ko‘richagi tutib qolgan ekan. U umrida operatsiya qilmagan. Ammo uni darrov operatsiya qilmasa, nobud bo‘lishi aniq edi. Vahobjon tavakkal qilib operatsiya qiladi. Qosim aka omon qoladi.
Vahobjon qishloqdan quvilganda, Denovga kelib, shu kishining uyida tunagan edi. Mana, bemahalda u bilan yana uchrashib qoldi.
— Sizdan o‘la-o‘lguncha qarzdorman. Qo‘lingiz yengil ekan. Mutlaqo tuzalib ketdim. Urushga ham borib keldim. Ikki orden, uch medal oldim. Xo‘sh, endi so‘rab qo‘yay: biz tomonlarga sizni qaysi shamol uchirdi?
— Qizim shu yerda. Ikki oy bo‘ldi ishga kelganiga, Dushanbadan qayta turib qizimni ko‘rib o‘tay, dedim.
— Shunaqami? Qani, choyga qarang. Siz bor paytlaringizda bunaqa xurmolar yo‘q edi, shekilli. Hozir hammayoq xurmozor, limonzor bo‘lib ketgan. Hali Sumbulsoyga yo‘lingiz tushmagandir? Ha, ajab zamonlar edi. Sumbulsoyda ham o‘zgarishlar katta.
Telefon jiringladi. Qosim aka trubkani olib, «yo‘q» deb javob berdiyu, yana joyiga ilib qo‘ydi.
— Raisni so‘rayapti. Rais Oybarakka ketgan. Vahobjon bir burda non ushatib, ikki-uch piyola choy ichdida, yana o‘riidan turib, tashqariga qaradi. Oydinda archalarning uchi baliq skeletidek taralib ko‘rinadi. Semon ariqda suv shaldirab oqadi. Qaydadir sa’va sayraydi. Osmoni falakda chirog‘ini miltiratib samolyot ketyapti. Unpng ovozi eshitilmaydi.
Shu payt elektr lampasi sekin-sekin xiralashib, qizil ipdek bo‘lib qoldi. Sal o‘tmay u ham so‘ndi.
— Shunaqa, dvijok o‘n ikkigacha ishlaydi. Xudo xohlasa, biron haftadan keyin katta simga ulaymiz. O‘shanda kecha-yu, kunduz yonadigan bo‘ladi. Sim Nurekdan kelyapti. Lampa yoqib beraymi?
— Yo‘q, ovora bo‘lmang. Yotaman. Yo‘lda urinibmansheknlli. Qosim aka qorong‘ida timirskilanib karavotga joy qilib berdida, gugurt chaqib, zinadan tushib ketdi.
Vahobjon o‘rniga yotib, ancha vaqtgacha ko‘z yummay, o‘y surdi. Bu joylarda kechgan kunlarining hammasini esladi. Ko‘ziga Gulsum ko‘rinib ketdi. Endn u yoshligining unutib bo‘lmas bir parchasi bo‘lib ko‘rinardi. Vahobjon o‘ylab-o‘ylab, oxiri uxlab qoldi.
Qizi xat yozganda, Denovdan qayerga yuborishlari hali noma’lum, degan edi. Ertalab u shu yerning o‘zidan rayon sogliqni saqlash bo‘limiga telefon qildi. Qizipi surshntirdi. Unga: Zarofatning Sumbulsoy ambulatoriyasiga ishga yuborilganini aytishdi.
Ajab, o‘zi ishlagan ambulatoriyaga endi qizi ketibti. Vahobjon ikkilanib o‘tirmay o‘sha yoqqa borishga qaror qildi.
Kosim aka bilan xayr-xo‘shlashib guzarga chiqdi. Kitob savdosi mashinasi Sumbulsoyga ketayottan ekan, shofyordan iltimos qilgan edi, rozi bo‘ldi.
Endi u bir vaqtlar eshakka teskari minib qochgan yo‘llaridan ketyapti. Yo‘l-yo‘lakay shofyorni hayron qoldirib, goh kuladi, goh qoshlari chimirilib, jiddiy bo‘lib qoladi.
Sel olib ketgan joylar, tog‘dan dumalab toshgan xarsanglar bo‘lmasa, yo‘l yaxshi bo‘lib ketibdi. Onda-sonda yangi imoratlar uchrab qoladi. Olisda esa, qishloqni bag‘riga olgan asriy qoyalar sadaf devor bo‘lib turibdi.
Mashina aylanma, pasti baland yo‘llardan o‘tib, tog‘ orasiga qarab o‘rmaladi.
