Bu voqea uch yillar oldin bo‘lgan edi. Shu ko‘chadan bir uyni ijaraga olib ko‘chib kelganimda cholning sharti ketib, parti qolgandi, u ko‘chaning muyulishida men egallagan uyga qo‘shni hovlida yashardi. Uni birinchi marta uyining oldidagi eski o‘rindiqda chuqur o‘yga tolgan holda ko‘rgan edim. U qoboqlari soliq, soqoli qirilmagan, bir paytlar semiz bo‘lgan, ajinlar taram-taram qilib tashlagan, ko‘rimsiz yuzi badjahl ma’budlarning haykaliga o‘xshab ketar, unga qaragan odamning yuragi noxush bir hisdan orqaga tortar edi. Ko‘zlari hissiz va ifodasiz, egnida elliginchi yillarning andozasida tikilgan ancha salobatli kitel, baqbaqasi osilib turgan holda o‘ychan o‘tirardi. Mashinadan kitoblarni katta etakda tashib kiritayotganimda — go‘yo atrofidagi olamdan endi hech qanday iltifot kutmay qo‘ygandek, hech narsaning qizig‘i qolmagandek menga e’tiborsiz bir ko‘z tashladida, so‘ng yana o‘sha holatida yerga qarab o‘tiraverdi.
Bir necha kundan so‘ng uy bekasidan bu cholning bir paytlar tuzukkina rassom bo‘lganini va hozir ham surat chizib turishini eshitib, hayron qoldim. Uni hayotda omadi chopmagan biron amaldor bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgandim. Keyinchalik cholni tez-tez o‘sha kitelida go‘yo necha qadam umri qolganini o‘lchab yurgandek og‘ir qadamlar bilan uyiga yoki ko‘cha boshidagi oziq-ovqatlar do‘koniga qarab ketayotganini, gohida esa mahalla oshxonasida ovqatni titrab-qaqshab yeb o‘tirganini, qoboqlari ostida odamlarga adovat bilan tikilib-tikilib qo‘yganini ko‘rib qolardim . Zaharli … odamni bo‘g‘ib, holdan qilib qo‘yadigan bu adovat menga o‘shanda uning butun tanasidan, butun vujudidan, qoqshol bo‘lib qolgan barcha qon tomirlaridan hamda chakalakdor ichidagi tilsimli qo‘rg‘on kabi noma’lum bo‘lgan umr qal’asidan ufurayotgandek tuyulgandi. Uni ko‘rsam negadir yuragim g‘ash tortadigan, ko‘nglim behuzur bo‘ladigan, kayfiyatim buziladigan bo‘lib qolgandi, vaholanki, hali u bilan salom-alikdan nariga o‘tmagandik. Menga, avvalo, uning turqi yoqmasdi: nochor holiga qaramay odamlarga kibr aralash dimog‘-firog‘ bilan qarar, hammaga yotsirab, shubha bilan tikilar, go‘yo o‘zini bir umr har bir kishiga shunday tikilib o‘tgandek tutar edi. Bir kuni uy bekasi mendan cholga kechki ovqat chiqarib berishni iltimos qilib qoldi. Cholning sovuq yuzini esladimu isthola qildim; biroq yo‘q deya olmadim. Eski uslubda qurilgan, tor tabaqali eshidan ichkariga kirdim: chol katta ayvonda … o‘tirgancha oldida … Cholning uyi hashamatli, keng, lekin toshlar tilgan maydonday huvillab yotardi. Ustun va romlari chirigan, umuman hovlidan chirkin va badbo‘y hid kelardi. Chirkin hid daraxtlardan, qor ostida qolib qarovsizlikdan xazonlikka yuz tutgan gulzordan, uyning yog‘ochlaridan va ayvonda qalashib yotgan har xil rasmlar uyumidan kkelayotgan edi: shaltoq hid esa axlat solinadigan unduqadan kelardi. Xayolimga birdan bu unduqadagi axlatlarni chol umr bo‘yi saqlab kelgan bo‘lsa kerak degan fikr kelib qoldi. Hiddan ko‘nglim ayniguday bo‘lib chol o‘tirgan ayvonga yo‘l oldim. Chol menga e’tibor ham bermadi, ajabsinib bir qarab qo‘ydiyu, o‘z ishini davom ettiraverdi; u qandaydir bo‘yog‘i ko‘p surat chizayotgan edi. Nariroqda turgan kichkina xontaxtani keltirib cholning oldiga qo‘ydim: u shunda ham e’tibor bermadi, u o‘ziga ovqat keltirib berishlariga ko‘nikib qolgan edi, shekilli. Shunda uning qo‘llari qaltirab, bo‘yoqlarni chaplab yuborayotganini sezib qoldim. Cholning oldiga ovqatni ham qo‘yganimdan so‘ng, u chizishdan to‘xtab, xontaxtaga o‘girildi