Nabi Jaloliddin. Umr (hikoya)

Chol o‘rnidan turib, paypaslab choponini axtardi. Derazadan tushayotgan yoruqqa tutib, o‘ng-tersini to‘g‘riladi-da, yelkasiga tashladi va «yo bismillo» deya qo‘zg‘aldi.
o‘ujanak bo‘lib tgan qizi 0hamon uyqudan uyg‘onmagandi. Cholning har safar qiziga ko‘zi tushganida yuragi eziladi — bechoraning baxti oschilmadi-da, buning ustiga dard o‘lgur yopishmasa nimaydiykiin? Qari odam chorpoyada yotsa tuzo‘q ekan — oyokingni shundoq yonboshga tushirasanu… Yerga solingan joydan turish ancha mushkul, tik bo‘lguncha suyaklaring qisirlab ketadi. Bo‘lmasa, juda unaqa semiz yoki suyagi og‘ir emas. Shundanmi, kiygan kiyimi ustida shalviraydi.
Chol qizini uyg‘otishni istamadi. To uydan chiqqunicha odatga aylangan tomoq qirishdan ham saqlandi. Ayvonga chiqib, o‘choq tomonga qarab, birpas turib qoldi. Mustahabga chovgunda suv isitsammikin-a? Qurg‘ur elektrochoynak ham bir haftadan beri buzuq — sim-pimi uzilib ketganmi, nima balo. Har safar o‘g‘li kelganida bu haqda aytaman deydi, esidan chiqadi. O‘zi juda dastyor narsa-da, suv degani bir zumda qaynaydi. Ayniqsa, so‘qqabosh chollarga rosa askrtadi-da. Kampiri tirik bo‘lganidayu, allaqachon suvni ilitib qo‘yardi, rahmatli bunaqa ishlarga usta edi. Mana endi qazosiga bir yildan oshayapti hamki, uning qadri o‘tmoqda, er kishining o‘z juftidan avvalroq ketgani durust ekan, bo‘lmasa qariganda manavinaqa ahvolga tusharkan. Bolalarning o‘rni boshqayu, o‘z xotining yo‘rig‘i boshqa ekan-da. Mana, qiziyam o‘rnini bosolmayapti. U sho‘rlik-ku otasi uchun hamma narsaga tayyor, ammo ota uni bezovta qilishni istamaydi…
Hafsalasi bo‘lmadi — qachon o‘t yoqib, qachon suvni isitadi. Tag‘in namoz o‘qimaganidan keyin mustahab qildi nimayu, qilmadi nima. Avvallari hali yoshman, namoz deganlarini keyinroq o‘qirman, deb namozning tartib-kridalarini o‘rganmagandi. Endi esa kalla qurg‘ur sust ketgan, hech narsa esida qolmaydi. Teng-to‘sh oksoqollarning qistovi va hazil-mazaxlari bilan namozda o‘qiladigan bir-ikkita so‘rani yodlashga o‘rinib ko‘rdi, bo‘lma¬di, «alhamdo‘dan nariga o‘tolmadi. Axiyri suralarni hato aytib, gunoh ustiga gunoh qilmay, dediyu «bor-a, nima bo‘lsa bo‘lar», deya namoz o‘qishni o‘ylamay ham qo‘ydi, masjiddan ham, chollardan ham o‘zini olib qochadi. Aslida-ku, avvallari ham qari-qartang, hatto, mahalla-ko‘yga-da juda unaqa aralashavermasdi-ya. Mundoq o‘ylab qarasa, odam qariganida namoz o‘qiganiyam durust ekan. Negaki, tahorat olib, bomdod uchun masjidga chiqib, chollar bilan gangir-go‘ngur qilguncha peshin ham bo‘p qolarkan. Peshin o‘tgach, bir kunning bo‘yni uzilgani shu-da, har holda vaqtni yengib yashaysan. U
bo‘lsa har kunni butun bir umr kabi yashaydi, uning kunlarining qarishi mushkul. Kampirining ko‘zi ochiqligida boshqacha edi— har zamonda ko‘chaga chiqib kelganini hisobga olmaganda, uzzu-kun uyda bo‘lardi. U paytlar uyquyam kelaverardi-da, qandaydir bag‘ri to‘lib turarmidi-ey. Har tugul xotirjam edi. Kampiri boyaqish beozor, xushro‘y xotin, qulganda ochilib ketardi. Ba’zida o‘zining pachoq gavdasiyu, qoramag‘iz, ko‘rimsiz yuzini o‘ylab, shundayin sohibjamol xotinga ega chiqqanidan hayron ham qolardi. Peshana deganlari shu bo‘lsa kerak-da… Mana endi o‘sha bag‘rini to‘ldirgan, sadoqatli kampiri ham uni tashlab ketdi. Hamma qizlarini tengiga topshirgandi, lekin kenjasining turmushn bo‘lmadi, ham bedavo kasalga chalinib qolgach, quda tomon orani ochiq qilishdi. Yolg‘iz o‘g‘li ham bola-chaqali, qo‘shni mahallaga uy qilib chiqib ketgan. Chol-kampirning o‘zlariga qolsa, boshqa qilishmasdi-ya, ammo kelin ular bilan chiqisholmadi. Axiyri chol toliqdi, qadimiy hikmatga amal qilib, ularning qozon-tovog‘ini boshqa yoq
qa ko‘chirdi. Mana, bi-noyidek yashashyapti.
