Said Ahmad. Borsa kelmas darvozasi (hikoya)

“Shahidlar xotirasi” maydonidagi g‘amgin o‘ylar

Bu vatan qanday vatandir, har go‘shasida turmalar,
Qo‘ngani bir yer topolmay osmonda yiglar turnalar.
(«Xalq dushmani»ning kizi yig‘lab aytgan qo‘shiqdan)

«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui bugun-erta tantanali vaziyatda ochiladi. Har bir terilgan g‘ishtga, har bir chekilgan naqshga ziyoratchilarning ko‘z yoshlari tomadi. Odamlar bu yerga shodon qo‘shiqlar kuylash uchun emas, o‘ynab-kulish uchun emas, azob-uqubatlarda zor-zor qaqshab jon bergan jigarlarining ruxlari bilan yuzma-yuz bo‘lgani keladilar. Uyga toladilar, sog‘inchdan pora-pora bo‘lgan yuraklarini bo‘shatgani keladilar. Bunda bukj bir sukunat xukmron. Bu yerda xotira, bu yerda xayollar, o‘ksiklik, yetimlik iztiroblari, sog‘inch hukmron…
Maydon yonboshidagi temir yo‘ldan guldirab, qichqirib shumshuk poyezd o‘tadi, baland, salobatli ko‘prik tagiga bosh suqib so‘ngsiz, poyonsiz temir izlardan bobolarimizni olib ketgan yoklarga, borsa kelmas Sibir tomon yo‘l oladi. Bu yo‘ldan yopiq vagonlarda yuz minglab yurtdoshlarimiz kon qaqshab o‘tganlar. Kdytmaganlar.
Bolaligimning bir bo‘lagi shu yerda, hozir biz «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui deb atayotgan joyning xuddi o‘zginasida o‘tgan. Odamlar «Alvasti ko‘prik» deb nom ko‘ygan ko‘prik tagidan tinimsiz poyezd o‘tardi.
Onamning singlisi, katta xolamning bog‘i shu yerda edi. Bog‘ning bir tomoni «Alvasti ko‘prik»ka, bir tomoni Sabzavotchilik tajriba stantsiyasiga, etagi temir yo‘lga tutash edi.
Bu joylar kechalari juda vahimali, qo‘rqinchli bo‘lardi. Ko‘prik tagida ajinalar bor, deb tunda ko‘prikdan deyarli odam o‘tmasdi. Bu joylarga xali elektr kelmagan, atrofda milt etgan bir nur ko‘rinmasdi.
Ba’zan mahallaga GPU odami kelib, oqsoqolga nimalarnidir tushuntirardi. Oqsoqol esa uyma-uy yurib,qorong‘i tushgandan keyin ko‘chaga chiqmasliklarini, bolalarni ham uyda ushlab turishlarini tayinlardi. Biz bolalar baribir qochib chiqib ketardik. Bilamiz, GPU odami bekorga kelmagan. Butalar orasiga yashirinib temir yo‘lning naryog‘idagi «Najas tepa»ga qarab pusib o‘tirardik. Temir yo‘l bo‘ylab miltiq ko‘targan soqchilar u yoqdan-bu yoqqa borib, kelib turardilar. Boshliqlari kamariga to‘pponcha taqqan qorovulboshi ulardan xabar olib turardi. Bunday paytda «Alvasti ko‘prik»dan birovni o‘tkazishmasdi.
Tun yarmidan oqqanida ko‘prikdan usti berk yuk mashinasi o‘tadi. Chap tomonga burilib, «Najas tepa» oldidagi o‘ngir yonida to‘xtaydi. Undan qo‘li bog‘langan besh-olti kishini tushirishadi. Ruscha so‘kishlar baralla eshitilib turadi.
Qorong‘ida hech narsa ko‘rinmaydi. Buta shoxlari orasidan mashina chirog‘i arang ko‘rinadi.
Birdan mashina farasi do‘nglikni yoritib yuboradi. Buta shoxlari orasidan o‘sha tarafga tikilib qaraymiz. Ko‘li bog‘liq yetti kishi qator turibdi. Ulardan o‘n besh metrlar uzoqlikda soqchilar yelkadan miltiqlarini olib shay bo‘lib turishibdi. Zatvorlarning sharaqlagani eshitiladi. Boshliq «ot!» degan buyruq beradi. Yetti miltikdan barobar o‘q uziladi. Ko‘li bog‘liqlardan ikki-uchtasi yiqiladi. Dod-faryodlar, ingrash tovushlari eshi-tiladi. Miltiqli kishilar yiqilmay tik turgancha chayqalayotgan yaradorlarga yana o‘q uzadilar. Otilganlarning ovozi tinadi.
