Ko‘hna qipchoq dashtlarinn bahor tanqis gullari bilan bezagan. Qontalash rangdagi ulkan quyosh barkashi choratrofga ayovsiz tig‘ uradi. Uncha katta bo‘lmagan qum tepaliklar, barxanlar orasida yangi chiqqan to‘rtta o‘tov qad rostlagan O‘tovlarning atrofida to‘qson ikki bovli o‘zbek urug‘laridan biri odatdagi kundalik turmush tashvishlari bilan band. Tuya junidan to‘qilgan koramtir katta kiygiz ustida qariyalar osoyishta suhbat qurishadi. Ularning ichida boshiga oq salla o‘ragan. qorday oppoq oqsoqollari ko‘ksiga tushgan nuroniy mo‘ysafid alohida ajralib turadi. U yelkasiga echki terisidan tikilgan jigarrang chakmon tashlab olgan, vaqti-vaqti bilan oldida turgan chilim nilini og‘ziga solib, xo‘rillatib ichiga tortar ekan, qabiladoshlariga salobat bilan allanimalarni uqtiradi. Atrofdagilar unga etibor bilan quloq solishmoqda. Sal narida bolalar chug‘urlashib chavandozlar o‘yinini o‘ynashadi, oyoqlari orasidagi egri-bugri saksovul tayoqchalari ular uchun ot vazifasini o‘taydi. Yuqoriroqda ichida nimadir biqirlab
qaynayotgan katta qozon, atrofida ayollar kuymalanib yurishibdi. Ulariing yonida mitti gilamcha, ustida oppoq sochlari shamolda tartibsiz to‘zg‘onyotgan folbin kampir ajin qoplagan yuzini yana ham tirishtirib, ko‘zlari yarim yumuq holda ruhlar bilan sirli suhbat qurmoqda.
Narida, bularga qarama-qarshi tarafda, mayda o‘rilgan sochlari taqimiga tushgan, quyuq kipriklari ostidagi tim qora ko‘zlari chaqnab turgan xushqomat qiz ko‘rkam gavdali, mutanosib qora qoshli, endigina mo‘ylovi sabza urgan jingalak sochli yigit bilan ohista suhbat qurgancha bug‘doy yanchishmoqda. Ular bir-birlariga tez-tez yoniq nigoh tashlaydilar, qalblari allanechuk oshifta va nurli hislar bilan to‘lib-toshayotganini chetda qaragan odam albatta ilg‘ab oladi. Yigitning yarim yalang‘och yelkalarini, etlari bo‘g‘ma ilon tanasiday qaba-rib-bo‘rtib turgan baquvvat mushak va bilaklarini vahshiy hayvon tishlarining izlari bo‘lsa kerak— taram-taram qoramtir dog‘lar qoplagan.
Bundan bir necha oy avval o‘n yetti yashar o‘spirin otasi va akalari bilan birgalikda Qirq Qaroqchi dashtiga jayron oviga chiqqan, ov ketidan quvishga azbaroyi berilib ketganidan to‘dasidan ajralib, oxir-oqibat inson yo‘k, sahroyi-biyobonda adashib qolgandi. Temir-tirnoq atalmish vafodor itini ergashtirgancha saman otida dashtda bir necha kun izg‘igach, oxiri umidsizlik bilan saksavulzorda tunab, hordiq chiqarishga qaror qilgandi. Yigit o‘shanda hayotida ilk marta aql bovar qil maydigan dahshatli voqeaga ro‘baro‘ kelgandi.