U hovlidan qaytib kelib, krpkrg‘i puchayib ketgan, dastasi o‘rnida sim bog‘langan eski choynaqaagi muzdek suvda yuz-qo‘lini yuvdi. Keyin sochiq axtaribmi, ayvon bo‘ylab ko‘z yugurtirdi-da, «hah» degancha bir siltanib qo‘yib, yelkasidagi to‘nining peshiga yuz-qo‘lini chala-chulpa artdi. Birato‘la to‘nini kiyib ham oldi-da, taxirlashib qolgan og‘ziga nos tashladi. Shoshilmay borib, ayvonning chirog‘ini o‘chirdi — kun yorishib qolgandi. Odati bo‘yicha, xiyol munqaygancha darvoza tomon yurdi.
Xuddi cholning bo‘y-bastiga o‘lchab qilinganday pastak yog‘och darvoza ichkaridan tambalangandi. Chol vaqtning juda tez o‘tayotganini har kuni darvozani berkitayotganda va ochayotganda, ayniqsa, aniq his qilganday tuyulaveradi — axir haligina berkitgandi-ku, mana birpasda tong otibdi. Tun bo‘yi cho‘zilgandan-cho‘zilgan vaqt endi o‘tib ketganday go‘yo. Bir tomoni, uning tez o‘tganiyam tuzo‘q, har holda kutilayotgan narsa tezroq ro‘y berarmidi. Endi o‘nga tun va kunning nima qizig‘i bor? Uning uchun bularning hammasi tezroq o‘tsa, tezroq to‘gay qolsa — ana shu muhim. Kampiri rahmatli: «Chol, men o‘lsam, zeriqib qolmasmikinsiz?» — degan gapni ko‘p gapirardi. To‘g‘ri aytgan ekan, u o‘ldiyu go‘yo dunyodagi hamma narsa krtib qolganday, taqqa to‘xtaganday, tirikliqaan nishona yo‘qday tuyuladi.
Ko‘chaga chiqib, qo‘lini orqaga qilgancha birpas turdi. O‘ng tarafdagi hamsoyaning darvozasiga bir-ikki qarab qo‘ydi. Qo‘shnining kelini ko‘cha supurgani chiqmabdi, demak, hali erta ekan. Bu xotinlar soatdan ham aniq ishlashadi, ularning ish taqsimotiyuyumushga ulgurishlariga qarab, soatlarni to‘g‘rilash mumkin chol og‘zidagi nosni tuflab tashlab, darvozaning chap yonidagi ajriqda cho‘nqayib, devorga suyandi. Ro‘parasidagi asfalBt yo‘ldan tezroq mashina o‘tishini kutdi — shu bilan qulog‘ini batangga keltirgan huvillashga bir oz bo‘lsa-da, putur yetadi-ku. Qaniydi tezroq o‘ta qolsa… Huvillashni boshqa ovoz buzdi — qo‘shnining temir darvozasi g‘iyqillab ochilib, qo‘lida eskiroq paqir va uzun supurgi tutgan kelin chiqib keldi. U peshanasiga yupqa yaltiroq ro‘mol tang‘ib, egniga gulli halat kiyib olgandi va bularning bari o‘ziga juda-juda yarashgandi. Kelin supurgisini devor tagiga tashlab, qo‘lida paqir bilan chol tomon ildamladi. Ikki qo‘shnining devorlari ostida ariqcha oqardi, u ana o‘sha ariqchadan suv olg
ani kelayotgandi.
— Assalomalaykum, buva, yaxshi yotib turdingizmi? — deya salomlashgan kelin tezda ariqchaga enqayib, suvga paqir soldi. Uning ovozi juda muloyim va mehribon eshitildi, chamasi, u cholga dil-dilidan achinardi. Ehtimol, shuning uchun ham uning ko‘zlariga ko‘zi tushishidan bezillar.
— Aleykim assalom! Ha, qizim, omon yotib turdingmi? — dedi chol ovozi jaranglab. U yana nimalardir demoqchi, shu bilan tun bo‘yi qulog‘ini egovlagan so‘qunatning adabini bermoqchi bo‘ldi. Ammo gap kelmadi, qizi tengi narsaminan nimaniyam gaplashardi.