Xolamning o‘g‘li Ne’matilla, dushmanlarni otishdi, dedi. Men esa dag‘-dag‘ titrayman. Uning bilagiga osilib, yur, ketaylik, deb qistayman. Jim tur, bilib qoladi, deb meni jerkib tashlaydi u.
Qorong‘i kechani sukunat bosdi. Bir ozdan keyin o‘sha joydan chang ko‘tarildi. Pastga tashlanayotgan tuproq changlari mashina farasining o‘tkir nurida pastak bulutdek aniq ko‘rinib turardi.
Temir yo‘l shpallari ustida u yoqdan-bu yoqqa yurib turgan soqchilar yuqoriga chiqib ketishdi.
Mashina chirog‘i goh daraxt uchlarini, goh pastak tomlarni yoritib orqaga burildi. Keyin «Alvasti ko‘prik» tepasiga chiqib shahar tomon shitob bilan ketdi.
Orqaga qaytyapmiz. Yettinchi lampa yonib turgan qo‘shnimizning yo‘lagida to‘rt kishi bosh ekkancha sukut saqlashardi. Duradgor amaki hozirgina shahid bo‘lganlar ruhxiga qur’on tilovat qilardi. U oyatlarni shunday hazin o‘qirdiki, beixtiyor yig‘lab yuborging keladi. Zimiston jimligida qorining ovozi gox baland, goh past suzib yurardi.
Ana shu voqeadan keyin xolamning bog‘iga juda kam boradigan bo‘ldim. Keyinchalik to‘ygami, ma’rakagami borganimda, ko‘prikka chiqib, temir izlarga qarab o‘yga tolaman. Tagidan tinimsiz poyezd o‘taverganidan, parovoz tutuni qoraytirgan, qurumga to‘lgan ko‘prik tagiga qarayman.
Mana shu ko‘prik tagidan poyezd meni ham olib ketgan. O‘shanda nimalarni o‘ylagandim? Bilmayman. Meni shuur tark etgan, butun vujudim karaxt bo‘lib qolgan edi…
Eshik o‘rni to‘r sim bilan koplangan to‘rt kishilik kupega ko‘rpa-to‘shaklariyu, oziq-ovqatlari bilan yigirma yetti kishi tiqishtirilgan. Qani endi qimirlab bo‘lsa! Birining oyog‘i birining boshida, birining boshi boshqasining qo‘ltig‘ida qisilib qolgan. Pastda qolganlari bukchayib, bellaridan bosayotganlarni arang ko‘tarib turardilar.
Birov birovni tanimaydi. Bir-birini o‘rischalab, bolaxonador qilib so‘kishdan bo‘lak gap yo‘q. Oyoq ostida qolib ketgan mahbus bor ovozi bilan qichqira boshladi. Sokchi yigit qafas eshigini ochib uni sug‘urib oldi. Hamon dodlayotgan mahbusning chap qo‘lini qo‘ltig‘idan o‘tkazdi, o‘ng qo‘lini yelkasidan oshirib, ikkala ko‘lini bir-biriga tortib yaqinlashtirdi. Keyin ikki bilagiga avtomat kishanni soldi.
Har qanday bardoshli odam bu xil azobga chidayolmasdi. Ikkala qo‘l beixtiyor orqaga tortiladi. Tortilganda avtomat kishan bilak suyaklarini sindirib yuborgudek qisadi. Kani endi bu azobga chidab bo‘lsa! Mahbus ingrar, vahshiy bir ovozda bo‘kirardi. Yerga dumalab dodlardi. Soqchilar unga parvo qilmaydilar. Aksincha bittasi, bo‘kirma fashist, deb uning biqiniga ikki marta bor kuchi bilan tepdi. Ana shundan keyin u hushidan ketdi. Ovoz chiqarmay qo‘ydi.
Butun umrini qamoqlarda o‘tkazgan, sho‘ro xukumatining jami qamoqxonalarini ko‘rgan ashaddiy, zo‘ravon blatnoylar ham pusib qolishdi. Soqchi xushidan ketgan mahbusning betiga suv sepib, chala o‘lik holda sudrab yana qafasga tikdi. Qo‘shni qafaslardagi g‘ovur-g‘uvur ham tindi. Odamlar yo‘l azobi — go‘r azobi, deydilar. Go‘r azobi nima ekan? Jahannam azobi nima ekan? Bu xil azoblarga inson bolasi hali nom topmagan.