Bola otining jilovini saksovul shoxiga ilib, hali ham issig‘i arimagan kulrang qumga bosh qo‘ygancha pinakka ketdi. Qancha uxladi, yodida yo‘q, bir payt otning kishnashi, itning jon achchig‘ida akillashidan uyg‘onib ketdi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki, yonginasida eshakday keladigan bo‘ri saman otining bo‘yiiga tishlarini botirgancha gir aylantirar, Temirtirnoq zsa, nkknnchi bir bahaybat bo‘riiing changalida jon talvasasida akillar edi. Bu mudhish manzaradan bola aqldan ozgudek ahvolga keldi, oyoq-qo‘llaridan mador ketdi. Ko‘p o‘tmay utning ovozi tindi, ochiqqan ona bo‘ri uning ichak-chaog‘ini ag‘darib, eng mazali joyi — o‘pkasiyu jigarini g‘ajishga kirishgandi Ota bo‘rining shiddatli xurujiga saman ot ham uzoq dosh berolmadi. U bamisoli najot so‘rayotganday sungi bor ayanchli kishnadi-yu, tomog‘iga nimadir tiqilganday ovozi qo‘qqis bo‘adadi — bo‘rining charxlangnday o‘tkir tishlari unnig bo‘g‘ziga ikki tomondan yorib kirgandi. Ot gandiraklab ketdida, chap bilan g‘umburlab qumga ag‘darildi. Agar ota bo‘ri chaqqonl
ik qilib o‘znin nari olmaganida, otning og‘ir tanasi ostida qolishi hech gap emas edi. Bir gazcha orqaga tashlangan bo‘ri shu zahoti o‘zini yana otning ustiga otdi-da, bo‘g‘zidan tirqirab qon otilayotgan jonivorning qornini yorib tashladi. Ot talvasa ichida oyoqlarini lopillatib bir-ikki tipirchiladi-yu, oxiri tinchidi. Lahza o‘tmay uning ko‘zlari kosasidan chiqqudek orayib, ma’nosiz tus oldi. Ota bo‘ri sal narida dahshatga tushgancha undan nigohini uzmayotgan bolaga e’tibor ham bermay, haf-sala bilan otning ichak-chavoqlarini yamlamayy yutdi. Sarg‘imtir jun bosgan tumshug‘i, oldingi oyoqlari qip-qizil qon.
Bu dahshatli manzara bolani shu darajada sarosima va qo‘rquvga solgandiki, u chindan ham tosh haykalga aylanib qolganday miyasi karaxt, qinidan chiqquday olaygan ko‘zlari hech nimani ko‘rmaydi Bola shu ayafozda qancha yotganinn bilmaydi, lekii bir mahal — ajabo! — qaynoq tanasi bo‘ylab jimir-jimir etgancha allanechuk yoqimli og‘riq paydo bo‘layotganini his etdi. Karaxt miyasiga, bo‘rilar endi o‘zini yamlashga tushishdi chog‘i, degan o‘y keldi. Lekin, qizig‘i shunda ediki, u endn kutilmaganda hech narsadan qo‘rqmay qo‘ydi. Hayotining eng so‘nggi damlarini yashayotganini bilib qolgan odamlardagina shunday hissiyot paydo bo‘lsa kerak.
Birdan tanasidagi yoqimli og‘riq uqubatga aylandi, bamisoli qandaydir dasht chumolilari badanining har bir nuqtasini ayovsiz kemirayotganday, u o‘z tanasini his qilmay qo‘ydi. Ayni vaqtda ko‘krak va yelkalari, bilak va sonlarining terisi o‘rnida baliqnnng po‘stiga o‘xshash shilimshiq va qattiq po‘stloq hosil bo‘la boshladi. Go‘yo tapasining teri qismi borgan sayin muzlab borayotganday. Bu holdan bola xavotirlanish o‘rniga aksincha, negadir xotirjam tortdi. Endi u o‘z o‘ljalarini hafsala va ishtaha bilan g‘ajiyotgan qonxo‘r yirtqichlarga horgin va bepisand tikilib yotardi.