Sumbulsoy hamon o‘shandek. O‘sha gerdaygan qoyalar, o‘sha sharqiroq telba suvlar. Yonbag‘irlarda o‘sgan asriy archalar orasida ilashib qolgan bulutlar sokin sudraladi. Kiraverishdagi tepa ortida Kizqo‘rg‘on ko‘kka intilgan. Kizqo‘rg‘onning uchini bulut o‘ragan. Uning qizg‘imtir tanasida o‘sgan giyohlar yerga qarab osilgan.
Vahobjon tanish manzaralarga mahliyo bo‘lib borarkan, xuddi yigitlik chog‘i qaytib kelgandek entikardi. Go‘yo hozir Gulsum jamalak sochlarini silkitib chopib kelayotgandek…
U shunday xayollar bilan ambulatoriyaga yetganini bilmay qoldi. Eshik oldida bir dam to‘xtab, u yoq bu yoqqa qaradi. Uning xuddi yonginasidan to‘lagina bir xotin gursillab o‘tdi. Zina oldiga kelib, tuflisining changini qoqib kirib ketayotgan edi, Vahobjon gap otdi:
— Zarofat Vahobovnani chaqirib yubormaysizmi? Xotinning ishi tig‘izroq ekan shekilli, javob o‘riiga bosh irg‘ab kirib ketdi. Sal o‘tmay oq xalat kiygan Zarofat chiqdi. Dadasining kutmaganda kelishiga hayron bo‘lib, qoshlarini kerib qarab turdiyu, birdan uning bag‘riga otildi. Ota-bola shu kuyi ancha turishgandai keyin, Zarofat uni ichkariga undadi. Vahobjon ko‘nmadi.
— Ishingni qilaver, bolam. Men qishloqni biron soat aylanib kelaman. Kechqurun yana qaytib ketaman. Yo‘l ustida ko‘rib o‘tay dedim.
U, qizi harchand qilsa ham, ko‘nmay, aylangani ketdi.
Vahobjon Sumbulsoyga borishni ahd qilgan edi. O‘sha tarafga yo‘l oldi.
Adir o‘rtasidan ikki arava sig‘adigan yo‘l ochishibdi. Yo‘l tepasida harjoy-harjoydan nov kesib o‘tgan’. Novning yorig‘idan yo‘lga suv tomib turibdi. Arava izlaridan pastga qarab suv siljiyapti. Vahobjon yuqoriga intildi. Tepaga chiqib qishloqqa yana bir marta qaradi. Butun qishloqning yarmiga tog‘ soyasi tushgan. Qishloqning yarmida kechasi-yu, yarmida kunduziga o‘xshaydi. Vahobjon suqlanib bir dam qarab turdida, keyin adirning ortiga qarab ketdi. Jar yoqasiga keldi. Pastlikdan majnuntollar ko‘rindi. U shiddat bilan o‘sha yoqqa qarab tusha boshladp. Bir gala qush chag‘-chag‘ qilib ko‘tarildi. Vahobjon zum o‘tmay jarning tubiga yetdi. Majnuntollarning tanasi yanada, yo‘g‘onlashib ketibdi. Yerda sudralgan novdalarni ko‘tarib Vahobjon ichkariga kirdi. G‘or ichi jimjit. Tepadan tungab turgan bo‘yradek oftob nuri durdan yasalgan devorlarni g‘alati yoritgan. Tarnovlar bo‘yniga osilgan sumalakdek durlar uchidan suv tomchilaydi. Tomchilar durga sachraganda, pashsha qanoti tekkan tanbur simidek nozik tovush chiqaradi. Katta xarsang toshlar ustidan yopirilib uchi suvga tegib turgan xo‘l sumbul tolalari xuddi bosh yuvmoqchi bo‘lib jomga engashgan xotinlarning sochiga o‘xshaydi.
Devor toshlari dur bog‘lagan bu g‘or xuddi kattakon novvot qozoniga o‘xshardi. Har bir dur boylagan sumbultolasidan mayda, ko‘zga ko‘rinmas tomchilar sachraydi. Nafas olmay quloq tutgan kishi muttasil shovillagan tovush eshitadi. Go‘yo olisda shivalab yomg‘ir yog‘ayotgandek.
Vahobjon xarsangga o‘tirdi. Suvning shovillashiga quloq soldi.
U ertaklar olamiga kirib qolgandek, har bir tovushdan, har bir tomchining chaqnashidan, sachraganda jaranglashidan hozir qandaydir mo‘jiza yuz beradi deb kutardi.
U Gulsum muhabbatini shu joyda, shu afsonavor tovushlar orasida tuygan edi. Qani u? Bormikan? Bor bo‘lsa, hali ham o‘shandaymikan?
