Nabijon BOQIY
QATLNOMA
Hujjatli qissa
ABDULLA QODIRIYNI
kimlar,
qanday yo‘sinda,
qayerda,
qachon va
nima uchun
QATL QILGAN EDILAR?..
Toshkent
G‘afur G‘ulom nomidagi
Nashriyot-matbaa birlashmasi
1992
Nabijon Boqiy «QATLNOMA» hujjatli qissasida «mavzuni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kir, qora kunlari bo‘lgan keyingi «xon zamonlari»dan (A. Qodiriy iborasi), ya’ni 37-yillardagi qatliom yillaridan — yer yuzining oltidan bir qismida, jumladan, O‘zbekistonda Iosif Stalin va uning kallakesarlari tomonidan amalga oshirilgan «qizil qirg‘in» davridan belgilagan. Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasida saqlanayotgan hujjatlar asosida «Abdulla Qodiriyni kimlar, qanday yo‘sinda, qayerda, qachon va nima uchun qatl qilgan edilar?..» kabi savollarga tarixiy manbalardan javob izlanadi; oshkoralik bahori boshlanganiga qaramasdan hamon ilondek «kulcha» bo‘lib yotgan maxfiy hujjatlar — «tilsiz guvohlar» jamoatchilik hukmiga havola etiladi.
ESKARTISh
O‘zbek Nozirlar Kengashi huzuridagi Davlat Xavfsizligi qo‘mitasi, xususan, uning Matbuot guruhi (boshlig‘i A.I.Blagorodov) oshkoralik sharofati tufayli bizga hujjatgohda saqlanayotgan «mutlaqo maxfiy» jinoyatnomalar bilan bevosita tanishishga ijozat berdi. Jumladan, dilbar adibimiz Abdulla Qodiriyning achchiq qismati aks ettirilgan 976525-sonli «Qatlnoma»ni ko‘zimiz bilan ko‘rdik, o‘z qo‘limiz bilan undan bir nechta umumiy daftarga nusxa ko‘chirdik va diqqatga loyiq ba’zi sahifalaridan fotonusxa olindi.
Tergov, sudga oid barcha rasmiy qog‘ozlar o‘ris tilida to‘ldirilgan ekan. Ba’zi bir «ashyoviy dalil»lar asl nusxada — arab imlosida (o‘zbekcha) ilova qilingan, xolos. Qatli om davrida sudlanuvchi na tarjimon bilan, na oqlovchi bilan ta’minlangan. Shuning uchun kamina hujjatlarga «tilmoch» bo‘ldim; oqlovchi esa — o‘zingiz, aziz o‘quvchi. Lekin, qilichini yalang‘ochlab turgan «hakam» misoli beto‘xtov hukm chiqarshiga shoshilmang: avvalambor, yetti marta o‘lchab ko‘ring; birni ko‘rib fikr qiling, birni ko‘rib — zikr…
Muallif
Bu hayot o‘rmon ekan,
Jon borki, qasdi jon ekan,
Bunda qatl oson ekan,
Sirtlon o‘zing, jayron o‘zing.
Erkin Vohidov
Osmondan ofat yog‘di — qahraton fasl boshlandi. Tuflash uchun og‘iz ochilsa — bas, til ham to‘ngib qoladi. Qoshlaru kipriklarni, mo‘ylovlaru soqollarni oppoq qirov bosadi. Qaboqlaru dudoqlar, saqoqlaru buqoqlar muzladi. Burunlaru yonoqlarni ushuk uradi.
Odamlar umumiy yotoqxonalarda, kazarmalarda g‘uj-g‘uj bo‘lishib yashar edilar, umumiy qozondan ovqat yerdilar va xuddi qizil karvondek, umumiy hojatxonalarga turnaqator navbat kutib turishardi; ora-orada «sabr kosasi» to‘lib-toshgan kimsalar dala-tuz tomon chopardilar, so‘ng «Qo‘mmunistcha firqa mapifesti»ni mutolaa qilar edilar… G‘usl ne — unutildi, tayay-yum ne — unutildi; odamlar betahorat yurishardi, ular umumiy hammomga poklanish uchun kirishardi-yu, ammo u yoqdan harom bo‘lib chiqishardi. Chunki xodimlar qo‘shmachi edi: tariximizning eng kir, qora kunlari bo‘lgan keyingi «xon zamonlari»dagi jamiki qo‘shmachilar Sho‘ro hammomlariga xodim etib tayinlangan edilar.
Kazarmani beso‘roq tark etgan kimsalar bedarak yo‘qolardi (oradan o‘ttiz yilmi, qirq yilmi, ellik yilmi o‘tgach, bedarak ketgan kimsalarning oila a’zolariga yoki qarindosh-urug‘lariga bir parcha oqlov qog‘ozi— «qoraxat» kelardi va g‘amxo‘r Hukumat tomonidan «30,0,4 50-yillarda nohaq qatl etilgan shaxslarni oqlash» to‘g‘risida maxsus qaror chiqarilardi). Odamlar bedarak yo‘qolib ketishni aslo istamasdilar, shuning uchun bir-birining qo‘llaridan ushlashib, to‘dalashib yurishardi, kechalari ham bitta ko‘rpaning ostida to‘dalashib yotishardi; xurrak otayotgan kimsaning burniga paytava yoki patak yopib qo‘yishardi — hazil-mutoyiba qilishardi, bir-biriga tegishardi. Tongda boshlari xumdek shishib uyg‘onishardiyu kazarma to‘rida osig‘liq turgan bir juft sersoqol, yana bir juft kamsoqol ShAXSlarning suratlariga yuzlanishgancha cho‘qinib olishardi. Cho‘qinishni bilmaydiganlarga biladigan kishilar o‘rgatishardi va o‘rgatganlari uchun maosh ham olishardi. Keyin «Baynalmilal»ni baralla aytishgancha «o‘qishga, ishga, zo‘r qurilishga» otlanishardi: qo‘shiq aytishib ta’lim olardilar, qo‘shiq aytishib ishlardilar, qo‘shiq aytishib yashardilar. Qo‘shiq — tarbiya vositasi edi. Ba’zan o‘qishdan, ishdan, zo‘r qurilishdan saflari xiyla siyraklashib qaytishardi — kimlarnidir kimlardir qayoqqadir oyog‘ini yerga tekkizmasdan olib ketishardi. Nega? «P-s-s!» Nima uchun? «Ps-s-s! So‘z — kumush, sukunat esa oltin, o‘rtoq!» Oradan birmuncha vaqt o‘tgach: «Xalq dushmanlari qo‘lga tushibdi! Xalq dushmanlari otilibdi!» degan «xushxabar» tarqalardiyu hamma birdan yengil tin olardi.
Jumhuriyat OQSOQOLIning tashabbusi bilan olomon poytaxtdagi eng ulkan o‘yingohga — «o‘ris adabiyotining otasi» nomidagi maydonga yig‘ilardi. Namoyish bo‘lardi, namoyish tantanali miting bilan yakunlanardi: dunyodagi eng adolatli ShO‘RO sudi hukmi yakdillik bilan ma’qullanardi, «la’nati Akmal Ikromov bilan la’nati Fayzulla Xo‘jayevning dumlarini ham zudlik bilan fosh etish va to‘xtovsiz otib o‘ldirish jonajon ishchi-dehqon Hukumatidan, jonajon leninchi-stalinchi Firqadan» iltimos qilinardi. Milyon-milyon ishchi-xizmatchilar, kalxo‘zchi-dehqonlar, jamiki O‘zbekiston mehnatkashlari imzo chekkan iltimosnoma Maskovga, butun dunyo yo‘qsullarining najot qal’asi bo‘lmish Kremlga, «shaxsan ulug‘ yo‘lboshchimiz, doxiymiz, padari buzrukvorimiz o‘rtoq I. Stalinga» jo‘natilardi… Shoshilinch «dilgirom» qo‘liga tekkan dohiy teran o‘yga tolardi va shu holatda, ya’na teran o‘yga tolgan holatda mo‘ylovini qimirlatib, suratkashni huzuriga chorlardi: suratga tushardi, Siyosiy Byuro bu suratni jamiki ro‘znomayu oynomalarda e’lon qildirardi. «Ana, dohiymiz yashin tezligida KOMMUNIZM qurish haqida bosh qotiryapti», deb bir-biridan suyunchi olardi fuqaro. Yangilikni kechikib eshitgan kishi ham quruq qolmasdi; o‘z navbatida u ham o‘lim to‘shagida yotgan bitta «xudobexabar»dan suyunchi olardi… Va o‘lim to‘shagida yotgan firqasiz chaqimchini hazillashib «xudobexabar» degani uchun uni kimlardir yarim kechasi qayoqqadir olib ketishardi. Boyaqish qaytib kelmasdi. Shunday qilib, o‘lim bilan olishib yotgan firqasiz ham bitta xalq dushmanini fosh etardi…
Bolshovoylar kahkashonida qahraton fasl hukm surardi. Fasl hukmdor edi, xonu xoqonu qog‘onu qoplon edi, og‘zi qonu ko‘lankasi QATL MAYDONI edi.
Qahraton qachon boshlandi? Turnalar janub tomon uchib ketgandan keyinmi? Balki, faylasuflar kemasi mamlaqat sarhadini tark etgach boshlangandir? Suomi ko‘rfaziga omonat chayla tikilgan kundan boshlangan: bo‘lsa-chi?
Xalq sehrlandiyu g‘aflat bosib uxladi-qoldi. Uyg‘onib, mundoq atrofiga qarasa… murdalar o‘roq va bolg‘a ushlab turishardi: boshini ko‘targan kimsaning bo‘yni uzib olinardi yo miyasiga chunonam tushirilardiki, sho‘rlik beligacha yerga kirib ketardi. Uyg‘oq kishilar darhol ko‘zlarini chirt yumishardi, jo‘rttaga o‘zlarini uyquga solishardi, xurrak otishardi. Anavilar esa…
Nihoyat, qahratonning qahri kesildi. Ammo uning zahri qoldi.
«Ulug‘ yo‘lboshchimiz, dohiymiz, padari buzrukvorimiz, lashkarboshimiz… baloyu battarimiz, qonxo‘rimiz va hokazo o‘rtog‘imiz» ayni bahor ayyomida: «Dadajo-on!» dediyu shilq etib tushdi. O‘ldi. Harom o‘ldi, itvachcha!
Bog‘danmi, tog‘danmi, iliq shabada esa boshladi: shabadaki, olislardan qon hidini olib kelardi, ko‘ngillarni ag‘dar-to‘ntar qilardi…
* * *
So‘salistik Sho‘ro Jumhuriyatlari Ittifoqining Bosh prokuroriga
Toshkent shahar, Stalin deparasi,
Samarqand darvozasi mavzei, Termiz kuchasidagi 19-uyda
istiqomat qiluvchi Mas’ud ABDULLAEVdan
Nazorat tartibi bo‘yicha shikoyat
Mening otam Abdulla Qodiriy, Abdulla QODIROV ham o‘sha kishi (adabiy taxallusi JULQUNBOY) O‘zbekiston Sho‘ro So‘salistchi Jumhuriyati Jinoyat Majmuasining 57-moddasi, 66-moddasining 1-bandi bo‘yicha O‘rta Osiyo Harbiy o‘lkasining Harbiy tribunali yoki Sho‘ro So‘salistchi Jumhuriyatlari Ittifoqi Oliy sudi Harbiy Hay’atining hukmi bilan o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Hozir men otamning taqdiri to‘g‘risida hech nima bilmayman. Chunki mana shu o‘tgan yillar mobaynida biz biror marta ham xat berishib-xat olishganimiz yo‘q.
Otamning hayotidan bilganlarim, tanish-bilishlaridan eshitganlarim asosida ushbu ariza bilan Sizga murojaat etishni lozim topdim.
Men otamga qanday ayb qo‘yilganini, unga qanday jazo berilganini aniq bilmayman. Shuning uchun uning hayoti, jamoatchilik faoliyati haqida bilganlarimni bayon etish bilan cheklanaman.
Otam 1897 yil (yoki 1895 yilda) Toshkent shahrida (sobiq chakana savdogar) bog‘bon oilasida tug‘ilgan. Oilasi nihoyatda kambag‘al edi. Mahalliy o‘ris maktabini bitirish imkoniyati bo‘lmagani tufayli, otam o‘n uch yoshida ro‘zg‘or tirikchiligiga ko‘maklashish maqsadida xizmatga yollanadi.
Qobiliyatli bo‘lgan Abdulla Qodiriy yoshligidan adabiy asarlar yozishni mashq qila boshlaydi.
O‘ktabr inqilobi g‘alaba qozongach, otam hech ikkilanmasdan Sho‘ro hokimiyatini kutib oladi. Kasaba uyushmasida, shuningdek, «Mushtum» jaridasida ishlaydi. Ma’lumoti kamligi uchun otam inqilobdan so‘ng o‘z bilimini oshirish maqsadida mustaqil o‘qiydi. O‘sha davrda ruhoniylarga qarshi yo‘naltirilgan «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» hajviy asari, «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari nashr etiladi. Otam adabiy asarlarida ruhoniylar ustidan kuladi, xotin-qizlar jabrlanishiga qarshi chiqadi, feodal xonliknn savalaydi.
Otamning butun jamoatchilik faoliyati oddiy mehnatkashni himoya qilishga qaratilgan edi.
U 1926 yilda «Mushtum» jaridasida Ikromovga qarshi hajviy maqola e’lon qilgani sababli xalq dushmani Akmal Ikromovning topshirig‘iga ko‘ra qamoqqa olinadi. Ana shu voqeadan so‘ng otam to 1932 yilga qadar adabiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum etiladi, oilani boqish uchun xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
1933—34 yillarda jamoa xo‘jaliklari qurilishi xaqida Abdulla Qodiriy «Obid ketmon» degan katta qissa yozadi.
Asarlarining ma’lum qismi o‘ris tiliga tarjima qilingan edi.
Kezi kelganda e’tirof etish lozimki, otamning asarlari adabiy qusurdan xoli emasdi, ayrim o‘rinlarda u xato qilgan, adashgan. Biroq, shak-shubhasiz, otam Sho‘ro hokimiyatiga sodiq edi. Men otamning xalq dushmani bo‘lganiga mutlaqo ishonmayman.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘sha paytlardagi sobiq rahbarlari otamni shikastlantirdilar, uni ta’qib qildilar: menimcha, o‘shalarning kasofati tufayli oxir-oqibat otam qamaldi. Otam qamoqqa olinishidan avval uzoq vaqt betob bo‘lib yotgan edi: shunday fursatdan foydalangan g‘alamis kimsalar otam haqida bo‘lmag‘ur mish-mishlar tarqatishdi, fitna tayyorlashdi.
Abdulla Qodiriy Sho‘ro hokimiyatiga hamisha xayrixoh bo‘lgan, uni yaxshi ko‘rardi. Qolaversa, u o‘z tabiatiga ko‘ra, hech qachon Vataniga qarshi siyosiy jinoyat qilolmasdi. U nihoyatda halol, to‘g‘riso‘z inson edi. Shuning uchun Ikromov va boshqa xalq dushmanlarining g‘azabiga uchradi.
Ayni paytda men bir narsani diqqat markazida tutishingizni iltimos qilaman: to‘g‘ri, otam hayotda ro‘y berayotgan barcha hodisalarni birdek qabul qilolmasdi, ularni baholashda yanglishardi. Biz—Sho‘ro hokimiyati tarbiyalagan kishilar barcha yangilikni to‘g‘ri baholaymiz. Eski zamon odamlarida esa ma’lumot, tajriba, madaniyat yetishmasdi.
Mening bilishimcha, otam bilan birgalikda — bitta ish bo‘yicha Sulaymonov, Siddiqov, G‘ozi Yunusovlar jinoiy javobgarlikka tortilganlar. Ammo ular otamdan ancha ilgari hibsga olinganlar. Otam esa oradan besh-olti oy o‘tgach, 1937 yil 31 dekabr kuni qamaladi va uning ishi ham sun’iy ravishda yuqorida nomlari zikr etilgan shaxslar bilan bog‘liq holda ko‘riladi.
Abdulla Qodiriyning rafiqasi — onam 1943 yilda vafot etgan. Biz ota-onadan ikki o‘g‘il va uch qiz qolganmiz. Qizlarining ikkitasi turmushga chiqqanlar; kuyovlarimizdan bittasi o‘qituvchi, boshqasi temir yo‘lda ishlaydi. Qatta qizlarida beshta, o‘rtanchasida ikkita farzand bor.
Uzim Toshkent shahrining Aris bekatidagi Temir yo‘l kasalxonasida do‘xtir bo‘lib ishlayman.
Faqat otam uchun emas, “biz — uning farzandlari uchun ham Abdulla Qodiriyniig nohaq qamalishi sha’nimizga dog‘ tushirdi; otamning oqlanishi — ayni paytda, bizning oqlanishimizdir.
Bu ishni nazorat tartibi bo‘yicha tekshirib ko‘rishingizni, ShJSY Oliy sudi Harbiy Hay’atiga e’tiroz bilan murojaat etishnngizni, nohaq hukmni bekor qildirib, jinoiy ishni harakatdan to‘xtatishingizni so‘rayman.
Qaroringiz. to‘g‘risida yuqorida ko‘rsatilgan unvon bo‘yicha kaminani xabardor etishni iltimos qilaman.
Abdullayev (imzo)
Anglatma
Men otamning kim tomonidan javobgarlikka tortilganini, uning jinoyatnomasi hozir qayerda saqlanayotganini aniq bilmaganim uchun Sizdan ana shularni aniqlab berishingizni so‘rayman.
Abdullayev (imzo) 1956 y. 9 yanvar.
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 1—3-betlar)
* * *
El-yurt og‘alari, amiru amaldorlar uy-uylarida bekinishib, xotin-xalajlarning etaklari ostiga, dali-g‘uli xotinlarning ishtonlarining ichiga yashirinishib o‘tirishardi va xuddi bezgak tutayotgandek dag‘-dag‘ titrashardi, xolos. Zero, qahraton fasl qarigan edi-yu, ammo uning qahri arimagan edi: fasl mavhum tusga bo‘yaldi, so‘ngra mavhumlik qoralandi, «shaxsga sig‘inish davri» deb, badnom etildi. Ya’ni, ochiq go‘rdan olindiyu yer ostiga ko‘mildi. Aslida, jasad yerga ko‘milishi lozim edi — jasad asliga qaytdi. Jasad oyna ostida yotdi nimayu qora yer ostida yotdi nima — buning marhum uchun hech qanday farqi yo‘q, lekin buning tiriklar uchun osmon bilan yercha farqi bor. Farqi shundaki, Lenin yonidagi joy bo‘shatib qo‘yildi. «Talabgorlar bormi?..» Sukunat.
— Nikita Sergeevich, agar Siz ot ustida jon bersangiz, o‘ligingizni Leninning yoniga qo‘yamiz, — deyishardi xushomadgo‘ylar.
«Iliq kunlar», deb ta’rifladi o‘sha pallann Ilya Erenburg. Biroq, hali g‘isht qolipdan ko‘chmagan edi. G‘isht qolipda muzlab qolgan edi. Qorbobo esa aholiga sovg‘a-salom ulashardi: uning sovg‘asi ham, salomi ham «Oqlov qog‘ozi» edi; dasta-dasta qog‘ozlar, qurtlagan turshakchalik qadri yo‘q bo‘lgan qog‘ozlar… Sirasini aytganda, bu — QORAXAT bo‘lib, xat kirgan xonadonda motam boshlanardi. Motamki, na marhumdan, na tobutdan darak bor!
— Kimki qasddan bitta mo‘min bandani o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘ladi va o‘sha joyda abadiy qoladi! — derdi bir chetda tasbeh o‘girib o‘tirgan Yusufbek hoji.
— Inshoolloh!!!
* * *
Shikoyat mazmunidan ko‘rinib turibdiki, Mas’ud Abdullayevga kimdir (tegishli idora xodimi yoki G‘OYaDOR yo davr va davradosh) aytib turib shikoyat yozdirganga o‘xshaydi. Aytib turgan kimsa (ehtimol, narsadir?) hammasini bilardi: chamasi, u ham Qodiriyning qatlnomasi bilan yaxshi tanish edi, Jinoyat Majmuasining moddalaridan xabardor edi. Masalan, 57-modda bo‘yicha jinoyat qilgan shaxs «O‘zbekistondan badarg‘a qilinadi yoki eng kamida uch yil muddat bilan ozodlikdan mahrum etiladi», deyilganini, 66-moddaning 1-bandi bo‘yicha javobgarlikka tortilgan kishi esa «eng kamida besh oy muhlatga ozodlikdan mahrum» etilishini bilardi. Aks holda… Balki, M. Abdullayev tasodifan: «Otam O‘zSShJ JMning 57-moddasi, 66-moddaning 1-bandi bo‘yicha o‘n yil ozodlikdan mahrum etilgan», deb yozgandir? Agar bu hol tasodif bo‘lsa, nega shikoyatchi «o‘n yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan inson o‘n sakkiz yildan beri dom-daraksiz?» deb so‘ramayapti? Chunki unga aytib turgan kimsa taxminan qog‘ozga tushirilgan moddaga, bandga atigi bitta son qo‘shilsa va jinoyatlar ellik sakkizinchi modda bilan oltmish oltinchi moddaning ikkinchn bandi bo‘yicha baholansa, har qanday inson jar yoqasiga bornb qolishini — OTUBta hukm qilinajagini ich-ichidan sezib, bilib turardi. Faqat o‘zini go‘llikka solardi, go‘yo hech gapdan xabari yo‘qdek. Vaholanki, «stsenariy» oldindan tayyorlangan bo‘lib, bir necha marta Urdasahnasida o‘ynalgan, ko‘rikdan o‘tkazilgan edi. Tomoshani boshqarib, yo‘riqqa solib turgan kishilar xalqdan olqish olishni, ishonch qozonishni va olomonni yana-tag‘in «yorqin istiqbol sari» o‘z orqalaridan ergashtirib ketishni istardilar.
«— Haqsiz jazo! — deb Otabek kulimsirab qo‘ydi…
Qutidor bo‘lsa chin o‘lik tusiga kirgan edi».
Albatta, Mas’ud aka bizni ma’zur ko‘rsinlar, aslo u kishiga malomat qilmoqchi emasmiz. Biz oqlovjarayoni rasmii kursatma asosida amalga oshirilganini va shikoyat ham rasmiy andoza qolipida yozilganini e’tirof etmoqchimiz, xolos. Yo‘qsa, farzand o‘z otasining kamchilik va xatosini begonalar oldida aytishi ham nojoiz hisoblanadi. Modomiki, shikoyat ana shunday mazmunda yozilgan ekan — bas, biz uning suratinigina emas, siyratinida ko‘rishimiz, jumlalar ostidan chiqayotgan hayqiriqni eshitishimiz darkor.