Vang‘illab mashina o‘tib ketdi. Uning ovozidan chol o‘ziga keldi, og‘zini yumdi. Cho‘ntagini paypaslab, noskrvog‘ini oldi-da, kaftiga nos solib, tilining ostiga tash¬ladi. Og‘zi qup-quruq bo‘lganidan tilining ostidagi nos donalari u yoq-bu yoqka dumaladi. Bu savilni hadeb chekaversang, og‘izga so‘lak ham kelmay qo‘yarkan. Unaqada nosning mazasini ham bilmaysan. U oppoq osmonga tikildi. Tikilib tug‘arqan, bugo‘ngi kun qanday o‘tarkin, deya uyladi, o‘tarmikin ishqilib? Yomchining aytishiga qara¬ganda, nafaqamni ko‘paytirsa bo‘larkan. Mening mehnat qilgan yillarimga ko‘ra ko‘prog‘am olishim mumkinakan. Shuni anavi gazetachi bolaga aytishim kerak. Axir u krnunni biladi-da, balki ko‘paytirib berar… Yaxshisi, unikiga kechki payt kirganim durust. Tilizor-pilizor ko‘rib, birpas chaqchaqlashib chiqaman. Bolang ko‘paygur, xo‘b dilkash bola-da. Chol bularni o‘ylarkan, shu ahvoliga pul xayoliga kelganidan o‘zicha uyaldi. Menga nafaqam oz bo‘ldi nimayu, ko‘p bo‘ldi nima? Bir to‘g‘ram nonga qornim to‘ysa. Qizimniyam o‘z
nafaqasi bor. Nima, o‘g‘limu nevaralarimga to‘plab beramanmi? Hah, odam sira to‘ymasakan-da… To‘g‘risi, u pulni, aniqrog‘i, nafaqasini ko‘paytirishni unchalar ham o‘ylamagandi, uning asosiy tashvishi bugo‘ngi kunni bir nima qilib qaritish edi. Nima bo‘lganda ham u shu kunni yashashi kerak edi. Avvallari tushunsa-tushunmasa, oynai jahonni ko‘rib, bir oz ovunardi, vaqt o‘tkazardi. Endi oynai jahon ham yo‘q — katta qizi obketdi. Bolalari televizor ko‘ramiz, deb qo‘ymayotganmish, kuyovning esa televizor obergani qurbi yetmasmish… Hay mayli, chol bir amallab kunini o‘tkazar.
Qo‘shnining kelini chelagu supurgisini ko‘tarib, uyga kirib ketdi. Masjid tomonda uch-to‘rtta chol ko‘rindi, ular namozdan qaytishardi. Uning yuragi bir shig‘illab qo‘ydi, u o‘sha namozxon teng-to‘shlariga kurinishdan bezillardi. Chunki ular sirayam indamasdan o‘tishmasdi, bitta piching gai qilib yoki masjidga chiqmaganini yuziga solib qo‘yishardi. Bu namoz o‘qimasa ularga nimaykin-a? Hnga qolsa, o‘qishni juda-juda istaydi, kallasi olmasa, nima qilsin? Namoz keksalikning ziynati ekanligini allaqachon anglab yetgan. Lekin nima qilsinki, ikkitagina so‘rani yodlashdan ham g‘ofil qolgan.
U chollarga qorasini ko‘rsatmay, tezroq uyga kirib ketish uchun o‘rnidan turganida, darvozadan yuzi rangpar, ozg‘in qizi supurgi ko‘tarib chiqib keldi.
— Choyizi damlab qo‘ydim, ichvoling, — dedi u otasiga yo‘l beg‘arqan.
— Xo‘p, qizim, xo‘p. Ha, barakalla!..
Ayvondagi so‘rida xiyla o‘ringan dasturxonga ikkita non qo‘yilgan, choy sovimasligi uchun choynakning usti yopilgapcha, yonida bitta piyola to‘nkarig‘liq turardi. Chol so‘riga o‘tirib, issiq choyni ikki-uch bor qaytardi va nonlarning birini olib, sindirdi.
Tez orada qizi ham qaytib kirdi. Qo‘lida yuvilgan bitta piyola bilan otasining ro‘parasiga kelib o‘tirdi. Chol ivitgan nonini yeb bo‘lib, o‘zicha choyxo‘rlik bilan band edi. U choynaqaln choy quyayotgan qiziga bir qarab qo‘ydiyu, tezda ko‘zini olib qochdi. Negaligini o‘zi ham bilmasdi — hamisha qizining ko‘ziga ko‘zi tushishidan saqlanardi.
—   Bugun  bozorga  o‘tib  kesammi degandim,   ota, — dedi qizi ijozat so‘rash ohangida sekingina. Chol birpas jim turgach:
— Nimaga? — deya so‘radi majburiyat yuzasidan.
— To‘qiydigan ipim tugab qoluvdi.
— Mayli, borib kelovir, — dedi chol qo‘llarini yuziga tortib, so‘ng o‘rnidan qo‘zg‘aldi. — Puling bormi? — so‘radi noskrvog‘ini izlab, cho‘ntagini paypaslarkan.
— Hmm, — deb qo‘ydi qizi unta bir qarab.