Nihoyat, bo‘rilar obdon to‘yishdi shekilli, erinchoqlik bilan birin-ketin bola tomonga siljishdi. Birinchi bo‘lib ota bo‘ri uning tepasiga keldi. Bu paytda bolaning borliq tanasi baliqlarga xos shilimshiq va kattiq po‘stloq bilan qoplanib ulgurgan, ayni damda o‘zidan badbo‘y va ko‘lansa hid taratardi. Bo‘ri qonga bulgalangan tumshug‘ini bolaning qorniga yaqinlashtirdi-yu, shu zahoti sapchib orqasiga qayrildi. Sherigining hatti-harakatidan taajjubda qolgan ona bo‘ri ham bolaning tepasiga kelishi hamon orqaga chekindi. Keyin ular otning yarmi gajib tashlangan gavdasini tishlaganlaricha qayoqqadir sudrab ketishdi.
Bola saksovulzor o‘rtasidagi qumloq yerda hamon o‘sha loqayd nigoh bilan osmonga tikilib yotarkan, tanasidan chiqayotgan dimog‘ini yorgudek kulansa hidni o‘zi ham payqab qoldi. Ajabo, bu badbo‘y hiddan negadir u siraxam jirkanmadi, aksincha, ko‘nglida allaqanday g‘ayri-tabiiy qoniqish hissini tuydi, yulduz sanay boshladi. Shu tariqa ko‘zlari ilinib, uxlab qoldi. Uyqusi oz emas ko‘p emas, roppa-rosa yegti kechayu kunduz davom etdi. Bu orada kalxatlaru yo‘lbarslar, dasht ilonlariyu jayronlar, shoqollaru yumronqoziqlar, xullas, yana bir talay yirtqich hayvonlar uni iskab ko‘rdi. Bo‘yi uch metrcha keladigan yo‘gon bo‘g‘ma ilon, hid bilmaydi chogi, bolaning yelkasiga tishlarini botirib, zahrini solmoqchi bo‘ldi. Tishi o‘tmadi. Oxiri uni oddin toshga qo‘yib, yangi o‘lja qidirish maqsadida ustidan sirgalib o‘tdi-da, yo‘lida davom etdi.
Oradan roppa-rosa yetti kechayu kunduz o‘tgach, bola ko‘zlarinn ochdi. Kayerda yotganini darrov fahmlay olmadi. Korong‘i kecha bo‘lishiga qaramay, hammayoqni xuddi kunduzdagiday aniq ko‘rayotganini sezib hayratga tushdi. Nazarida osmondagi bodroqday sochilgan son-sanoqsiz yulduzlar shriklashib, to‘lin oy yanada to‘lishib qolganday edi. Bo‘lib o‘tgan voqea birdaniga xotirasida tiklandi-yu, shu zahoti boshida qattiq og‘riq turdi. Ustiga ustak saman oti bilan Temirtirnoqni eslab, yuragi uvishdi. Ko‘ksiga chaqir tikanakdak sanchila boshlagan g‘ashlikdan qutulish, nimadir qilish uchun o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, negadir tanasi qisirlab ketganini payqadi. Shunda butun badani xuddi baliqterisiga o‘xshagan silliq va qattiq, taram-taram po‘stloq bilan qoplanganini sezdi va yana hushi boshidan uchayozdi.
Bolaning xastaligi uzoqqa cho‘zilmadi. Kutilmaganda ko‘ksida chirsillagan ovoz eshitilib, ko‘p o‘tmay, terisi palaxsa-palaxsa bo‘lib tanasidan ajralib chiqa boshladi. Oradai bir necha fursat o‘tgach, haligi chirsillagan ovozlar yanada avjga chiqib, bir necha daqikadan keyin u baliqsimon «po‘stlog‘i»dan tamomila qutuldi. Onadan yangi tug‘nlganday shir-yalang‘och. . U o‘rnitdan turdi-da, negadir sira ikkilanmay janub tomonga yo‘l oldi. To‘lin oy nurida uning tanasi o‘zidan allanechuk oltinsimon zarrin shu’la taratib borardi.