va bo‘yoqli qo‘llari bilan nonni bemalol sindirdi, og‘ziga tutdi; yorilib qolgan lablari orasidan chirigan ko‘m-ko‘k tishlari ko‘rindi. Shunda men yana uning qandadir badjahl ma’budning haykaliga juda o‘xshab ketishini his qildim. U bu yerdaligimni ham unutganday, xurillatib, imillab, chollarga xos lanjlik bilan ovqatlanar va og‘zining ikki chetidan lag‘monning suyug‘i yana kosaga oqib tushar, boshi qalt-qalt titrar, bo‘yinlarida tirishib qolgan tomirlar u yutinganda bo‘rtib, ko‘karib ketar, ko‘zlari horg‘in yoshlanib turar, har dam-har damda qanjarini o‘ng qo‘li bilan qashirdi. Bu unga odat edi chog‘i — qanshari turli bo‘yoqlarga belinb qolgandi. qo‘llari qoshiqgi madorsizlik bilan ko‘tararkan, uning shu soniyada yana ham ifodasiz tusga kirgan yuziga qarab, ovqatni ham eplab icholmaydigan asabiy va ro‘dapo cholning rassom ekanligiga sirayam ishongim kelmasdi.
— Suratlaringizni ko‘rsam bo‘ladimi? Yigirmanchi yillardagi suratlaringizni? Deb so‘radim men unga shubhamni bildirmaslikka tirishib. Chol bamaylixotir kavshandi-da, menga qaramasdan, o‘ziga buning aloqasi yo‘qday, go‘yo bir uyum axlatni ko‘rsatayotganday, ijirg‘anib, qo‘li bilan ayvonning to‘rini ko‘rsatdi. Hammasi tartib bilan terib qo‘yilgan, va u tomondan boshlanadi, — dedi hirqiroq tovushda uning tovushi ham shunchalik sovuq ediki, beixtiyor etim junjikib ketdi; indamay ayvonning to‘riga qarab yo‘l oldim.
Cholning yigirmanchi yillardagi suratlarini shu ko‘chadagi bir-ikkita san’atdan xabardor kishilar maqtashgandi; muzeyda ishlaydigan yortog‘im ham cholning suratlari ko‘rgazmaga qo‘yilganini aytgandi. Chol yigirmanchi yillarda komsomol bo‘lgan va bosmachilarga qarshi kurashgan, yangi hayot qurishda faol ishtirok etgan deyishgandi. Yigirmanchi yillarning shiddatli shamoli uni yuksak parvozlarga ko‘targan; o‘ttizinchi yillarda mas’ul vazifalarda ishlagan, deb hikoya qilishgan. U o‘sha amalida toki pensiyaga chiqarib yuborishgunlaricha uzoq yillar ishlagan ekan. Ko‘chadagilar uning o‘sha davr faoliyatini mishmishlar bilan qo‘shib-atib hikoya qilishardi. Chol ishdan ketgach, mana shu eski uyga qamalib olgan, hech kimga qo‘shilmaydi, bir vaqtlar o‘zi ozor bergan kishilarni ko‘rgisi kelmaydi, deyishardi. Cholning xotini elliginchi yillarning oxirida o‘lib ketgan, faqat istarasi o‘zinikidan ham sovuq yolg‘iz o‘g‘li bor edi. O‘g‘li qimorboz, avvallari kissavur bo‘lgan deyishadi, keyin qotillik qilgani uchun qamalib ketgan, endi esa qimorning orqasidan kun ko‘rar ekan. U juda jizzaki yigit edi. Uni ikki marta ko‘chada ko‘rgandim. Aytishlaricha, u shaharning chekkasida bir beva bilan birga turar va oyda-yilda otasiga bir ko‘rinish berar, shunda ham har doim janjal bilan jo‘nab ketar edi. U cholning oldiga ko‘pincha birdan-bir ish uchun — pul so‘rab kelar, agar topib bermasa, g‘ovg‘a ko‘tarar, hatto ikki marta otasini urib ketgan, deb aytishardi. Ko‘plar «cholning puli bor, lekin hech kimga, hatto o‘g‘liga ham ko‘zi qiymaydi, juda xasis», deyishardi. Kim biladi, o‘g‘li ham otasi haqida shunday o‘ylasa kerak; u otasini zarrachcha hurmat qilmasdi. Uning ovozini ko‘chadan o‘tib borayotib eshitib qolgandim. «Hech narsangni bermayman — deb baqirardi u qandaydir qirindi tovushda, — agar topib bermasangiz, sizga qo‘shib uyga ham o‘t qo‘yaman». So‘ng taraqa-turuqlar, ihrashlar, cholning nimadir deb so‘kingani eshitildi. Kechqurun uy bekasi o‘g‘li cholni yana urib ketganini aytdi. Cholning yigirmanchi yillardagi suratiga juda qiziqardim, umuman cholga qarab turib qiziqishim yana ham ortgandi.
