Mirkarim Osim. Nur va zulmat (qissa)

1. JAHON OTIN

Yo‘lning ikki tomonndagi qator teraklarga qo‘nib olgan zarg‘aldoqlar saroy soqchilaridek o‘qtin-o‘qtin bir-birlarshsh chaqirib, qandaydir noxush ahvoldan xabardor qilayotgandek edilar.
Kechki payt. Daraxtlarning soyasi uzunlashib, boqqa salqin tushgan. Zarbof, parcha, shoyi to‘n kiygan saroy amaldorlari, beklar gerdayib, bog‘ o‘rtasidagi xiyobondan ko‘cha tomon yo‘l olmoqdalar. Xuddi shunday paytda eski paranjili bir ayol baland devor bilan o‘ralgan o‘rda bog‘ning naqshinkor darvozasi oldiga kelib, saroy bog‘iga kirmoqchi bo‘ldi.
— Hoy, kampir, orqaga qayt. Ne qilib tentirab yuribsan bul yerda? Ruxsati oliy bo‘lmasa, hech kim saroyga kiritilmaydur! — deb baqirdi ag‘darma etik kiygan xush mo‘ylovli qorovul yigit, qilichini yarim beligacha sug‘urib.
— Qo‘rqma, temirtagingni qiniga solib qo‘y. Kallamni olishdan burun arzimni eshit, qorovul bola,— dedi ayol istehzo aralash. Uning do‘q-po‘pisadan qo‘rqmaydigan o‘ktam ayollardan ekanligi ko‘rinib turar edi.
— Kech bo‘p qoldi, ishing bo‘lsa ertaga kelarsan.
— Qachon kelishim bilan sening ishing bo‘lmasin. Men amirulmo‘mipin huzurlariga kirmoqchimen.
— Onhazratning oldilarig‘a? — shoshib so‘radi yigit ko‘zlarini ola-kula qilib. — O‘zlari kim bo‘ladurlar?
— Nima qilasan kimligimni surishtirib? Xo‘jayinning qorovul begini chaqir!
Yigit darvozaxonaga kirib ketdi-da, chorpahildan kelgan, o‘rta yoshli, mis kamariga qilich osgan bir kishini boshlab chiqdi.
— Xo‘sh, nima xizmat bilan keldilar?— deb so‘radi u qovog‘ini solib.
— Onhazratning huzurlariga kirmoq niyatidadurmen.
— Buning iloji yo‘q. Alar ayollarni qabul qilmaydurlar. Haramxonag‘a kirmoqchi bo‘lsangiz — uning yo‘li boshqa. O‘shanda ham chaqirilg‘on bo‘lsangiz. Qo‘lingizda tashrifnoma bormi?
— Yo‘q… ha, bor, mana!— Ayol paranjisi ichidan shaldiroq qog‘ozga yozilgan so‘nggi g‘azalini — arzi holini chiqarib, qorovul begiga uzatdi.— Yugurdaklaringizdan biriga buyuring, buni haramxopaga olib kirib, Mohlar oyimning qo‘llarig‘a topshirsin.
Qorovul begi qog‘ozni olib ichkari kirib ketdi-da, oradan chorak soat o‘tar-o‘tmas yugurib chiqib, ta’zim qildi.
— Marhamat qilsinlar. Sizni bu yigit poyi ostonag‘acha kuzatib borg‘ay,— dedi yuzida bir tuki yo‘q, ayol bashara eroniy qul yigitni ko‘rsatib.