Chol yana darvoza tomonga yurdi. Hozir maktab bolalari o‘tishadi, o‘shalarni birpas tomosha qilsa, xiyla vaqtni qaritadi. Qiziq, kampiri rahmatli ham maktabga borayotgan yoxud maktabdan qaytayotgan bolalarni tomo¬sha qilishni xush ko‘rardi. Ehtimol, xush ko‘rmasayam, har tugul qator-qator bo‘lvolib, turli alpozlarda o‘tayotgan bolalardan zavq olardi, shekilli-da. O‘shanchun ko‘pincha darvoza oldidan o‘tib borayotgan sho‘xchan bolalar karvoniga uzoq-uzoq tikilib qolardi. Chol bo‘lsa, u paytda bunaqa narsalarga parvoyam qilmasdi va hatto, ko‘chada uzoq qolib ketgan kampirini o‘zicha yengilgina tergab ham qo‘yardi. Endi esa o‘zi o‘sha ahvolga tushib turibdi — ertalab bo‘ldi deguncha, maktab bolalarini tomosha qilgani ko‘chaga chopadi. Hozir ham darvoza krshida bir oz turdi-da, mayda qadamlar bilan tebrana-tebrana beixtiyor katta yo‘l yoqasiga chiqdi. Ikki qo‘lini orqaga qilgancha, dam o‘ngga, dam so‘lga termildi. Ana, bir-birlariga gal bermay allanimalarni javragancha uch bolatoy yo‘lning o‘rtasiga chiqib qolgan
larini ham sezmasdan u tomonga kelishmoqda. Ularning bo‘y-bastlari ham bir xil bo‘lib, chamasi yo uchinchi, yoki to‘rtinchi sinf yoshida edilar. Hammalari so‘mkalarini yelkalariga osib olishgan va shuning uchun o‘rtadagi bola qo‘lidagi nimanidir u yoq-bu yoq qilar, ikki chekkadagi bolatoylar esa uning qo‘lidagi narsaga tikilib, qariyib yonboshlab yurib kelishardi.
— Sal chekkarog‘da yurishgin, ho‘y! — dedi chol ular ro‘parasiga kelib qolganda. — Moshina kep krsa…
Bolalar birdaniga o‘nga qarashdi — kemshik tishini ko‘rsatib, g‘alati tirjayib turadigan o‘sha har doimgi chol. Bir lahzagina xayollari bo‘lingan bolatoylar ko‘zlari ila tanish va shuningdek, beozor cholni birrov tanib olishgach, yana o‘z «tashvish»lariga g‘arq bo‘lishdi. Bir-ikki qadam tashlashgach, narigi chekkadagisining odobi esiga tushib ketdimi, shoshib cholga qayrilib, «assalomaleykim» deb qo‘ydiyu, tag‘in sheriklariga qo‘shildi.
— Aleykimassalom, — deya alik olgan chol lo‘killab, ularning ortidan tushdi. Bolalar juda sekin yurishar, go‘yo maktabga borayotganliklarini ham unutgandek edilar. Shuning uchun jikkak chol tebrana-tebrana ularga yetib oldi.
Bolalar hamon o‘zlari bilan o‘zlari ovora edilar. Endi ular cholning sharpasidanoq tanishib, hatto qayrilib ham qaramadilar va go‘yo u hozir mana shu turishida bolalarning o‘z odami edi. O‘rtadagi bolaning qo‘lida qattiq simdan tayyorlangan, har xil narsalarni otishga mo‘ljallangan o‘yinchoq bor bo‘lib, o‘rtoqlariga maqtanish uchun uni turli kurinishlarda namoyish etardi.
— Nima u? — deya so‘radi chol bo‘ynini cho‘zib, bola¬ning qo‘liga qararkan.
— To‘pponcha, — dedi bola, shuniyam bilmaysizmi, deganday.
Endi chol ularga butunlay qo‘shilib ketdi:            
— Qaniy, qukay-chi…
Bola cholning qo‘lini surganday qo‘l siltadi.
— Ey-y, baribir otishti bilmaysiz.
— Ot-chi bo‘lmasa! — dedi chol hamon bolalar bilan bab-baravar yurib borarkan.
— Bir ot, Rahmat! — deya yalinganday bo‘ldi sherigi.
— Otakrsangchi-ey! — dedi boshqasi ham. Bola cho‘ntagidan semizo‘t chiqarib, bir santimchasini barmog‘i bilan uzib, qo‘lidagi «to‘pponcha» simining uchiga sanchdi-da, «o‘qladi» va qolganini yana cho‘ntagiga solib qo‘ydi. U ro‘parasini mo‘ljallab, «to‘pponcha»ning «tepki»sini bosgandi, «o‘q» ancha olisga uchib, ko‘zdan yo‘qoldi.
— Zo‘ru, — deb qo‘ydi chol ovozi jaranglab.
— Zo‘r-da ashnaqa! — dedi bolalarning biri —  «bu mening oshnam-da» deganday maqtangap ohangda.
— Kim yasab berdi? — so‘radi chol gapning uzilishini istamay.
— Akam, — derkan bola «to‘pponcha»sini «ma, bir ko‘rvol», deya chap yonidagi sherigiga berdi.
— Kimniig o‘g‘lisan?
— Ahmadjondi.
Chol harchand o‘rinmasii, bolaning otasini taniyolmadi.
—    Opoqdadangning oti nima?      
—    Daminbuva.
Cholning ovozi yana jaranglab ketdi:
— Ha-a, haligi Damin bo‘krqti nevarasiman degin, — deya bolaga tegishdi.
— Bo‘krqmas, opoqdadam, — dedi bola araz qilganday.
— Yo‘q-yo‘q, bo‘krqmas, — chol bolani ranjitishdan cho‘chib ketdi. — Shunaqa deyishadi-da endi…
Ular maktabga yetib kelishgai edi. Yonlarida chol¬ning borligini ham unutishib, tag‘in o‘zlari bilan ovo¬ra bo‘lishgancha, maktab darvozasi tomon yurishdi. Cholga qayrilib qarashmadi va ular bu keksa odam nega endi o‘zlari bilan kelganligi haqida, hatto, o‘ylashmagandi ham.