Shunday qilib, Abdulla Qodiriyning jinoyatnomasi xususida dastlabki shikoyat 1956 yilning to‘qqizinchi yanvar kuni yoziladi. Usha yilning o‘n oltinchi yanvarida, ya’ni oradan bir hafta o‘tgach, Qodiriyning ishi yuzasidan G‘afur G‘ulom guvoh sifatida so‘roq qilinadi. Bor-yo‘g‘i sakkiz kundan keyin. Bu bizning jamiyatimizda misli ko‘rilmagan sur’at emasmi? Boz ustiga, hatto Qodiriyning jigarbandlari ham o‘n sakkiz yoshidan buyon nafaqat otalari qayerda ekanini, hatto otalarining jinoyatnomalari qayerdaligni bilishmasdi-ku!
O‘n sakkiz yil mobaynida Qodiriy to‘g‘risida bir og‘iz yangi ma’lumot eshitilmagan edi, axir!!!
Demak,Qodiriyning jinoyatnomasi Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasida oldindan hozirlab qo‘yilgan ekan; faqat harakat boshlanishi uchun birgina turtki — shikoyat kerak bo‘lgan, xolos. Mana, shikoyat ham boshliq qo‘liga kelib tushadi. Qizig‘i shundaki, M. Abdullayev shikoyatni SShJIning Bosh prokurori nomiga — Maskovga jo‘natadi. Usha paytlari xat-xabarlar Maskovga uchoqda tashilarmidi yoki otasharavadami — bilmadim-u, lekin kamina yaqinda, 1990 yilning o‘n ikkinchi oktyabr kuni Tojikistondan — Ne’mat Ibrohimdan bir xat oldim; pochta muhriga qarasam, xat Dushanbedan beshinchi oktyabr kuni jo‘natilgan ekan: shu kunlarda Dushanbedan Toshkentga xat sakkiz kunda keladi. Maskovga-chi? Eng kamida o‘n kunda borsa kerak. Ammo, 1956 yilda shikoyat xati Maskovga borishga, u yerda Bosh prokuror qabulxonasida muntazir bo‘lib turishga va Toshkentga kelib, Turkiston Harbiy o‘lka prokuraturasining munshiylari nazaridan o‘tib, tergovchi qo‘liga tushguncha va tergovchi shikoyatda ko‘tarilgan masala bo‘yicha tegishli guvohni topishga, uni so‘roq qilguncha bor-yo‘g‘i sakkiz kun kifoya qiladi, xolos. Albatta, bu o‘taketgan xayolparastlik, hatto dunyodagi eng mashhur xayolparast yozuvchi Ayzek Azimov ham yetti uxlab tushida ko‘rmaydigan xayolparastlikdir! Biz bo‘lsak, aslo xayolparast emasmiz: «Biz realistlarmiz, shunchaki realistlar emasmiz, so‘salistchi realistlarmiz!» Shuning uchun Abdulla Qodiriyning oqlanish jarayonn ustalik bilan uyushtirilganini e’tirof etishga majburmiz. Mayli, hozircha ko‘nglimizda mushtdek tuguncha hosil bo‘ldi, deylik. Uni sug‘urib tashlashga shoshmaylik, hali boradigan manzilimiz olis.
* * *
1956 yili jabrdiydalardan uzr so‘rash o‘rniga, ulardan: «Agar yolg‘on ko‘rgazma bersam, O‘zSShJ JMning 224-, 225-moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilajagim to‘g‘risida ogohlantirildim», deyilgan tilxat olinadi. Jumladan, Qodiriyning to‘ng‘ich o‘g‘li — Habibulla Abdullayev o‘sha yilning o‘ttiz birinchi mart kuni otasining ishi yuzasidan guvoh sifatida so‘roq qilinadi; u ham guvohni so‘roq qilish uchun tuzilgan rasmiy tasdiqnomaning o‘n oltinchi (16) bandiga imzo chekadi — tilxat beradi. Vaholanki, Habibulla Abdullayev haqiqiy jabrdiyda edi: SShJP Davlat Xavfsizligi Nozirligi Harbiy Kengashining qaroriga ko‘ra, 1946 yilning o‘ttiz birinchi dekabr kuni o‘n yil mud-datga Axloq tuzatish Mehnat Tutqungohiga hukm qilinadi va jazo muddatini to‘la o‘tab qaytadi. Uning aybi aniq aytilmagan, isbotlanmagan. Chamasi: «Uzing bilmaysanmi?» deb so‘rashgan. «Bilmayman, taqsir», deb javob bergan bo‘lsa kerak, ayblanuvchi piching aralash «Hs-o, shunaqami?» «Bilsangiz, ayting-da!» «Yo‘-o‘q, o‘zing aytasan!.. Qani, ayt-chi, kimning o‘g‘lisan?» deb so‘rashgan o‘rmoqchilab. «Abdulla Qodiriyning o‘g‘liman, taqsir…»
— O‘chir tovushingni, vrag naroda!
«Otabek kulimsirab qo‘ydi…»
— Ma, manavi qog‘ozga: «Men xalq dushmanining o‘g‘li bo‘lmayman. Mening unday otam yo‘q!» deb yozib ber!.. Uni ertagayoq «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasining birinchi sahifasida e’lon qildiramiz, suratingni ham bosib chiqarishadi. Yoz, yigit!.. Yezmaysanmi?.. Yozmasang, mana, biz yozamiz: sen o‘n yil ozodlikdan mahrum etilding!!!
«Qutidor bo‘lsa chin o‘lik tusiga kirgan edi», depdi o‘zicha Habibulla Abdullayev.
Umuman, Sho‘ro tuzumining o‘sha davrida farzandning otadan, xotinning erdan rasman namoyishkorona voz kechishi kundalik targ‘ibot turlaridan hisoblanardi. Chunki kishilik jamiyati tarixida oqpadar tuzum hukmronlik qila boshlagan edi: kashshoflar, yosh kamollar, firqalar, qahramonlar oqpadar edi. Xotinlar erlariga «taloq» berishardi…
Xullas, endigina tutqunlikdan ozod bo‘lgan H. Abdullayevni 1956 yil 31 mart kuni TurkHO‘ prokurorining yordamchisi «muloyimlik bilan» tergov qiladi.
— Siz ayblanuvchi emas, guvohsiz, demak, guvoh sifatida ko‘rgazma berasiz…
Tergov tasdiqnomasida H. Abdullayevning ushbu ko‘rgazmasi qayd etilgan:
«Mening otam Abdulla Qodiriy 1892 yoki 1893 yilda tug‘ilgan. U yozuvchi edi, adabiy faoliyat bilan shug‘ullanardi. Adabiy taxallusi «Julqunboy». Otam O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasiga a’zo bo‘lgan, M. Gorkiy imzo chekkan guvohnomasi bor edi. U yozuvchi Aleksey Tolstoy bilan do‘st tutinadi: o‘sha do‘sti ikki marta (1932 va 1934 yillarda) biznikiga, Toshkentga mehmon bo‘lib kelgan edi. Otam Maskov borgan paytlari Aleksey Tolstoy xonadoniga tashrif buyurardi. 1935 yili otam Sho‘ro yozuvchilarining birinchi Butun-ittifoq qurultoniga delegat bulib borganlar.
Otam Toshkent shahrida (sobiq savdogar) bog‘bon oilasida dunyoga keladi. Mahalliy o‘ris maktabida o‘qishni davom ettirish imkoniyati bo‘lmagani tufayli o‘n uch yoshida ro‘zg‘or tirikchiligiga ko‘mak berish uchun xizmatga yollanadi.
Abdulla Qodiriy qobiliyatli bola bo‘lgan edi, yoshligidan adabiy asarlar yozishni mashq qiladi.
O‘ktabr inqilobidan so‘ng otam Kasaba uyushmasida ishlaydi, shuningdek, «Mushtum» jaridasida hamkorlik qiladi. Taxminan, 1923—1924 yillarda ruhoniylarga qarshi yo‘naltirilgan «Kalvak maxzumning xotira daftaridan» hajviy asari chop etiladi. Bu asar «Mushtum»da sonma-son berib boriladi. 1926 yilgacha «Mushtum» idorasida ishlaydi. So‘ng, jarida sahifasida Ikromov sha’niga tegadigan hajviya e’lon qilgani uchun hibsga olinadi. Ushanda otam olti oy qamoqda yotib chiqadi. Mana shu voqeadan keyin otam to 1932 yilga qadar adabiy faoliyat bilan shug‘ullanish imkonidan mahrum etiladi va o‘z tomorqasida xo‘jalik ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Bundan tashqari, otam 1924—1925 yillari «O‘tkan kunlar» romanini yozadi, 1926—1928 yillarda esa «Mehrobdan chayon» romanini chop etadi. Otam bu asarlarida ruhoniylar ustidan kuladi, xotin-qizlar jabrlanishiga qarshi chiqadi. feodal xonlikni savalaydi.
Otam 1933—1934 yillarda jamoa xo‘jaliklari qurilishi haqida «Obid ketmon» nomli katta qissa yozadi. Bu qissa 1936 yili o‘ris tilida nashr etilgan.
Qolaversa, otam o‘ris mumtoz adabiyoti namunalaridan tarjima qilib turardi. Masalan, 1933—36 yillarda Gogolning «Uylanish», Chexovning «Olchazor» asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qiladi. 1934—35 yillarda Gogolpipg «Uylanish» pesasi Toshkentdagi Hamza nomidagi teatri sahnasida o‘zbek tilida o‘ynalgan edi. Esimda, otam o‘shanda teatridan ikki foiz miqdorda qalam haqqi olgan. 1933—34 yillari otamni o‘rischa-o‘zbekcha lug‘at tuzishda hamkorlik qilishga taklif etadilar.
Otamning butun jamoatchilik, adabiy faoliyati oddiy mehnatkashga g‘amxo‘rlik qilish uchun safarbar etilgan edi. U bir umr Sho‘ro hokimiyati manfaatiga sodiq bo‘lib qoldi. Shuning uchun otam xalq dushmani bo‘lganiga aslo ishonmayman.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining sobiq rahbarlari otamga shikast yetkazdilar, uni ta’qib etdilar, oxir-oqibatda o‘shalar otamni qamatishdi.
Abdulla Qodiriyning rafiqasi — mening onam 1943 yil uchinchi mart kuni vafot etgan. Biz ota-onadan beshta farzand qolganmiz. Opa-singillarim Nafiza Abdullayeva 1916 yilda tug‘ilgan, oilali, uy bekasi; Adiba Abdullayeva 1924 yilda tug‘ilgan, oilali, uy bekasi; Anisa Abdullayeva 1931 yilda tug‘ilgan, ishlamaydi. Ukam Mas’ud Abdullayev 1927 yilda tug‘ilgan, do‘xtir bo‘lib ishlaydi.
Otamni tumandagi shaxslar yaxshi bilishardi, ular otamga ta’rif berishlari mumkin: yozuvchi Abdulla Qahhor, yozuvchi Oybek, yozuvchi Uyg‘un, shoir va dramaturg Sobir Abdulla, yozuvchi Shayxzoda. Hammasi Toshkent shahrida yashaydi.
Menimcha, otam qonunga xilof ravishda jazolangan. Shuning uchun uning ishini tekshirib ko‘rishingizni so‘rayman.
Otam hibsga olingan kundan beri biz u bilan biror marta ham xat yozishmaganmiz, u haqda hech qanday ma’lumotga ega emasmiz. U nima uchun, kim tomondan jazolangani ham bizga qorong‘i.
Ushbu ish yuzasidan bundan boshqa hech qanday ko‘rgazma bera olmayman.
O‘qidim, so‘zlarim to‘g‘ri yozilgan. O‘zim o‘qib ko‘rdim.
Abdullayev (imzo)
Tergovchi: TurkHO‘ Harbiy prokurorining yordamchisi,
adliya podpolkovnigi Grishchenko (imzo)»
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 57—59-sahifalar.)
Esingizda bo‘lsa, Mas’ud Abdullayev Bosh prokuror nomiga yo‘llagan shikoyatida: «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlarida otam ruhoniylar ustidan kuladi, xotin-qizlar jabrlanishiga qarshi chiqadi, feodal xonlikni savalaydi», degan edi va «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining sobiq rahbarlari» otamga shikast yetkazdilar, uni ta’qib etdilar, oxir-oqibatda qamatishdi, deb e’tirof etadi. H. Abdullayev ham muhim nuqtalarda ukasining gaplarini aynan takrorlayapti: bu hol tabiiymi, asliga to‘g‘rimi? Romanlarga «sinfiy nuqtai nazardan» baho berilayotgani, tergovchiga aynan shunaqa javob kerak bo‘lgani uchun badiiy asarlarga Lenincha yondoshilayotgani sszilib turibdi. Chunki «O‘tkan kunlar» ham, «Mehrobdan chayon» ham «Markscha-Lenincha tanqid nazariyasi»dan yuksak bo‘lib, so‘z san’atining nodir namunasi hisoblanadi: egizaklarning ikkovi ham biri-biridan go‘zaldir. Asar qahramonlari esa… so‘salistik realizm metodining teshik tog‘orasi bilan tubanliklarini xaspo‘shlab, yashirib yuradigan piyonistalarga aslo o‘xshamaydilar. Biroq, G‘OYaDOR hukmini ijro etayotgan tergovchiga… yo‘lka chetida do‘malab yotgan bo‘lsa-da, «ezuvchilar ustidan kuladigan», og‘zidan ko‘pik sachratib nutq so‘zlaydigan va gandiraklab borib devorga boshini uradigan kurashchan qahramonlar kerak edi. Shuning uchun manfaatdor tomon aytib turib shikoyat yozdiradi va aytib turib ko‘rgazma oladi — bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa, Abdulla Qodiriy kimlarning qutqusi bilan qamoqqa olingani masalasidir. Shikoyatda ham, ko‘rgazmada ham barcha ayb «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining sobiq rahbarlari» bo‘yniga yuklanyapti. Bu da’vo to‘g‘rimi? To‘g‘ri bo‘lsa, 1937—38 yillarda nosrang «ko‘ylak-ishton kiygan xodimlar Yozuvchilar uyushmasi «Kadrlar bo‘limi»ni ichidan qulflab olishib, ertadan-kechgacha javonlardagi shaxsiy yig‘majildlardan nimalarni qidirishar ediyu nimalarni qo‘ltiqlariga qisib ketishardi va nima uchun yozuvchilar kun-sayin o‘zlarndan-o‘zlari yo‘q bo‘lib qolishardi? Yozuvchilar uyush-masi jamoat tashkiloti emasmi? Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi qonunni ijro etadigan, jazolaydigan tashkilot emasmi? Demak, o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lyapti-ki, Yozuvchilar uyushmasi jazolovchi tashkilot — DXB qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lgan, xolos. Yozuvchilar uyushmasining sobiq rahbarlari nechog‘lik qonsiragan bo‘lsalar-da, ammo ular qatli om o‘tkazish vakolatiga ega emasdilar. Harholda, aytib turgan kimsa shikoyatchi bilan guvohning asosiy diqqat-e’tiborini ikkilamchi bahona tomon burib yuborishga erishgan. Mudhish hodisaning ildizi ochilmagan. Aniqrog‘i, Abdulla Qodiriyning oqlanish jarayoni avval-boshdan yuzaki olib boriladi, xitoylik donishmand ta’biri bilan aytganda, «Butun kuch qop-qorong‘i uyda qora mushukni tutishga safarbar etiladiyu, biroq o‘sha uyda mushukning o‘zi bo‘lmaydi — u allaqachon juftakni rostlagan bo‘ladi».
Xuddi shu ma’noda (ya’ni diqqat-e’tiborni chalg‘i-tish ma’nosida) 1956 yil 16 aprel kuni guvoh sifatida so‘roq qilingan To‘lagan ZOKIROV ko‘rgazmasi ham qimmatli, albatta.
ANGLATMA
«To‘lagan ZOKIROV. 1907 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Oilali. Toshkent shahar, Stalin deparasidagi o‘rta maktabda matematika fanidan dars beradi. Oliy ma’lumotli. Ilgari sudlanmagan. 1953 yildan beri ko‘mmunistik firqa a’zosi. Toshkent shahar, Stalin deparasi, Qubirariq mahallasi, Murmansk torko‘chasidagi 32-uyda yashaydi.
U kishi ham: «Yolg‘on ko‘rgazma bersam, har narsa bo‘lay!» degan mazmundagi tilxatdan so‘ng quyidagicha ko‘rgazma beradi:
«Men yozuvchi Abdulla Qodiriyni bolaligimdan bilardim. U kishi qo‘shnimiz edi. Abdulla Qodiriyning otasi — Qodir bobo bog‘bon edilar, o‘z oilasini kichik uzumzordan keladigan daromad evaziga boqardi. Qodir ota yuz yildan uzoq umr ko‘rdi va 1924 yili vafot etdi.
Otamning aytishicha, Abdulla Qodiriy yoshligida bitta amaldor qo‘lida mirzalik qilgan ekan. Nazarimda, Abdulla Qodiriy 1890 yildan keyin tug‘ilgan bo‘lsa kerak.
O‘ktabr so‘salistik inqilobidan so‘ng, to 1926 yilga qadar Abdulla Qodiriy «Mushtum» jaridasida muxbir bo‘lib ishladi. «Mushtum»da «Kalvak maxdumning xotira daftaridan» hangomasi chop etilgan. Yozuvchi bu asarida eski ruhoniylarni tanqid qiladi, kamsitadi, mazaxlaydi.
1926 yili Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani, 1928 yilda «Mehrobdan chayon» romani, taxminan, 1933 yilda «Obid ketmon» asari nashr qilinadi. Men bu asarlardan dastlabki ikkitasini o‘qiganman. Ana shu asarlarda Qodiriy o‘zbeklarning o‘tmish hayotini tasvirlaydi. Nihoyatda sodda, ommabop o‘zbek adabiy tilida yozilgan. Ayniqsa, «Mehrobdan chayon» romani diqqatga sazovar, unda Qodiriy Xudoyorxonga, eski ruhoniylarga, amaldorlarga qarshi chiqadi. Xudoyorxon ko‘p xotinli ekanini, u o‘z xotinlarini qanday jabrlaganini fosh etadi. Ayni paytda o‘zbek xotin-qizlari oilada tinch-totuv yashashi lozim, degan fikrni olg‘a suradi.
O‘sha davrda Abdulla Qodiriy o‘zbek yozuvchilari o‘rtasida eng mashhur, iste’dodli yozuvchi edi.
Men Qodiriy asarlarini mutolaa qilganman, matematika muallimi bo‘lishimdan qat’i nazar, uning asarlari adabiy jihatdan to‘g‘ri deb hisoblayman. Ammo adabiy, g‘oyaviy mazmuni haqida uzil-kesil hukm chiqara olmayman. Menimcha, bu asarlarda davlatga qarshi yo‘naltirilgan millatchilik g‘oyasi uchramaydi.
Qodiriy asar yozishdan tashqari, o‘ris mumtoz adabiyotidan tarjima qilib turardi. Masalan, u Gogolning «Uylanish», Chexovning «Olchazor» pesalarini o‘rischadan o‘zbekchaga o‘girgan. Bundan tashqari, Abdulla Qodiriy o‘rta maktablar uchun mo‘ljallangan «Fizika darsligi»ni tatarchadan o‘zbekchaga tarjima qilgan. U o‘rischa-o‘zbekcha lug‘at tuzishda ham ishtirok etadi. Menga bu haqda Qodiriyning o‘zi gapirgan edi. Ba’zan Abdulla Qodiriy bilan suhbatlashib turardim. Bir gal: «Men Sho‘ro davrida tinimsiz mehnat qilishim, o‘qishim zarur. Hamma ta’lim olishi lozim. Esingizda bo‘lsin, agar oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lsangiz, davlatga ko‘proq foyda keltirasiz» degan edi.
Shaxsan men Qodiriydan hech qachon o‘rislarga, Sho‘ro hokimiyatiga qarshi bir og‘iz ham yomon so‘z eshitganim yo‘q. Esimda, 1936 yilgi suhbatlarimizdan birida Abdulla Qodiriy xonadoniga Sho‘ro yozuvchisi Aleksey Tolstoy mehmon bo‘lib kelgani to‘g‘risida gapirgan edi. Ushanda Qodiriy aynan bunday degan: «Biznikiga ulug‘ o‘ris Sho‘ro yozuvchisi Aleksey Tolstoy tashrif buyurdi. Men u bilan suhbatlashdim. U kishi nihoyatda ko‘ngilchan ekan. Lekin juda qudratli, qo‘lidan hamma narsa keladi. Bilimdon. Xushmuomala. U hatto men en-di yoza boshlagan asarim mazmuni bilan ham qiziqib qoldi, xiyla ko‘nglimni ko‘tardi».
Suhbatimiz paytida Qodiriy qat’iy rejimga bo‘ysunib yashashi haqida so‘zlab bergan edi: u o‘zi tuzib qo‘ygan jadval bo‘yicha jismoniy ish bilan shug‘ullanar, asar yozar, dam olar, ovqatlanar, sayr qilar va uxlar ekan.
Qodiriy faqat yozuvchilik bilan shug‘ullanmasdi, ayni paytda u mirishkor bog‘bon edi. Shuningdek, asalarichilik bilan shug‘ullanardi. Xullas, nihoyatda mehnatkash inson edi.
Abdulla Qodiriy haqida men bilgan narsalar ana shulardan iborat.
Tasdiqnomaga so‘zlarim to‘g‘ri yozilgan, men uni o‘z ona tilimda o‘kib ko‘rdim.
Zokirov (imzo)
tarjimon: ZVEREV (imzo)
Tergovchi: TurkHO‘ Harbiy prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi GRIShChENKO (imzo)».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 67—68-sahifalar.)
* * *
Uzoq yillar mobaynida uloq-ko‘pkarida qatnashib yurgan (aytmoqchi, ustoz-Qodiriyning ilk hikoyalaridan biri «ULOQDA» deb nomlanadi) tajribali chavandoz otini darrov maydonga solmaydi: dastlab sovutadi — qizg‘in kurash ketayotgan maydon atrofida aylanib yuradi, otni kurash nafsiga, shart-sharoitga ko‘niktiradi va achchiq ustida otga bir-ikki qamchi tushirib ham qo‘yadi. Shuningdek, agar biz gapni xiyla chiylab, boz ustiga, etak tomonidan boshlab qo‘ygan bo‘lsak, buning sababi — Sizni, aziz o‘quvchi, QATLGOHda ro‘y berayotgan hiyla-nayranglardan xabardor etib qo‘yish niyatidamiz, xolos.