Cholning ayvoni — unga ustaxona vazifasini o‘tasa kerak — oldi oynali, yozda derazalarini lang ochib salqinlatib qo‘ysa bo‘ladigan, keng go‘sha edi. Bu yerda har xil keraksiz ashqol-dashqol — sun’iy gullar, tuvaklar, turli ranglar yog‘ochlar, kitoblar olov ko‘tarib borayotgan … haykal, toshdan yasalgan turli qurollar, to‘rlar, zanjirlar qalashib yotar va bu yerdan ham shilta hidi kelar, ayvondan ko‘ra allaneuchuk besarishta qaznoqqa o‘xshab ketar edi. Ayvon uzun bo‘lib, suratlar chizilgan yillariga qarab ko‘rgazmaga qo‘yilgandek terib qo‘yilgan, to‘g‘rirog‘i, bor-yo‘g‘i qirqqa yaqin surat va eskizlar «1957», «1947», «1937», «1928», «1926» va hokazo tartibda terib quyilgan edi. Suratlarni oralab borar ekanman, qandaydir zinalardan cholning umr tilsimoti yashiringan qo‘rg‘on tomon ko‘tarilib borayotgandek his etdim o‘zimni. Oxirgi, ayvonning burchagiga osib qo‘yilgan suratning tagiga!
«1921» sanasi yozib qo‘yilgan edi: chol shu yildan boshlab rasm chiza boshlagan bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Surat ancha uquvchizlarcha chizilgan bo‘lsa-da, ranglari yorqin va tiniq edi. Suratda quyuq o‘rmondan maymunni yetaklab chiqayotgan barvasta gavdali igit tasvirlangan edi. Yigitning ko‘zlari tiyrak va ishonch bilan porlab turar, maymunning bo‘yniga solingan kishan tarang tortilgan edi. Rasmda chol nima demoqchi bo‘lganini tushunmasam-da, lekin yigitning yuzidagi ishonchdan hayratga tushdim; qizg‘ish va javdari bo‘yoq yigitning qko‘nglidagi hissitni to‘la aks ettira olgan edi. Keyingi suratlarda cholning qo‘li ancha kelshib, bo‘yoqlar tiniq o‘z o‘rnini topgan, tabiat manzaralari tobora go‘zallashib borardi, ranglar ham turfa xil edi. Biroq bir lahzada osmonu falakni qoplagan kuzgi qarg‘alar kabi suratlarga qandaydir mavhumlik yopirilib kirib kelardi, … surat ortib borishi meni hayratga soldi, mavhumlik tasvirda ham, bo‘yoqda ham sezilardi. Men har bir manzarada boshqa ranglar o‘rnini qora ranglar olayotganini guvohi bo‘ldim. Uttizinchi yillarda chizilgan suratlar esa yana ham mavhumroq edi, endi bu yillardagi suratlarni qora rang butkul qoplab olgandi. Chol suratlarni pala-partish chizgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim, chunki cholning mas’ul xizmat davri mana shu yillarga to‘g‘ri kelardi. Men suratlarga qarab turib, ularning maqsadu maslaksiz yozilganini his qildim. Faqat birinchi suratdagi yigitning ko‘zidagi qat’iyat va ishonch beixtiyor har qanday kishini o‘ziga rom qilib qo‘yardi, siz ham mana shu yigit izidan nomsiz, isyonkor safarga otlangingiz, vahimali zim-ziyo o‘rmondan avlod-ajdodlaringizni xurofot hamda bid’atning … rashlaru alg‘ov-dalg‘ov hayot quyniga tashlagingiz kelib qolardi. Siz yigitning ko‘riga qarab tursangiz uning tantana qilishiga ishonardingiz. Muzeydagi do‘stni yana shunday … boshidan kechirgan bo‘lsa kerak, cholni rosa maqtagandi. Ana shu suratida chol o‘zini qobiliyatli va istiqbolli rassom sifatida namoyon eta olgan edi. Agar cholning birinchi o‘n yillikdagi suratlariga e’tibor bersangiz, sizni ham beixtiyor cholning navqironlik davridagidek ulug‘vor kayfiyatlar chulg‘ab olardi.