U butun dashtni nurga chulgab ancha-muncha yo‘l bosdi. Tongga yaqin yetti-sakkizta otliq ko‘rindi. Bular bir haftadan beri bolani izlab yurgan uning amakilari, tog‘alari va akalari edi. Kabila a’zolari bolaniing shir-yalang‘och holda topilganiga ham shukronalik qilishib, to‘y-tantana boshlab yuborishdi. Ko‘ylar so‘yilgan, oshlar damlangan, o‘yin-kulgi avjida. Tanasidan kechalari nur taralgani uchun uni Nurbek deb atay boshlashdi.
Shundan keyin Nurbekda favqulodda g‘ayrioddiy xususiyatlar zohir bo‘la boshladi. U yonib turgan olov ustida bemalol yura olar, ayni vaqtda tanasi har qanday sovuqqa ham dosh berardi. Bundan tashqari kechalari hamma narsalarni xuddi kunduzgiday ko‘ra oladi, har qanday odam yoki hayvoning qayerida qanday kasallik borliginn ham bir ko‘rishda biladi.
Erkaklar ovda, Nurbek bilan mayda o‘rilgan sochlari taqimiga tushgan xushkomat qizning suhbati ayni avjiga chiqqan bir paytda o‘tovlar orqasida jimgina mudrab yotgan itlarning jon-jahdlari bilan huriy boshlashi ko‘chmanchi qabilani sergak torttirdi. Odamlar olazarak bo‘lib chor-atrofga qarashdi. G‘arb tarafdan ot tuyoqlarining do‘pir-do‘piri, qiyqiriq ovozlari quloqqa chalinardi. Qabila oqsoqoli o‘ziga yarashmagan chaqqonlik bilan o‘rnidan turdi. Boshqalar ham oyoqqa qalqishdi. Ayollar va bolalar bir-birlariga qo‘rquv va sarosima aralash savol nazari bilan tikilishardi. Shu choq tuman orasidan Suzib chiqqanday o‘tovlar oldida o‘nta otliq paydo bo‘ldi. Ularning uzun, ko‘k rangli engil-boshlari, temir qalqonlari va po‘lat g‘iloflari quyosh nurida charaqlab ko‘rinardi. Otlarnning oyoqlari yo‘g‘on, yollari uzun, pakana. Suvoniylarning qo‘llarida tug‘, nayza, oysimon qilich. Oldinda maymunjon tusli chopon kiygan oq sallali, cho‘tir yuzli, chuvak soqol odam.
— Assalomu alaykum! — qichqirdi u gerdaygancha otda o‘tirarkan, ko‘chmanchilarga nafrat bilan tikilib — Menga qabilangiz oksoqoli kerak.
— Vaalaykum… — Qabila oqsoqoli bir qadam oldinga chiqdi. — Xo‘sh, xizmat?
— Kamina jami Sharq mamlakatlarining hukmdori, buyuk noyib Xo‘jaxonning tilmochi, jasur mo‘g‘ul qo‘shinlari uchun soliq yig‘ayotganimizni bildirmoqchi edim.
— Agar ko‘nglingiz tortsa, qashshoq o‘tovlarimizga marhamat qilinglar!…
— Sizda mol-hol, bug‘doy va arpa bor, yosh ayollar bor. Shular bizni qoniqtiradi.
— Lekin, ushbu tashrifingizdan keyin ochlikdan halok bo‘lishga mumkin bo‘lgan bolalar va keksalar ham bor. Shuning uchun iltimosingizni…
— Biz iltimos emas, talab qilamiz!
Mo‘g‘ullar tilmochi o‘ng qo‘lini ko‘tarib, yengil bir ishora qildi. Hezlanib turgan suvoriylar otlaridan ketma-ket sakrab tushishdi-yu, o‘zlarini kabila a’zolari ustiga otishdi. Qiy-chuv bosdi. Urush-urush o‘ynab yurgan bolalar toptaldi, ulardan insof so‘rab oldinga chikkan uch-to‘rt mo‘ysafid nayzadan o‘tkazildi. So‘ngra erkakmi, ayolmi — qarab ham o‘tirmay, hammaning qo‘lini orqasiga qayirib, o‘tovlarning biriga itarib kirgiza bosh-lashdi Bosqinchilardan biri sochlari taqimiga tushgan sohibjamol qizga tashlandi.