Guvohlarning ko‘rgazmalariga, ular Abdulla Qodiriyga kim bo‘lishidan qat’i nazar, «tanqidiy» yondoshmoq lozim. Chunki ular Qodiriyni chin dildan oqlashini istardilar va ayni choqda Qodiriyning G‘OYaDORGA ma’qul keladigan yo‘sinda oqlanishiga ham rozi edilar, javoblarini beixtiyor rasmiy ko‘rsatmalar andozasiga solib qo‘yardilar. Albatta, saltanat osmonida (1956 y.) yolg‘ondakam… «eshak o‘ldirar» quyosh yilt etgan damlarda eski-tuski juldurvoqi kiyim-boshni birdaniga yechib otish mumkin emasdi: shundan qilinganda bormi, tuzumning, tartibotning aybi ochilib qolardi— Qodiriy oqlanardi-yu, lekin nohaqlik — adolatsiz tuzum qoralanardi. Afsuski, elliginchi yillarda barcha buzuqliklar Stalin jasadi bilan matashtiriladiyu qora yerga ko‘miladi…
1956 yilda haliyov qochmagan edi. Mana, endi yov qochdiyu botir ko‘paydi: oshkoralik tufayli ko‘nglimizdagi hamma gapni bemalol aytyapmiz. Hatto 1956 yilda Sho‘ro adabiyotining yalovbardori hisoblangan marhum Aleksey TOLSTOY to‘g‘risida hozir ko‘hna haqiqat ochiq-oydin aytilyapti; o‘sha yozuvchi Stalin davrida Lenin ordeni bilan taqdirlangan bo‘lsa, hozir «Ishchi-dehqon grafi» degan «unvon»ga sazovor bo‘ldi. Bizning-cha, Qodiriyning A. Tolstoy bilan «do‘stona aloqada bo‘lgann» xususidagi ko‘rgazmalar ham omonat, asosi puch bo‘lsa kerak. Negaki, A. Tolstoy guvohlar talqin etayotgan darajada do‘stga vafodor — «chin o‘rtoq» bo‘lmagan. Aks holda, u Qodiriyni bobovlarga talatib qo‘ymasdi. Guvohlarning bitta gapida jon bor: A. Tolstoy haqiqatan ham QUDRATLI kishi edi, u deyarli hamma narsaga qodir edi. Biroq, u o‘z qudratini «o‘tin yorishga» sarflaydi — STALIN bilan jonajon do‘st tutinadi, «dohiy»ga xushomad qiladi… Qodiriydek ziyrak, zukko inson A. Tolstoy tabiatidagi qo‘nimsizlikni payqamay qolishi mumkin emas. Yaxshisi, keling, Sho‘ro adabiyotining bayroqdori tarjimai holidan «bir shingil» tatib ko‘raylik.
«20-yillarning ikkinchi yarmida A. Tolstoy Sho‘ro Urisiyasida eng ommalashgan, suyukli yozuvchilardan biriga aylanib qoldi. Xavotirli Stalin zamoni boshlanishi bilanoq Tolstoy darhol qizg‘in ijodiy faoliyatini jilovladiyu ustalik bilan qalamini xiyla bexavotir tarixiy mavzuga yo‘naltirdi. «Birinchi Pyotr» pesasini yaratdi, o‘ris podshosi qiyofasini qop-qora bo‘yoqlarda tasvirladi… Tolstoy o‘sha paytda, chindan ham Urisiya boshiga tushajak barcha kulfatlarga buyuk islohotchi amalga oshirgan tadbirlar sabab bo‘ldi, deb hisoblardi. Lekin «Birinchi Pyotr» pesasi dastlabki holatda dunyo yuzini ko‘rmaydi. Boshqarma xodimi uni sahnaga yaqin yo‘latmaydi. Muallif esa tez orada nega bunday bo‘lganini bilib oladi. 1929 yildayoq Stalin Birinchi Pyotr shaxsiyati bilan qiziqib qolgani ma’lum bo‘ladiyu Sho‘ro tarixchilari zudlik bilan Birinchi Pyotrdan ijobiy xislatlar qidira boshlaydilar… Shaxsan Stalinga Birinchi Pyotr tabiatidagi izchillik, jo‘shqinlik, asosiy maqsad yo‘lidagi qattiqqo‘llik ma’qul kelardi.
Aql-idrokli Aleksey Tolstoy nima uchun asari «muvaffaqiyatsiz» chiqqanini darrov angladi. Anglaydiyu zudlik bnlan qancha ishlaydi va nishonga bexato uradi. Pesaiing yangi nusxasi Ikkinchi Badiiy teatr sahnasida qo‘yiladi. beqiyos shuhrat qozonadi… Stalin bag‘oyat mamnun bo‘ladi: shaxsan uning o‘zi Tolstoyga mana shu mavzuda lirik roman yozishni maslahat beradi. Urda (Kpeml) podshosi bilan o‘ris zodagoni — graf Tolstoy ilk bora 30-yillarning boshlarida Maksim Gorkiy uyida uchrashadilar. Shu vaqtdan e’tiboran Tolstoy hukumat va firqa rahbarlari davrasida rasmiy obro‘ qozona boshlaydi. Albatta, qisqa muddatda «Birinchi Pyotr» romani ham yoziladi. Shubhasiz, asar zavq bilan, qiziqarli yozilgan. Faqat ba’zi o‘rnilarda tarixiy haqiqat soxtalashtiriladi.
O‘sha paytlari Tolstoy Leningrad yaqinidagi Shohchorboda, shaxsiy bog‘ida yashardi… «Birinchi Pyotr» romani tilga tushgach, Tolstoyga Maskovga — Urdaga yaqinroq manzilga ko‘chib o‘tish taklif qilinadi. Bu damlarda uning kitoblari misli ko‘rilmagan nusxalarda nashr etilardi, muallifning hukumat nazdidagi e’tibori yuksalib ketadi va Davlat bankasida unga maxsus «Ochiq hisob» ajratiladi. O‘ttizinchi yillarning o‘rtalarida «Ochiq hisob» mamlakat bo‘yicha faqat ikki kishida, Maksim Gorkiy bilan mashhur muxandis, tayyoralar ijodkori A. N. Tupolevda bor edi, xolos. «Ochiq hisob» mohiyati shundan iboratki, uning egasi o‘zi xohlagan paytda Davlat bankasidan xohlagan miqdorda pul olish huquqiga ega edi: yuz mingmi, milyonmi, milliardmi — ahamiyati yo‘q. Bilmadim. «Ochiq hisob»ning baxtli sohibi jamg‘armadan milyon yoki milliard so‘m pul olishn mumkin edimi yo yo‘qmi? Menimcha, ololmasdi. Sho‘ro Ittifoqida yashayotgan odamga, aytaylik, milliard so‘mning nima keragi bor? Axir mamlakatda yuz ming so‘mlik mol-mulk xarid qilish amrimahol bo‘lgan paytda milliard so‘mga voyvoyak olarmidi!
Maksim Gorkiy 1936 yilda vafot etadi, A. N. Tupolev esa 1937 yilda qamoqqa olinadi. Natijada Tolstoy mamlakatdagi eng puldor inson bo‘lib qoladi.
Aleksey Tolstoy Maskovda ham to‘kin-sochin, farovon hayot kechira boshlaydi. «Pyotr» yozuvchiga beqiyos shuhrat keltiradi-yu, endi yangi asar yozishningda unchalik qizig‘i qolmaydi. Boz ustiga tag‘in xavotirli davr boshlanadi… Tolstoyga esa «Sho‘ro adabiyotidagi buyuk yutuqlari uchun» Lenin ordeni beriladi, so‘ngra SShJI Oliy Kengashiga deputat qiladilar. Muhimi, u rasmiy, chalarasmiy marosimlaru ziyofatlar paytida doimo O‘rdaga taklif etilardi. Stalin unga marhamat ko‘rsatardi, yozuvchi bilan tez-tez suhbatlashib turardi…
Tolstoy «Birinchi Pyotr» romanini tamomlagach, oshna-og‘aynilari davrasida, Maskov qahvaxonalarida, O‘rda ziyofatlarida burnidan chiqquncha araq ichib, mast-alast holda vaqtini xushlab yuraveradi — besh yilgacha hech narsa yozmaydi. Ammo hadeb sukut saqlayversa, beodobchilik bo‘lardi. Olijanob biror narsa yozib, shu orqali to‘kin-sochin, farovon turmush uchun ulug‘ yo‘lboshchiga minnatdorlik izhor etib qo‘yish lozim edi. Shunday qilib, 1938 yilda birdan shov-shuv tarqaldi: kapitalchi davlatlar Urisiyaga tajovuz qilgan kezlarda bosqinchilarning bartaraf etilishiga o‘rtoq Stalin buyuk hissa qo‘shgan ekan, mana shu — fuqarolar urushi mavzusida Tolstoy «G‘alaba yo‘lida» yoki «O‘n to‘rt davlat yurishi» degan pesa yozayotganmish!.. (Shuningdek, Tolstoy sal keyinroq yozgan «Non» romanida hikoya qilinishicha, 1919 yili Sarisin ostonalarida oqgvardiyachilar bevosita dohiymiz Stalinning oqilona tadbirkorligi sharofati bilan tor-mor etiladi.) Afsus ki, pesa shu qadar bema’ni, tuturiqsiz, zerikarli ediki, hatto uni qo‘ydek yuvosh Sho‘ro tomoshabinlari ham ko‘rishni istamadilar — pesa bir necha marta sahnaga qo‘yiladi-yu, keyin undan ba-tamom voz kechildi. Taxminan, o‘sha yillarda nashr qilingan «Non» romanini ham bo‘sh-bayov Sho‘ro kitobxonlari o‘qishmadi. Bir zamonlar iste’dodli bo‘lgan Sho‘ro yozuvchisi Aleksey Tolstoy ichkilikka mukkasidan ketadi, yaramas roman yozadi.
Tolstoyni ichkilikbozlikka o‘rgatadilar, ma’naviy jihatdan tubanlashtirib yuboradilar, uni yolg‘on so‘zlashga majbur etadilar. Otuvga, surgunga hukm qilingan yozuvchilar kabi Tolstoyning yozuvchilik iqtidori ham tanazzulga yuz tutadi. Lekin u uzoq yashaydi, 1945 yilda vafot etadi. Sho‘ro hukumati doim uni ko‘z-ko‘zlardi ro‘znomalaru oynomalarda, knnolarda, tantanaln rasmiy marosimlarda, ziyofatlarda: «Mana, ko‘rib qo‘yinglar — bizning ulug‘ yozuvchimiz, Sho‘ro adabiyotining faxri! U sobiq zodagon, graf, hozir esa Stalin davrini to‘lib-toshib kuylayapti — sadoqatli maddoh, so‘salizmning tengsiz qasidanavisi!» denishib ayyuhannos solardilar… Afsuski, ko‘pchilik bunday baqir-chaqirlar ham Sho‘ro hokimiyatiiing navbatdagi hiyla-nayrangi ekanini bilmasdi».
(«Ogonyok» jaridasi, 1990 y. 41-son, «Ishchi-dehqon grafi» maqolasi, muallif — Yuriy Yelagin.)
Xullas, mana shunaqa gaplar. Hozir jamiyatimiz ma’naviy inqirozga yuz tutdi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki yo‘qsullar niqobi ostida qaror topgan hokimiyat dunyoga kelgan kundan boshlab insoniy qadr-qimmatni toptash bilan mashg‘ul bo‘ldi, ijtimoiy tafakkurni Marks — Lenin — Stalin ta’limoti bilan cheklashga intildi; og‘zi qiyshiq bo‘lsa ham, g‘oyaviy maddohlar gapirtirildi va oxir-oqibatda ellik, yuz jildlab «chuchuk yolg‘onlar» vujudga keldi: jismoniy xunrezlik ma’naviy qashshoqlik shaklida moddiylashdi….
* * *
Bilmadim, 1938 yilda ham Navro‘z bayrami «eskilik sarqiti» sifatida bartaraf etilganmidi yoki bunday «inqilobni» tadbirni amalga oshirish kelajakka — Markazqo‘m kotibasi R. H. Abdullayevaga «firqa topshirig‘i» tarzida meros qoldirilganmidi? Hartugul, o‘sha yilning 21 mart kuni (doshqozonda sumalak qaynayotgan kezlarda) 1905 yili (?) tug‘ilgan, Toshkent shahrining Kirov deparasi, Uchqun ko‘chasidagi 52-uyda istiqomat qiladigan SShJI fuqarosi bo‘lmish jaridachi yozuvchi G‘afur G‘ulomni O‘zSShJ Ichki Ishlar xalq Komissarligi Davlat Xavfsizligi boshqarmasi IV bo‘limining xodimi, davlat xavfsizligi serjanti TRIMASOV guvoh tarzida so‘roq qiladi. So‘roq tasdiqnomasida qayd etilishicha, G‘afur G‘ulom o‘rta ma’lumotli, firqasiz kishi bo‘lib, qizil qo‘shin safida ham, oqlarning aksil inqilobiy askarlari orasida ham… qorasini ko‘rsatmagan ekan. Guvoh yolg‘on ko‘rgazma bersa, jinoiy javobgarlikka tortilajagi to‘g‘risida ogohlantiriladiyu tergov boshlanadi.
«Savol. Abdulla Qodiriyni yaxshi taniysizmi?
Javob. Abdulla Qodiriy chinakam millatchi hisoblanadi. Ilgarn u savdogar, mushtumzo‘r edi, o‘z xo‘jaligida odamlarni majburan ishlatardi. Bundan tashqari, Zohiriddin A’lam, Shohidov kabi aksilin-qilobiy kayfiyatdagi musulmon ruhoniylari bilan doim apoq-chapoq bo‘lib yurardi. Oshna-og‘aynilari aksil inqilobiy faoliyati uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Savol. Qodiriyning Sho‘roga qarshi aksilinqilobiy faoliyatiga oid nimalarni bilasiz? Batafsil gapirib berolmaysizmi?
Javob. A.Qodiriy chinakam aksilinqilobchi, millatchi. U doim aksilinqilobiy, millatchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lardi. Masalan, o‘zining «Kalvak maxzum», «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» singari asarlarida aksilinqilobiy, millatchi-lik g‘oyalarini tarannum etadi, hozirgi zamon o‘zbek xalqiga tuhmat qiladi, o‘rislarning ustidan kuladi. Shuningdek, jamoa xo‘jaligi qurilishiga qarshi chiqadi, ayni choqda yakkaxo‘jalik turmushini ulug‘laydi.
Esimda, 1935-36 yillarda Sho‘ro Ittifoqi bilan savdo-sotiq qiladigan bitta tijoratchi Qoshg‘ardan Toshkentga keldi. Usha tijoratchi Qodiriy uyida mehmon bo‘ldi va «O‘tkan kunlar» romanini arab imlosida nashr etish va uni Qoshg‘arga jo‘natish to‘g‘risida Dodiriy bilan maslaxatlashdi. Biroq, ularning qanday xulosaga kelgani menga qorong‘i. Shu haqda Qodiriyning o‘zi menga gapirib bergan edi. Bundan tashqari, aksilinqilobchi, millatchi deb e’lon qilingan Vadud Mahmud, Cho‘lpon, G‘ozi Yunusovlar bilan Qodiriy juda inoq edi. Bu kimsalar Ichki Ishlar Xalq, Komissarligi tomonidan javobgarlikka tortilgan.
1936 yili men Qodiriy bilan birgalikda Nabi Sharipovning uyiga taklif etildim (u aksilinqilobchi, millatchi edi, hozirgi paytda jinoiy javobgarlikka tortilgan); o‘sha xonadonga Zohiriddin A’lam, Shohidov, Cho‘lpon (aksilinqilobiy musulmon ruhoniylari, hozir javobgarlikka tortilganlar) va menga notanish kimsalar ham taklif etilgan ekanlar. Utirish davomida faqat siyosiy mavzuda suhbatlashdilar, hamma Sho‘ro hokimiyatini qoraladi, Sho‘rolarga qarshi gapirishdi. Qodiriy: «Sho‘ro hukumati zayom chiqardi, endi uni majburiy tartibda odamlarga tarqatmoqda», dedi. Utirish qatnashchilarining bari Qodiriyning fikr-mulohazasini qo‘llab-quvvatlashdi va shu yerdayoq zayomga obuna bo‘lmaslikka qaror qilishdi hamda dindorlar o‘rtasida zayomga obuna bo‘lmaslik haqida targ‘ibot yuritishga kelishib qo‘ydilar. Undan so‘ng Shohidov bunday dedi: «Xotin-qizlar yuzini ochib tashlash mumkin emas, bu Qur’onda man etilgan. Krlaversa, paranjisini tashlagan ayollar rahbarlik lavozimlarini egallaydilar, keyin erlar xotinlarga bo‘ysunishga majbur bo‘lishadi — bu hol ham Qur’onga xilofdir». Bu masalada ham dindorlar o‘rtasida, ayollar yuzini ochilishiga qarshi targ‘ibot ishlari olib borishga kelishdilar.
1936 yilda bir guruh o‘zbek yozuvchilari Qozon shahriga safar qildi. Qozon shahridagi «Sho‘ro» mehmonxonasida yashab turgan paytimizda (Amin Umariy bilan Shokir Sulaymonov ham biz bilan birga edilar) Qodiriy menga bunday dedi: «Tataristonda va olmonlarning Edilbo‘yi muxtoriyatida oziq-ovqat mahsulotlari ataylab taxchil etib qo‘yilgan; Sho‘ro hukumati aholi o‘rtasida norozilik uyg‘otish uchun jo‘rttaga shunday qilyapti. Olmoniyada esa xayr-ehson to‘planyapti, yig‘imdan tushgan mablag‘, mahsulot Tatariston bilan olmonlarning Edilbo‘yi muxtoriyatiga jo‘natilyapti». So‘ngra Qodiriy bunday dedi: «Harbiy jihatdan Sho‘ro Ittifoqi Olmoniyadan kuchsiz. Agar urush boshlanib ketsa, Sho‘ro hukumati mag‘lubiyatga uchraydi».. Ushbu so‘zlarni eshitishimiz bilan Umariy, Sulaymonov va men darhol Qodiriyga e’tiroz bildirdik. Ammo Qodiriy o‘z fikridan qaytmadi.
Umariy adabiyot bilan shug‘ullanadi. Sulaymonov O‘zbekiston Davlat nashriyotida ishlaydi. Ikkovi ham Toshkent shahrida yashaydi.
Shundan boshqa aytadigan gapim yo‘q.
Mening so‘zlarim to‘g‘ri yozib olingan, o‘zim o‘qib ko‘rdim. G‘. G‘ulom (imzo).
Tergovchi: TRIMASOV (imzo).
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 32—34-sahifalar)
ANGLATMA
«Arizago‘y H. Qodiriy bilan suhbatlashganimiz to‘g‘risida.
1988 yilning 27 yanvar kuni men — O‘zSShJ Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik V. A. Petlin, qo‘mita shoshilinch vazifalar xodimi B. I. Toshpo‘latov bilan birgalikda arzgo‘y Habibulla Qodiriy bilan uning xonadonida suhbatlashdik. Arzgo‘y betob ekan, qish paytida xonadonidan tashqariga chiqa olmaydi.
Arizada o‘rtaga qo‘yilgan masala yuzasidan tushuntirildiki, DXQ tomonidan tergov qilingan kishilarning jinoyatnomalari tanishib ko‘rish uchun shaxsiy arzgo‘ylar qo‘liga berilmaydi. Keyingi savollarga bunday javob berildi: arzgo‘yning otasi — Abdulla Qodiriy 1938 yilda go‘yo F. Xo‘jayev rahbarlik qilgan aksilinqilobiy, aksilsho‘raviy tashkilotga a’zo bo‘lgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va oliy jazoga hukm qilingan, hukm ijro etilgan. Shunday shaxslarning ko‘milgan joylari o‘sha davrda rasmiy hujjatlarda qayd etilmasdi; shuning uchun hozir uning qayerga dafn etilganini aniqlash imkoniyati yo‘q. 1956 yili u oqlangan. Chunki uning xatti harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi tan olingan.
Suhbat paytida Habibulla Qodiriy, otasining nohaq jazolanishida G‘afur G‘ulom asosiy aybdor hisoblanadimi, degan masalaga oydinlik kiritmoqchi bo‘ldi. Unga, biz bunday ma’lumotga ega emasmiz, deb javob berildi. Arzgo‘y otasi haqida o‘zi yozayotgan kitobda G‘afur G‘ulomni qoralab aks ettirishim mumkinmi, deb so‘radi. Biz unga tushuntirdikki, agar qoralash uchun to‘la isbotlangan, haqqoniy dalil bo‘lsa, yozish mumkin, albatta. Aks holda, muallif birovga tuhmat qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi. Suhbat paytida Habibulla Qodiriy aytdiki, uning yaqin bir tanishi (bundan yigirma yillar muqaddam) mutlaqo tasodifan Abdulla Qrdiriyning jinoyatnomasi bilan tanishib, unga ba’zi tafsilotlarni so‘zlab bergan ekan. Xususan, arzgo‘y otasini tergov qilgan sobiq ter-govchi Trig‘ulovning ko‘rgazmasi to‘g‘risida haqiqatga yaqin tafsilotlarni aytdi. Bundan tashqari, Abdulla Qodiriyning ishi qayta ko‘rilayotgan vaqtda tergovga chaqirilgan arzgo‘y o‘sha paytda ba’zi tafsilotni o‘zi bilib olgan ekan.
Suhbat oxirida arzgo‘y Xabibulla Qodiriy, agar otasining jinoyatnomasi bilan tanishib ko‘rishning imkoniyati yo‘q bo‘lsa, DXQga yozgan arizasi bo‘yicha unga berilgan javobdan qoniqqanini e’tirof etdi; bu masala yuzasidan e’tirozi yo‘q ekan.
O‘zSShJ DXQ bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik V. PETLIN (imzo). O‘zSShJ DXQ shoshilinch vazifalar xodimi, kapitan
B. TOShPULATOV (imzo).
1988 y. 27 yanvar».
(A. Qodiriyning jinoyatpomasi, 98—99-sahifalar).
Demak, H. Qodiriy umrining oxirlarida ham otasining fojiali o‘limiga G‘afur G‘ulom sababchi bo‘lgan, deb taxmin qiladi. Lekin DXQning mas’ul xodimlari: «Biz bunday ma’lumotga ega emasmiz», deb javob berishadi.