So‘nik ko‘zlari mo‘ltirab turgan, har bir buyruqni so‘zsiz bajaruvchi yigit qadam tashlashidan yosh juvonga o‘xshagan juldur paranjili ayolni saroy tomon boshladi. Ular xiyobondan yurib, koshinlari yiltirab turgan sernaqsh saroy tomon yo‘l oldilar, ikki yonida qurolli yigitlar turgan darvozadan o‘tib, katta qo‘ra orqasidagi haramxonaga yetib keldilar. Haramxona hovlisiga chorburchak g‘isht yotqizilgan, to‘rt tomondagi imoratlarning devorlari naqshinkor, koshinlari yiltirab ko‘zni yashpatar edi. Mehmon ayol chachvonini ko‘tarib, devorlardagi naqshlarni tomosha qilayotgan edi, chiroyli bir kanizak yugurib kelib, uning boshidan eski paranjini oldi-yu, jamolini ko‘rib qotib qoldi. Uning ro‘parasida chamasi yngirma uch-yigirma to‘rt yoshga qadam qo‘ygan qora qoshli, oq yuzli mohro‘y bir ayol qomatini tik tutib, kulimsirab turardi. III u payt jiyakli atlas ko‘ylak ustidan baxmal nimcha kiygan yoshgina Mohlar oyim yugurib kelib, u bilan quchoqlashib ko‘rishdi.
— Sizni ko‘radigon baxtli kun ham bor ekan, Jahon opa! Kslishingizdan bir-ikki kun ilgariroq bizni ogohlantirmaysizmi? Peshvoz chiqib, saroy tashqarisida sizni kutib olar edik,— dedi u sevinch aralash ginaxonlik bilan.
— Sizni ovora qilishni istamadpm. O‘z oyog‘i bilap kelgan mshmon atoyi xudo, deydurlar. Marg‘ilon borg‘on ba’zi ayollardan meni ko‘rish orzusida ekanligingizni eshitdim, o‘zim ham jamolingizga to‘yib, suhbatingizni olishni istab yurardim. Vaqti-soati yetgan ekan, safar otiga mindimu Qo‘qon sari ravona bo‘ldim.
— Ko‘ngildagidek ish bo‘libdur, opa. Sizni ko‘rgim kelganda g‘azallaringizni o‘qib yuraman. Buni qarang, yozgan she’rlaringiz o‘zingiz kabi go‘zal, yillar o‘tgan sari husningnzga husn qo‘shilib, chiroyingiz ochiladi-ya!
Yuzidan nur yog‘ilib turgan qora qosh saroy bekasi aziz mehmon bilan uchrashganidan behad shodon edi.
Ular uch-to‘rt yil ilgari, Umarbek Marg‘ilon hokimi bo‘lib turgan vaqtda o‘rdada uchrashib turardilar. Uvaysiy taxallusi bilan nom chiqargan Jahonoyning g‘azallarini o‘qib zavqlangan yosh hokim ishtiyoq bilan she’r yoza boshlagan rafiqasi Mohlar oyimga ilmi aruzdan dars berish uchun uni o‘rdaga chaqirtirgan edi. Akasi Olim zolim o‘ldirilgandan keyin Qo‘qonga ko‘chib borib, taxtga o‘tirgan Umarxon davlat ishlarini tartibga solish bilan ovora bo‘lib, uni esdan chiqargan edi. Saroy shoirlari va shoiralari davrasiga kelib qo‘shilishni orzu qilib yurgan Uvaysiy o‘z tashabbusi bilan bu dargohga yetib keldi.
Shodligidan chehrasi yashnab ketgan Mohlar oyim aziz mehmon atrofida parvona bo‘lib, uni mehmonxonaga boshladi.
Ganch bilan suvalgan, munaqqash tokchalariga tilla, kumush asboblar, xitoy chinnilari terib qo‘yilgan ayvondagi baxmal ko‘rpacha ustida yoshi o‘ttizlarga borib qolgan to‘lagina ko‘hlik bir ayol — haramning bosh xodimasi Xushhol bibi chordana qurib o‘tirardi. Uy bekasi bilan mehmon ayolning yaqinlashib kelayotganlarini ko‘rgach, mushtini yerga tirab, o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.
— O‘tiravering, ovora bo‘lmang, opa,— dedi Jahon otin yugurib borib u bilan ko‘rishar ekan.— Sog‘-salomat yuribdurlarmi o‘g‘il, qizlar?