Men keyingi yillardagi suratlar shunchaki qo‘l chiqib ketmaslik uchun chizilgan bo‘lsa kerak, degan fikrga kelgandim; bu yillardagi suratlarda huvillab qolgan qishloqlar va ko‘chalar, egalari tashlab ketgan uylar, o‘ziga chorlab turgan qabristonlar, o‘lim isi kelib turgan ar xil qurollar, yig‘layotgan ayollar va bolalar, biyday dalani bosib ketgan o‘laksaxo‘r quzg‘unlar, murdalar ortilgan aravalar, panjarali kameralar, yonib yotgan qishloq qandaydir qurquvdan (xuddi «Pompeyaning so‘nggi kuni» kabi) dong qotib qolgan olomon, sirli maxluqla, yirtqich hayvonlar, yuzlariga har xil jondorlarning niqoblarini kiyib olgan odamlar (karnaval bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim), bazmu jamshid qilib o‘tirgan shotirlar, aroq navlari, turli xil taomlar, yalong‘och ayollar, ma’suma qizlar, qovjirab qolgan gullarning suratlari aks etgan edi. Bu suratlar ilhom yo maqsad bilan chizilganiga ishonish qiyin edi. Bironta suratda ham aks ettirilgan manzaraga tushunmay, cholga qaradim. Chol ovqatini yeb bo‘lgan va menga teskari o‘tirgancha, matoga yana qo‘ng‘irroq tus berardi. U go‘yo mening bu yerdaligimni unutganday edi. Cholning keyingi suratlarida bironta ham mukammal tasvirlangan odamni ko‘rmadim. Hamma suratlar bo‘yoqlarning mato yuziga chaplab tashlanganidan iborat edi. Bu suratlarga xos mavhumlikdan hayratga tushdim. Chunki chol bularni eng yaxshi suratlari ichidan tanlab, terib qo‘ygan edi. O‘sha kuni men cholning mahalladoshlari maqtaganchalik rassom ekanligiga sira ishonmadim va uning suratlarini ko‘rib, yana ham hafsalam pir bo‘ldi. Bu suratlar menga umid qo‘shinlari tashlab ketgan umrning tashlandiq qarorgohlariga o‘xshab uyuldi. Endi uni shunchaki nomiga maqtashgan bo‘lsa kerak, deb o‘ylay boshladim. Suratlardagi mavhumlik negadir yuragimni g‘ash qilgandi. Biroq cholning hayoti bir paytlar bir kechchada porillab ochilgan guldek to‘siq bilmas shiddat bilan boshlanganini, so‘ng bu shiddat hayotning mavhum irmoqlariga xuddi yoz yomg‘iri jazirama sahroga singgan kabi qqo‘shilib ketganini suratlariga qarab his etgandim. Uning o‘sha navqironlik davrini eslatayotgan qontalash va shilpiqlanib qolgan bo‘lsa ham, hali tiyraklik bilan tikiladigan ko‘zlarida qolgan edi. Bu ko‘zlar ham har qanday ishonch va … mahrum edi.
Cholning yoniga qaytar ekanman, u chizayotgan suratga bir zum ko‘z tashladim: ustiga chang tushmasin deb, doka yopib qo‘ygan suratda odamning va qandaydir hayvonning oyoqlari tasvirini ko‘rdim. Va bu hol meni biroz hayratga soldi — polotnoda nihoyat ko‘p yillardan keyin odam surati paydo bo‘lgan edi. Surat hali chala edi. Munkayib qolgan chol surat qarshisida tiz cho‘kib turganga o‘xshardi, bo‘yoqlar ham cholga zo‘rg‘a bo‘ysunar, go‘yo ular ham bu behuda va mavhum manzaralarni aks ettirishdan butkul charchaganday edi.