* * *
G‘afur G‘ulom 1938 yilda Abdulla Qodiriy haqida dastlab ko‘rgazma bergandan so‘ng oradan o‘n sakkiz yil o‘tadi. Va 1956 yil yanvar oyining o‘n oltinchi kuni TurkHO‘ prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi GRIShChENKO O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasining a’zosi bo‘lmish G‘afur G‘ulomni guvoh sifatida so‘roh qiladi. Bu paytga kelib G‘. G‘ulom oliy ma’lumot olgan va 1946 yilda qo‘mmunistchi firqaga a’zo bo‘lgan edi. Usha kungi tergov tasdiqnomasida asosan quyidagi ko‘rgazma qayd etiladi.
«Savol. Yezuvchi Abdulla Qodiriyni bilasizmi? Uning o‘tmishi haqida Sizga nimalar ma’lum?
Javob. Men yozuvchi Abdulla Qodiriyni sirtdan,. asarlari bo‘yicha 1925-26 yillardan bern bilaman. Shaxsan u bilan, taxminan, 1932 yili tanishganman. Abdulla Qodiriy toshkentlik bo‘lib, otasi bog‘bon edi. Qodiriyning o‘zi adabiyot bilan shug‘ullanardi, bo‘sh paytlarida ukalari bilan bog‘ yumushlarida mashg‘ul bo‘lardi.
Savol. 1923-26 yillarda Abdulla Qodiriy qayerda, qanday vazifalarni bajargan?
Javob. Vaqtli matbuotdan menga ma’lum ediki, u «Mushtum» jaridasi bilan hamkorlik qilardi.
Savol. 1923-26 yillarda «Mushtum» jaridasiga kim rahbarlik qilgan?
Javob. 1923-26 yillarda «Mushtum» jaridasiga G‘ozi Yunusov (hajvchi), shoir Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy rahbarlik qilganlar.
Savol. A. Qodiriyning «Mushtum»dagi faoliyati haqida Sizga nimalar ma’lum?
Javob. Qodiriy «Mushtum» bilan hamkorlik qilgan paytlarda uning feletonlari, hajviy hikoyalari bosilib turardi.
Savol. Abdulla Qodiriyning g‘oyaviy-siyosiy qarashlari haqida nima deysiz?
Javob. Abdulla Qodiriy mutaassib musulmon edi, u barcha diniy rasm-rusumlarni qat’iyan ado etardi. Shuning uchun turmushimizdagi yangiliklar, xususan, xotin-qizlarning paranji tashlashi ham unga g‘ayritabiiy tuyulardi — bunday hodisalarga salbiy muno-sabatda bo‘lardi.
U millatchi edi, asarlarida o‘ris xalqiga nisbatan qahr-g‘azabini aks ettirgan. Jamoa xo‘jaligi qurilishini qoralardi, yakkaxo‘jalikni afzal ko‘rardi. Chunki uning o‘zi xo‘jalikni yakkabosh bo‘lib boshqarish tarafdori edi.
Savol. Abdulla Qodiriyning aksilinqilobiy xatti-harakatlari borasida nimalarni bilasiz?
Javob. Shaxsan menga Qodiriyning aksilinqilobiy xatti-harakatlari to‘g‘risida hech narsa ma’lum emas.
Savol. Qoshg‘arga junatish uchun nashr etilgan Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» kitobi haqida nimalarni bilasiz?
Javob. Esimda bor, bir safar Abdulla Qodiriy menga o‘zining asarlarini Qoshg‘arda ham o‘qishayotgani haqida gapirib bergan edi va asarlarini uyg‘ur tilida chop etib, Qoshg‘arga yuborishni orzu qilgandi.
Savol. Abdulla Qodiriyning Vadud Mahmud, Cho‘lpon, G‘ozi Yunusovlar bilan o‘zaro munosabati haqida nimalarni bilasiz?
Javob. Menga ma’lumki, Vadud Mahmud jarndachi edi: u, Cho‘lpon, G‘ozi Yunusov (hajvchi), Abdulla Qodiriy qalin do‘st tutinishgan edi. Men Vadud Mahmud bilan shaxsan tanish emasman. 1954 yili Stalinobodda (hozirgi Dushanbe shahri — izox bizdan: N. B.) Ay-niyning dafn marosimida qatnashgan kezlarimda Vadud Mahmud birmuncha vaqt Stalinobodda yashaganini odamlardan eshitdim.
Savol. Abdulla Qodiriydan aksilsho‘raviy ruhdagi fikr-mulohazalarni eshitganmisiz?
Javob. 1936 yili Qozon shahrida safarda bo‘lgan paytimiz, biz mehmonxonada Abdulla Qodiriy bilan birga yashadik. Ushanda u, agar urush boshlanib qolsa, albatta, Hitler g‘alaba qozonadi, degan edi. Suhbat ustida Amin Umariy ham bor edi (u 1946 yilda vafot etgan). Bu borada boshqa gap-so‘z bo‘lganini eslay olmayman.
Savol. Siz Nabi Sharipovni taniysizmi? U bilan munosabatingiz qanday edi? Nabi Sharipovning uyiga borganmisiz?
Javob. Nabi Sharipovni shaxsan tanimasdim. Lekin 1936 yili bir marta Nabi Sharipovning uyiga mehmonga taklif etildim. Ushanda Cho‘lpon bilan Abdulla Qodiriy ham borishgan edi. Nabi Sharipov npma ish qilishnni bilmayman. Chunki uning uyida bor-yo‘g‘i bir marta bo‘lganman, xolos. Esimda, o‘shanda Nabi Sharipov xonadoniga bizdan tashqari, Cho‘lponning tog‘asi — O‘rta Osiyoning yirik ruhoniysi Zohiriddin A’lam ham tashrif buyurdi. Tushlik paytida Nabi Sharipovning otasi bilan Zohiriddin A’lam musulmon kishi yutuqqa egalik qilishi mumkin emasligi, aniqrog‘i, agar zayomga yutuq chiqsa, tekin puldan foydalanish huquqiga ega emasligi xususida, yutib olingan pulni birorta beva-bechoraga hadya etish lozimligi haqida gaplashib o‘tirishgan edi. Keyin suhbat mavzusi kushxonadan go‘sht xarid qilmaslik to‘g‘risida ketdi; chunki u yerda jonliqni risoladagidek so‘ymaydilar — chalajon holatida irg‘itib yuborishadi. Rostini aytsam, hozir barcha gap-so‘zlarni aniq eslay olmayman.
Savol. Amin Umariy bilan Shokir Sulanmonovni taniysizmi? Ularning taqdiri nima bo‘lgan?
Javob. Ha, Amin Umarov (Amin Umariy) bila» Shokir Sulaymonovni adabiy faoliyati orqali yaxshi bilaman. Amin Umarov O‘zSShJning har xil nashriyotlarida xizmat qilgan. Shokir Sulaymonov esa shoir edi. Yana aytishim mumkinki, Amin Umarov faol yosh kamol bo‘lgan. 1946 yili Amin Umarov Toshkent shahrida vafot etdi.
Savol. Abdulla Qodiripning «O‘tkan kunlar»„ «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon», «Kalvak maxzum» asarlari bilan tanishmisiz? Nomlari zikr etilgan asarlarning g‘oyaviy-tarbiyaviy ahamiyati, badiiy qim-mati haqida nima densiz? Usha asarlar Qoshg‘arda chop etilganmi?
Javob. Ha, Abdulla Qodirpyning asarlari bilan tanishman. Qodiriy o‘zining «O‘tkan kunlar», «Meh-robdan chayon» kitoblarida Xudoyorxon hukmronlik qilgan davrni yoritgan. Abdulla Qodiriy bu asarlarida o‘rns xalqiga qahr-g‘azabini to‘kib solgan. Temirlang, Umarxon zamonidagi «oltin davr»ni qo‘msaydi. Agar o‘shalar kabi xonlar bo‘lganda bormi, o‘rislar ikki dunyoda ham Turkistonni bosib olisholmasdi, deb hisoblardi. Abdulla Qodirnp o‘z asarlarida Xudoyorxonni uquvsiz hoknm sifatida qoralaidi; o‘sha yaramas oxir-oqibatda Turkistonni o‘rislarga topshirib qo‘ydi, deydi. «Obid ketmon» romanida Qodirip yakkaxo‘jalikni ulug‘laydi, jamoa xo‘jaligi qurplishini qoralaydi. Bu romanida Qodirip siflis (tanosil) kabi yuqumli kasalliklar Turkistonga o‘rislar tomonidan keltirilgan, deb talqin etadi. Abdulla Qodiriy «Kalvakmax-zum» asarida Kalvak tnmsolida kalavasinipg uchini yo‘qotnb qo‘ygan, eskichaga mukkasidan ketgan musulmon-ni tasvirlaydi; hajviy asar qahramoni qulay fursat tug‘ildimi bas, darrov yangilikni qoralaydi, eski-likni targ‘ib qiladi. Uz zamonida Qodiriyning bu asari ko‘p nusxada qayta-qayta nashr etilgan.
Savol. O‘zbekiston Yo‘qsul yozuvchilar uyushmasi tashkiliy qo‘mitasining sobiq rahbarlari bo‘lmish Qurbonov, Sotti Husainov, Nasrullo Oxundiylarni taninsizmi? Ular hozir qayerda?
Javob. Ha, men Qurbonov, Husainov, Nasrullo Oxundiylarni taniyman. 1938 yilda Qurbonov O‘zbekiston Yo‘qsul yozuvchilari uyushmasining raisi edi, hozir u ilmiy xodim hisoblanadi. Lekin aynan qayerda ishlayotganini bilmayman. Sotti Husainov urush aaytida qamoqqa olingan: eshitishimga qaraganda, u jazolangan emish. Ammo, qachon, nima uchun jazolanganini men bilmayman. Nasrullo Oxundiy hozirgi paytda O‘zbekiston Davlat nashriyotida bosh muharrir bo‘lib ishlamoqda.
Savol. Pedagogika institutining sobiq professori G‘ozi Olim Yunusovni taniysizmi?
Javob. Men G‘ozp Olim Yunusov nomini ilgari eshitganmanu, ammo u bilan shaxsan tanish emasman. U haqda biror narsa deya olmayman.
Savol. Siz Ibrohim Nazirovni taniysizmi?
Javob. Yo‘q, men Ibrohim Nazirovni tanimayman.
Ushbu ish yuzasidan shundan boshqa hech qanday ko‘rgazma bera olmayman.
Tasdiqnomaga mening so‘zlarim to‘g‘ri yozilgan, o‘zim o‘qib ko‘rdim.
G‘. G‘ULOM (imzo)
adliya podpolkovnigi GRIShChENKO (imzo)».
Tergovchi: TurkHO‘ prokurorining yordamchisi,
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 4—8-sahifalar)
Agar yanglishmasak, hozir nafasingizni ichingizga yutib, Hukm e’lon qilinishini kutmoqdasiz… Xo‘sh, biz nima deyishimiz mumkin? Bizningcha, bu holatimiz «so‘zsiz surat»ga o‘xshasa kerak. Uzr-ma’zurimiz qabul etilsa, sevimli shoirimiz Abdulla Oripovning «G‘afur G‘ulom» she’ridan sakkiz misrasini e’tiboringizga yana bir bora havola etmoqchimiz:
«Qanchalik yiroqdan eshitilmasin
Arslonning na’rasi arslonlarga xos.
Hech ko‘mib bo‘lgaymi oftob shu’lasin,
Olmos ushog‘i ham hamisha olmos.
Ustoz G‘afur G‘ulom tirikdir, tirik,
O‘zbek she’riyatin jamoli — ko‘rkam.
Shu ulug‘ binoga asos bo‘lgudek
Yarqirab turibdi u qo‘ygan g‘isht ham…»
Albatta, birovning ko‘nglida G‘afur G‘ulomga nisbatan ishtiboh uyg‘otish niyatimiz yo‘q: biz neki haqiqat bo‘lsa, barini ochiq-oydin qog‘ozga tushiryapmiz, xolos. Qog‘oz emas, yuragimiz tirnalyapti!
Ha, G‘oyador nishonni bexato olgan edi: alloma shoirning «umr daftari»ga dog‘ bo‘lnb tushadigan «shox satrlar»ni avaylab-asrashni va fursati yetganda oshkor etib, muxlislar ko‘nglini vayron etishni 1938 yildayoq rejalashtnrib qo‘ygan edi. 1956 yplda esa o‘sha mudhish rejaning puxta yokn puxta emasligi sinab ko‘rildi, xolos.
Nahotki, sohir aql-idrok egasi bo‘lgan ulug‘ shoir qaltis xatoga qo‘l urayotganini, jinoyatga shernk bo‘layotgannni bolmagan bo‘lsa?! Nega u «xalq dushmani»ni fosh etpsh uchun ishga tushirnlgan vosita iflos ekanini, xiyonatga asoslanganini bilib turib, bir xonada yotgan, bir dasturxondan tuz-namak bo‘lgan o‘z og‘asini «fosh» etadi?.. Agar mantiq bo‘yicha fikr yuritilsa, iste’dodsiz kimsa boshqalarning noyob iste’dodiga omonatiga xiyonat qilnshi lozim. G‘afur G‘ulom esa iste’dod borasida aslo qnsilmagan edi: u kemtik ko‘ng-li bnlan kuylaganda ham dunyoni to‘ldirib ketgan shoir hisoblanadi. Harholda G‘afur G‘ulom eng jirkanch shaytoniy qutqu hasad tufayli qo‘lini bulg‘amagan.
«Mudhish bir kecha, qo‘rqinchlidir…»
Birdan darvoza taqillaydi. Shoir cho‘chib o‘rnidan turadi va xotiniga: «Ko‘rpa-to‘shakni hoznrla, meni olib ketishadn», deydi. Darvozani asabiy taqillatishadi. Shoir bo‘xchasini orqalab darvozaxonaga ravona bo‘ladi. Xotini esa tovushnni chiqarmasdan bo‘g‘riqib-bo‘g‘riqib yig‘laydi. U beholgina darvoza zulfini tushiradi.
Qora kiyimli ikki azroil serrayib turishardi.
— Ketdik, — deyishadi.
«Qayoqqa?» deb so‘ramaydi shoir, faqat ichida shum taqdiridan noliydi.
Shu payt azroildan bittasi shoir yelkasidagi bo‘xchani olpb, darvozaxonaga uloqtiradi.
— Kerak bo‘lsa, keyin eltib berishadi, — deydi. «O‘sha jonga» olib borishadi. Qon hidi anqiydi.
Shoir o‘xchiydi.
— Ha, yoqmadimi?.. Obbo, nozikbadan-ey!!—deb piching qiladi azroil.
— Chekasan? — deb so‘raydi to‘pponchasini g‘ilofidan chiqarib, stol ustiga qo‘ygan kimsa. Shoir bosh chayqaydi. So‘ng, to‘pponchali kishi davom etadi: — Kamina tergovchp bo‘laman. Hozir biz seni qatlgoh manzarasi bilan tanishtnramiz. Qani, oldimga tush-chi! Qo‘lingni orqangga matashtirib yurasan; mabodo… qochishga urinsang — tamom, ogohlantirmasdan otib tashlayman.
G‘ira-shira yo‘lakka chiqadilar. Atrofdan oh-fig‘on, dod-faryod eshitiladi. Kimdir to‘xtovsiz o‘rischalab so‘kinadi, ba’zan o‘zbekcha ham aralashtirib qo‘yadi: «He-e, onangni falon qilay!»
— Stoy! Raz, dva! — deydi tergovchi. Shoir taqqa to‘xtaydi.
— So‘lga burilgin-da, tirqishdan xonaga qaragin!.. Taniyapsanmi?
— Barini taniyman, — deydi shoir tirqishdan nigohini uzib. — Ular mashhur o‘zbek yozuvchilari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Botu…
— Tukta!.. Ketdik, poydyom! — Boyagi xonaga qaytib kelishadi. — O‘tir. Papiros chekadi?
— Ha, chekadi… Rahmat, fuqaro tergovchi. Ularni kaltaklashibdi: yuzlari ko‘kargan, qontalash…
— Molchi!.. Men savol bersam gapirasan, ponyatno?
— Ponyatno.
— Vot i xorosh! Sen — baran! Skaji, Abdulla Kadiriyni taniysan?
— Taniyman.
— Ux, kakoy sen xoroshiy baran!.. Uni yakshi bilasan?
— Yakshi bilaman,— deydi shoir tilini chuchitib.— U Gorkiy bilan…
— Yuu-k, ne tak! U Gorkiy bilan emas, a millatchi burjuylar bilan! Tushinding? A nu-ka, ayt teper!
— Grajdanin tergovchi, men bitta piyonista shoir bo‘lsam… qo‘yvora qoling — uyda bolalarim yig‘lab qolishdi…
— Ladno, seni toje babaxnim! — Tergovchi g‘iloridan to‘pponchasini chiqaradi-da, o‘qlay boshlaydi.
— Birpasda-ya?!
— Protokolga zapishem, chto pri popitke begstvu og‘ir yaralandi, potom kasalxonada o‘ladi…
— Cheksam mumkinmi?
— Pajaliska!
— Xop, men soglasen. Nima deyishim lozim?
— Vot i xorosho! Kakoy sen yakshi baranchik!.. Sen dva dnya u nas shamollab yotasan, biz esa ko‘rgazmalaringni sami protokolga napishem i sen podpishesh —
imzo chekasan, vassalom! Potom poydyosh s bogom!
— Yakshi, — dedi shoir qult etib yutingancha.
— Agar qachondir ko‘rgazmangdan otkazeshsya biz seni bari bir babaxnim! Yasno? Yaman buladi! O, yeshe kak yaman buladi!!!
— Xop, — deydi shoir majolsizlannb.
— Vot senga kalam i vot bumagi; seychas alohida kameraga kuzatib kuyamiz no do utro napishesh, chto znayesh. Inogda biz budem diktovat. Potom sen Sovet shoiri bo‘lasan abadul abad, yesli shaltay-baltay — vse, kones tyobe, i keyin mojem babaxnit, miy tebe vzorvyom, chertogo materi!!!
* * *
Ro‘yi zaminni zir titratib, arslondek na’ra tortib adabiyot dargohiga kirib kelgap shoir egiladi, mag‘rur boshi xam qilinadi: qo‘li qonga botiriladi, bir umr ichetini kemirib yashashga mahkum etiladi. Axir, G‘afur G‘ulom bekorga ichkilikka ruju qo‘ymagan-ku, u dardini hech kimga aytolmasdi — aytsa… dardi battar gazaklab ketardi. Uning dardi bedavo edi. Jon esa psspq, shirin: odamning a’zoi badanida milyonta xujayra bo‘lsa, to oxirgi nafasgacha — milyonta xujay-ra o‘lguncha odam milyon marta o‘ladi, o‘lim azobnni — so‘nggb qpynoqpi milyon marta boshidan kechiradi. Chunki milyonta xujayraning hamma-hammasi bitta odamning mulkidir!.. Ishonmasangiz, o‘z tanangizga nina sanchib ko‘ring-chi?! Og‘riydimi?.. Agar og‘riqni sezmasangiz — bilingki, xujayrangiz tirnk jon emas, o‘lgan ekan. Zero, og‘riq — tiriklikka xosdir.
Shunday qilib, o‘zbek millati peshonasiga bitgan buyuk ISTE’DOD zanjirband etiladi, ko‘rinmas ip bilan SIYoSAT darvozasiga bog‘lab qo‘yiladi, soxta G‘OYaning qo‘riqchisiga aylantiriladi.
— G‘afur G‘ulom 1956 yilda o‘z gunohini yuvishi mum-kin edi-ku?! — deb so‘raysiz.
Kechirgaylar. 1956 yilda YoLG‘ON — hokimi mutlaq edi (hozir-chi?), QURQUV esa ko‘ppakdek o‘sha og‘asini, ulug‘ og‘asini — YeLG‘ONni qo‘riqlab yotardi. Qo‘rquv itoatgo‘yligi, xiyonati uchun har xil mukofotu unvonlar bilan taqdirlanardi. Qo‘rquv tavba qiladimi? Nega? Axir, «shaxsga sig‘inish» haqidagi dod-voylar firqaning odatdagi hiyla-nayrangidan boshqa narsa emasligi kunday ravshan edi-ku! Qo‘rquv o‘z joni — milyon xu-jayrasi «temir sandiq»da ekanini «yakshi» bilardi…
Shuning uchun G‘afur G‘ulom, hatto 1964 ynlda — Abdulla Qodiriy tavalludining yetmish yilligi nishonla-nayotgan tantanali kechada ham «eski ashulasi»ni xir-goni qiladi; Qodiriyni «uch-to‘rtta risola yozib ketgan anchayin bir yozuvchi» sifatida kamsitishga urinadi. Nima, ko‘pchilikning o‘rtasida Qodiriy to‘g‘risida iliqroq so‘z aytib qo‘ysa, G‘afur G‘ulomning asakasi ketar-midi? Aslo. Bundan osoni yo‘q edi. Ammo, «mudhish bir kechada, qo‘rqinchli bir kecha»da uyingizda qo‘qqis telefon jiringlasayu notanish kishn muloyim tovushda qatli om davrini shunchaki eslatib qo‘psa va ba’zi bir. Yo‘l-yo‘riq ko‘rsatsa-da, ertaga bo‘ladigan Qodiriyning tantanali kechasida muvaffaqiyatlp qatnashingiz, deb tilak bildprsa… Kechirgaylar! Peshonadan sovuq ter chiqib ketpshp turgan gap, lekin jon chnqib ketmasa, demak, arslon kallaspdek yurak bor ekan! Arslonyurak shoprni «to‘ti»ga aylaktpra olgan QURQUV naqadar qudratlp ekanpnn tasavvur etyapspzmi? To‘g‘ri, «mard bir marta o‘ladi, nomard esa ming marta», deydilar. Bproq, «odamlarnipg bpr odati bor — maqol to‘qiydilar moslab o‘ziga». Qolaversa, ming bpr o‘limni yengib, bntta joninp ming bir marta qipmalab, qnnmalanib va yana dor ostnga boravergan. qo‘lpdan qalamini tashla-magan inson nainki nomard bo‘lsa?
Men ishonamankn, agar G‘afur G‘ulom qayta qurish davrpga qadar omon-esop yashagappla bormi, u ba’zi «oqsoqol» shoiru yozuvchilar kabi uynga biqipnb olib, sasini chiqarmay o‘tnrmasdi, balkn «bolshovonlar» bar-po etgan qoixo‘r tuzumning bitta qurboni snfatida el-yurt oldida guvohlik berardi.
— O‘rinsiz to‘kilgan begunoh qonlar ustiga qurilgan jamiyatni qayta qurishga sira ham aqlim yetmaydi. Mabodo, shu jamiyat qayta qurilsa, son-sanoqsiz shahidlar go‘rida tik turadilar va madfun Turkistonimizni kofirxonaga aylantirib qo‘ygan biz itlarni
qarg‘aydilar!!! — deb yum-yum yig‘lardi.
