Hamma gap gapda.
Soliya amma qorani oq deb ishontira oladi. Oqni qora qilib ko‘rsatish unga bir qultum suvni yutgandek gap.
Kelinini yomonlaganda:
— Ha, ishlab nima topardi. Yarim oylik moyanasiga sakkizta dirdov qo‘y ham kelmaydi.
O‘g‘lini maqtaganda:
— Yarim oylik moyanasiga sakkizta bo‘rdoqi tovuq keladi.
Kuyovini maqtaganda:
— Kuyovimning ichganidan bo‘shagan shishalariga ikki oila bemalol ro‘zg‘or tebratsa bo‘ladi.
Akasini maqtaganda:
— Ishqilib topib kelmasa hamki, erkaklik uyning fayzi boshqacha bo‘ladi-da.
Qudasini yomonlaganda:
— Biram bachkana, biram bachkana, kalavotda yotishiga balo bormi?
Qizini maqtaganda:
— Shu kenja qizim ham opalariga o‘xshab nozikkina chiqdi. Yursa hovli to‘lib ketadi. Avtomobili yo‘q odam ostonamga sovchi yuborib, ovora bo‘lmay qo‘yaqolsin.
O‘zini gapirganda:
— Yoshligimdayam shunaqa kelishimlikkina edim, uncha chiroylik emasdim-ku, lekin istaram o‘lgur issiq.
Xullas, kim qanaqaligini bilmoqchi bo‘lsa Soliya ammani oyna qilib qarasin. O‘zini «tochniy» ko‘radi.
Adresi: Ko‘kcha, Qatiq bozori.