Chol: «Maktab shunaqa yaqinmidi?», — deya o‘ylab qo‘ydi. O‘yladi-da, bir narsa esiga tushganday, bolalarning or¬tidan baland ovozda ta’kidladi:
— Maktabda otishmagin, bitta-yarimtani ko‘ziga tegib ketadi!
Bolalar bu gapni yo eshitishdi, yo eshitishmadi.
Chol yilda bir keluvchi ikki hayit bayraminiyu, rajab oyining boshlanish kunlarini juda xush ko‘rib qolgan. Negaki, o‘sha kunlari qishloq erkaqlari guruh-guruhga bo‘linvolib, shu bir yil ichida qazo qilgan qishloqdoshlarinikiga fotiha o‘qish uchun birma-bir kirib chiqishadi. Bu ba’zan ertalabdan peshingacha, goho esa kechgacha cho‘ziladi. Bu chol namozxon, aniqrog‘i, masjidparast keksalar guruhiga qo‘shilmay, o‘rta yosh odamlar ko‘p bo‘lgan va yosh-yalang ham aralashgan to‘pga kirib oladi. Ular yoshi ulug‘ bo‘lgani bois cholni oldinga o‘tkazishadi-da, to kechgacha oyog‘iga qarab yurishadi. Choli tushmagur ham ataylab qadamni mayda oladi, vaqtni, tag‘inki, huzurbaxsh fursatlarni cho‘zgisi keladi-da.
…U qaytib kelib, ikki qo‘lini orqaga qilgancha, darvozasi oldida yana turib qoldi. Bir payt qo‘shnining kelini chiqib, u yon-bu yondagi odamlardan yuz so‘mga may¬da bor-yo‘qligini surishtirdi. Nihoyat, nigohi cholda to‘xtab, so‘radi:
— Yuz so‘mga maydangiz yo‘qmi, buva?
—  Yo‘-o‘q, —  dedi u bir qimirlab qo‘yarkan va kemtik tishlarini namoyish qilguvchan og‘zi yana ochildi.
Qo‘shnining kelini u yoq-bu yoqka termilib, najot kutdi.
— Do‘kondan maydalatib keberaymi?   —  deya so‘radi chol odati bo‘yicha tirjayarkan.   
— Voy, sizi ovora qilamanmi, buva!  — rostakamiga xijolat tortdi qo‘shnining kelini.
— Ovorasi yo‘q. Obke! — U juvondan pulni olib, endi do‘kon tomonga yurdi.
Bir oz yuruvdi hamki, uch-to‘rt eshik naridagi o‘ttiz yoshlar chamasidagi qo‘shnisining darvoza oldida turganiga ko‘zi tushdi. U cholni ko‘rib, salom berdi. Chol alik olarkan, to‘xtadi, butun gavdasi bilan haligi yigit tomon o‘girildi.
— Qo‘shnimi keliniga mayda keragakan. Yuz so‘mni maydalab keberay, — dedi yigitga astoydil tushuntirib. Aslida yigit uchun uning nima qilib yurganining sirayam qizig‘i yo‘q edi. Shunday bo‘lsa ham, u cholning hurmati uchun zo‘raki jilmayib, «hm» deb qo‘ydi. Chol yana yo‘lga tusharkan, yigitga qarab ta’kidladi:
— Do‘konda mayda bo‘latta, a?..
Uning kuni shunday o‘taverdi. Bu orada bir-ikki bor «Gazitachi bola»nikiga borib keldi. Uning ayni paytda ishda ekanligini bilsa ham boraverdi. Endi u tezroq kech kirishini orziqib kutardi…
Qizi tayyorlagan kechki ovqatni ichib, og‘ziga nos tashladi-da, «Gazitachi bola»nikiga otlandi. Darvozaga yetganda ortiga qayrilib, qiziga dedi:
— Bugun joyimi ayvondagi so‘riga solgin, qizim. Bolishim ustiga birorta toza durrayam tashlab qo‘ygin.
Qorong‘i tushib qolgandi. U chirog‘ini yoqib o‘tayotgan mashinalardan saqlanish uchun yo‘lning chekkarog‘ida yura ketdi. Har zamonda bir to‘xtab, butun gavdasi bilan ortiga o‘girilib, qarab ham kuyadi. Lekin nega qaraganini o‘zi ham bilmaydi. O‘z odaticha, qo‘llarini orqasida krvushtirib, xiyol munkayganicha, vang‘illab kelayotgan ma¬shina chirog‘igami yoxud boshqa biron g‘imirlagan sharpagami, tikilib qoladi. Axiyri undan zeriqib yoki o‘zi kutgap maqsadiga yetmaganlikdanmi, lo‘killaganicha tag‘in yo‘lida davom etardi.
«Gazitachi bola»npng uyi uncha uzoq emasdi, shundoqqina mahallaning boshrog‘ida edi. Chol katta darvozadan ichkariroq kirib, ovoziii baland qo‘yib chaqirdi. U baqirganda ovozi ingichkalashib ketar va hatto, bir oz kulgili ham tuyulardi. Uchinchi bor chaqirganidan keyin ichkaridan xotirjam va chol tomonga yaqinlashib kelayot¬gan ovoz eshitildi. Hademay ro‘parasida hozirgi zamon amaldorlari orasida rusum bo‘lgan uy kiyimi kiygan «Gazitachi bola» ko‘rindi.