— Xudog‘a shukr, hammasi sog‘-salomat… Xush kelibdilar, qani, yuqoriga…
O‘tirganlaridan keyin Xushhol bibi qo‘l ochib, hurmatli mehmonga sog‘liq, baxt-saodat tilab, duo o‘qidi; ular yana hol-ahvol so‘rasha boshlashdi. Keyin xodima hovlining bir chekkasida qo‘l qovushtirib turgan durkungina kanizakni ko‘rib, bir imo qilgan edi, u xiyol o‘tmay, yelkasida sochiq, qo‘lida dastshu va qumg‘on bilan kelib, o‘tirganlar qo‘liga suv quydi, keyin dasturxon yozdi. Mehmon va mezbonlar u yoqdan-bu yoqdan gaplashib o‘tirib, choy ichdilar. Nihoyat, Jahon otin uy bekasiga yuzlanib, dilida ardoqlab yurgan gapni o‘rtaga soldi.
— Men ko‘pdan buyon Qo‘qon shahriga to‘plangan nozimlarning mushoiralarida ishtirok etmoq orzusida yurar edim, mana endi shu ulug‘ bo‘sag‘ada turibmen.
— Shoir va shoiralar davrasida sizning o‘rningiz bo‘sh turar edi. Kelganingizni bilib Onhazrat ham shod bo‘lg‘usidurlar.
— Shuni bilganim uchun tap tortmay kelaverdim-da.
Siz Marg‘ilondan ketganingizdan keyin shahrimiz bulbuli uchib ketgan bo‘stong‘a o‘xshab qolg‘on edi…
Mavzu she’r va nafosat ustiga ko‘chganidan keyin ular rohat qilib suhbatlashib o‘tirdilar. Dasturxonga fotiha o‘qilgandan so‘ng Xushhol bibi kulimsirab:
— Onhazrat hozir xonai xoslarida bir necha shoir bilan suhbat qurib o‘tiribdilar. Bo‘shaganlaridan keyin kelganingizni bildirib suyunchi olish kerak, — dedi.
— Agar huzurlariga kirib, salom bersam-da, mushoiraga qatnashsam, so‘nggi g‘azalimni ularning muhokamasiga tashlasam…
— Nomahram bir ayolning to‘satdan erkaklar orasig‘a kirib borishi ularda qanday taassurot qoldirar ekan, bilmadim,— dedi Xushhol bibi qalin qoshlarini chimirib.
— Xususan, mavlono Fazliy norozi bo‘lib: «Zaifalar shariat ahkomidin chetga chiqmasliklari lozim, ularga po‘shidalig‘ munosib», demasmikinlar?— deb gapga aralashdi uy bekasi.
— Mana, shariat hukmi!— deb Jahon otin boshidagi eski ipak ro‘moli bilan oppoq tomog‘iyu sochlari, quloqlarini o‘rab bog‘ladi, yengini tushirib, kumush bilaguzuk taqqan bilagini berkitdi.
— Endi nomahramga ko‘rinsangiz ham bo‘laveradi,— deb kuldi Xushhol bibi.— Hech kim, hatto fe’li tor qozi kalon ham sizga tirg‘ila olmaydi, asli shariatning hukmi shu!
Ikkilanishni bilmaydigan o‘ktam Jahon otin eshikda poylab turgan eroniy qul yigit bilan birga haramxonadan chiqib, mahkamai oliy tomon dadil qadam tashladi. Eroniy yigit shoiraning qo‘lidan olgan qog‘oz bilan xosxonaga kirib ketib, bir necha daqiqadan so‘ng qaytib chiqdi-da; kulimsirab bosh irg‘ab qo‘ydi.
— Assalomu alaykum,— deb o‘n bir yog‘ochli keng-mo‘l mashvarat xonaga dadil kirib bordi Jahon otin.

Qissaning to‘liq matnini PDF formatda saqlab oling