Baxtsiz insonlarni ko‘raverib beti qotib ketgan soqchilar uchun bular odammi yoki go‘shtga topshirish uchun kushxonaga olib ketilayotgan molmi, bari bir edi.
Vagon ichida uzoq vaqt yo‘lni ko‘rmay ketayotganingda avvaliga old tomonga qarab ketayotganingni bilasan. Bir muddat mudrab ko‘z ochganingda poyezd orqaga qarab ketayotganga o‘xshayveradi. Shunday paytlarda senda qadrdon yurtimga qaytib ketyapman, degan bir ilinj paydo bo‘ladi.
Poyezd hech qayerda to‘xtamasdi. Siyosiy mahbuslarni olib ketayotgan eshelonga stantsiyalarda alohida «hurmat» bilan yo‘l bo‘shatib berishardi.
Bir katta stantsiyada — menimcha, Olmaota stantsiyasi bo‘lsa kerak, uzoq turib qoldik. Ikki ofitser va to‘rt-beshta soldat yo‘lakda paydo bo‘ldi. Katta papka qo‘ltiqlab olgan ofitser qo‘lidagi ro‘yxatga qarab mahbuslarni nomma-nom chaqira boshladi.
— Nomi chikkanlar yuklari bilan yo‘lakka chiqsin, —deb buyruk berdi u. Ikki soatlar chamasi vaqt ichida vagon yengillab qoldi. Bizning kafasdan o‘n to‘qqiz kishi ko‘rpasini ko‘tarib chiqib ketdi. Ofitser:
— Shirimbetov, yuking bilan chiq! — deb buyruq berdi.
Shirimbetov tunov kuni ko‘liga kishan solingan, soqchidan tepki yegan mahbus edi. U hali ham hushiga kelmay, ikki bukchaygancha mahbuslarning oyog‘i ostida yotardi. Ofitser uni yana ikki marta chakirdi. Ammo Shirimbetovdan sado chiqmasdi. Ikki soqchi uni sudrab olib chiqmoqchi bo‘ldi. Shirimbetov o‘lgan, tanasi ham allaqachon sovib bo‘lgan edi. U qachon o‘lgan, hech kim bilmasdi. Uni ikki soqchi ko‘tarib yo‘lakka olib chikdi. Unga kishan solishganda azbaroyi tiqilinchda orqamga burilib unga qarayolmagan edim. Uning yuziga endi ko‘zim tushdi. O‘n yetti-o‘n sakkiz yoshlardagi hali murti chiqmagan qoraqalpoq bolasi edi.
Shirimbetov bukchaygancha, oyoqlari bukilgancha kotib qolgan edi. Haligacha ochiq turgan ko‘zlarida nur so‘ngan. Cheksiz alam, iztirob, nafrat aks etgan bu ko‘zlar endi loqayd, hech qanday ma’no anglatmas edi.
Qafasda yetti kishi qoldik.
Yonimizdagi bo‘shab qolgan kafasga bizdan yana uch kishini opchiqib ketishdi. Endi bizga joy bemalol bo‘lib qoldi.
Sheriklarimizdan biri Shinjonning G‘ulja shahridan O‘rta Osiyo Davlat universitetiga o‘qishga kelgan, josuslikda ayblanib «Troyka» tomonidan o‘n yil muddatga hukm qilingan Qodirxon degan uyg‘ur yigiti edi. Yana biri yoshi yetmishlardan oshgan soqov. Qay millatga mansubligini so‘rab bilolmadik. Kar-soqovlar o‘rtasida sovetlarga qarshi tashviqot yuritgani uchun qamalgan, barmoqlarini bukib ko‘rsatishicha o‘n besh yilga hukm qilingan ashaddiy «dushman» ekan.
Yana biri qaysidir rayon gazetasining muharriri, raykom byurosining a’zosi bo‘lgan. Plenumda uchinchi sekretarlikka tavsiya qilingan, rayonda suyuqosqligi bi-lan nom chiqargan ayolga qarshi ovoz bsrgan. Eri rus bo‘lgani uchun yoqlab ovoz bermagansan, deb millatchilikda ayblashgan. Yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Qamoqda zo‘ravon blatnoylar og‘zidagi to‘rtta tilla tishini qoqib olganlar, milklari, lunjlari shi-shib ketgan. Yigirma besh yoshlardagi Abdulla G‘apporov degan chiroyli bir yigit edi.
Poyezd ilgarilab borardi. Ne manzilu ne marohillardan o‘tmadik. Bu qafas-vagon uylarga kimlar chiqmadiyu, kimlar tushmadi. Butun sho‘ro zaminining qon tomiridek taralgan temir izlar bo‘ylab sudralgan «Baxtsizlar uyi»da buguni qorong‘u, ertasi noma’lum ZEK deb atalmish jismoniy shaxslar sarson-sargardon kszardi.