— Ie, keling buva, keling! — deya qo‘sh qo‘llab ko‘rishdi u o‘zi tomon bir-ikki qadam tashlagan chol bilan. Chol tezdagina muddaoga o‘ta qoldi:
— Sizam davlatti odamisiz deb, bir ishman chiqdim-da, — u shunday derkan, uyning old tarafidan kelayot¬gan televizor ovozini eshitib, o‘sha yoqqa bir-ikki qadam tashladi va ayvon pastiga qo‘yilib, ustiga dasturxon solingan xontaxta turgan so‘riga ko‘zi tushdi. Chamasi, televizor ayvonda edi. Hozir cholning juda-juda tele¬vizor ko‘rgisi va kim bilandir laqillashib o‘tirgisi kelayotgandi. «Gazitachi bola»yam buni sezdi shekilli, xuddi uni shu yerda to‘xtatib qolmoqchi va tezroq chiqarib yubormoqchi bo‘lgandeq cholning yonboshidan aylanib dar-voza tomonga o‘tib oldi va so‘radi:
—    Qanaqa ishiydi?
— Nafaqami ko‘paytirib bering depta.
«Gazitachi bola» miyig‘ida kuldi:
— Nimaga endi?
Darvozaning ustidagi chiroq cholning ko‘zini oldi, shuning uchun undan qochmoqchi bo‘lib, uy egasining yonboshiga o‘tib, o‘nga qaradi.
— Men bitta jeyda — mashi ko‘lxo‘zda qiriq besh yil ishlaganman. Shunichun meni nafaqam ko‘prog‘ bo‘li¬shi keragakan. Poshtachiyam shunday dedi.
Endi uy egasi cholning yonboshiga o‘tib, chiroqqa orqa qilib turib oldi. Ular shu asno darvozaga yaqinlashmoqda edilar, chunki chol o‘nga qarovdi hamki chiroq shu’lasiga dosh berolmagan ko‘zlari qisildi.
— Mayli, men ertaga raysabezga sim krqib, surishtirib qukay-chi.
Birovniig har qanday g‘am-tashvishi «Gazitachi bola»iing bo‘g‘zidan nariga o‘tmaydigandek tuyulardi. Uning kurinishi shunday edi. Ayni paytda ham go‘yo cholning tashvishini yeb gapirardiyu, ammo uni va uning gaplarini tezroq unutishni istayotgani sezilib turardi.
Chol chiroqdan o‘zini yana panaga oldi.
— Ashna-a qiling,  uka. Nafaqam ko‘paysa yaxshi-da, — chol endi televizorning ovozi ham elas-elas eshitilayotgan uyning old tomoniga yana bir bor umidvor qaradi-da, nigohini uy egasiga burdi.
— Bo‘pti, men ertaga gaplashib qo‘yaman,  — degan yigit ko‘zini olib qochib, darvoza tomonga bir-ikki qadam tashladi.
— Mayli, iltimosta, endi, — chol darvozadan hatlagandi orqasidan «Gazitachi bola»yam chiqdi.
— Bo‘pti o‘masam… — dedi chol hayrlasharkan.
— Bir piyola choy ichmadik-da, buva! — deya mulozamat qildi yigit.
— Rahmat-rahmat… — chol uyig‘a tomon yurdi, avval juda sekin, so‘ngra yo‘rg‘alab ketdi.
Va nihoyat qadrdon darvozasining bo‘sag‘asiga kelib, qadrdon ajrig‘iga o‘tirdi. Tilining ostiga nos tashla¬di. Uning darvozasi chiroqsiz bo‘lganidan devor ostida o‘tirgan odamni dabdurustdan ilg‘ash mushkul edi. Shu payt darvoza g‘alati ovoz chiqarib ochildi-da, undan engashibroq chiqib kelayotgan o‘g‘li ko‘rindi.
— Ie, she yerdaykansizu, ota, — assalomaleykim.
— Aleykimassalom. Ha, ke, bolam, — chol o‘tirgan yerida o‘nga qo‘l uzatdi.
— Tuzukmisiz?.. Yuring uyga, osh sovimay yevoling, — o‘g‘il otasini turishga undadi. Otasi «yo pirim», deya qo‘zg‘alganda, qo‘ltig‘idan olib, turishiga ko‘maqlashdi.
— Endirag‘da ovqatlanuvdigu, bolam. Qornim to‘q.
— Bizi osh boshqa-da, ota. Ataylab sizga atab, yumshoqroq qilib pishirtirdim.
Qizi so‘riga joy hozirlab, dasturxon ham yozib qo‘ygandi.
— Bira to‘la qo‘liyziyam yuvib olaqoling, ota, — o‘g‘li dastasi o‘rniga sim bog‘langan choynakda otasining qo‘liga suv quydi, keyin o‘zi ham qo‘llarini yuvib, singlisi otasiga uzatgan sochiqning bir uchiga apil-tapil artdi.
