Olloyor Begaliyev. Xaloskor mushuk (hikoya)
Otamiz ovchi edi. Biz – besh nafar o‘g‘ilga uning eski qo‘shotari va “mergan” laqabi meros qolgan, xolos. Og‘a-inilardan faqat o‘rtanchamizga ovchilarga xos sabr-toqat, qunt-hafsala, o‘qni bexato otish o‘tganday, qolganlarimizga ana shu xislatlarning yuqigina tekkan ko‘rinadi. Ov bahona miltiq talashishda va davomi…