Lagerga kelganimdan keyingina «qonuniy» mahbus maqomiga ega bo‘ldim. Shu kundan boshlab zek nomini oldim. Bu joyda yigirma yillab raqam bilan atalgan va o‘z nomini unutib yuborganlar ko‘p edi. Ular kimliklarini uylaridan to‘rt-besh yilda bir keladigan posil-ka qutisi ustidagi yozuvdan bilardilar.
Lagerimizning tepasiga tikanli sim qadalgan, o‘rta-si yo‘lakli ikki tosh devor ayollar bo‘limidan ajratib turardi. Shu qo‘sh devor orqasidagi mahbus ayollarning baqirish-chaqirishlari, qo‘shiqlari, yig‘ilari, qarg‘ishlari aniq eshitilardi. Yillab ayol ko‘rmagan mahbuslar bu ovozlardan qiyqirib yuborardilar. Ba’zan o‘sha tomondan shamol esganda ayol hidiga qorishgan havodan to‘yib-to‘yib nafas olardilar.
Karantin muddatini o‘tab bo‘lgan kunimning ertasi meni lager boshlig‘ining yordamchisi chaqirtirdi.
— Yozuvchimisan? Endi kasbingni o‘zgartirishingga to‘g‘ri keladi. Muhim topshiriqni bajarasan. Qanday topshiriq ekanini zonadan tashqariga chiqqanda bilasan.
— Qani, marsh! — dedi u istehzoli kulib. — Yozuvchi emish, hozir kim ko‘p, yozuvchi ko‘p. Go‘rkov kam, bildingmi?
Soqchi meni ergashtirib tashqariga olib chiqib, keksa qozoq nazoratchiga topshirdi. Boshliq yordamchisi 6u bo‘shashgan yozuvchi qayoqqa qochardi, deb o‘ylagan bo‘lishi kerakki beshotarni arang ko‘taradigan nazoratchiga meni topshirgan.
Shtab oldida oq xalat kiygan itxona veterinari irkitgina chol bir qo‘lida belkurak, bir qo‘lida qog‘oz qop ushlab kutib turardi.
— Shuni qabristonga oborib ko‘mib kelasan.
Qog‘oz qopda yigirma kilocha keladigan muzdek bir narsa bor edi. Olisda mahsublar qabristoni ko‘rinib turardi. Yelkamda belkurak, qo‘limda og‘ir qog‘oz qop, orqamda beshotar ko‘targan nazoratchi yetovida yo‘lga tushdim.
Qandoq kunlarga qoldim, deyman o‘zimga o‘zim. Qabristonga stib kelganimdan keyin qopni ochdim. Ochdimu miyamga chaqin urilgandek bo‘ldi. Qopda nemis ovcharkasining muzlagan murdasi bor edi. Bo‘shashib xarsang ustiga o‘tirib qoldim. Nazoratchi maxorka tutatib, olis-olislarga tikilib o‘tiribdi.
Cho‘l nihoyatda befayz, odam bolasini yutaman, deyayotganga o‘xshardi. Qozoqlar 6u joyni bekorga «Petpak dala» (Badbaxt dala) deb atamagan. Mis kukunlaridan zanglagan cho‘l yashil tusga kirgan. Olisda adashgan yolg‘iz tuya qimirlamay turibdi. Sarobda uning aksi, xuddi chayqalgan hovuzda ko‘rinayotgandek goh cho‘kib, gox paydo bo‘ladi.
Ikki soatcha urinib, toshloq yerda bir yarim burma bolish sig‘adigan go‘r qazidim.
— O‘tir, damingni ol, — dedi nazoratchi. — Ne yerning bolasisan? — deb so‘radi. Unga, toshkentlikman, deb javob qildim.
— Tashkent ulkan qala, Astana qala, — dedi.
Qopdan itning qotib qolgan o‘ligini olib tuproq ustiga qo‘ydim.»
— Bu it generalimizning iti. Qochgan mahbuslarni tutishda bunga teng keladigan it topilmasdi. Lagerdan qochgan bir mahbus uni lom bilan urib o‘ldirib qo‘ygan. Ablah haligacha qo‘lga tushgani yo‘q. General Moskva kasalxonasida operatsiya bo‘lgan. Hali-beri kelmas emish. Boshliqlarimiz itining o‘lganini telefonda aytib, undan ko‘ngil so‘rashdi. «Ko‘rinarli joyga ko‘minglar, borganimda o‘zim unga yodgorlik o‘rnataman» degan telegramma keldi. Bechora befarzand edi. Shu it bilan ovunardi. Endi unga qiyin bo‘ladi.