Oradan yigirma olti yil o‘tib, Gulsum hamon o‘shanday qizaloq bo‘lib turgandek tuyulardi unga.
Yigit qizlarning qiyqirig‘i uning xushini o‘ziga keltirdi. Bosh ko‘tarib, tolning ro‘dapo novdalari orasidan tepaga qaradi. O‘n choqli qiz-yigit shu tarafga qarab yugurishardi.
Vahobjon qimirlamay o‘tiraverdi. Biri fotoaparat, biri papiros qutisidek radiopriyomnik bilan g‘orga kirib kelishdi. G‘or ichi shovqin-suron bo‘lib ketdi.
Radiodan taralgan qo‘shiq dur devorlarda aks-sado berib, chiqib ketolmay aylanardi. Yigitlar tepaga tirmashib chiqib, g‘alati dur haykalchalarni sindirib tushishardi. Durlar har singanda jaranglab ketardi.
Vahobjon ularning o‘yin-kulgisiga halal bermaslik uchun g‘or ichidan chiqdi. U endi ariqchadan hatlayogganda qorachagina qiz kelib uning qo‘lidan tutdi.
— Sumbulsoyga kelib quruq ketyapsizmi? Mana buni oling.
U Vahobjonga xuddi oyoqlarini kerib turgan kiyikka o‘xshash durni berdi. Vahobjon unga rahmat aytib, tepaga intildi. Urning bir qo‘lida bir siqim qopqora sumbul, bir qo‘lida dur qoplagan sumbul butog‘i. Avaylab, sindirib qo‘ymaslik uchun, ehtiyot qilib tepaga chiqib oldi.
Zarofat eshik oldida uni kutib turardi.
— Qayoqda edingiz? Anchadan beri kutaman.
— Qizim, senga sumbul olib keldim.
Zarofat bu yoqqa yaqinda kelganidan Sumbulsoyni hali ko‘rmagan edi. Shoshib dadasining qo‘lidan sumbulni oldi.
— Sochga o‘xshar ekan. Yuring birpas dam oling. Vahobjon charchagan edi. Qiziga ergashib yana soyning narigi tarafiga o‘tdi. Bir tavaqali eshikdan hatlab keng hovliga kirishdi. Bir kampir o‘choq oldida nimadir qilyapti. Uyga kirishdi. Shifti toqili uy devorlari oqlangan, tokchalarda har xil kitoblar.
— Bosh vrachimizning uyi. Yaxshi odamlar. Mana shu xonani menga bo‘shatib berishgan.
Boya ambulatoriya eshigi oldida uchragan xotin kirdi. Xali Vahobjon uning yuzini ko‘rmagan edi. Endi ko‘rdi. Bu o‘sha. Usha Gulsum. Ikkovlari birbirlariga tikilishganicha qimirlamay qolishdi. Gulsum, oxiri ko‘zini olib qochdi-da, titroq tovush bilan eshitilar-eshitilmas salomlashdi.
Gulsum chiqib ketdi. Shundan keyin Vahobjon ketar chog‘ida ham ko‘rinmadi. Vahobjon cho‘lga chiqqanda ham, Denovga yetib kelganda ham uning oppoq, sochlarini, ajin qoplagan yuzlarini, ayniqsa, iyagidagi tirtiqni ko‘z oldidan nari ketkizolmadi.
— Qarib qaripti. Bemahal qaripti. Ko‘zlari hamon o‘shanday.
Oradan o‘n besh kunlar chamasi vaqt o‘tib, Vahobjoi qizidan xat oldi.
«Dada, bosh vrachimiz o‘sha kuni siz bilan xayrlasholmay qolgani uchun afv etishingizni so‘radi. O‘sha kuni bir bemorni ko‘rish uchun toqqa jadal ketib qolgan ekan. O‘zi juda yaxshi, mehribon xotin. Boshidan juda ko‘p savdolar o‘tgan, deyishadi. Qirq birinchi yilda eri otilgan emish. Nima sababdandir u Gulsum ayani pichoqlagan ekan. Bolasi yo‘q. Ayniqsa, siz kelib ketgandan keyin menga juda mehribon bo‘lib qoldi. Ro‘paramga o‘tirib ko‘zimga tikiladi. Kecha yana shunday qildi. Ko‘zimga uzoq tikilib turdida, yig‘lab, bag‘riga bosdi… »
Vahobjon xatni o‘qib, og‘ir uh tortdi. Bo‘g‘zidan nafas emas, olov otilib chiqqandek bo‘ldi.
Siyna qishlogi,
1965 yil, noyabr.