— Nima qilayapsizlar, mal’unlar?! — qichqirdi qabila boshlig‘i g‘azab bilan — Tegma… Tegmanglar!… Xudodan qo‘rqmaysizlarmi?
Shu choq qayoqdandir Nurbek paydo bo‘ldi. U sevgilisini zo‘rlashga urinayotgan mo‘gulning kuragi ostiga zarb bilan xanjar urdi. Mo‘g‘ul shu zahoti ingrab, qizning oyoqlari ostiga quladi. Ikkinchi mug‘ul sakrab otiga mindi-da, Nurbekning bo‘yniga arqon tashlab, dasht sari ot soldi. Bosqinchilar quturib kiyqirgancha qabila a’zolarini qirginbarot qilishga kirishdilar. Kalqonlaru mis dubulg‘alar quyosh nurida charaqlab, yoysimon qilichlar bot-bot yuqoriga ko‘tarilib, zarb bilai pastga, navbatdagi qurbonning boshi yoki yelkasiga kelib tushar-di. «Oh-vohlar» olamni tutgan, oxiri yaradorlaru qolgan-qutgan yoshlarni va qari-qartanglarni o‘tovga sudrab olib kirishdi-da, atrofiga somon uyib, o‘t qo‘yib yuborishdi. Nurbekni sudrab ketgan mug‘ul ham uni o‘tov yaqiniga olib keldi-da, gurillab yonayotgan olovga irg‘itdi. Oqsoqol bilan folbin kampirdan boshqa hamma o‘limga mahkum etilgan edi. Nima voqea bo‘layotganligini anglab yetgan oqsoqol o‘zini qabiladoshlari yonayotgan olovga urmoqchi bo‘lgan edi, tilmoch yo‘lini to‘s
di.
— Shoshilma, qariya alvasti, — dedi u zaharxandalik bilan. — Hali sen kerak bo‘lasan. Bizga yo‘lboshchilik qilasan.
Oqsoqol alanga og‘ushidagi o‘tovga iitilarkan, ho‘ngrab yig‘lab yubordi.
— Qo‘yvoringlar meni, la’natilar!… Men… men ular bilan birga yonaman!..
— Bu qanday ko‘rgulik bo‘ldi?!— Bir chekkada folbin fig‘on chiqardi — Gunohga botibmiz!. — Muqaddas jayronlarni ko‘pam ovlayverish kerak emas, deya aytuvdim-a!..
Shu payt mo‘jiza ro‘y berdi yonayotgan o‘tovdan birov otilib chiqdi. Ko‘z ochib yumguncha otlarning biriga mindi-da, jilovni qo‘liga oldi. Gurkirab yonib turgan alanganing ikki oyoqda yurib kelib ustiga o‘tirganidan esxonasi chiqib ketgan ot o‘zini dashtga urdi. Yonib jiz-ganak bo‘layotgan odamning uzoqqa borolmasligini taxmin qilgan mo‘g‘ullar yigitning orqasidan quvishni lozim topishmadi. Buni ko‘rgan oqsoqolning so‘niq ko‘zlarida umid uchqunlari chaqnab ketdi. Folbin bosh ko‘tarib pichirladi.
— Sendan yaxshi odam chiqishini bilardim, Nurbek bolam-ov!..
— Menga qara, yalmog‘iz! — dedi tilmoch unga yaqinlasharkan, chamasi u yonidagi allanimalar deyayotgan mitti gavdali, bir ko‘zi shig‘raygan mo‘g‘ulning so‘zlarini tarjima qilardi— Agar sen shonli mo‘g‘ul laganarlariga xudo yor bo‘lishini tilab olloga iltijo qilmasang, kuningga maymunlar yig‘laydi.