— Itmi yo generalning o‘zi befarzandmi? — deyman kinoya bilan. Nazoratchi, tiling qursin, zahargina ekan, dedi gapim malol kelganidan.
Ahvolimdan, qilayotgan ishimdan o‘z-o‘zimga xo‘rligim keldi. Azizning boshi yerda, itning boshi mis tovokda, deb shuni aytsalar kerakda. Necha ming odam xor-zorlikda mis konlarida o‘pkasi zanglab jon beryapti. Ularning qadri shu itchalik yo‘q.
Bunda generallar, polkovniklar amaldorning o‘lgan itiga motam tutadilar. Egasiga hamdardlik izhor qiladilar.
Itni ko‘mib orqaga qaytyapmiz.
— Juda yuzaga ko‘mding, chirog‘im. Tunda qashqirlar tuproqni timdalab ochib, itni yeb ketadilar. Tuproq ustiga og‘irroq tosh bostirib qo‘yish kerak edi. Bu ishing uchun general seni sog‘ qo‘ymasov.
Oradan ikki haftacha vaqt o‘tib, nazoratchi menga bir «xushxabar» yetkazdi. Generalni Kislovodsk sanatoriysida birov palatada so‘yib ketibdi. Bu ishni lagerdan qochganda itni o‘ldirgan mahbus qilgan bo‘lishi kerak, deb gumon qilishayotgan emish.
Butun nafratimni hazilga qorishtirib dedim:
— Uligini shu yerga olib kelishsa, itining yoniga o‘zim yaxshilab ko‘mib qo‘yardim. Tepasiga «Bu go‘rda ikkita it yotibdi» degan lavha qo‘yardik.
Nazoratchi sergaklandi.
— Sen bolaga o‘n yil kamlik qilayotganga o‘xshaydi. Bu gaping uchun yana o‘n yil qo‘shib qo‘yishlarini bilasanmi?! Og‘zingga ehtiyot bo‘l. Eshitsa seksotlar darrov sotadi. Aytgancha, ko‘mib kelgan itimizni o‘sha kechasiyoq shoqollar yeb ketibdi.
Bizning barakda o‘n yil muddatini o‘tab bo‘lgan, bu-gun-erta ozodlikka chiqishni sabrsizlik bilan kutayotgan Dadajon degan andijonlik kishi bor edi. U bilan ko‘p gaplashardik. U meni pochcha, deb atardi. U ertadan kechgacha g‘imirsib ketishga tayyorlanardi. Yo‘lda kiyib ketish uchun o‘ziga brezent qo‘lqopdan shippak tikdi. Xom-surup choyshabdan ko‘ylak tikdirdi. Yashiklardan ko‘chirib olgan fanerdan chemodan yasadi. Bolalarining oldiga quruq bormasin, deb barakdagi biz mahbuslar baholi qudrat bir so‘mdan, ikki so‘mdan pul to‘plab cho‘ntagiga solib qo‘ydik.
— Pochcha, — derdi ajib bir entikish bilan u, — albatta Toshkentga tushib o‘taman. Saidaxonga sizdan salom yetkazaman. Andijonga borganimda hovlilariga kirib, onalariga ham salomingizni yetkazaman.
Dadajon o‘n yillik azob-uqubatlar yukini yelkasidan tushirib, ozodlik ostonasida entikib-entikib turardi.
Nihoyat uni maxsus bo‘lim vakili chaqirdi. Un besh choqli mahbus uni kuzatib chiqdik. Dadajon qushdek yengil bo‘lib ichkariga kirib ketdi.
Hozir u chikadi. Uni bag‘rimizga bosib erkinlik bilan qutlaymiz. Besh minut o‘tmay, u yelkasida og‘ir tosh ko‘tarib kelayotgandek bukchayib chikdi. Nima bo‘ldi, deb undan so‘raymiz. U gapirolmas, tili tanglayiga yopishib qolgandek entikardi. U zo‘rg‘a «yana besh yil» deya oldi, xolos.
Troyka — maxsus kengash (osoboye soveshaniye) hukm qilgan mahbus muddatini o‘tab ham qutulolmasdi. Maxsus kengash qarori abadiy qamoq jazosi bilan teng edi.
Dadajon adoyi tamom bo‘ldi. Bukchayib, bir oyda yuzlarini ajin bosib ketdi.