— Xo‘sh, — dedi u mening idin-tovoqni yig‘ishtira boshlaganimni ko‘rib, suratlar sizga yoqdimi?
Elka qisdim va suratlarga tushunmaganimni aytdim. U charchaanidan milklariga yosh sizib chiqqan horg‘in ko‘zlarini menga achingandek, bir zum qadab turdi-da keyin bosh silkidi.
— Ha, to‘g‘ri, biz tushunarsiz yashadik, — dedi g‘amgin tusda, — har bosgan qadamimiz odamlar uchun shubhali va qorong‘u bo‘lib qolgan, albatta, bunga siz emas, o‘zimiz aybdormiz.
U xuddi odamning ustidan kulayotganday yoki kinoya qila1tganday istehzo bilan gapirar, har bir so‘zi asablarni zirqiratib, arralab o‘tardi. Kim biladi balki menga shunday tuyulgandir. U endi gap tamom deganday qo‘liga mo‘yqalam oldi. U men bilan boshqa gaplashgisi kelmayotgan, agar meni bu yerda kechkacha … ham uning biron og‘iz gapirishi gumon edi. Idishni olim tezd chiqib ketdim. Chol menga qayrilib ham qaramadi. Uzoq vaqtgacha uning gapini o‘zimcha mulohaza qilib yurdim. Biroq menga nima uchun shunday deganiga hech tushuna olmadim. Cholning suratlari ichida menga faqat maymun yetaklab borayotgan yigit surati yoqqan edi. To‘g‘ri, men tasviriy san’at sohasida yomon muxlis edim,lekin yigitning ko‘zlaridagi ishonchdan hayratga tushar va uning qat’iyatli chehrasi tez-tez ko‘z oldimda namoyon bo‘lib turardi. qolgan suratlari esa alog‘-chalog‘ esimda qolgandi. Ikki kunlardan so‘ng esa birinchi suratdan boshqa hamma suratlardagi manzaralar bir-biriga aralashib ketdi, so‘ng yo‘l-yo‘lakay daraxtga bir zum qo‘nib o‘tgan qushlar kabi xotiram daraxtlaridan uchib ketdi.
Boshqa bir kuni cholning oldiga ovqat olib kirganimda yana o‘sha shilta hididan ko‘nglim ozib ketayozdi. Lekin men endi har burchakda puturdan ketayotgan umrning tanazzulidan darak berib turgan qo‘lansa hidga ko‘nika boshlagan edim. Biz bu gal ancha suhbatlashib qoldik. Zig‘i shundaki, u juda savodli edi va shu vaqtgacha nimaiki qilgan bo‘lsa, hammasini bilib, anglab turib qilganga o‘xshardi. U Titsiani ham, Pikassoni ham, modernizmning hozirgi namoyandalari Jorj Brak va Umberto Bachanini ham bilar va ularning ijodidan juda yaxshi xabardoredi. Biroq biz o‘sha kuni u bilan mutlaqo boshqa narsalar haqida gaplashgandik. U hayotda nima yaxshiligu nima yomonlik, hech qachon farqlab bo‘lmaydi, yaxshilik — ayni paytda kimlargadir yomonlik, yomonlik esa ayni paytda kimlargadir yaxshilik bo‘lib tuyuladi, mening umrimda anglagan ulosam shu dedi.
— Yo‘q, — dedim men uning salmoq bilan, mening xulosam hammaning xulosasi bo‘lishi kerak degan ohangda gapirishidan g‘ashim kelib. — Bular mutlaqo qarama-qarshi tushunchchalar. Yomonlik yaxshilik bo‘lishi sira ham mumkin emas, nimaiki hurlikka, erkka, ezgulikka zid bo‘lsa, u yomonlikdir, — dedim.
U hali yosh bola ekansan-ku, degandek dimog‘ aralash kuldi. So‘ng jiddiy tortib, nelarnidir eslaganday gapira boshladi.