— Iloyo… sen nima desang shu…
Nurbek otga minib ketganidan keyin qabila sarkori ham picha o‘zini bosib olgan, endi qoq yerda chordona qurib o‘tirarkan, toqatsizlik bilan ufqqa tikilardi. Quyoshning cho‘g‘simon ulkan barkashi ufqqa cho‘kib ketganiga ancha bo‘lgan, ufq qontalash rangda jilvalanar, qipchoq dashtidagi ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan bu qirg‘inbarot yovuzlikning guvohi bo‘lmaslik uchun go‘yo tog‘lar ham g‘ira-shira shom pardasini yuziga tortishga urinayotgandek edi.
Chirsillab yonayotgan o‘tov bosib tushdi, dod-faryod va qiychuv keskin kuchayib, sal o‘tmay ular jon achchig‘idagi bo‘g‘iq hirrvrash va ingrash ovozlari bilan almashindi. Yana bir necha fursatdan keyin chor-atrofga qabriston sukunati cho‘kib, faqat o‘tov qoldiqlarining chir-sillab yonayotgani quloqqa chalinardi, xolos. Hamma yoqni kiygiz, latta-putta va jizg‘anak bo‘la boshlagan inson go‘shtining hidlari tutgan, daydi dasht shamoli bu qo‘lansa dudni to‘zitmoqqa behuda urinardi.
Mo‘g‘ul lashkarlari endi bamaylixotirlik bilan qabilaning qolgan-qutgan boyliklarni talon-taroj qilishga kirishishdi. Avval but qolgan o‘tovlardagi ishga yaroqli buyumlar, turli mol-bisotlar olib chiqildi. So‘ngra sal naridagi qo‘radan sigirlar va qo‘ylarni hay-dab chiqdilar. Bir necha qop bug‘doy va arpa ham pakana otlarning yelkasiga tashlayadi. Endi manzilga qaytishsa ham bo‘lardi-yu, lekin bosqinchilar negadir shoshilmasdi. Mitti gavdali, bir ko‘zi shig‘raygan mo‘g‘ul tilmochga allanimalar degan edi, u qabila oqsoqoliga yuzlandi:
— Menga qara, qari alvasti, agar tirik qolishni istasang, qo‘ylarning birini so‘yib, et. Shonli mo‘g‘ul lashkarlari shu yerda ovqatlanishmoqchi.
Oqsoqol ziyrak tortdi. U yana bir necha fursatdan so‘ng g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘lishini sezgandek, gavdasiga yarashmagan chaqqonlik bilan o‘tovlarning biriga kirib, pichoq olib chiqdi-da, qo‘ylardan birining oyoqlarini bog‘lab, yerga yotqizdi. Keyin «bismillo», deb bo‘y-niga pichoq tortdi. Qo‘yning kekirdagidan tirqirab otilgan qon egniga sachrab ketganidanmi, mo‘ysafidning yuzlari burishdi.
Olis ufqda yigirma choqli qorabayir va saman otlar mingan chavandozlar ko‘ringanida, oqsoqol qo‘yning ikki sonini maydalab, qozonga tashlayotgan edi. Ular shamolday yelib kelishardi. Nurbek boshlab kelayotgani aniq. Boyagina qabila keksalari osuda suhbat qurib o‘tirgan kiygiz ustida yonboshlab yotgan tilmoch va mug‘ullar hali ularni payqaganlari yo‘q.
Nihoyat, sahroni ot tuyoqlarining do‘pir-do‘piri tutib ketdi. Bosqinchilar depsinib o‘rinlaridan turdilar. Lekin ular kechikishdi. Oldinda quyunday uchib kelayotgan otliq — sochlari va qosh-kipriklari kuyib sarg‘ayib ketgan yosh yigitning olisdanoq zarb bilan otgan pichog‘i birinchi bo‘lib tilmochning ko‘ksiga qadaldi. Bosqinchilarning malayi gayritabiiy ovoz chiqarib, bo‘kirganicha chalqanchasiga ag‘darildi. Til tortmay bandalikni bajo keltirgan tilmochning ko‘zlari ochiq qolgandi. Ikkinchi otliq uloqtirgan arqonga ilashgan mitti gavdali, bir ko‘zi shig‘raygan mo‘g‘ul laqqa cho‘g‘ ustiga borib tushdi. Shu ondayoq egni-boshi gurillab yopa boshlagan mo‘g‘ul jon holatda ikki-uch marta chinqirdi-yu, tinchlandi.