Ana, «zo‘r karvon yo‘lida yetim bo‘tadek» yelib-yugu-rnb, jonini qayerga qo‘yishini bilmasdan, «boshini silashga bir mehribon qo‘l» topolmasdan, sho‘r peshonasiga mushtlab-mushtlab nuroniy bir chol yig‘layaptn. Upkasi to‘lpb-to‘lnb, o‘ksib-o‘ksib, o‘tkinchi dunyoni, yol-g‘onchi dunyoni qarg‘ab-qarg‘ab bo‘zlayapti.
— Yo rabbim!
«O‘g‘lingiz Otabek yana bir kishi bilan bizning qo‘shinda edi. Avliyo ota ustidagi chor askarlari bilan to‘qnashuvimizda birinchi safimizni shu ikki yigit oldi va qahramonona urushib shahid bo‘ldi. Men o‘z qo‘lim bilan ikkisini dafn etdim». Roman shunday so‘zlar bilan yakunlanadi. Ongli ravishda — siyosiy maqsadni ko‘zlab, o‘rislarning ishchilar sinfiga, o‘ris xalqiga nafrat uyg‘otish nnyatida shunday yoziladi va shu yo‘sinda burjuy millatchilari safini mustahkamlash, yoshlarga zararli, tuban “burjuycha millatchilik ta’sir o‘tkazish nazarda tutilgan…»
O‘zbekiston Yo‘qsul Yozuvchilari uyushmasi tashkiliy qo‘mitasi tomonidan «Abdulla Qodiriynpng (Julqunboy) burjuycha millatchilik, aksnl sho‘raviy «O‘tkan kunlar» romani haqida» O‘zSShJ Ichki Ishlar Xalq komissarligi Davlat Xavfsizligi Boshqarmasiga tavsiya ztilgan va Qodiriyning jinoyatnomasiga tpkib qo‘yilgan xulosada ana shundan depiladi. Xulosaga «yosh shoir — Tashkilpn qo‘mptaning mas’ul kotibn Nasrullo Oxundiy» imzo chekmagan ekan. Tig‘dor «taqriz»ga qo‘mita raisi X. Qurbonov, rais muovini — dramaturg-tanqidchi S. Husainov, yozuvchi Abdulla Qahhor, tanqidchi-adabiyotshunos Olim Sharafutdinov imzo chekkanlar. Imzokashlar qatorida G‘afur G‘ulomning ismi sharifi ham qayd etilgan-u, ammo uning imzosi yo‘q: guvoh sifatidagi ko‘rgazmasi tergovchiga yetarli dalil bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Biroq «Obid ketmon» to‘g‘risida» va «A. Qodiriyning teskarnchi asarlari» xususidagi xu-losalarga N. Oxundiy gajakdor imzo qo‘ygan; bu kim-saning imzosi shu qadar tarvaqaylaganki, beixtiyor yayrab-yashnab imzo qo‘yish shunaqa bo‘lsa kerak deb o‘y-laysiz.
N. Oxundiy imzo qo‘ygan xulosalardan ayrim ko‘chirmalar:
«A. Qodiriy «Obid ketmon» asarini go‘yo o‘zi ham Sho‘ro tomoniga o‘tganini isbotlaydigan dalil kabi tortiq qildi. Afsuski, ushbu hujjat yozuvchi Sho‘ro tomoniga o‘tganini inkor etib turibdi: U Sho‘roga qarshi kurashish uchun yuziga niqob tortib olibdi».
«Burjuy millatchilari ko‘klarga ko‘tarib maqtaydigan va o‘sha maqtovlardan g‘ururlanib yuradigan mad-doh yozuvchilardan birinchisi A. Qodiriydir. Burjuy millatchilari tor-mor etilgan so‘nggi kunga qadar A. Qodiriy burjuylar sinfiga sadoqat bilan xizmat qildi.
O‘ktabr inqilobidan keyin ochiq-oydin Sho‘ro hukumatiga qarshi kurash boshlagan murosasiz aksilinqi-lobchilar tarafiga o‘tib ketgan va barcha qora kuchlarni o‘z atrofiga birlashtirgan, bosmachilik harakatnni uyushtirgan, bosqinchilar (interventlar) bilan yaqin aloqa o‘rnatgan jadidlar yagona maqsadni ko‘zlardilar — ular ishchi-dehqonlarning Sho‘ro hoknmiyatini ag‘darib tashlashni istardilar. Jadidlarning zng yirik yozuvchisi Abdulla Qodiriy oxirgi kungacha Sho‘ro hokimiyatining murosasiz dushmanlari safini tark et-madi: O‘ktabr inqilobini, yo‘qsullar diktaturasi tantanalarinn chinakam snnfiy dushman singari qarshi oldi. U bolshovoylarpi mazaxlab hajvin asarlar yozdi, Sho‘ro tuzumini noto‘g‘rn aks ettirdi, turli-tuman po‘llar bplap la’natp o‘tmishni ulug‘ladi. U o‘tmishdan olingan qahramonlarni, milliy burjuylar vakillarini ko‘klarga ko‘tarib maqtadi. Ovro‘polik burjuplardan deyarli farq qilmaydigan Otabek A. Qodiriy sig‘inadigan timsol edi…
Xalq dushmani A. Qodirpy… o‘tmish manzaralarini, qahramonlarini noto‘g‘ri tayevirlapdp. U xalqning xonga nisbatan bo‘lgan nafratipi ko‘rsat.mapdi, din meh-natkashlar ommasshsh ezpsh quroln ekanini fosh etmaydi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, xalq dushmani A. Qodirpp o‘zining «Obid ketmon» qissasida ongli ravnshda firqamizning, hukumatimizning qishloqdagi siyosatiga qarshi chiqadi; qishloq xo‘jaligini jamoalashtirishga to‘sqinlik qiladi».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 56—61-sahifalar.)
Albatta, bu xulosa bitta N. Oxundny tomonpdan yozilmagan, balki «qizpl shanbalik» usulida hamtovoqlari bilan birgalikda «ijod» qilingan. Ma’lumki, shanbalikda har kim baholi qudrat pshlaydi. Jumladan, N. Oxundiy ham G‘OYaDORga o‘ziii ko‘rsatib qo‘yish uchun xiyla ter to‘kkan. Boz ustnga, u ilgari ham bosh-qalarga ibrat ko‘rsatgan edi: «Pravda Vostoka» ro‘znomasining 1937 yil 31 dekabr kuni (aylan Abdulla Qodiriy qamoqqa olingam kuni!) chop etilgan «Rustaveli va o‘zbek adabiyoti» maqolasida bunday yozadi:
«Adabiyotimizga suqulib kirib olgan aksilinqilobiy millatchilarning josuslari o‘zbek adabiyotini ajratib qo‘yishga urindilar, bizning xalqlarimiz mnllpy madannyatlarining do‘stlashuviga To‘sqiilik qilmoqchi bo‘ldilar… O‘zbekiston yozuvchilarining safi xalq dushmanlaridan tozalansa, ozod O‘zbekistonning so‘salistik madaniyati yanada gullab-yashnashi uchun puxta zamin hozirlangan bo‘lardi».
Tez kunlarda N. Oxundiy firqa ro‘znomasida ilgari surgan «nazariyasi»ni amaliy ish bilan mustahkamlaydi: u «xalq dushmani A. Qodiriy» to‘g‘risida yozilgan xulosaga munosib ulush qo‘shadi.
M. Yarkov degan kimsaning xabar berishicha, «yangi yilning birinchi kunidan hayvonlarni Butunittifoq miqyosida ro‘yxatga olish boshlanar» ekan («Pravda Vostoka» ro‘znomasi, 1937 y. 31 dekabr).
* * *
Taassufki, N. Oxundiyning ijodiy faoliyatiga doir ma’lumotlar ko‘chirmalar orasida g‘aramga tushgan nina kabi yo‘qolib qoldi. Milliy kutubxonaga yana-tag‘in faqat Oxundiyning kitoblaridan ko‘chirmalar olish uchun borgani esa erindim. Erinmasdim-u, ammo muallpfning ppchoqqa ilinadigan, o‘quvchiii o‘ziga jalb etadigan birorta ham asari yo‘q ekan. Esimda born shuki, urushdan keyingi nillarda N. Oxupdiyping «Ishqingni avayla» deb nomlangan bntta she’riy to‘p-lami nashr etilgan: she’rlar snyqa, tusi yo‘q. Lekin mavzulari bozorgir, arzon-garov — ishq-muhabbat ha-qpda. «Nshq-muhabbat ko‘hnadir, lekin uni har bir yurak yangilaydi», degan hikmatli gap yuradi. Darhaqiqat, muhabbat ko‘hna qo‘shiq, lekin uni bulbul ham kuylay-di, quzg‘un ham.
* * *
1956 yil aprel oyining yigirma beshinchi kuni Turkiston Harbiy O‘lkasi prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi Grishchenko Nasrullo Oxundiyni guvoh sifatnda so‘roq qiladi.
Nasrullo Oxundiy. 1908 yili Jizzax shahrida tug‘ilgan, o‘zbek. Oilali. 1945 yildan beri ko‘mmunistchi firqa a’zosi. O‘zSShJ Davlat nashriyotida bosh muxarrir lavozimida ishlaydi. Toshkent sha-xar, O‘qituvchilar ko‘chasidagi 9-uyda yashaydi.
I. Oxundiy tubandagi ko‘rgazmani beradi:
«Abdulla Qodiriyni (Julqunbon), taxmipan, 1931 yildan beri yozuvchi sifatida bilaman. Biz Toshkent shahrida yashardik. O‘zbekistonda Sho‘ro yozuvchilari uyushmasi tuzilgach, Abdulla Qodiriy shu uyushmaga a’zo bo‘ldi. U 1934 yili Sho‘ro yozuvchilarining birinchi Butunittifoq qurultoyiga delegat bo‘lib borgan edi. Qodirip yozuvchilar orasida ham, keng kitobxonlar o‘r-tasida ham eng mashhur yozuvchi hisoblanardi. Uning asarlari tamtaroq eskicha uslubda yozilgan bo‘lsa-da, lekin soddalign, xalqchilligi, tilining jozibadorli-gi uchun o‘quvchilar mehrini qozongan edi. Menga A. Qo-dpripping quyidagi asarlari ma’lum: «O‘tkan kunlar» romani (1924-25 yillarda chop etilgan), «Mehrobdan chayoi» romani (1928 yili nashr etilgan), «Obid ket-mon» qissasi (1935 yilda nashr qilingan).
«O‘tkan kunlar» — bu tarixiy roman bo‘lib, unda XIX asrda, Xudoyorxon hukmronlik qilgan davrdagi o‘z-bek xalqining hayoti aks ettirilgan. Uzbek qizlarining muhabbat erki masalasi qizil ip misoli roman markazidan o‘tadi. Asosiy fikr — o‘zbek qizlariny yanada jur’atli bo‘lishga chorlashdan iborat. Abdulla Qodiriy bu romanida quldorlik davri qoldiqlarini qoralaydi. Roman badiiy jphatdan nihoyatda yuksak bo‘lib, xalqchil, sodda tilda yozplgan.
«Mehrobdan chayon» romanida Abdulla Qodiriy din-dorlarga, johliyatparastlarga qarshi chiqadi va Sharq xotin-qizlarining yuzlari ochilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Roman o‘zining badiiy qimmati jihatidan beqiyos. Bu ham sodda, chironli tilda yozilgan.
«Obid ketmon» qissasida Abdulla Qodiriy jamoalashtirish masalasini ko‘taradi. Qissa badiiy tomondan avvalgi romanlarga nisbatan kuchsizroq bo‘lsa-da, ammo unda ko‘tarilgan mavzu juda dolzarb edi; yozuvchi ilk bora zamonaviy mavzuda qalam tebratadi — bu esa yozuvchi ijodida ijobiy hodisa sanalardi.
Uning birorta asarida ham aksilinqilobiy, aksil-sho‘raviy unsur yo‘q ekanini alohida ta’kidlab ko‘r-satmoqchiman.
Abdulla Qodiriy hibsga olingandan so‘ng uning asarlari «xalq dushmani» qalamiga mansub asarlar sifatida musodara qilindi, ta’qibga uchradi. Men shu paytgacha Abdulla Qodiriy nima uchun qamoqqa olinganini ham, nima uchun jazolanganini ham aniq bil-mayman. Abdulla Qodiriy O‘zbekistondagi eng iste’dodli yozuvchilardan bittasi edi.
Savol. Aytingchi, O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasida qachon, qanday lavozimda ishlagan edingiz? Javob. 1936 yildan 1939 yilgacha O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasida mas’ul kotib lavozimida ishlaganman. 1937 yilning boshlarida O‘zbekiston Sho‘-ro yozuvchilari uyushmasining raisi etib Xolmat Qurbonov tayinlangan edi. U hozir Firqa tarixi instituti direktorining muovini lavozimida ishlamoqda. Usha paytlarda Sotti Husainov rais o‘rinbosari va firqa gashkilotining boshlig‘i hisoblanardi.
Savol. Siz qachonlardir Abdulla Qodiriyning asarlari yuzasidan birorta xulosa yozganmisiz?
Javob. Esimda bor, oldindan «xalq dushmani» deb e’lon qilingan Abdulla Qodiriy qamoqqa olingach, Ichki Ishlar Xalq Komissarligiga qarashli idora xodimlari O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasidan Abdulla Qodiriyning asarlari buyicha xulosa yozib berilnshnnn talab etgandilar. O‘zSShJ IYXK talabiga ko‘ra o‘shanda O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasn xulosa yozib beradi: unga X. Qurbonov, S. Husainov, Abdulla Qahhor, I. Naziriy, O. Sharafutdinov va men — N. Oxundiy pmzo chekkanmiz. Xulosani aynan kim yozga-nini hozir annq eslay olmayman. Nazarimda, bu ishni Sotti Husainov ado etgan bo‘lsa kerak. Chunki u tanqidchi-adabiyotshunos edi.
Savol. Abdulla Qodiriy asarlari bo‘yicha yozilgan o‘sha xulosani hozir ham tasdiqlaysizmi?
Javob. A. Qodirin asarlari bo‘nicha yozilgan xulosa bilan tanishib ko‘rganimdan so‘ng (jinoyatnomaning 56—61-sahifalari), aytmoqchimanki, bu xulosalarni men tasdiqlamayman. Chunki ular A. Qodiriy IIXQ tomonidan «xalq dushmani» deb e’lon qilingach, jazo tashkilotining buyrug‘iga asosan yozilgan edi. Ushanda biz maxsus ko‘rsatmaga muvofiq Qodiriy asarlarndan aksilinqilobiy, aksilsho‘raviy unsur topishn-miz lozim edi. Aslida, A. Qodiriy asarlarida bunday unsur uchramasdi. Xullas, buyruq asosida o‘sha xulosalar yozilgan edi: unga boshqalar qatorida men ham imzo chekkanman. Hozir men aytgan sabablarga ko‘ra, o‘sha xulosalarga imzo chekkan boshqa o‘rtoqlar ham bu xulosalarni rad etadilar.
Ushbu ish yuzasndan bundan boshqa ko‘rgazma berolmayman.
Tasdiqnomaga so‘zlarim to‘g‘ri yozilgan, uni o‘qib ko‘rdim.
N. Oxundiy (imzo) Tergovchi Grishchenko (imzo)».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 69—71-sahifalar.)
Sodda o‘quvchimiz, N. Oxundiy Qodiriyni qoralagan ekan-u, ammo 1956 yilda gunohini yuvibdi — otasiga rahmat, deb o‘ylashi mumkin. Koshkiydi, 1938 Gshldagi xulosa qonundek hukmdor kuchga ega bo‘lmagan bo‘lsa! Mana, o‘zingiz taqqoslab ko‘ring: 1938 pili A. Qodi-riyning «bir guruh o‘rtoqlarn» tomonidan davlat xavfsizlngi boshqarmasiga jo‘natilgan xulosada: «…xalq dushmani ANQABOY tahriri ostida nashr etiluan boshqa bir kitobini — «Obid ketmon»ni olib ko‘ra-miz», deyilgan jumla bor. Bnz, misol uchun, «Obid ketmon»ni emas, aytaylik, Anqaboyni olib ko‘ramiz. Xo‘sh, Anqaboy kim edi? Unga nima bo‘ladi?
ANGLATMA
Hujjatgohda saqlanayotgan 976522-sonli jinoyatnoma asosida tuzilgan
«Anqaboy Xudoyvohidov[1]. 1905 yili O‘zbekistonning G‘allaorol deparasida tug‘ilgan. O‘zbek. SShJI fuqarosi. Oilali. Oliy ma’lumotli. 1925 yildan beri VKP(b) a’zosi. Yozuvchi-dramaturg. O‘zSShJ Sho‘ro yozuvchilari uyushmasi prezidiumining a’zosi. Radio eshittirish qo‘mitasining raisi.
1937 yil 9 avgust kuni O‘zSShJ Jinoyat Majmuasi 66 moddasining 1-bandi va 67-moddalari bo‘ypcha jinoyat qilganlikda gumon qilinib, Anqaboy Xudoyvohidov O‘zSShJ Ichki Ishlar Xalq Komissarlpgi mahka-masi tomonidan hibsga olinadi. Xudoyvohidovni qamoqqa olish haqidagi farmonga O‘zSShJ IIXKning o‘rinbosari LEONOV nmzo chekkan.
Anqaboy Xudoyvohidov 1937 yil 10 avgust kuni tergov qilingan paytda Sho‘ro yozuvchilari uyushmasidagi va adabiy jamoatchilik o‘rtasidagi turkparast, aksil-inqilobiy tashkilotga quyidagi shaxslar a’zo ekanini qand etadi: Mo‘min Usmonov, Rahmat Majidiy, Qurbon Beregin, Otajon Hoshimov, Ziyo Saidov, Umarjon Ismoilov, A’zam Ayupov, Mashriq Yunusov — ELBEK, Uyg‘un, Hamid Olimjon, Oydin Sobirova, Sanjar Siddiqov. So‘ngra shunday deydi (aslida, Anqaboy «tilidan» shunday ko‘rgazma olnnadn; tergov jarayoni xususida keyinchalik atroflicha to‘xtalamiz: izoh bizdan — N. B.):
«Elbek, Husayn Shams, Oybek, Oydin, Uyg‘un, Hamid Olimjon, Julqunboy, Usmon Nosir kabi o‘z asarlari bilan nom chiqargan millatchilar shu kunlarga qadar o‘zbek adabiyotida hukmronlik qilmoqdalar» (Jinoyatnomaning 10-sahifasi).
«Julqunboyning ko‘p nusxada iashr etilgan «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» asarlari millatchilarning oshkora adabiyoti namunasi hisoblanadi» (Jinoyatnomaning 10-sahifasi).
Xudoyvohidov 1937 yil 26 avgust kungi tergov paytida Mo‘min Usmonovning aksplinqilobiy faoliyati haqida ko‘rgazma beradi.
Mahbuslar Muhammad Mo‘minov, H. Sattorov, Q. Beregin, Muhammad Hasanovlarning ko‘rgazmalaridan ko‘-tarilgan” nusxalar Xudoyvohidov jinoyatnomasiga tir-kab qo‘yilgan.
1937 yil 15 dekabr kuni ayblov bo‘yicha O‘zSShJ Jinoiy Jarayon Majmuasining 60-moddasi talabi ado etilgan.
Tergov nihoyasiga yetkazilgach, jinoyatnomaga Xudoyvohidovning Mo‘min Usmonov hamda Nazir (?) Inoyatov bilan yuzlashtirish tasdiqnomasidan olingan ko‘chirmalar tirkab qo‘yiladi: ko‘chirmalarda 1938 yil 22 fevral sanasi qayd etilgan.
Xudoyvohidovni ayblash bo‘yicha O‘zSShJ JJMning 60-moddasi talabi takroriy ravishda ijro etil-maydi.
Ushbu ish yuzasidan tuzilgan aybnoma 1937 yil 16 de-kabr kuni APRESYaN tomonidan tasdiqlangan (Jinoyatnomaning 80—81-sahifalari). SShJI Oliy sudi Harbiy Hay’atining sud majlisida Xudoyvohidov o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi: hech qanday aksilsho‘raviytash-kilotga a’zo bo‘lmagani, zararkunandachilik ishlari bilan shug‘ullanmagani to‘g‘risida ko‘rgazma beradi. Dastlabki tergov jarayonida bergan barcha ko‘rgazmalarini inkor etadi. Shunga qaramasdan, SShJI Oliy sudi Harbiy Hay’ati 1938 yil 5 oktyabr kuni Xudoy-vohidovni O‘zSShJda mavjud bo‘lgan burjuy millatchilarinipg aksilshuravii, quzg‘olonchilik, odamkushlik, zararkunandachilik, buzg‘unchilik tashkilotining faol a’zosi sifatida O‘zSShJ JMning 58-, 63-, 64-, 67-moddalari bo‘yicha aybdor deb topadi va jinoiy javobgarlikning oliy jazosiga — OTUVga hukm qiladi.
Hukm Toshkent shahrida 1938 yil 4 (to‘rtinchi) oktyabr kuni ijro etiladi (Jinoyatnomaning 85—86-sahifalari).
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 98—99-sahifalar.)
* * *
Ko‘rinib turibdiki, Anqaboy Xudoyvohidov «uch boshli ajdarho» (troyka) huzurida o‘z aybiga iqror bo‘lmaydi, lekin oliy jazoga hukm qilinadi. Hukm esasud majlisidan bir kun avval — to‘rtinchi oktyabr kuni ijro etiladi. 1956 yilga kelib N. Oxundiy «xalq dushmani ANQABOY tahriri ostida nashr ztilgan «Obid ketmon» qissasida Abdulla Qodiriy… ilk bo-ra zamonaviy mavzuda qalam tebratadi — bu esa yozuvchi ijodida ijobiy hodisa sanalardi», deb alohida ta’kidlaydi-yu, ammo «tahrirchi» to‘g‘risida lom-mim demaydi. Anqaboy xususida cpkr bildirishni negadir o‘ziga ep ko‘rmaydi. Vaholanki, u o‘z hamtovoqlari bilan birgalikda 1938 yilda yozgan xulosasiga atanlab Anqaboy nomini ham qistirib ketgan edi. 1938 yilda siyosiy mazmundagi har qaiday aytilgan SO‘Z — otilgan O‘Q sanalardi. 1956 yilda esa, hartugul, aytilgan SO‘Z uchun o‘q uzilmasdi, begunoh odamlar o‘ldirilmasdi
* * *
«Qissaning («Obid ketmon» nazarda tutilyapti: N. B.) asosiy voqealar tizmasi (syujeti) — kalxo‘z qurilishiyu kalxo‘zga o‘rtahol dehqonlarning a’zo bo‘lib kirishi jarayonini ko‘rsatishdan iborat. Obid ketmon — qissaning ijobiy qahramoni. A. Qodiriy o‘zining boshqa asarlaridagi singari «Obid ketmon»da ham sinfiy kurashni, mehnatkashlarning o‘z ezuvchilariga — burjuylarga qarshi inqilobiy kurashini inkor etadi. «Obid ketmon»da kalxo‘z qurilishi davrida boylaru mushtumzo‘r unsurlar qarshiligi, «okoplarda jimgina yotgan ko‘yi» zimdan zarar yetkazgan, niqoblangan qo‘poruvchilarning xatti-harakatlari, kurash usullari o‘z aksini topmagan. Sinfiy dushmanlarning kurash yo‘sini (taktikasi) o‘zgargani ham ko‘rsatilmaydi, sinfiy dushman fosh etilmaydi. Aksincha, qissadz muallif ularga shafqat qiladi, o‘quvchida ularga nis-batan mehr uyg‘otmoqchn: «Axir, ular ham odam-ku!» demoqchi bo‘lgan.