Ellik birinchi yilning oktyabri oyoqlab qolgan. Aytishlaricha, bu joylarning qishi qattiq bo‘ladi. Hozirdanoq ochiqda qolgan idishlardagi suvlarning betini iiyoz po‘stidek muz qoplaydi. Ertangi kun hech qanday yaxshilik va’da qilmaydigan kuz kechalari naqadar hazin, naqadar og‘ir. Istiqbolda biron yilt etgan nur ko‘rinmaydigan sovuq oqshomlarda o‘zingni o‘ldirging keladi.
Meni ham «osoboye sovegdaniye» o‘n yilga hukm qilgan. Endi bir yarim yili o‘tdi. Oldinda yana sakkiz yildan ortiq qora kunlar…
Yashagim kelmay qoldi, ko‘ngilni ko‘taradigan, yashashga undaydigan biron gap tilimga kelmaydi.
Bu oqshom uxlamay Saidaxonga xat yozayapman.
«Saidaxon, salom!
Boshingizga tushayotgan ko‘rgiliklardan xabarim bor. Sizni qiyin-qistovlarga olishayotganlarini eshitdim.
Iltimos, shularnnng gapiga kirnng. Yo‘qsa juvonmarg bo‘lib ketasiz. Qamoqdan qachon chiqishi noma’lum bo‘lgan odam uchun ko‘pam o‘zingizni qiynamang. «Erimdan kechdim» deb yozib bering. O‘lay agar, xafa bo‘lmayman. Siz yashashingiz, ijod qilishnngiz kerak. Shuncha azoblarga chidayapmanmi, bunga ham chidayman.
Ochig‘ini aytsam o‘zimning ham yashagim kelmay qoldi.
Siz ozod qush edingiz, menga tegib qafasga tushdingiz. Shu qafas eshigini bugundan boshlab ochib yuborishga qaror qildim. Men to‘g‘rimda o‘ylamang. Meni yo‘q deb biling, Sizning yaxshiliklaringizni, atigi besh oygina yashagan totli kunlarimiz xotirasini o‘zim bilan olib ketaman.
Xayr. Qandoqki gunohlarim bo‘lsa bariga tavba qildim. Xayr.
Said Ahmad. 1951 yil, 21 oktyabr».

Xatni qozoq nazoratchisiga bsrib, vagon pochtasi qutisiga tashlashni iltimos qildim.
Ellik ikkinchi yilning 24 yanvarida Saidaxondan xat keldi. Ginayu ta’nalarga to‘lgan xatni o‘qirkanman, o‘ksib-o‘ksib yig‘ladim. Bu qamalganimdan beri ikkinchi marta yig‘lashim edi.
Bir og‘iz so‘z, birgina og‘iz so‘z yurak-bag‘rimni alg‘ov-dalg‘ov qilgan, ko‘z yoshlarimni ich-ichimdan mijjalarimga olib chiqqandi. «Sizga kiyim-bosh olib qo‘ydim», degan edi Saidaxon o‘shanda.
O‘ylab qarasam, shu paytgacha hech kim menga mehribonchilik qilmagan ekan. Go‘dak paytimda, esimni tanimayoq o‘z tashvishimni o‘zim tortgan ekanman.
Birov menga manavuni yeb ol demagan, birov menga manavuni ol, deb bir so‘m bermagan ekan.
«Sizga kiyim-bosh olib qo‘ydim…»
Bu so‘z g‘oyibdan kslgan ilohiy bir so‘z edi. Bu so‘z butun vujud-vujudimga singib ketgan issiq, yoqimli so‘z edi.
Mana, endi bu xat butun hayotimni siltab tashladi.
«…Behuda xayollarga bormang. Siz nima bo‘lsangiz men ham shunday bo‘laman. Hech qanday qiyin-qistovlar meni sizdan ajratolmaydi. Yashasak birga yashaymiz, o‘lsak birga o‘lamiz.
Siz bunaqa irodasiz odam emasdingiz-ku, nima bo‘ldi? Chidang, ayol boshim bilan men chidayapman-ku! Hali oldimizda, eh-he, kancha yaxshi kunlar bor. Uylar quramiz, bog‘lar qilamiz. Endi xatni kulib-kulib yozing, xo‘pmi? Sizga xamisha va yana xamisha sadoqat bilan Saida.
1951 yil 30 dekabr.

Sizni kirib kelayotgan yangi 1952 yil bilan tabriklayman. Iloyo 53-yilni birga kutish nasib qilsin.
Yillar hatto sochdan rangni o‘chirdi, Xusnga tashladi nursiz bir soya, Ammo xayolimga yetmayin kuchi O‘zimga butunlay berdi nihoyat Lekin sen cho‘chima o‘ylaringni men Faqat o‘n sakkizda turib eslayman. Faqat o‘nsakkizda yurib eslayman O‘nsakkiz yoshdagi yo‘llaringni men.