— Men umr bo‘yi .monlikka … … ham teng xizmat qildim. Chunki nima ish qilsam o‘sha ishim ikki qismga bo‘linar edi. Siz bilan tortishmoqchi emasman, faqat bitta misol keltirmoqchiman. Bir vaqtlar juda martabali bir do‘stim bo‘lardi, o‘zi sofdil edi-yu sal obro‘talab edi. U yigirma yetti yil amal kursisini hech kimga bermadi; usta odam edi. U nima qilardi, deng? Yuqoridan shuncha xom-ashyo bor, deb buyruq kelardi. Buyruqni inkor etib yoki muhokama qilib bo‘lmasdi, — biz ana shunday ruhda tarbiyalaganmiz, — uni bajarish kerak! Bajarish uchun butun korxona ishchilari o‘n to‘rt-o‘n olti soatdan ishlashlari kerak. Bu esa — bilasizki, rasman mumkin emas. To‘g‘rirog‘i, mumkinu ya’ni turli-tuman tashabbuslar tashkil qilib bajarsa bo‘ladi, biroq o‘n iki oy bunday qilib bo‘lmaydi. Odam mashina emas. Bu minglab odamlarni mayib qilishi mumkin. Yo‘q desang, kursini topshiraver; boshqasi albatta shunday qiladi. Bitta sen halol bo‘lganing bilan hayot go‘zal bo‘lib qolmaydi. Shunda mening do‘stim eng maqbul yo‘lni talagan. Ta’kidlayman, o‘zi juda sofdil, oqibatli odam edi. U hamma ishni bajarildi deb, qog‘ozga qo‘l quyib beravergan. Boshqa korxonalarni ham bu ishga tortgan, ular «bizdan bugina, sizdan ugina» deb yozib beravergan. Azbaroyi odamlarning taqdirini o‘ylab shunday qilgan. Do‘stim shu yo‘l bilan o‘zicha buyruqlar mustabidligiga qarshi kurashgan. Yigirma yetti yil odamlarni qog‘ozlar bilan himoya qilgan. Oxir oqibatda uning ajali yetib o‘ldi. Keyin uning go‘riga tosh otish boshlandi; u himoya qilgan ming-minglab odamlar unga birinchi bo‘lib tosh otdilar — o‘rniga boshqani saylashdi, bu boshliq buyruqni qanday bo‘lsa shunday bajarish uchun qo‘lidagi hamma narsadan foydalandi — hatto kuchdan ham.
Daromad kamaygan, sadaqa so‘rash ko‘paygan, bora-bora odamlar oldingi boshliqni afsus bilan eslashgan, uning to‘g‘ri yo‘l tanlaganini anglashgan. Xo‘sh, ayting-chi, bu yerda nima yaxshiligu nima yomonlik. Buni qanday farqlasa bo‘ladi. Biri odamlarni o‘ylab, qonunni suiiste’mol qildi, ikkinchisi qonunni o‘ylab, odamlarni xarob qildi. Men bu yerda qaysi biri yomonlik, qaysi biri yaxshilik, hech farqlay olmayman. Umrim davomida ham buni farqlay olmadim.
— E’tiqod-chi, — dedim uning salmoq bilan gapirishidan achchig‘lanib, to‘g‘risi uning dalillari meni biroz dovdiratib qo‘ydi; u o‘z umri haqida juda ko‘p o‘ylagan edi, aftidan, shuning uchun qat’iyat va ishonch bilan gapirardi. — E’tiqodli odamlar to‘g‘rirog‘i, e’tiqodi mustahkam odamlar yaxshilik bilan yomonlikni juda teran anglaydilar, — dedim va gapimdagi balandparvozlikdan o‘zim uyalib, to‘xtab qoldim.
— E’tiqod! — dedi u g‘ussali ohangda, — agar bir umr e’tiqod qo‘yib, shunga ishonib, kurashib yonib-kuyib … e’tiqod qo‘ygan narsangiz puch, yolg‘on va puflab shishirilgan sharday omonat, siz ezgulik deb sig‘ingan narsalar asli razolat ekanini anglab qolsangiz bunday demasdingiz; ana shunda umringiz yomonlik bilan yaxshilikning farqi qolmagan xuddi yo‘ldan chiqib ketgan shaldur-shuldur, bo‘m-bo‘sh aravaga aylanardi. Siz esa bo‘shliqni to‘ldirish va aravaga nimadir yuklash uchun har qanday yovuzlikdan ham qaytmasdingiz. Shumi e’tiqod?! Men bu so‘zni ishlatmay qo‘yganimga ham qirq yildan oshib ketdi. Bu so‘z shunchalik serjilo, jimjima, soxta, balandparvozki, eshitsam ko‘nglim ayniydi.