Ota-bola bir-birlariga yuzma-yuz bo‘lib o‘tirishib, osh yeyishga kirishdilar. Cholning echki soqoli yana tepaga va pastga borib-kelib, siltana boshladi. O‘g‘il otasiga choy quyib uzatib o‘tirarkan, ora-sirada tovoqdagi oshdan cho‘qilab ham qo‘yardi. Chamasi, u oshni uyida yeb kelganu, hozir otasini yolg‘izlatgisi kelmay, nomigagina totinib o‘tirardi.
— Zeriqib krmayapsizmi ishqilib, ota? — sekingina so‘radi o‘g‘il mehribonlarcha.
— Zeriqish qag‘da-ya, bolam, — chol bu gapni shunchaki aytdi, axir hol so‘raganlarga hamisha yaxshi javob berib o‘rgangan-da.
— Tunov kuni ellikvoshi menga sal tanbeh berganday bo‘ldi…
— Nima deydi?
— Otangdan tez-tez xabar olib turgin, deydi. Tez-tez o‘tib turaman, dedim, — o‘g‘il odobsizlik bo‘lmasligi uchun ovozini sal pasaytirib so‘radi. — Siz biron narsa demovdingizmi? — Aslida u «arz qilmovdingizmi?» demoqchi edi, lekin otasini ranjitib qo‘yishdan ko‘rqdi. Chol ham buni fahmladi:
— E, yo‘-o‘, men nimayam derdim, bolam… — U osh yeyishdan to‘xtab, qo‘lini sochiqka arta boshladi,
— Omaysizmi, ota, hech qancha yemadiyzu.
— Yo‘, bo‘ldi… O‘zi ellikvoshimiz yaxshi odam. Bizikigayam tez-tez kirib turadi. Tunov ko‘ngi bayramda bir kilo go‘sht, non-pon qilib ko‘tarib kiribdi, — chol choy xo‘plarkan, xayolchan dedi. — Omon bo‘sin ishqib!..
— Yo tilivizorimizni olib o‘tib beraymi?
— E, qiziqmisan, o‘g‘lim , dulbuzardi yosh bollar ko‘ratta, — chol haligina rosayam oynai jahonni ko‘rgisi kelganini aytmadi. Aytib bo‘ladimi, yosh bolaga o‘xshab.
— Zerikmayrog‘ o‘tirassimi deyman-da.
— Qo‘y uni, bollaring ko‘rsin. Sen yaxshisi bizi to‘kchoynagimizni tuzatib ber, — chol shunday deya qiziga «to‘kchoynakni obchiq» deganday ishora qildi. — Bir-ikki haftadan beri buzuq.
O‘g‘il singlisi olib chiqqan elektrochoynakning u yoq-bu yog‘iga birrov nazar tashladi-da:
— Sim-pimi uzilib ketgandir-da, — dedi. — Ertalab o‘g‘lim biznikidagini sizlarga olib o‘tib beradi. U yangiroq. Buni biz tuzatvolamiz.
— Mayli, — deb qo‘ydi chol qorong‘iliq qa’ridagi hovlining allaqayeriga tikilib.
O‘g‘il mushtdekkina bo‘lib qolgan otasining gajik yuziga qararkan, o‘nga rahmi kelib ketdi.
— Yo shu yerga kelib yashaylikmi, ota? — deya so‘radi achinish aks etgan ovozini maslahat ohangiga do‘nib.
Chol   o‘zini  dadilroq  tutishga   o‘rinib, gavdasini ko‘tardi.
— Yo‘q, bollaringminan tinchgina yashayver. Baribir menga hech narsa qilib berolmaysan. Mening safarim qarigan bolam, bu dunyoda qiladigan ishim qolmadi, shekilli. Faqat shu… — Chol «negadir o‘lim fursati kechikayapti-da», demoqchi bo‘ldiyu, o‘g‘lini havotirga solishdan andisha qildi. — Onang bo‘gandayu… Baribir uning o‘rni boshqaydi-da, o‘g‘lim… — Picha jim qolgach, go‘yo o‘ziga-o‘zi gapirayotganday o‘ychan dedi: — Nomoz-pomozam o‘qiyolmayappan…
Bir ozdan so‘ng o‘g‘il ham o‘rnidan qo‘zg‘aldi. Elektrochoynakni ko‘tarib, darvoza tomon yuruvdiki, chol ham unta ergashdi.
— O‘tiravering ota, nima qilasiz endi ko‘chaga chiqib? — dedi o‘g‘il mehribonchilik ko‘rsatgan bo‘lib.
— Shu topdan uyga qamalvosam qachon tong otadi? — deb qo‘ydi chol «sen nimani bilasan?» deganday. Ular darvozada hayrlashdilar.
Chol o‘g‘lining ortidan ma’nosiz tikilib picha turgach, bir narsa esiga tushganday nariroqqa borib qolgan o‘g‘lini to‘xtatdi.
— Ho‘y, bolam, nomozdi o‘rgangin, — dedi bu gapi o‘ziga yarashmayotganini bilib tursa ham ta’kidlab. — Bollaringayam o‘rgatgin.
O‘g‘li «xo‘p-xo‘p» dediyu, birpasda qorong‘iliq qa’riga singib ketdi.
Chol o‘z gapi ta’siridan chiqolmay, qadrdon ajrig‘iga asta o‘tirarkan, beixtiyor pichirladi:
— Keyin qiyin bo‘larkan, bolam!..