Ilova:
Xabaringiz bor, meni soyuzdan o‘chirishgan. Agar eringizdan kechsangiz yana soyuzga qaytarib olamiz, deyishdi. Men gapimdan qaytmayman, deb javob qildim».
Goh kulib, goh yig‘lab ellik ikkinchi yilni ham o‘tkazdik. Mahbuslar har bir bayramni yosh bolalardek sabrsizlik bilan kutishadi. Bayramda albatta amnistiya bo‘ladi, deb umid qiladilar. Bayram o‘tgach, havosi chiqib ketgan pufakdek bo‘shashib qoladilar va bo‘lg‘usi bayramdan umidvor bo‘lib yashaydilar.
Ellik uchinchi yilning bahori ham keldi. Bu bahor mamlakatning siyosiy hayotini butunlay o‘zgartirib tashladi. STALIN O‘LDI! Butun mamlakat motamda. Radio kuni bilan og‘ir, yuraklarni o‘rtovchi hazin kuylar eshittiryapti.
Markazning buyrug‘i bilan «dohiy» Stalin mavzoleyga qo‘yilayotganda Sovet mamlakatining jamiki xududlarida poyezdlar, kemalar, mashinalar, hamma transport vositalari kelgan joylarida tek qotadilar. Zavodlardagi stanoklar to‘xtatiladi. Mamlakatning ikki yuz milliondan ortiq fuqarosi tik turib sukut saqlaydi.
Lagerimiz boshliqlari jami mahbuslarni to‘rt qator qilib safga tizdilar. Ikki mingdan ortiq mahbus tik turibdi. Soqchilar boshlig‘i, lager boshlig‘ining yordamchisi, nazoratchilar nimanidir kutishyapti. Boshliq bilagidagi soatga tez-tez qarab qo‘yadi.
Radioda Kreml soatining jarangi eshitildi.
— Aziz fuqarolar, aziz fuqarolar, diqqat, diqqat! Tik turib sukut saqlansin!
Shundan keyin sukunat boshlandi. Butun mamlakat motam sukunatiga g‘arq bo‘lgan.
Qo‘sh devor orqasidagi ayollar zonasida quvnoq qo‘shiq yangradi. Yuzlab ayollar qo‘shiqqa jo‘r bo‘lishdi. Ketma-ket sho‘x laparlar biri-biriga ulanib ketaverdi. Tikanli sim beriyog‘ida buyuk motam, nari yog‘ida bayram bo‘layotgandek edi.
Erkaklar zonasidagi mahbuslar o‘rinlaridan turmadilar. Ularni soldatlar miltiq qo‘ndog‘i bilan ursalar ham o‘tiraverdilar.
Ayollar zonasidan erkaklar sha’niga ta’nalar yog‘ilardi.
— Erkakmisanlar, senlarni Stalin pichib qo‘ygan. Erkak bo‘lsalaring boshla qo‘shiqni. Bugun aytmasang, qachon aytasan shodlik qo‘shig‘ini!
Shu gapdan keyin o‘tirmay tik turganlar ham o‘tirib olishdi. Ularni do‘q-po‘pisa bilan ham o‘rinlaridan turg‘izib bo‘lmadi. Chap tomondan jur’atsizgina boshlangan qo‘shiqqa boshqalar ham asta-sekin qo‘shila boshladilar. Ikki ming mahbus «Brodyaga Baykal pereexal» degan qo‘shiqni ayta boshladi. Bu qo‘shiqni mamlakatdagi jami lagerlarda mahbuslar dard bilan, mung bilan xonish qilardilar.
Mahbuslar Moskvaning «Sentralka» deb atalgan qamoqxonasi to‘g‘risidagi qo‘shiqni boshlashdi. Qo‘shiqda «Sentralka, tsentralka, sening qalin devorlaring orasida mening yoshligim, mening talantim qurbon bo‘ldi», deb kuylanardi.
Ukrain, belorus mahbuslar «Gopak»ka raqs tushib ketdilar. Kavkazliklar «Lezginka»ga o‘ynardilar. Utirgan ikki ming mahbus barobar «Assa», «Assa» deb chapak chalardi. O‘zbeklar «Andijon polka»sini boshladilar. Bu yerda «mayda millat» (natsmen) deb atalgan o‘zbegu qozoqlar, qirg‘izu turkmanlar ham raqsga tushib ketdilar.