U alam bilan xirillab to‘xtab qoldi. Uning jahli chiqqan, negadir ko‘ngli to‘lib ketgandi, hozir biron narsa desam, jerkib tashlashi aniq edi. U o‘zining fikrini ma’qullamaganlarni yoqtirmasdi, aftidan. Uning butun umr yaxshilik nima-yu, .monlik nimaligini izlay-izlay, javob topolmaganini o‘zimcha tasavvur qilib, dahshatga tushdim hatto uning o‘sha kuni tushunmagan rasmlariga ham andak tushunganday bo‘ldim; bu suratlar — o‘z-o‘zga ishonmagan, umrini turli aldovlar va yupanchlar bilan behuda o‘tkazgan odamning hayot haqidagi o‘ylari, uning mavhumlikka mustahiq qalbining parcha-parchalari edi. Umri poyoniga yetgan sayin dunyoning beshafqat xulosalaridan qochib, u mana shu sokinlik va yolg‘izlikning quyuq o‘rmoniga yashiringandi. O‘zining o‘tgan umriga mana shu yolg‘izlik qo‘ynidan turib nazar solmoqchi, o‘z umriga ham xulosalar yasamoqchi edi, shekilli, uning gaplaridan bu sezilar, lekin menimcha o‘ziga zarur xulosani hanuz topmagandi. Uning yolg‘iz hayoti menga chirigan daraxtning yolg‘izligidek mudhish … bo‘lib tuyulgandi. Aftidan, yolg‘izlik uning so‘nggi boshpanasiga aylangandi. Uning gaplarida odamning vujudini zaharlovchi nimadir bor edi. U bilan chorak soat gaplashib, o‘zimni yomon his qila boshladim. Nimagaki ishonsam, chol hammasini chilparchin qilib tashlagan, meni ham o‘zining ishonchsizligi bilan zaharlab ulgurgandi. O‘sha kundan so‘ng men ichimga kirib olgan cholning qiyofasidagi shaytonni vujudimdan quvib chiqarguncha, uzoq vaqt o‘z ko‘nglimni o‘zim ko‘tarib, faqat quvnoq hikoyalar o‘qib yurdim.
Cholning oldiga boshqa qaytib chiqmadim. Hovlidagi chirkin va shilta hididan, cholning qo‘lansa gaplaridan hamon o‘zimga kelolmayotgandim. Eslasam ko‘nglim aynir, birdan hamma narsaga qiziqishim yo‘qolar edi. Uy bekasi haftada bir marta cholga ovat kiritib turar, uning berilib qandaydir surat chizayotganini aytardi. U suratga tushunmasdi, shuningdek, cholni ham yomon ko‘rar, lekin qarovsiz cholga butun ko‘cha ovqat kiritib turgani uchun ulardan ayrilgisi kelmasdi. Umuman, beva ayollarda tabiiy shafqat hissi bo‘ladi. Ularning ko‘ngli yumshoq, tez ta’sirlanib, tez hafa bo‘lishadi.Men bora-bora cholning suratlari bilan ham, uning taqdiri bilan ham qiziqmay qo‘ydim, o‘sha payti Onettining hikoyalarini tarjima qilayotgandim. O‘sha paytlari chol kamdan-kam esimga kelardi, esimga tushgan onlari esa ko‘z oldimda qora sharpa kabi paydo bo‘lar va bu garpa meni tinmay ta’qib qilardi. Ba’zan birinchi suratni eslab, xayollarga tolardim, xayollarim ham suratdagi yigitning ko‘zlari kabi huzurli ediyu Meni faqat chol chizayotgan so‘nggi suratgina ozroq qiziqtirib turardi, chunki, sezishimcha, chol oxirgi suratini chizmoqda edi. Uni ba’zan yo‘lda — oziq-ovqat do‘koniga chiqib kelayotgan holatda ko‘rib qolardim va kunma-kun hayot asari yo‘qolayotgan yuz-ko‘zlariga, o‘z umri uchun ayanchli xulosalar to‘lib yotgan va uni masxara qilgandek ko‘klam bilan birga tobora go‘zallashib, yasharib borayotgan atrofidagi olamni ko‘rmaslik uchun yerga yana ham ko‘proq egilib qolgan qaddi-qomatiga qarab, shu mudhish fikrimga ishongim kelardi.