«Obid ketmon» sinfiy dushmanga nisbatan o‘quvchida qahr-g‘azab uyg‘otmaydi. Asarda dinga qarshi tashviqot yuritilmaydi. Boz ustiga, imkoni boricha dindorlar ulug‘lanadi. Qissaga olib kirilgan «bolshovoylar» haqiqny firqa a’zolariga mutlaqo o‘xshamaydi. Ular mustaqillikdan mosuvo, ommani boshqarib borishdagi, ommaga rahbarlik qilishdagi rahbarlik o‘rni ko‘rinmandi. Berdi tatarning shaxsiy hayoti o‘quvchi ko‘nglini aynitadi, xolos. A. Qodiriy tasvirlagan qo‘mmunistlar birorta ham ijobiy fazilatga ega emas.
A. Qodiriyning bu qissasida biz beqiyos mashaqqatlarni yengib o‘tib, qishloq xo‘jalngimnzni muvaffaqiyatli jamoalashtirgan; mehnatkash dehqonlarga yo‘lchi yulduz bo‘lib, ularni porloq, quvnoq kelajakka el-tib qo‘ygan va kalxo‘zchilar ommasining qizg‘in muhab-batiyu hurmatiga sazovor bo‘lgan firqaning, leninchi-stalinchi firqaning vakillarinn emas, bo‘sh-bayov, irodasiz, safsataboz guruhni ko‘ramiz.
Bundan tashqari, A. Qodiriy Sho‘ro yozuvchilarini kalaka qiladi, mazaxlaydi. U asar qahramoni bo‘lmish «yosh kamol» Ra.hmatning og‘zi bilan qabih so‘zlarni aytadi.
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, xalq dushmani A. Qodiriy «Obid ketmon» qissasida ongli ravishda firqamiz bilan hukumatimnzning qishloqdagi siyosatini beobro‘ qiladi, qpshloq xo‘jaligimizni jamoalashtirishga qarshi chiqadi».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 56—61-sahifalar)
Boya ta’kidlaganpmizdek, bu xulosaga yozuvchi Abdulla QAHHOR imzo chekmagan-u, lekin imzokashlar qatorida uning nsmi sharifi ham qayd etilgan. Ya’ni, «muqbil toshotar»lar safidan A. Qahhorga munosib o‘rin ajratilgan. Abdulla Qahhor bu xulosadan qon hidi kelayotganini sezgan, shekilli. Bizningcha, u «O‘tkan kunlar»ni fosh etishda qatnashdim, bas, endi «Qodi-riyning teskarichi asarlari»ni zambarakdan to‘pga tutmayman, demagan bo‘lsa-da, qandaydir yo‘llar bilan o‘zini chetga tortadi. Darvoqe, 1956 yilning 25 aprel kuni guvoh sifatida so‘roq qilingan N. Oxundiy: «Xulosani aynan kim yozganini hozir aniq eslay olmayman. Nazarimda, bu ishni Sotti Husainov ado etgan bo‘lsa kerak. Chunki u tanqidchadabiyotshunos edi», degan edi. Taassufki, Harbiy Hay’at aybnomasidan salmoqli o‘rin olgan «A. Qodiriyning teskarichi asarlari» to‘g‘risida yozilgan chaquvnoma ostida hatto S. Husainovning ism familiyasi qayd etilmagan. Demak, so‘nggi zarbaga S. Husainov aloqador emas. N. Oxundiy esa 1939 yilda otilib ketgan «jangovar o‘rtog‘i»ga tuhmat qilyapti, marhumning arvohini chirqiratyapti; qatli om arafasida «O‘tkan kunlar»ni jumhuriyat matbuotida «sinfiy nuqtai nazardan tanqpd» qilib, adabiy jamoatchilik o‘rtasida otning qashqasidek tanilib qolgan S. Husainovni… Pontny PILAT nishoniga to‘g‘rilab, o‘zi olomon qahr-g‘azabidan qutulib qolmoqchi bo‘lyapti. Aslida, uchinchi va eng g‘oyaviy xulosaga X. Qurbonov, N. Oxundiy, I. Nazirin imzo chekkanlar. Ymzokashlar qatorida A. Qahhorning ismi sharafi ham qayd etilganu, ammo «Sarob» muallifi imzo qo‘ymatan. «A. Qahhor» jumlasining ostiga qpp-qizil qalamda yo‘g‘on chiziq tortilib, «A» harfining «oyog‘i» bilan «Q» harfi oralig‘iga ulkan SUROQ (?) alomati qo‘yilgan ekan. Bu nimani anglatadi? Hartugul, yaxshilik alomati emas. Qatli om davri hujjatlari bplan bizdan ko‘ra ko‘proq tanishgan mutaxassnsning fikrncha, «Abdulla Qahhor kimning tegirmoniga suv qo‘yayotganini payqab qoladiyu iste’dodspz imzokashlar safidan g‘irrom o‘yindan chnqnb ketmoqchp bo‘ladi… Natijada, o‘zining taqdiri xavf ostida qoladi: 38-yilda Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi xodimnning qizil qalami tekkan ism-familiya, odatda, marhumlar ro‘yxatidan joy olardi».
1936-37 yillarda «Sarob» romani Izzat Sulton kabi snyosiy tanqidchilar tomonidan bir hafta mobaynida g‘oyaviy jihatdan taftish qilingai, asariing bosh qahramoni ham, muallif ham «jadidlarning dumi»dek zarrabin ostiga qo‘yilib obdan tekshirilayotgan kezlarda kichik Abdullaning o‘jarligini… «bilmadik, qanday baholash loznm» edi. Buni qullikka, itoatgo‘ylikka qarshi ko‘tarilgan isyon, deb baholash mumkin. «Mumkin» deymiz-u, lekin Qodiriyning qatlnomasini o‘rganish jarayonida paydo bo‘lgan qora ko‘lanka mudom ko‘nglimizni tark etmaydi va «Abdulla Qodiriyning (Julqunboy) burjuy millatchiligi, aksilsho‘raviy ruhdagi «O‘tkan kunlar» romani haqida», «Obid ketmon» (qisqacha mazmuni) to‘g‘risida» yozilgan xulosalar-ostida Abdulla Qahhorning imzosi turganini qanday izohlashni, imzo muallifini qay yo‘sinda oqlashni bilmaymiz: qalamning boshini g‘ajib, lol bo‘lib o‘tiraveramiz… Uzimiz duch kelgan haqiqatni xaspo‘shlab, bu borada lom-mim demay ketsak bormi, erta-indin bizning aybimiz ham fosh bo‘ladi — pashshadek haqiqag o‘z orqasidan fildek YoLG‘ONni ergashtirib keladi.
«Ijtimoiy-irqiy, siyosiy-tarbiyaviy ruhda yozilgan bu roman («O‘tkan kunlar» — izoh bizniki: N. B.) boshidan-oxirigacha burjuy millatchiligi, aksilsho‘raviy g‘oya bilan sug‘orilgan».
«Kitob («Obid ketmon» — izoh bizniki: N. B.) o‘quvchini sinfiy dushman balan murosa qilib yashashga chaqiradi, o‘quvchi qalbida: «Axir ular (mushtumzo‘rlar!) ham inson-ku!» degan fikr uyg‘otadi. Bu asar niqoblangan, zararkunandachi sinfiy dushmanga nisbatan o‘quvchining inqilobiy hushyorligini o‘tmaslashtiradi».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, 56—61-sahifalar.)
Ana shunday «inqilobiy hushyorlik» kayfiyatida yozilgan ikkita hashar-xulosaning mualliflaridan biri — Abdulla Qahhordir.
* * *
Qiziqarli ko‘chirmalar
«SSR Ittifoqi Ministrlar Sovetining Raisi va KPSS Markaziy Komitetnning sekretari o‘rtoq Iosif Vnssarionovich STALINning betob bo‘lib qolganligi to‘g‘risida XUQUMAT AXBOROTI
Ikkinchi martga o‘tar kechasi o‘rtoq Stalin Maskovdagi o‘z kvartirasida miyasiga qon quyilib miyaning hayot uchun eng muhim qismlariga yoyildi. Urtoq Stalin hushidan ketdi. Uning o‘ng qo‘li va o‘ng oyog‘i falaj bo‘lib qoldi. Tildan qoldi. Yuragining urishi va nafas olnshi og‘irlashdi.
O‘rtoq Stalinni meditsina sohasidagi eng yaxshi kuchlar… davolashmoqda. O‘rtoq Stalinni davolash ishlariga SSSR Sog‘liqni saqlash ministri o‘rtoq A. F. Tretyakov va Kreml Davolashsanitariya Boshqarmasining boshlig‘i o‘rtoq I. I. Kuperin rahbarlik qilmoqdalar. O‘rtoq Stalinni davolash ishlari ustidan KPSS Markaziy Komiteti va Sovet hukumati doimiy nazorat qilib turibdilar.
O‘rtoq Stalinning sog‘lngi og‘ir ahvolda bo‘lganligi uchun KPSS Markaziy Komnteti va SSR Ittifoqi Ministrlar Soveti Iosif Vnssarionovich Stalpnning sog‘ligi to‘g‘risida bugundan boshlab meditsina byulleteni e’lon qilib turishni zarur, deb topdilar.
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetn SSR Ittifoqi Ministrlar Soveti
1953 yil 3 mart». («Qizil O‘zbekiston» ro‘zpomasi, 1953 yil 5 mart)
«KONFLIKTSIZ DRAMATURGIYa «NAZARIYaSI»GA QARShI
O‘zbek yozuvchnsi Abdulla Qahhorga haqqoniy hayotiy konflikt asosiga qurilgan «Shohi so‘zama» («Yangi yer») pesasi uchun Stalnn mukofoti berilishi — shaklan milliy, mazmunan so‘salistik o‘zbek sovet adabiyotining katta yutug‘vdir…
Tursun Sobirov, filologiya fanlari nomzodi».
(«Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasi, 1953 yil 5 mart, 2-bet.)
IOSIF VISSARIONOVICh STALIN OG‘IR KASALLIKDAN KEYIN 5 MART KEChQURUN SOAT 21 dan 50 MINUT O‘TGANDA VAFOT ETDI.
(«Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasi, 1953 yil 9 mart)
«MANGU HAYoT
…Butun Sovet xalqi, har bir oila, har bir qalbning boshiga katta musibat tushdi. Dohiyning yana bir marta nafas olishi uchun har bir Sovet kishisi butun umrini berishga tayyor edi.
O‘zbek xalqi qisqa bir tarixiy davr ichida duiyoda eng ilg‘or bo‘lgan ijtimoiy va davlat tuzumiga, yuksak darajada taraqqiy qilgam sotsnalpstpk sanoat va yirik sotsialistik qishloq xo‘jaligiga, mustamlaka va yarim mustamlaka sharoitida Sharq xalqlari xayol ham qilolmaydigan yuqori sotsialistik madaniyatga, madanny va farovon hayotga erishdi.
Stalin xalqimizga kommunizm qurilishinipg aniq-ravshan va ulug‘vor programmasini tuzib berdi.
«A. QAHHOR, Stalin Mukofoti Laureati».
(«Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasi, 1953 yil 9 mart)
«ULUG‘ YULBOShChIMIZ, OTAMIZ VA USTOZIMIZ»
(«Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasining I. V. Stalin vafotiga bag‘ishlangan sonining umumiy sarlavhasi 1953 yil 9 mart»)
* * *
Abdulla Qahhorning I. V. Stalin vafoti munosabati bilan «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasida e’lon qilingan ta’ziyanomasi chop etilgach, oradan roppa-rosa uch yil vaqt o‘tadiyu uni 1956 yil 9 mart kuni Turkiston Harbiy O‘lkasi prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi Grishchenko guvoh sifatida so‘roq qiladi. So‘roq tasdiqnomasida guvoh to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar qayd etilgan:
«Qahhorov Abdulla (Abdulla Qahhor) 1907 yili Ko‘qon shahrida tug‘ilgan. O‘zbek. SSh/KI fuqarosi. 1952 yildan beri Sho‘ro Ittifoqi Qo‘mmunist firqasining (ShIQF) a’zosi. O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasining raisi. UzSSh/K Oliy kengashining deputati. O‘zbekiston Qo‘mfirqasi Markaziy qo‘mitasining a’zosi. Toshkent shahar, Jukovskiy ko‘chasi, 54-uyda yashaydi».
So‘ngra Abdulla Qahhor tubandagi ko‘rgazmani beradi:
«Savol. Aytingchi, Usmon Nosirovning «Mehrim», Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon», Fitratning «O‘zbek yosh shoirlari» kitoblari haqida nima deyish mumkii?
Javob. Usmon Nosirovning «Mehrim» kitobi she’riy to‘plam bo‘lib, unda aksilsho‘raviy unsur yo‘q. Usmon Nosirov nihoyatda iste’dodli shoir va tarjimon edi. U Lermontovning «Demon» dostonini o‘zbek tilnga tarjima qilgan.
Abdulla Qodiriyning (Julqunboy) «Obid ketmon» romani 1935 yili pashr etilgan. Bu jamoa xo‘jaligi qurilishi to‘g‘risida yozilgan romandir. E’tirof etmoq lozimki, muallifning bzshqa asarlariga nisbatan bu roman badiiy jihatdan kuchsizroq. Uz paytida «Obid ketmon» jamoa xo‘jaligi qurilishiga bag‘ishlangan birinchi va yakkayu yagona asar edi. Mazmunan bu roman aksilsho‘raviy emas. Aks holda, uni chop etishmasdi.
«O‘zbek yosh shoirlari» — bu to‘rtta yosh o‘zbek shoirining she’rlaridan iborat kitob bo‘lib, she’rlarning mualliflari Fitrat, Cho‘lpon, Botu va Elbek edi. To‘plamda turli-tuman mavzuda she’rlar bor. Jumladan, muhabbat mavzusidagi she’rlar ham mavjud. Shaxsan men o‘sha she’rlarda aksnlinqilobiy unsur borligini bilmayman. O‘z davrida bu she’riy to‘plam katta muvaffaqiyat qozongan edi…
Qahhorov (imzo)
Izoh: Abdulla Qahhorovning so‘roq qilish tasdiqnomasining asl nusxasi hujjatgohdagi Ibrohim NAZIROVning 976438-sonli jinoyatnomasida saqlanmoqda.
To‘rkHU prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi Grishchenko (imzo)».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 55-sahifa)
Ma’lum ma’noda Abdulla Qodiriyga aloqador bo‘lgan va Abdulla Qahhor imzolagan hujjatlar ikki yozuvchining munosabatlariga bir tomonlama bo‘lsada, oydinlik kiritadi. Ular quyidagilardir:
«O‘ZBEKISTON ShO‘RO YoZUVChILARI UYuShMASI
311-son
1956 yil 11 aprel Urt. Orzumanovga 56 y. 28 mart kungi 4—6/2360-sonli so‘roviga javob
O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasining boshqarmasi ma’lum qiladi:
o‘rt. X. Q. Qurbonov qo‘mfirqa Tarixi institutida ishlaydi;
o‘rt. N. R. Oxundiy O‘zbekiston Davlat nashriyotida mas’ul muharrir lavozimida xizmat qiladi;
1938 Yoshli qamoqqa olingan S. Husainovga aloqador hech qanday ma’lumotga ega emasmiz.
O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasi boshqarmasining raisi: A. Qahhor (imzo)».
O‘ZBEKISTON ShO‘RO YoZUVChILARI UYuShMASI
312-son 1956 yil 11 aprel
Turkiston Harbiy O‘lkasi prokurorining yordamchisi vazifasint vaqtincha bajaruvchisi, adliya podpolkovnigi o‘rt. Orzumanovga 56 y. 28 mart kungi 4—6/2362-sonli so‘roviga javob.
O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasining boshqarmasi ma’lum qiladi:
- Abdulla Qodiriy a’zo bo‘lgan Urisiya Yo‘qsul yozuvchilari uyushmasnning sobiq o‘zbek bo‘limi hujjatgoxi yo‘qligi tufayli Abdulla Qodiriyga ta’rifnoma berishning imkoni yo‘q.
- Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» asarlari haqida xulosa berish uchun o‘sha asarlarni o‘qib chiqish zarur. Biroq, adib qamoqqa olingandan so‘ng uning barcha kitoblari kutubxonalardan yig‘ishtirib olingan bo‘lib, hozir o‘sha asarlar bilan tanishib ko‘rishning iloji yo‘q.
- Uning asarlari yigirma yil muqaddam nashr etilgan, keyin qayta nashr qilinmagan.
O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasi boshqarmasining raisi: A. QAHHOR (imzo)».
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Abdulla Qahhor 1938 yili odamkush ndoraning talabiga muvofiq yozilgan «Abdulla Qodiriyning (Julqunboy) burjuy millatchiligi, aksilsho‘raviy ruhidagi «O‘tkan kunlar» romani haqida» va «Obid ketmon» (qisqacha mazmuni) to‘g‘risida» yozilgan xulosalar ostiga imzo chekayotgan kezlarda ham Qodiriy asarlarini o‘qimaganmikan? Nahot, u 1956 yili Qodiriy haqida bir shapaloq iliq gap yozib yoki yozdirib, rasmiy qog‘ozga imzo chekishdan cho‘chigan bo‘lsa? Nima, uni mansabidan bo‘shatib yuborisharmidi? Ko‘mfirqa a’zoligidan yoki deputat mandatidan mahrum etisharmidi?.. Abdulla Qodiriy uchun, o‘rinsiz to‘kilgan begunoh qon uchun yigirma-o‘ttiz yildan so‘ng bir pullik qimmati qolmandigap imtiyozlardan boz kechsa, hech bo‘lmasa, vijdoni oldida o‘zini oqlab olmasmidi?..
1964 yili jumhuriyatimizda Abdulla Qodiriy tavalludining yetmish yilligi tantanali ravishda nishonlanadi. Ustoz xotirasiga bag‘ishlangan kechalarning birida Abdulla Qahhor otashin nutq so‘zlaydi. Guvohlarning naql qilishicha, Abdulla Qahhor hech qachon bu qadar to‘lib-toshib, bir soatdan ortiq gapirmagan ekan. Afsuski, Qahhorning «qog‘ozga qaramasdan» so‘zlagan o‘sha nutqining to‘liq matni yo‘q, faqat nutq qoralamasi keyinchalik e’lon qilingan, xolos. Lekin nutq qoralamasi ham Qahhor ko‘ksidan otilib chiqqan faryod— «qudratli to‘lqin» ekanini ko‘rsatib turibdi. Mana, o‘zingiz tanishib ko‘ring, aziz o‘quvchi. Ajab emaski, ko‘nglida Yolg‘on G‘oyaning yolg‘onligiga hali to‘la ishonch hosil qilmagan bo‘lsa-da, lekin munofiq siyosatdan zada bo‘lgan insonning ayanchli ahvoli, azobuqubatlari ko‘z oldingizda gavdalansa:
«O‘zbek elining sevikli adibi Abdulla Qodiriy manfaatparast, martabaparast odamlarning chaquvi bilan safimizdan yulib olingan edi. Partiyamiz bu ishni haqiqat qilib, Abdulla Qodiriyni har qanday gunohlardan pok deb topdi va uni safimizga — adabiyotimiz tarixiga qaytardi. Bugun Abdulla Qodiriy 70 yoshga to‘lgan kunda aytadigan so‘zimizni Lenin partiyasiga rahmatlar aytib boshlashimnz kerak…
Bizning 20-yillar adabiyotimiz tarixi hozirgi turishida kambag‘al ko‘rinadi. O‘z vaqtida faqat Abdulla Qodiriypsha emas, kattakon olim-yozuvchi Fitrat, zo‘r talant egasi Cho‘lpon, jo‘shqin komsomol shoir Botu, satira va yumorda tengitimsoli yo‘q va o‘ziga xos shoir So‘fizoda, yngirmanchi yillar poeziyasini bezagan shoirlardan Rafiq Mo‘min, G‘ulom Zafariy, usta satirik shoir Abduhamid Majidiy singarn ko‘p arboblarimizning ham nomi o‘chgan edi. Keyingi vaqtlarda adolat yuz ko‘rsatib, bularning hammasi bosh ko‘tarayotibdi, adabiyotimiz tarixiga qaytayotibdi. Bunga har bir vijdonli kishi, har bir ziyoli benihoyat xursand bo‘lishi, Lenin partiyaspga ta’zim (u paytlarda Lenin partiyasi ham, Stalin partiyasn ham bitta hovuzdan suv pchganini oshkora aytib bo‘lmasdi: izoh bizniki — N. B.) etishi kerak. Afsuski, oramizda bu muhtaram zotlarning tirilib, 20-yillar adabiyotimiz tarixini obod qilishiga g‘ashlik qilayotgan, hatto to‘sqinlik qilmoqchi bo‘lgan odamlar ham bor. G‘ashlik qilayotgan odamlarning bir toifasinn o‘lim tik yeb tiriklik qiladigan quzg‘unga o‘xshatish mumkin: ko‘zini cho‘qishga chog‘lanib turganda o‘lik qimnrlasa, xususan, boshinn ko‘tarib, o‘rnidan tursa, albatta, norozi bo‘ladi, yana yiqilishini kutadi, qag‘illab uning boshi uzra aylanadi. G‘ashlik qilayotgan odamlariing boshqa bpr toifasi shuhratparast qalam ahllari-dap bo‘lib, «o‘liklar» tirilsa, hozir adabiyotda ishg‘ol qilib turgan o‘rni «poyga»roq bo‘lnb qolishidan qo‘rqadi. Holbukn, aytilgan adib va shoirlar safga qaytsa, hech kimni o‘rnidan turg‘izmapdi, o‘zining bo‘sh turgan o‘rniga o‘tiradi, chunki adabiyotda hech qachon birov birovning o‘rniin ololmaydn, har kim qobnliyati, qilgan xizmati. qay darajada kntobxonning ko‘nglnpi olganiga qarab o‘zp munosib o‘rinni ishg‘ol qiladi.