U og‘ziga nos tashladi. Og‘zi quruqshab qolganidan nosning achchig‘iniyam sezmadi shekilli, xumor deganlari bosilmadi. «Endi binnasa qilib nomozdi o‘rganmasam bo‘lmaydi shekilli, — o‘yladi u osmondagi yulduzlarga nazar tashlarkan, — har tugul umrimga ma’ni kirarmidi. Vaqt ham o‘tardi… Bu oshkrvoq, — u qo‘li bilan kallasini bir no‘qib qo‘ydi, — hech narsani olmay qo‘ygan-da! He, atta-ang!.. Yo uch-to‘rtta qo‘y boqsammikin-a? Ermak bo‘lardi-da. Dalalarda aylantirib yurardim. Ha, nima, nafaqa pulimi to‘plasam… O‘g‘limam qarab turmas axir!..»
— Assalomalaykim.
Chol ovozdan cho‘chib tushdi. Ro‘parasida qo‘lidagi sigaretining cho‘g‘ini yiltiratib, qo‘shni kelinning eri bo‘lmish yigit turardi. U shomlikdan so‘ng tamaki cheqish bahona ko‘chaga chiqar va cholning hamisha ajriqda o‘tirishini bilganidan ko‘pincha to‘g‘ri shu yoqka o‘tardi-da, u bilan picha guro‘nglashardi. Hozir ham qariya bilan so‘rashgach, uning yoniga o‘tirib, tamaki burqsitdi.
— Zerikmay o‘tiribsizmi, buva? — so‘radi yigit ermaktalab odam ohangida.
— Nimagayam zerikardim endi, — deb qo‘ydi chol bir xo‘rsinib. — Ishlaring qalay?
— Yomonmas. Yurippizu…
Yigit shu ko‘yi yarim soat-bir soat chol bilan gangir-go‘ngur qilib o‘tirdi, bu orada ikki-uchta tamaki tutatdi. Uniig almoyi-aljoyi suhbatlari cholga xush yoqadi, ishqilib uyig‘a tezda kirib ketmasligini istaydi. Ammo yigit o‘z odaticha uzoq o‘tirmaydi. Hozir ham:
— Bo‘pti, buva, hozir «Vremya» boshlanadi, — dedi-da, o‘rnidan turdi.
Chol yigitdan keyin ham ancha o‘tirdi. Va nihoyat, nazarida ancha kech bo‘lgandek tuyuldimi, o‘rnidan turib, uyga kirdi. Aytganiday qizi yotar joyini ayvondagi so‘riga solib qo‘yibdi. U so‘rining bir chetiga o‘tirarkan, derazadan uy ichiga nazar tashladi — chiroq o‘chiq, demak, qizi uxlabdi. Bir xayol bilan o‘choqqa qaradi. Undagi chovgunning ostida bir-ikkita mayda cho‘g‘lar yiltirardi. Chovgundagi suvni qizi ilib tursin uchun cho‘qqa qo‘yib qo‘ygandi, chunki u otasi har zamonda iliq suv ishlatib turishini bilardi. Chol krpkrg‘i pachoq choynakka chovgundagi iliq suvni qo‘yib, uni ko‘targancha hovliga o‘tib ketdi. Bir ozdan so‘ng qaytib kelib, yuz-qo‘lini yuvdi. Ayvonga chiqib, qizi bolishi ustiga qo‘ygan durrada artindi. Keyin to‘nini yechib, chiroqni o‘chirdi-da, «yo bismillo» deya joyig‘a yotdi. Yotdiyu, kampiri esiga tush¬di shekilli, «hah, kampir-a», deb qo‘ydi ovoz chiqarib. Ko‘zlari ayvon harisi ostidan miltillab ko‘rinayotgan yulduzlarga tikildi. «Qachon chaqirasan endi, kampir, — deya o‘yladi so‘ng.
— Tezroq chaqirasanmikin?.. Ertamatangacha o‘lib qolsam-a?» Uning og‘zi g‘alati tabassum uchun ochildi shekilli, g‘ira-shira qorong‘ida ham kemshik tishlari xira yaltirab qo‘ydi. Shu payt bir narsa esiga tushganday keskin qimirlab, bosh tomonidagi boyagi durrani oldi. Yotgap ko‘yi qo‘llari bilan paypaslab, uni taxladi. «Bismillo» dedi-da, cho‘qqi soqolini old tomonga qayirib, durra bilan jag‘ini tang‘idi. O‘lib-netib qolsa, qo‘ni-qo‘shni kirganda jag‘i osilib, xunugi chiqib turmasin. Chunki: «Kechasi menga bir narsa bo‘lsa, o‘zing yopishmay qo‘shnilarni chaqir. Biyag‘i qarichilik, bilib bo‘lmaydi», deya qizini ogohlantirib qo‘ygan.
Yosh narsa, yurak-puragi tushib qolmasin, degan-da. O‘likdan qo‘rqqan yomon bo‘ladi, deyishadi-ku…
— Rostdanam o‘lib qolsam-a!.. Qhim!.. — U xushnud bir kayfiyatda ko‘zlarini yumdi-da, uch bor kalima keltirdi. — La iloha illAlloh. La iloha illAlloh. La iloha illAlloh!..

1999 yil.