Otliqlar bir necha fursatdayoq mo‘g‘ullarniig qo‘l-oyoqlarini bog‘lab, bamisoli so‘yishga tayyorlangan qo‘ylardek oqsoqolning oyoqlari ostiga tashlashdi. Ovdan muddatidan ilgari qaytishga majbur bo‘lgan bu baquvvat va qirchilla yigitlar endi tobora so‘nib borayotgan alanganing kalta-kalta alvon tillariga mislsiz g‘am-g‘ussa va armon bilan tikilishar, ich-ichlaridan o‘rtanishardi.
Qabila sardori shoshilmay o‘rnidan turdi-da, oldinga o‘tdi. Biri biridan og‘ir o‘ylar uning miyasini iskanjaga olgandi. Chehrasidagi taram-taram ajinlar yanada ko‘payib qolganga o‘xshardi. Hozir qadimiy, ibtidoiy sud o‘zining uzil-kesil hukmini chiqarishi kerak. Qabilaning eski udumlari bo‘yicha, kelgindilar o‘lim jazosiga mahkum etilishlari darkor…
Yosh ovchilar hukmni tezroq ijro etishga shay holda oqsoqolga sergaklik bilan tikilishar va uning ko‘rsatmasini kutishardi. Ammo qabila sarkori bir qarorga kelishga negadir shoshilmasdi. Iztirob va qayg‘u tumani chulg‘agan miyasini:«Yovuzlik payini qirqishning eng rasvo yo‘li qaysi?» degan birgina azaliy savol qiynoqqa solmoqda edi.
Birdan u o‘ng qo‘lini ko‘tarib, baland ovozda buyurdi:
— Nayza, dubulg‘a va qilichlarni sindirib, bir joyga to‘planglar!
Ovchilar bir zumda taraddudda qolishdi-yu, lekin tezda nayza va qilichlarni bir joyga yigishtirib, birma-bir sindirishdi-da, ustma-ust uyib qo‘yishdi.
— Unga moy quyinglar! — buyurdi yana oqsoqol e’tirozga o‘rin qolmaydigan bir ohangda. Yigitlarning biri yog‘och chelakni ko‘tarib kelib, qurollarning ustiga moy sepdi.
— Endi yoqnnglar!
Lahza o‘tmay sahroda yana bir gulxan paydo bo‘ldi. Hammaning diqqat-e’tibori o‘t ichida qolgan qurollar uyumida. Bu odamzodning qirg‘inbarot urush va bosqinchiliklarga qarshi ilk isyoni edi. Bu alanga insonni tinch hayotga chorlayotganday gurillar, yolkin sochar, javlon urar edi.
Qiz paydo bo‘ldi. Chamasi, u to‘s-to‘polon vaqtida bosqinchilarning ko‘zlarini shamg‘alat qilib, yashirinishga muvaffaq bo‘lgan edi. Jingalak sochli yigit uning istiqboliga otildi. Kishing sochlari to‘zigan, yig‘layverganidan ko‘zlari qizarib, qovoqlari shishib ketgandi. U ma’yus va parishon holda tobora so‘nib borayotgan alanganing goh biri, goh ikkinchisiga tikillrkan, borliq vujudi shamolda qolgan niholdek titrardi. Qizni ko‘rib, dil-dilidan suyupib ketgan qabila sarkori uni bag‘rnga bosdi-da, baland ovozda dedi:
— Mo‘g‘ullarning qo‘l-oyoqlarini bo‘shatinglar!
Yigitlar hayron. Biroq oqsoqoliing buyrug‘i muhokama qilinmaydi.
