Behzod Abdusamad. Tog‘ atirguli (qissa)
Hisor tog‘ining Ko‘ragon suvayirg‘ichidan boshlanib, Dehqonobod va Qamashi nomli muzofotlar orasidan oqib o‘tib, G‘uzor to‘raligi qalamravida bo‘lgan Pachkamar dengiziga quyulguchi Katta O‘ra nomi bilan xaritaga tushgan bir daryoyi azim bo‘lgan ekan. Shu daryoyi azimning irmoqlaridan biri – jami bir tegirmon davomi…