Bu xildagi odamlar asl g‘arazlarini har xil siyosiy so‘zlar, «Hushyorlik»ka oid iboralar bilan xaspo‘shlab, o‘zbek sovet adabiyotining tarixppi bezaydngan adnb va shotsrlarinig oqlanganiga kishilarda shubha tug‘dirmoqchi, bularga qora ko‘lanka solmoqchn bo‘lishadi.
Bunaqa odamlarning so‘zi inobatga o‘tadigan, jamoatchplikni chalg‘itadigan zamoilar o‘tib ketdi, u kunlar yomon bir tushdan bo‘lib qoldi. Lekin, «ilon chaqqan kishi ola arqondan qo‘rqadi» deganday, o‘sha zamonda aziyat tortgan yoki aziyat tortganlarin ko‘rgan ko‘p odamlar hanuz o‘ziga kelolmaydi…
Bizning vazifamyz bularning hammasini joy-joyiga o‘tqazib, 20-yillar adabiyoti tarixining go‘zal manzarasini tiklashdir».
(Abdulla Qahhor, Asarlar, besh jildlik, beshinchi jild, Toshkent— 1989 y. 194—195-betlar.)
Yashirib nima qilardik biz Abdulla Qahhorni ko‘rgan-bilgan odamlarni ko‘rganmiz, ularga ixlos qo‘yganmiz. Naql qilishlaricha, u hech qachon adabiyot korchalonlariga ham, firqayu hukumat ustida o‘tirgan mansabdorlarga ham HAQ SUZIni bermasekan: yozuvchi hech qachon hech kimga xushomad qilmasligi lozim, deb hisoblar ekan. Va shogirdlarga: «Meni egaman deb ovora bo‘lmanglar, men baribir egilmayman, agar egilsam — sinib qolaman», derkan.
Ming afsus, Qahhordek matonatli inson ham umrida, mo‘rtlik paytida bir marta egilgan edi. Xuddi o‘shanda shaffof tuyg‘ulari, adabiyot haqidagi pokiza tasavvuri loyqalanib ketadi: natijada umr bo‘yi o‘zi bilib-bilmasdan «Lenin partiyasiga ta’zim qilib» o‘tadi, dolzarb mavzularda asarlar yozadi — o‘z kitobxonlarini Mirzacho‘lni o‘zlashtirishga safarbar etmoqchi bo‘ladi. Uzining iborasi bilan aytganda, «adabiyotning kuchini o‘tin yorishga» sarflaydi. Xato qiladi va xatosini tan oladi. Albatta, u «Qodiriyning ustidan -yozilgan chaquvnomaga imzo chekkan kimsalardan bittasiman», demaydi. Ammo nnshtarni o‘ziga ham sanchadi: zero, mard odam doimo pichoqni avval o‘ziga uradi. Ab-dulla Qahhor ustozini chohga itarib yubordi, desak, biz haqiqatni chala-yarim e’tirof etgan bo‘lamiz. Mash’um tuzum Qodiriyning munosib o‘rinbosarn bo‘ladigan va kelajakda o‘zbek adabiyotining navqiron avlodi sig‘i-nnb yuradigan eng to‘g‘rnso‘z, haqgo‘y, matonatli insonni ham chohga sudraydi kelajak oldida yuziga qora surtib qo‘yadi: qatln om dahshati (o‘sha fojialarga g‘oya-viy rahbarlik qilgan firqaning hisob-kitoblari) shundan iborat ediki, millat jamolini olamga ko‘z ko‘zlaydigan, o‘z asarlari bilan millat g‘ururini yuk-saltiradigan SUZ SOHIBIni tnriklayin go‘rga ti-qadi. G‘OYaDOR kelajakda turknplarning jigar-bag‘ri bo‘lgan o‘zbeklarni yana milyon-milyon zarralarga bo‘lib tashlashni, o‘sha zarralarni birlashtiradigan har qanday qudratli kuchni palag‘da qilnb qo‘yishni o‘ylagan edi, bu borada besh yilga, yetti yilga, yetmish yilga mo‘ljallangan mukrbil rejalar tuzgan edi. Albatta, hozir qo‘limizda G‘oyador 1938 yilda tuzgan «muqobil reja»ning asl nusxasi yo‘q. Lekin biz yuzma-yuz turgan hujjatlar, o‘quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu QATLNOMA millatni ich-ichidan buzish, boshlarni nshdan chiqarish to‘g‘risida maxsus ko‘rsatmalar, qarorlar bor ekanini isbotlab turibdi: qo‘limizdagi eng ishonchlp dalil, birinchidan, Abdulla Qodiriyning jismonan mahv etilishi bo‘lsa, ikkinchidap, Abdulla Qahxorning ma’nan o‘ldirilishidir!
Shunday qilib, Abdulla Qahhorning mash’um xatosi — uning imzosi emas, u imzo chekishga, o‘z ustidan chiqarilgan hukmga imzo chekishga mahkum etilgan edi. Chunki u yosh yozuvchilar o‘rtasida eng iste’dodln qalam sohibi, «Sarob» romanining muallifi hisoblanardi. Demak, Qahhor jafokash o‘zbek millatini ruhan bir-biriga bog‘landigan KUPRIK bo‘lardi; hayot-mamot hal bo‘layotgan kezlarda esa har qanday ko‘prik muhim harbiy ahamiyatga ega bo‘ladi va albatta yo portlatib yuboriladi yoki tish-tirnog‘igacha qurollantirilgan soqchilar bilan qo‘rpqlanadi. Firqa va hukumat siyosatini kuylagai maddohlar alohida e’tiborga sazovar bo‘lga-nini hamma biladi (Hamid Olimjon, Uyg‘un, K. Yashin kabilar) Lekin, azbaroyi millatni yakdil qiladigan kuchga ega bo‘lgani uchun ijodkor sifatida «portlatib» yuborilgan yozuvchilar, shoirlar ham bor ekanini ko‘pchi-lik bilmaydi (G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor):
«E-e, hammasi bir go‘r — olchoq!» deydilar. Vaholanki, qahhorlar haqgo‘y yozuvchi sifatida qatli om yillarida ataylab badnom etiladi; bevosita qo‘mmunistchi firqaning buyrug‘ini njro etadigan Davlat Xavfsizligi Boshqarmasi ularning bo‘yniga tavqi la’nat osadi: mag‘rur boshlarini egib qo‘yadi, yuzlaripi yerga qaratadi…
Xo‘sh, G‘OYaDOR o‘z maqsadiga erishdimi? Erishdi, albatta. Mana, oshkoralik sharofati tufayli qahhorlarning ayblari muntazam fosh etilyapti: kimlardir xafa bo‘lyapti; Sho‘ro davrida ro‘shnolik ko‘rmagan millat esa uy-uyida musibat chekib o‘tiribdi, aslo bir yoqadan bosh chiqara olmayapti, bir-biridan yotsirab yuribdi… Shu kunlardagi holatimiz fojia emasmi? Bu qatli omning uzviy davomi emasmi?
* * *
Oybek 38-yilda qatli omdan tasodifan, mo‘jiza tufayli omon qolgan, deyishadi. Uning qanday omon qolganiga sira aql bovar qilmaydi. Ba’zi birovlarning aytishicha, Oybekni Aleksandr Fadeev Stalin jallodlari panjasidan qutqarib olgan emish. Ya’ni, u Oybek nomiga bitilgan qatlnomani o‘zining temir sandig‘iga yashirib qo‘ygan ekan — imzo chekib, ostonada qonsirab turgan ijrochilar qo‘liga topshirib yubormaganmish. Shunday bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Hartugul, UzIIXK Xavfsizligi Boshqarmasi IV bo‘limining boshlig‘i, Davlat xavfsizligi kichik leytenanti MAVRIN tomonidan 1937 yil 13 avgust kuni so‘roq qilingan Otajon Hoshimov ko‘rgazmasida qayd etili-shicha (tasdiqnoma mashinkada yozilan): «Aksilinqilobiy turkparastlik tashkilotiga ilmiy xodim OYBEK xayrixoh edi, ammo u tashkilotga rasman a’zo emasdi». Usha mahkamaning boshqa bir xodimi, xavfsizlik bo‘yi-cha kichik leytenant ShARIPOV tomonidan 1938 yil 14 may kuni so‘roq qilingan ayblanuvchi Tursun IBROHIMOVning ko‘rgazmasiga binoan, millatchilarning aksilynqilobiy tashkilotiga Yugajon Heshimov, Abdurauf Fitrat, Homil Yoqubov, Buyuk Karimov. Ibrohim Nazirov» va boshqalar qatorida Muso Toshmuhammedov (OYBEK) ham a’zo bo‘lgan. Biroq, SShJI Oliy sudi Harbiy Hay’atining sayyor majlisida T. Ibrohimov dastlabki tergov jarayonida bergan barcha ko‘rgaz-malarini qat’iyan rad etadi va bo‘yniga taqilayotgan ayblarning birortasiga ham iqror bo‘lmaydi: shunga qaramay, ehtiyoti shart, SShJI Oliy “sudining Harbiy Hay’ati 1938 yilning 2 noyabr kuni T. Ibrohimovni oliy jazoga — otuvga hukm qiladi va… faqat o‘sha yilning 28 noyabr kuni SShJI Oliy sudining Harbiy Hay’ati nomidan jo‘natilgan maxsus shoshilinch xat-ko‘rsatmaga muvofiq hukm bekor qilinadi.
Bundan tashqari, Oybek nomi qayd etilgan boshqa ro‘yxatlar ham bor. Ammo Oybek jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Darhaqiqat, u 1938 yilda bir o‘limdan qoladi. Shunday-ku, lekin Oybek avvaldan «ehtiyot chorasi»ni ko‘rib qo‘ygandek va uning chorasi o‘zbek xalqiga juda ham qimmatga tushgandek tuyuladi. Daf’atan, bu gapimiz g‘alati taassurot qoldiradi. Keling, yaxshisi, dalolatga murojaat etaylik.
1936 yili Oybek Hamnd Olimjon tahriri ostida «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» nomli «g‘oyaviy» risolasini chop etadi. Va unda Qodiriy asarlarini sinfiy kurash zarrabini ostiga qo‘yib «tadqiq» etadn; kelguvsida Abdulla Qodiriyni «xalq dushmani» sifatida ayblash uchun «ilmiy» zamin ho-zirlaydi. Uzi bilibmi yo bilmaymi, G‘OYaDOR tegimoniga suv quyadi. Da’vomiz o‘quvchiga asossiz ko‘rinadi, albatta. Shuning uchun Oybek asaridan olipgan ayrim parchalarni e’tiboringizga havola etamiz:
«Romanning uslubi eski adabiyotimizning tamtaroqli, mubolag‘ali. tantanali, faqat sun’iy, o‘lik uslubiga o‘xshaydi…
Otabek faqat ishq yo‘lida jasorat ko‘rsatadi. O‘z ijtimoiy qiyofasini ko‘rsatishi lozim bo‘lgan joylarda, el kulfati oshgan kezlarda u ko‘rpaga burkanib oladi…
Yozuvchi Qumushning qalbi, sevgisini ham ortiq darajada ideallashtiradi. Avtor Kumushning go‘zalligini ko‘rsatish uchun romantik bulutlarga o‘ralgan bo‘yoqlarni ayamaydi…
…Anvar «Qo‘qonninggina emas, butun xonlikning tanilgan ki-shilaridan» bo‘lgan Muhammad Rajab poygachiniig o‘g‘li Nasim bilan «chin o‘rtoq» bo‘ladi. Nasim o‘lganda Anvar har oqshom Na-simning qabri ustida soatlab yig‘lab o‘tirishi va Muhammad Ra-jab poygachidan katta ko‘maklar olgap»ligi naql etiladi. Bu buyoqlar ijobiy obraz xarakterining hujumkor tabnatini, demakki, teran xalqchillpgini bo‘shashtirishga yo‘l ochadi…
…Anvarning hayotdan yakka umidi — faqat Ra’noginadir. Oxirgi kunlarda Urdaga kelib, Xudoyorxon bilan qarshilashishi, mubolag‘ali bir jasorat ko‘rsatib, «adolat» haqida bong urishm Ra’no uchundir. Agarda xon uning Ra’nosiga ko‘z olaytirmaganda, bosh munshiy vazifasida davom etnb, mustabpd xonga xizmat qilib keta berar edi…
…Tarix — sinflarning kurashidan iborat (Karl Marksning og‘zidan tushnb qolgan, chaynalgan saqich-ku! — piching bizniki: N. B)... Tarixiy davrning to‘g‘ri kartinasini chizish, hayot haqiqatini ochish uchun yozuvchi tarixiy davr problemalariga sinflarning kurashi nuqtan nazaridan qarashi lozim…
…Tarixiy badiiy asarlar qimmati — obrazlarda hayotni to‘g‘ri rost ko‘rsatish, «tipik sharoitda tipik xarakterlarni» (bu ham bitta ovro‘polik «faylasuf»ning og‘zidan to‘kilnb qolgan saqich: izoh bizniki — N. B.) berish bilan o‘lchanadi…
…Sovet voqeligiga aloqador ba’zi hajviy va yumoristik asarlarida yozuvchi masalaga juda bir tomonlama va sub’ektiv yaqinlashadi; turmushdagi kamchiliklarni do‘stlarcha ochish, tanqid qilish o‘rniga masxara qilish, undan kulishga tamopil ko‘rsatadi («Maskov xatlari», «Yig‘indi gaplar» kabi)».
Albatta, biladigan mutaxassislar: «Oybek realist yozuvchi edi, u o‘zining ijodiy ta’limotidan kelib chiqib, Qodiriyning asarlari haqida tanqidiy fikr aytgan, xolos. Qolaversa, Oybek keyinchalik o‘sha risolasipi yozgani uchun ko‘p afsus qilgan», deyishi turgan gap. Birinchidan, Oybek o‘zining ijodiy ta’limotidan chiqib kelib fikr aytayotgani yo‘q — «to‘tiqush» kabi birovlarning gaplarini Qodiriy asarlariga nisbatan qo‘llayapti. Ikkinchidan, nahotki «realizm»ning talabi — ilohiy go‘zallikni inkor etsa? Umuman, adabiyotning asosiy vazifasi — insonparvarlik emasmi?.. To‘g‘ri, Sho‘ro maktablarida «aql tishi chiqqan» tanqidchilarimiz uzoq yillar mobaynida Abdulla Qodiriyni «romantik» yozuvchilar safiga qo‘shish kerakmi yoki uyoqdan olib «realistlar» safiga turg‘azib qo‘ysak ma’qul bo‘ladimi, degan masalada rosa talashib-tortishdilar va agar yanglishmasak, ular hanuz muqim bir to‘xtamga kelganlari yo‘q. Mayli, qaysi yozuvchini qay bir «ijodiy guruh»ga qo‘shish yo olish va shuning orqasidan ro‘zg‘or tebratish, kun ko‘rish «tanqidchi»ning vijdoniga havola bo‘la qolsin. Biroq, dunyoda murosayu madora de-tan gap ham bor, axir! Aks holda, ya’ni insonlar faqat bir-birlarining yostiqlarini quritish, payini qirqish bilan mashg‘ul bo‘lganlarida bormi, allaqachon YeR yuzasi mozoristonga aylanib ketardi! Adabiyot esa, o‘z xu-susiyatiga ko‘ra, shu qadim zamindagi qadim hayotni kuylashga, ulug‘lashga safarbar etilgan aqliy mehnat sohasidir… Hartugul, Oybek o‘ttiz bir yoshida «faqat ishq yo‘lida jasorat ko‘rsatish»ni ayb hisoblagan bo‘lsa-da, lekin «faqat sinflarning kurashini» targ‘ib etadigan asarlar ham qusurli sanalishini bilgan bo‘lishi kerak: bilib turib ayb ishga qo‘l urgani uchun Oybek ikki hissa AYBDOR hisoblanadi…
Qodiriyning to‘ng‘ich o‘g‘li Habibulla Qodiriy 1956 yil 31 mart kuni Turkiston Harbiy O‘lkasi prokurorining yordamchisi, adliya podpolkovnigi Grishchenko tomo-nidan guvoh sifatida so‘roq qilinganida bunday deydi: «Tubandagi shaxslar mening otamni yaxshi bilishardi, ular otam haqida ta’rif berishlari mumkin: yozuvchi Abdulla Qahhor, yozuvchi OYBEK, yozuvchi Uyg‘un, dra-maturg Sobir Abdulla, yozuvchi Shayxzoda». Darhaqiqat, To‘rkHU prokurorining yordamchisi ilgariroq Oybekdan Qodiriy haqida tavsifnoma olgan edi. Mana u:
«Men yozuvchi Abdulla Qodiriy (Julqunboy) bilan tanish edim, lekin uning yaqin do‘sti bo‘lmaganman. Chunki bizning yoshimiz o‘rtasida katta tafovut bor edi. Boz ustiga, boshqa-boshqa avlod vakillari edik.
U birmuncha odamovi edi. Balki, aynan shu hol bizning yaqindan tanishuvimizga halaqit bergandir. Ammo men uni bir necha yil mobaynida tanib-bilib yurganman. Yozuvchilar uyushmasida uchrashib turardik.
Asarlari eski uslubda yozilgan, lekin soddaligi, xalqchilligi, tilining jozibadorligi uchun o‘quvchilar yaxshi ko‘rishardi. Uning asarlaridan «Mehrobdan chayon» menga yoqardi. Boshqa asarlarini g‘ira-shira eslayman, xolos. 56 y. 2. III. Oybek (imzo)».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 84-sahifa)
Odam xotirasi ohanraboli lenta emas, ba’zan ko‘hna «yozuv» o‘chib ketadi, o‘rniga yangilari yoziladi. Tabiblar miya xujayralari muttasil yangilannb, yasharib turadi, deyishadi. Tabiat insonni shunday yaratgan ekan. Nachora. Biroq, qizig‘i shundaki, oradan o‘n yil vaqt o‘tadiyu Oybek qo‘qqis Abdulla Qodiriy haqida tergovchidan «yashirgan» xotiralarini so‘zlab beradi.
1966 yilning avgust oyida Oybekning oltmnsh yoshga to‘lishi munosabati bilan Maskovdagi «Drujba narodov» jaridasi yozuvchining «Adabiyot, tarix, zamonaviylik» mavzusidagi suhbatini (suhbatdoshi A. Naumov) e’lon qiladi (tarjimasi «O‘zbekiston madaniyati»ro‘znomasining o‘sha yilgi birinchi oktyabr sonida bosiladi). Quyida o‘sha suhbatning xotira bilan bog‘liq o‘rinlarini o‘quvchilar hukmiga havola etmoqchimiz:
«Savol. Siz hozirgacha klassik adabiyotdan o‘rganganingizni aytdingiz. Zamondosh yozuvchilardan ham birortasining ta’sirini sezdingizmi?
Javob. …Texnikumning studenti ekanligimdayoq muallimlarimizdan biri meni Abdulla Qodiriy bilan tanishtirdi. O‘rta bo‘yli va miqtidan kelgan, doimo to‘n va baxmal do‘ppi kiyib yuradigan, ko‘rinishidan dehqonlarga o‘xshagan, tim qora ko‘zlari kichik, o‘tkir, sho‘xchan, sinovchan boquvchi, goho esa xuddi o‘zi bilan band bo‘lganday beparvo ko‘ringan bu kishi o‘sha pantlardayoq mashhur yozuvchi, hammamiz qo‘ldan qo‘ymay o‘qiydigan o‘zbek adabiyotidagi birinchi ulkan va go‘zal romaining muallifi edi. Meni nihoyatda u odamning salobati bosib qolganidan, zo‘rg‘a nimalarnidir g‘o‘ldiradim, o‘shanda uning menga nimalar degani esimda yo‘q. Keyinchalik men u bilan tez-tez uchrashib turdim, biroq uni faqat o‘ttizinchi yillarning boshlarida, Leningraddan qaytib kelganimdan keyingina durustroq bilib oldim.
Abdulla Qodiriy iste’dodli, qalbi butun va o‘ziga xos ravishdagi shaxs edi. Sirtdan qaraganda bosiq, kamgap ko‘rinar, chunki u har bir so‘zni taroziga solib ko‘rar, ogziga kelgan har bir so‘zni aytavermas, sekin va gapi xuddi o‘ziga xalal berayotgandek, yoqinqiramay gap boshlardi. U aqliy mehnat kishilariga har mahal ham nasib bo‘lavermaydigan darajada jismoniy mehnatga o‘ch kishi edi. Jismoniy mehnatga chalg‘ib uning qandayligini o‘zida sinab ko‘rish har bir ziyolining zarur ehtiyoji emas. Qodiriyning mehnatga o‘chligi — dehqondan chiqqanligida bo‘lsa kerak. Uzi ham xuddi dehqonlardan tinim bilmasdan, qattiq mehnat qilar edi. U Samarqand darvozasi yaqinida turar, kattagina bog‘i bo‘lib unda shaftoli, olma, tog‘olchalarning ko‘p navi bor edi. ularni o‘zi parvarish qilardi. Aytmoqchi, uning adabiy asarlaridan keladigan daromad har doim ham qozonini qaynatavermasdi, shuning uchun goho bolachaqasini bog‘i boqardi. Bog‘ning ichkarisida bir necha quti asalarisi bo‘lardi. O‘ttizinchi yillarning boshlarida uni taqsimot do‘konida ko‘rib (mahsulot va mollar kartochkayu talonlarga qarab beriladigan do‘konda) qolganimda, rafiqamga:
— Bu yerda menga asal ham tegadi, xo‘p desanglar, ulushimni olaqolinglar — uyda asal o‘zimizdan chiqadi. — degani esimda.
O‘zining aytishiga qaraganda. u shunday yozardi: avvaliga ko‘chada, ko‘pincha kechqurunlari huvillab qolgan nantda, uzoq vakt aylanib yurib, yangi asarining bo‘lajak qahramonlari va syujet yo‘llaongacha o‘ylab, rosa pishitardp…
Abdulla Qodiriy madrasada o‘qigan, yoshlpgnda o‘ris adabpyoti va o‘ris tilini bilmasdi. U yetuk yozuvchi bo‘lib shakllangan paytlarda o‘ris adabiyotini o‘ziga kashf etganidan xuddi maktab o‘quvchisiday terisiga sig‘may faxrlanib qo‘yardi.