Nogoh boyadan bern sukutda o‘tirgan folbin kampirning jazavasi tutdi:
— Yo‘q! Yo‘q!.. Ollohi taolo va jami muqaddas ruhlar haqqi iltijo qilaman, ularni o‘ldiring! yo‘qsa, shafqatsiz qasos olishadi!..
Qo‘l-oyoqlari arqondan bo‘shatilgan mo‘g‘ul cheriklari qo‘rqa-pisa o‘tovdan uzoqlasha boshlashdi. Kabila ovchilari sarosima va taraddudda qolishdi. Ular ilgari sira ko‘rilmagan bunday vaziyatda nima qilishlarini bilmay hayron edilar. Baribir jingalak sochli yigit o‘zini tutib turolmadi. U kutilmaganda sal narida o‘tlab yurgan otga otilib borib shunda, qocha boshlagan mo‘g‘ullardan birining bo‘yniga arqon uloqtirib, sahro bo‘ylab sudray ketdi. Boshqalar ham junbushga keldi. Kuvish, ola-tasir, mushtlashish boshlandi. Bir necha fursat ichida dushman qora qoniga belandi qoldi.
Ovchilar qaltis xatti-harakatlari uchui o‘zlarini aybdor sezib, shoshilmay oqsoqolning huzuriga qaytish-di. Ular har qanday yovuzlik shafqatsiz jazoga loyiq, deb bilishar va yovuzlikning payini qirqishning boshqa yo‘llari bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylamasdi ham. Bu haqda bosh qotirib ko‘rgan birinchi odam qabila oqsoqoli edi.
— Safar taraddudini ko‘ringlar — dedi u xomush bir kayfiyatda. — Endi bu yerda yashay olmaymiz. Olatog‘ni oshib, yangi sahro topamiz…
Odamlar istamaygina oqsoqolning ko‘rsatmalarini bajarishga kirishdilar. Bir chetda folbin kampir xudoga iltijo qilardi. Shu choq ot tuyoqlarining dupuri eshitildi — hali dushmanni sirtmoqqa solib sahroga sudrab ketgan Nurbek ko‘rindi. U xursand edi.
— Yuzimmizni yerga qaratding, — dedi oqsoqol birdan ovozi qaltirab. — Endi… to‘rt tomoning qibla…
— Gunohim nima, bobojon? Axir, ulardan kuyib kul bo‘lgan onam, aka-ukalarim, opa-singillarimning xunini oldim-ku!
— Gunohing — qotilliging… — oqsoqol – mung bilan yerga qaradi. — Yovuzlikni yovuzlik bilan yengish mumkin emas ekan!..
U sukutga ketdi. Ro‘parasida qora ko‘zlarini jovdiratib Nurbek turardi
— Nima gap? — yigitning oldiga o‘tov ortida bekinib turgan qiz yugurib keldi. — Bobom seni haydayaptimi?
— Ha…
— Kayoqqa ketmoqchisan?
— Boshim oqqan tomonga-da.
— Men ham sen bilan…
Yigitning ko‘zlaridan o‘t chaqnab ketdi.
— Chindan-a?..
— Chin so‘zim!..
Nurbek mayda o‘rilgan sochlari taqimiga tushgan xush-qomat qizni bag‘riga bosdi. Uning ko‘zlarida yosh.
— Nega yig‘layapsan?
— Yolg‘iz ikkalamiz…
— Unday dema, — yigit qizning gapini bo‘ldi. —
Oila quramiz, o‘zimizdan o‘zimiz ko‘payamiz. Xalq bo‘lamiz! Shunday xalq bo‘lamizki, unda mehr-oqibat, sadoqat, samimiylik mutloq qaror topgan bo‘ladi.
— Aytganing kelsin!
— Niyat — muqaddas, yeru ko‘k— muqaddas, shundan bizga tekkan ulush-muqaddas… Qani, ketdik!
— Ketdik!..
Ikki otliq oqshom quyuqlashayotgan dashti-biyobonga tobora singib borar, ularning ortidan ko‘tarilayotgan pag‘a-pag‘a chang bulutlari osmonu falakni tutguday edi…