Soqchilar boshlig‘i o‘yinni to‘xtatmoqchi bo‘lib havoga avtomatdan uch marta o‘q uzdi. Baribir o‘yin to‘xtamadi. Devorning nariyog‘idan, balli, balli, yigitlar, degan tovushlar kela boshladi. Men ham qiziqib ketib o‘rnimdan turdimu ichimda ming‘illab polkaga o‘ynay boshladim.
Qamoqxona boshlig‘ining yordamchisi meni o‘yindan to‘xtatdi.
— Senga nima bo‘ldi? Sen axir yozuvchisan, bularni to‘xtatishimizga yordam berishing kerak.
— Men yozuvchi emasman, it ko‘madigan go‘rkovman.
Shunday dedimu o‘tirib olganlar orasiga kirib o‘ynayverdim.
O‘tirib olganlar barobar qarsak chalardilar.
«Dohiy» Stalin hurmatiga bildirilgan sukut daqiqalari lagerimizda ana shunday tantanali vaziyatda o‘tgan edi.
* * *
Xayollar, xayollar, intihosiz, so‘ngsiz xayollar, siz meni qay manzillarga boshladingiz? Endi bu yo‘llarga meni boshlamang. Bu manzillarda umrim gullari to‘kilgan. Yoshlik tug‘yonlari shu joylarda so‘ngan. Hur bo‘lib yaratilgan insonning qanchalik xor bo‘lishini, ota-onasi yaxshi niyat bilan qo‘ygan ismining raqamlarga almashtirilganini nainki ko‘rdim, aksincha, o‘z boshimdan kechirdim. Insonga bir marta beriladigan umrning yaxlit bir parchasini yulib qolgan bu manzillarni qayta ko‘rmoq naqadar og‘ir va ko‘ngilsiz.
Shu topda bir vaqtlar «Alvasti ko‘prik» deb atalgan joyda olislarga, Sibir yoqlarga cho‘zilib ketgan temir izlarga qarab, ana shunday iztirobli xayollarga berildim.
Temir yo‘lning naryog‘iga qarayman. Yetti mahbus otilgan joyni qidiraman. U joylar endi yo‘q bo‘lib ketibdi. Shu yetti baxtsizdan xotira bo‘lib quloqlarimda yetti o‘q ovoziyu ularning dod-faryodlari qolgan, xolos.
«Xalq dushmani»ning qizi kuylagan qo‘shiq yana yodimga keladi:
Siz asir bo‘lgan tsafasni tishlarim birlan buzay, Buzmasam mahshar kuni bag‘rimni armon tirnalar…
Toshkent, 2000 yil 4 may.

Professor Umarali Normatovga xat
Azizim Umarali! Siz har ko‘rishganimizda «Boshingizdan o‘tgan voqealarni yozing!» deb qistar edingiz. Nima deb javob berganim esingizdami?
U voqealarni yozmoq uchun xayolan qamoq lagerlariga borishim, o‘sha azob-uqubatlarni qaytadan boshimdan kechirishim kerak. Bunga endi yuragim bardosh berolmas, degandim.
Mana, «Borsa kelmas darvozasi»ga nuqta qo‘ydim.
O‘rnimdan turayotganimda boshim aylanib, o‘tirib qoldim. Ichkari uyda televizor ko‘rib o‘tirgan kuyov o‘glim Mahmudjonni chaqirdim. U rangimni ko‘rib qo‘rqib ketdi. Shoshib tomirimni ushladi. Ichkaridan apparat olib chiqib qon bosimimni o‘lchadi. 200 ga 130.
Bilaman, bu insult ostonasidagi holat.
Besh kun kechayu kunduz uxlamay ushbu xotirani yozdim. Go‘yo besh kun qaytadan qamalib chiqdim.
«Sarob» degan hikoyamni o‘qigansiz. Unga ham nuqta qo‘yganimda shu ahvolga tushgandim. Ushanda meni shu Mahmudjon o‘limdan satslab tsolgandi. Kechasi soat uchda nevaram shahar uyimizga telefon tsilib dadasiga ahvolimni aytganida, u go‘yo Qibrayga uchib kelgan edi, «Tez yordamshi chaqirib kasalxonaga oborgan.
«Sarob»da ham lager, qamoq voqealarini yozgandim. Yurak ko‘tarolmadi. Shundoq bo‘lishini bilaturib yozgan edim. Qandoq qora kunlar boshimizga tushganini bizdan keyingilar bilsin, deb yozdim.
O‘qib ko‘ring, ma’qul bo‘lsa behad quvonardim.
Sizga samimiy salom bilan S. A.
2000 yil 5 may.