Butun qish davomida cholni ikki marta — darvoza yoniga kursi qo‘yib, o‘zini chuvoqqa toblab o‘tirgan holda ko‘rdim. Uy bekasi ko‘p javraydigan ayol edi. U butun mahallani g‘iybat Kilib chiqar, so‘ng yana cholni taftish» qilardi. U chol haqida ijirg‘anib gapirardi, lekin ovqat kirgizishni kanda qilmasdi: unga ayniqsa, cholning mahalla-ko‘ynikiga o‘xshamagan odatlari yoqmasdi.
Bahorning boshlarida hordiq oyidan qaytib kelib, uyga kirishim bilan uy bekasi ko‘zida yosh bilan qarshi oldi va uch kun burun cholning qazo qilganini aytdi. Vujudimga sovuq shilimshiq narsa o‘rmalaganday junjikib ketdim va birdan xayolimga cholning suratlari keldi. «Uy hali qarovsiz, — dedi menga uy bekasi, — o‘g‘lini hech qayerdan topisholmadi, yana qo‘lga tushgan bo‘lsa kerak».
Kechqurun cholning hovlisiga o‘tdim. Hovli huvillab yotardi. Shilta hidi cholning o‘zi bilan birga yo‘qolgan, biroq chirkin hid hali gupillab dimog‘ni kuydirardi. Cholning suratlari bir chekkaga yig‘ishtirilib qo‘yilgandi. Cholning so‘nggi suratini izlay boshladim. Chol suratni chizib ulgurganmi, yo‘qmi, meni juda qiziqtirardi. Sariq matoni nihoyat topdim va uning yuzidagi qog‘ozni yulib olib shosha-pisha suratga tikildim. Ko‘zimga nihoyatda tiniq ranglar lop etib urildi — bu surat qirq yil ichida chizilgan mahzun suratlarga sira o‘xshamas edi. Men rasmdagi manzaradan bir nafas tong qoldim; suratda xuddi birinchi rasmdagi o‘rmon aks ettirilgan edi. Aqat bu suratda maymun qarab turgan umidsiz ko‘zlariga g‘am cho‘kkan munkaygan bir cholni o‘rmon sari yetaklab ketardi.
Suratning shoshib chizilgani ko‘rinib turardi. Ko‘p joyiga bo‘yoqlar nomiga chaplangan edi. Cholning o‘zi ham umri oxirlashganini bilgan va shuning uchun shoshgandi. Rasmning orqa fonidagi ranglar me’yoriga yetmagandi. Bu quyosh botib, atrofga cho‘kkan xira qorong‘ulikni eslatardi. Biroq ana shu qo‘ng‘ir rang fonida maymun va odamning qiyofasi ravshan aks etgan, odamning yuzidagi umidsizlikni yana ham kuchaytirgan edi.
Men o‘shanda beixtiyor hayot kabi san’atning kirish va chiqish eshiklari borligi haqida o‘ylagandim. Cholning suratlari go‘yo sirli qo‘rg‘on edi; cholning ilk suratini ko‘rgan daqiqadayoq .u qo‘rg‘onga kirib qolgandim va uning suratlaridan qolgan sovuq hissiyot bilan birga yuragim g‘ash bo‘lib yurishimning sababini topganday bo‘ldim. Shu kungacha cholning qo‘rg‘onida yashagan edim va hozir bu qo‘rg‘on eshigidan biyday kimsasiz dalaga chiqib qolganday his etdim o‘zimni. Vujudimni shilimshiq, jirkkanch narsa o‘rniga bir… yo‘qotib qo‘ygan odamday cholning suratlaridan qolgan vahima eslatadi.
O‘zim yashaydigan uyga qaytib kirganimda beka mahalla komitetida ishlaydigan keksa bir kishi bilan gaplashib o‘tirardi. «Mahalla keksalari yig‘ilishib, uyni kimgadir bermoqchi bo‘lishibdi, — dedi u menga, — uy olaman deb yurgandingiz, mana shu uyni ola qoling».
Birdan dimog‘imga hovlidagi dov-daraxtlardan tortib, gullaru har bitta g‘ishtgacha o‘rnashib qolgan chirkin hid gup etib urildi; ko‘nglim behuzur bo‘lganday ijirg‘anib ketdim.
— Yo‘q, — dedim men o‘z xonamga ketar ekanman. — Hozircha uysiz yashab turaman.