Keyingi paytlarda tanqidchilar unga tez-tez hujum qilib turdilar. U iloji boricha bunga e’tibor bermaslikka tirishsa ham, tanqid toshlari izzat-nafsiga tegib, qalbini yaralardi.
— Manavini qarang-a! — dedi u bir kuni keskin yozilgan bir maqolaning muallifi haqida. — Bu go‘dakni yozishga o‘zim o‘rgatuvdim-ku! Hammasidan ham shunisi ajabki, men haqimda yozganlarini o‘zimdan eshitib olgandi. faqat oyog‘ini osmondan qilibdi, xolos.— Abdulla Qodiriyning ko‘zlari istehzo o‘tida yonsa ham, tovushidan pinhoniy alam sezilardi.— Meni millatchilikda ayblash g‘irt bema’nilik emasmi? — dedi u menga boshqa bir safar. — Nimaga millatchn deyishyapti, deng?..
U ma’lum nuqsonlardan qat’i nazar, tug‘ma yopik yozuvchi, keng jo‘lamdagi master, yuksak ma’nodagi realist san’atkor edi».
Ko‘rinib turibdiki, Oybek bu suhbatida boshqa bir muhim jihatni «unutadi». Ya’ni, o‘zi haqida ham uchinchi shaxs tilidan gapiradi: 1936 yilda «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo‘li» nomli yozuvchini kunpayakun qiladigan risola yozib qo‘yadi-yu, «keyingi paytlarda tanqidchilar unga tez-tez hujum qilib turdilar», deydi o‘zini go‘llikka solib.
«Ustoz Oybek», deb eslaydilar shogirdlar. Akademik Oybek», deb gap boshlaydilar ilmiy xodimlar. «Davlat mukofotining laureati Oybek», deb alohida ta’kidlaydilar hukumat vakillari. Darhaqiqat, Oybek Sho‘ro hukumatining barcha unvon va mukofotiga sazovar bo‘ldi, shogirdlari mehrini qozondi. Unga ham-ma narsani berishdi-yu, ammo shirin zabonidan judo et-dilar. Vaholanki, yozuvchining bebaho boyligi — uning tilidir. Demak, Oybeknn aldashib, undan bebaho boy-ligini tortib oldilar-da, buning evaziga temir-ter-sak berdilar. Unga «Abdulla Qodiriyning ijodpy yo‘-li»ni yozdirishdi va o‘limdan saqlab qolishdi. Biroq, uning yuziga ham, o‘n yillar o‘tgandan so‘ng asl mohiya-tini namoyon qiladigan zahar surtishdi. Bu zaharning nomi G‘OYa edi, «snnfiy kurash», «besh yillik» va hokazo edi. «Qutlug‘ qon», «Ulug‘ yo‘l», «Quyosh qoranmas» kabi ijtimoiy buyurtmalar — G‘oyaning badiiy nusxasi edi.
Oybekning ijodkor sifatidagi jasorati baribir so‘nmadi — u moziyga bosh olib ketdi, savobli ishga qo‘l urdi va hazrat Navoiy dargohidan panoh topdi.
«Pirim menga yozdikim, «…Xudoning mulkida adolat bilan ish tutgil, illo mamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm bor yerda turolmaydi… Zolimning dunyoda uzoq hayot kechirishini yaxshiligidan deb bila ko‘rma. Zolim bilan fosiqlarning uzoq yashashiga sabab shuki o‘zlaridagi bog‘ yomonliklarini yuzaga chiqarib tugatmagunlaricha xudo ularga muhlat beradi. Vaqtsoati yetgach, Ollohning qudrati bilan zolimlar, fisq fasod kimsalar birdaniga zindonband bo‘ladilar, mol-mulkidan ajrandilar, ocharchilikka, qaxatchilikka, vaboga griftor bo‘ladilar — ajalidan besh kun burun o‘ladilar. Gohida begunoh bo‘lgan yaxshi, to‘g‘riso‘z, taqvodor kishilar ham yomon kimsalarning shumliklarn oqibatida ofatu baloga uchraydilar. Ya’ni, to‘qayga o‘t tushsa, ho‘lu quruq baravar yonadi. Xullas, …zulmdan, fisq-fasoddan qaytib, imonin-sofga ketmagan. …Ollohga shukrona aytishni unutkanlar… oxir-oqibat Parvardigorning qahru g‘azabiga giriftor bo‘ladilar!» («Temur tuzuklari»dan)
Birinchi bo‘lib Abdulla Qodiriyga malomat yog‘dirgan kimsani bilasizmi?.. Yo‘q, u Oybek emas. Oybek u paytlarda, huv, yuksak cho‘qqida ma’yus chayqalayotgan na’matak misoli beg‘ubor shoir edi, oshuftaqalb shoir edi. Qodiriyga atalgan malomat toshlari esa Butun ittifoq Qo‘mmunistik (bolshovoylar) firqasining O‘rta Osiyo Byurosi fasodxonasida «muqbil toshotar»ning yo‘llariga intizor bo‘lib turardi. Chamasi, milliy firqa xodimlari orasida Qodiriyga loy chaplaydigan yaramas topilmaydi. Va markazdan «inqilob nafasi»— ni olib kelgan sadoqatli firqa askari Mixail Ivanovich ShEVERDIN qo‘yniga darhol malomat toshlari-solib qo‘yishadi: «Marhamat, o‘zingizni ko‘rsating! Keyin Sizni mas’uliyatli lavozimga tavsiya etamiz», deyishadi. Mixail Ivanovich darhol rozi bo‘ladimi-yo‘qmi yoki birpas qaysi mansabga o‘tqazishlarini so‘rab savdolashadimi — bilmaymiz: uyog‘i bizga qorong‘i, o‘zlari bilishadi. Obbo, Mixail Ivanovich-ey! Siz ekanda o‘sha «muqbil toshotar»-a?! Kechirasiz, kimsiz o‘zi? Ko‘zimga issiq uchrayapsiz-u, ammo qayerda ko‘rganimni sira eslolmayapman?.. Ha, basharangiz tanishga o‘xshayapti. E-e, ha-ya, esim qursin, hammangizning palagingiz bitta-ku! Mayli, endi o‘zingiz ayta qoling: kim-siz?.. Bo‘pti, ana, shahar berdik!.. Poytaxtni ham beraylikmi?.. Ana, poytaxt ham Sizniki! Ayting endi?!.
— Yozuvchiman!
— Yo‘g‘-e, yozuvchi ham shunaqa… kechirasiz-u, surbet bo‘ladimi? Ota-kasb, deng. Turkistonga o‘ynab kelganmisiz?
— Muhim topshiriq bilan kelganman: ijodkorlarni to‘g‘ri yo‘lga solaman.
— Usmonxo‘jayevning XXVII firqa qurultoyidagi da’vatidan ruhlanib kelibsiz-da?
— Go‘rdami, bolam!.. U paytlarda Akmal, Fayzulla deganlari bo‘lardi… Usmon degani keyin paydo bo‘ldi. Lekin unisi qorasuyak edi, xo‘jalardan emasdi — papiros chekardi, yurardi, nomoz o‘qimasdi…
— Mixail Ivanovich, Abdulla Qodiriyni taniysizmi?
— Bo‘lmasam-chi! Men Qodiriyni cho‘qintirgan… otasiman.
— yo‘ldan ozdirganman, deng!
— Yo‘lga solganman, shapshak!.. Hozirgi zamon tanqidchisi aytganidek: «Adashgan shoir yomon emas, o‘z xatolarinn tuzatishni istamagan, o‘jarlik bilan boshi berk ko‘chadan chiqishni xohlamaydigan, xatolarini chuqurlashtirish yo‘lidan boradigan shoir yomon! («Yoshlik» jaridasi, 1987 y. 10-son, 49-bet). Ko‘chirma tamom.
— Yana nima deysiz?
— Boshqa gapim yo‘q. Hamma gapimni 1956 yil 26 may kuni Turkiston Harbiy O‘lkasining prokuroriga yozib berganman. Vsyo!
«Vsyo! bo‘lsa, «omin» ekan-da, mayli, endi biz ko‘chirma keltiramiz.
«HARBIY PROKURATURAGA
O‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy (Julqunboy) va uning asarlari haqida nimalarni bilasiz, degan savolingizga quyidagicha javob beraman:
- 1925—1926 yillarda, men birinchi marta Abdulla Qodiriy bilan uchrashgan kezlarimda, u tarixiy mavzuda yozilgan «O‘tkan kunlar» romanining muallifi bo‘lib, kitobxonlar o‘rtasida nihoyatda mashhur edi. Lekin uning o‘quvchilari davrasi unchalik katta emasdi, chunki roman arab imlosida chop etilgan edi. Aholining ko‘pchilik qismi endigina savod chiqarardi. Abdulla Qodiriyning romani o‘zbek adabiyoti tarixida yaratilgan to‘ng‘ich (agar Hamzaniig «Milliy roman» uni hisobga olmasak) roman bo‘lgani uchun men unga qiziqib qoldim: o‘qidimu o‘sha paytlarda Toshkentda nashr etilayotgan VQP(b) Markaziy Qo‘mitasi O‘rta Osiyo Byurosining fikr tarqatuvchisi bo‘lmish «Firqa uchun» («Za partnyu») jaridasiga taqriz yoza boshladim. O‘shanda Abdulla Qodiriy oldin bog‘bonning o‘g‘li ekanini, Toshkent shahrn chekkasidagi Samarqand darvozasi mavzeida tomorqasi borligini, o‘zi Sho‘ro maktabida muallim ekanini, muallimlik maoshi evaziga kamtarona turmush kechirayotganini aniqlagan edim.
Abdulla Qodiriy bilan xizmat yuzasidan «Sharq haqiqati» ro‘znomasi idorasida uch-to‘rt marta uchrashganman. Bir marta o‘rtoq Sotserdotova bnlan Qodiriyning uyiga ham borganmiz: o‘sha kezlar hamrohim «O‘tkan kunlar»ni o‘ris tiliga tarjima qilayotgan edi; sal oldinroq u «Obid ketmon» qissasini o‘rischaga o‘girgandi. Biz o‘sha asarlarga birtalay o‘zgartirishlar kiritish xususida suhbatlashganmiz. Nazarimda, bu mavzudagi suhbat ancha keyin, aniqrog‘i, o‘ttizinchi yillarning boshlarida bo‘lgan, shekilli.
Suhbat davomida iqror bo‘ldimki, Abdulla Qodiriy benihoya kamsuqum inson ekan; u o‘ris mumtoz adabiyoti to‘g‘risida izzat-hurmat bilan gapirardi. «Men L. Tolstoy, N. Gogol, A. M. Gorkiylarga shogirdman», degan edi. O‘zbek yoshlari chalasavod bo‘lganliklari tu-fayli o‘ris yozuvchilarini yaxshi bilmaydilar, deb afsuslanardi boyoqish. Ushanda Abdulla Qodiriy Sho‘ro yozuvchilaridan Gladkov, Sholoxov, A. Tolstoy va boshqalarning nomlarini tilga olgan edi.
«Men vaqtincha tarixin mavzuni bir chetga qo‘yib, Sho‘ro qishloqlari haqida katta roman yozish niyatida yurnbman. «Obpd ketmon» hali qiyomiga yetmagan asar», degan edi o‘shanda Abdulla Qodiriy.
Ko‘p o‘tmasdan, Abdulla Qodiriy o‘zining yangi romanini — Qo‘qon xonligi hukmron bo‘lgan so‘nggi yillar haqida hikoya qiluvchi «Mehrobdan chayon»ni yozib tamomladi.
Men Abdulla Qodiriyni o‘z asarlarida feodal tartibini, qoloqlikni fosh etishga harakat qilayotgan va yangi Sho‘ro tuzumi muvaffaqiyatlarini kuylayotgan Sho‘ro vakili sifatnda bilardnm.
Abdulla Qodiriyning hibsga olinishiga sabab bo‘lgan tafsilotlar menga noma’lum, chunki kamina yozuvchilar yig‘ilishida ishtirok etmaganman. U paytlarda Sho‘ro yozuvchilari uyushmasnning a’zosi emasdim, uyushmaning ichki hayotini mutlaqo bilmasdim.
Bundan tashqari, men yana shularni alohida ta’kidlab o‘tmoqchnman: birinchidan, yozuvchi Abdulla Qodiriyga munosabatimni «Firqa uchun» jaridasida chop etilgan «O‘tkan kunlar» haqidagi taqrizimda atroflicha bayon qilganman (yanglishmasam, o‘sha taqriz 1927 yili bosilgan edi). Qolaversa, mahalliy nashriyotda o‘ris tilida chop etilgan «Obid ketmon»ga yozgan so‘zboshymda ham o‘z fikr-mulohazalarimni bnldirganman.
- Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» romani jiddiy kamchiliklardan xoli bo‘lmasa-da, dastlab nashr etilgan paytdan boshlab o‘quvchilarda juda katta qiziqish uygotgan edi va hozirgi kunlarga qadar o‘sha qiziqish so‘ngani no‘q. Nihoyatda boy dalolat asosida, haqqoniy yozilgan bu roman kitobxon ko‘z o‘ngida butun boshli jonln hayotni namoyon qiladi; o‘ris podsholigi tomonidan zabt etilishi arafasidagi Qo‘qon xonligining oxirgi yillari haqida gap ketadi. Toshkent bilan Qo‘qon hayoti, xalqning turmush tarzi zo‘r mahorat bilan aks ettnriladi. Abdulla Qodiriy xonlikdagi jirkanch tartiblarni, xon amaldorlarining beboshligiyu vahshiyliklarini, beklaru urug‘boshlarning o‘zaro qonli to‘qnashuvlarini, jaholat qo‘ynidagi chirkin ha-yotpp to‘g‘ri tasvirlaydi.
Romandagi ayrim g‘oyaviy xatolar haqida ham gapirish mumkin. Lekin, faqat bir narsaning o‘ziyoq, ya’ni Abdulla Qodiriy o‘z vatanining feodal o‘tmishini ayovsiz fosh etgani, ta’bir joiz bo‘lsa, «olijanob qadim zamon» yuzidan kishida zavq uyg‘otadigan sirli pardani ochib tashlagani uchun ham tahsinga loyiqdir. Ab-dulla Qodiriy romanida eski turmushga, dinga qat’iyan hujum qiladi, o‘zbek xotin-qizlarining toptalgan haq-huquqlarini himoya qilib chiqadi. Shubhasizki, bularning bari «O‘tkan kunlar» romanining yutug‘i hisoblanadi. Qodiriy romanida o‘sha «O‘tkan kunlar» mobaynida Qo‘qon xonligida har qanday jonli fikr, har qan-day dunyoviy his-tuyg‘u, yilt etgan har qanday hur fikr qanday qilib bo‘g‘ib tashlanganini ko‘rsatib beradi. Roman qahramoni bo‘lmish Otabek o‘zining ilg‘or dunyoqarashi, bir qizni benihoya yaxshi ko‘rishi bilan darrov o‘quvchi mehrini qozonadi. U minglab to‘siqqa duch keladi, xonlikdagi boshboshdoqlik jabrini tortadi, bir o‘limdan qoladi. Oxiri murodu maqsadiga yetadiyu, aslo baxtli bo‘lolmaydi. Otabek suyuklisiga uplanadi, lekin yosh kelin-kuyov baxtiga odat va shariat, xurofiy udumlar va islom aqidalarn chang soladi. Otabekningoilasida fojia sodir bo‘ladi. U nechog‘li matonatli bo‘lmasin, baribir mag‘lubiyatga uchraydi — baxtidan ayriladi. Otabek Shimol tomonga yo‘l oladiyu «jihod» paytida hayotdan ko‘z yumadi, ya’ni bosqinchilarga qarshi urushda qurbon bo‘ladi (muallif «o‘rislarga» degan so‘zning ustiga chiziq tortib o‘chirgan va o‘sha so‘zning ustidan «bosqinchilarga» deb dastxatda yozib qo‘ygan ekan: izoh bizniki —N. B.).
Roman qahramoni hali oddiy xalqqa yaqinlashmaydi, uning dunyoqarashi mavhum, chalkash, u baxtiqars» xalqning istikbolini aniq-ravshan tasavvur etolmaydi. Otabek bir necha marta hur (liberal) fikr bayon qiladi; mustabid podshoni ag‘darib tashlash, ma’rifat haqida orzu qiladi, hatto hurriyatni qo‘msaydi, ammo uning orzulari xomxayol bo‘lib qolaveradi: u amaliy faoliyat bilan shug‘ullanmaydi. Qahramon shunchaki xayolparast, safsataboz bo‘lib qoladi, xolos. Eskilik sarqitiyu diniy aqidaga ilk bora to‘qnash kelgan paytdayoq darxol past keladi: u biror-bir inqilobiy xattiharakatga krdir emas. Hattoki e’tiroz (protest) bildirishga ham yaramaydi.
Romanning asosiy qimmati shundaki, u o‘quvchi tasavvurini boyitadi. Unda davr aniq tasvirlangan, xon hukmronligi ostida ezilib yotgan xalqning azob-uqubatlari haqqoniy aksini topgan. Roman yoshlar qalbida? xonu beklarga, odatu shariatga nisbatan nafrat uyg‘o-tadi.
Bosh masalani hal etish vakolati kaminaga bog‘liq emasligini e’tirof etgannm holda Qodirinning «O‘tkan kunlar» romani lozim bo‘lgan ayrim tahrir va zaruriy so‘zboshi bilan hozir ham o‘zbek va o‘ris tillarida nashr etilsa, o‘quvchilar uni juda katta qizi-qish bilan kutib oladilar, deb hisoblayman.
- Abdulla Qodiriyning ikkinchi yirik romanida—«Mehrobdan chayon»da xon zamonlarn yanada yorqin aks ettiriladi. Abdulla Qodiriy o‘z asarida o‘tkir hajv tigini Qo‘qon xonlngnning yaramas tartiblariyu saroydagi axloqsizlikka, ayniqsa, musulmon ruhoniylariga qarshi yo‘naltiradi. V. II. Lenin iborasi bilan aytganda, «…dunyoda mavjud bo‘lgan eng chirkin ta’limotlardan biri bo‘lmish din»ni Abdulla Qodiriy ayovsiz fosh etadi. Tabiiyki, Qodiriy yangi romanida ko‘hna Sharq adabiyoti an’analaridan chekinadi: endi uning qahramonlari yig‘loqi kayfiyatdan xoli, zamindan ajralmaydilar, ularda e’tizor kayfiyati mustahkamlangan.
Abdulla Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanida goyavip jihatdan ulg‘ayadi: chirkinlik, eskilik sarqitlarini fosh etish masalasini keskin tarzda qo‘yadi. Roman so‘salistik realizm vaziyatida turib yozilgan. Agar «O‘tkan kunlar»da biz qisman o‘tmish ulug‘langan o‘rinlarni, aniqrog‘i, qahramonlar tabiatida va turmushning ayrim qirralarida ba’zi bir fazilatni uchratgan bo‘lsak, yozuvchi «Mehrobdan chayon»da o‘z xalqining o‘tmishidan olingan barcha hayotiy-ashyoviy dalolatga tanqidiy ko‘z bilan yondoshadi va barkamol san’atkor sifatida qalam tebratadi.
«Mehrobdan chayon» romani hozirgi kunlarda ham nashr etishga arziydigan asar. Tegishli tuzatishlardan so‘ng nashr etilishi lozim, albatta.
- Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» qissasi — bu iste’dodli yozuvchining zamonaviy Sho‘ro hayoti tomon yuz burganipn ko‘rsatadigan yorqin misoldir. Qodiriy «Obid ketmon»da jamoa xo‘jalik a’zolari, Sho‘ro kishilarining dalalardagi fidokorona mehnati haqida hikoya qiladi.
Qissa bir maromda yozilmagan; muallif yaratgan barcha timsol zo‘r chiqqan, deb bo‘lmandi. Ammo, hartugul, «Obid ketmon»da yozuvchi mamlakatimizdagi so‘salistik tuzumni ochiq chehra bilan kutib olgani yaqqol ko‘rinadi. «Obid ketmon» O‘zbekistonda jamoa xo‘jaliklari va Sho‘ro hokimiyati sharofati bilan o‘zbek qishloqlarida ro‘y berayotgan ulug‘ o‘zgarishlar to‘g‘risida yaratilgan dastlabki yirik asardir.
Shubhasizki, bu qissa ham Abdulla Qodiriyning boshqa asarlari (yuqorida eslatib o‘tilgan «O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» romanlari nazarda tutilyapti) kabi bizning o‘quvchilar uchun qadr-qimmatini yo‘qotgan emas.
* * *
Xullasi kalom, Abdulla Qodiriy va uning asarlari to‘g‘risida aytadigan gaplarim mana shulardan iborat. Men o‘z vaqtida «Firqa uchun» jaridasiga yozgan taqrizimda va alohida kitob holida chop etilgan «Obid ketmon»ga yozgan so‘zboshimda ham ana shu masalalarga atroflicha to‘xtalganman. Afsuski, hozir qo‘limda o‘sha taqriz ham, so‘zboshi ham yo‘q. Shuning uchun batafsil xulosa yozib berish imkoniyatiga ega emasman. Umuman yaytganda, ba’zi arzimas ta’riflarni hisobga olmaganda, yigirma-o‘ttiz yil muqaddam Abdulla Qodiriy ijodi haqida aytgan gaplarim ham shu bugun bayon etayotgan fikr-mulohazalarimdan deyarli farq qilmaydi. Mening bahoim, asosan, ijobiydir.
Abdulla Qodiriyning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarga va o‘zim tanish bo‘lgan asarlariga asoslanib aytishim mumkinki, u ayrim kamchiliklaridan qat’i nazar, so‘salistik realizm vaziyatida turgan iste’dodli yozuvchidir. Qodiriy o‘zbek Sho‘ro adabiyotining tashkil topishiga, taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.
1956 y. 26 may
Toshkent sh.
M. Sheverdin (imzo)
Mixail Ivanovich ShEVERDIN. 1899 yil tug‘ilgan. ShIQF a’zosi. Yozuvchi. O‘zbekiston Sho‘ro yozuvchilari uyushmasi prezidiumining a’zosi».
(A. Qodiriyning jinoyatnomasi, «Taftish ashyolari» bo‘limi, 87—91-sahifalar)
_____________________
[1] Anqaboyning familiyasi tergov hujjatlarida «Xudoybaxtov», «Xudoybaxitov», «Xudoyvohidov» tarznda qayd etiladi. Qaysi biri asliga to‘g‘ri ekanini bilmaymiz (izoh bizniki:— N. B.).