Qulahmatning hushyorxonadan chiqadigan kuni edi. Zulukdaygina mo‘ylov qo‘ygan yosh leytenant uni xonasiga chaqirdiyu, bunday vaqtda qiladigan «o‘tit-nasnhat»ini boshlayolmay, timiskilanib qoldi. Stolidagi qog‘ozlarni yig‘ishtirdi, tungi navbatchilar bulg‘ab ketgan kuldonni qayoqqa to‘kishni bilmay, noiloj qaytib joyiga qo‘ydi. Bu hamon g‘ashiga tegardi shekilli, tag‘in olib stol tagidagi sim savatga, g‘ijim qog‘ozlar ustiga to‘kdi. Chekmaydigan odam, tamaki kulining hidiga burnini jiyirdi. Bosh ko‘tarmay, Qulahmatga gap qotdi:
— Yara bitmabdi-ku hali ham…
— Bu… o‘tgan safargi,— dedi Qulahmat ham bosh ko‘tarmay, iyagida soqol aralash ko‘tirlab qotgan eski yarani siladi. Keyin kir ko‘ylagining yoqasini qayirib yelkasini ko‘rsatdi.— Kechagisi mana, bilinmay ketdi…
Esh leytenant yana ancha ezmalaidi-da, axiri uiing yuziga tikka, achinib boqdi:
— Menga qarang, Qulahmat aka,.. yoshingiz ellikdan oshibdi. Men sizga o‘g‘li tengi odam, har gal o‘git-nasihat qilib o‘tirsam…— u gapidan to‘xtab qoldi. Qulahmatning turqi haqiqatan ham juda ayanch edi.
Hushyorxonada dush bor, sovun bor, majbur qilib cho‘miltirishadi, soch-sodollarini qirib qo‘yishadi. Bu bo‘lsa o‘shanda ham bir umr sovun ko‘rmaganday… Yo‘q, u o‘zi shupaqa, turgan-bitgani shu, qandaydir yuziqsizning nusqi bor afti-basharasida… Qovoqlari salqi, yorg‘oq boshiga qasmoq do‘ppini bostirib kiygan, bilaklarida yuvsa ketmaydigan dog‘lar, qoramoy yuqi, qo‘llari chaqa, kulrang yuzida eski-yangi yara izlari, bo‘yinlarn tirnalgan…
— … baribir nasihat qilishga to‘g‘ri keladi,— deb davom etdi leytenant.— Hech kim siz bilan menday muloyim gaplashmaydi, bilib qo‘ying. Ish joyingizga ham bu gal, mayli, qog‘oz yozmayman. Buning qadriga yetish kerak. Agar yana bir marta mushtlashadigan bo‘lsangiz…— qarasa Qulahmatning xayoli uzoqda, qulog‘iga gap kirayotgani yo‘q. Leytenant o‘rindan turib eshikni mahkamroq jipslab yopib keldi.
— Menga qarang, grajdanin Qulahmat aka, agar ichmaslikning ilojini topmasangiz, iching…
— Men piyonista emasman.
— Iching, mayli,— dedi leytenant eshik-derazaga yana alanglab qo‘yib,— lekin janjal-suron ko‘tarmang, xudo haqqi, mushtlashmang! Hech bo‘lmasa shuni eplay olasizmi?
— Men hech kimni urmayman… Meni…
— Nega meni hech kim urmaydi-yu sizni uradi? Bekor gap! Jim yotgan itni ham hech kim tepib o‘tmaydi… — Leytenant, so‘z og‘zida qolib, kamgap Qulahmatga yer ostidan qarab — kechirasiz…— deb qo‘ydi-yu, o‘zi ham o‘ng‘aysizlanib,jim bo‘lib qoldi.
— O‘tgan gal ham shunday degansiz,— dedi ovozini pasaytib.— Kim urdi desak, xuddi bezabon, indamaysiz. Bezorilarni, jinoyatchini yashirganlik uchun qonunda alohida modda bor, bilasizmi?
Leytenant amin edi: Qulahmat ashaddiy ichkilikboz. Ichsa shunday mast bo‘ladiki, kim bilan adi-badi aytishib, kimlar bilan mushtlashganini ham eslolmaydi.
— Menga qarang, Qulahmat aka, odamning taqdiri o‘z qo‘lida, ha, har kim…
Ilgari ko‘p eshitgan odatdagi bu o‘gitlardan zeri-kib o‘tirgan Qulahmat shu o‘rinda bir hushyor tortganday, seskanib qo‘ydi, qizargan mijjalarini pirpira-tib leytenantga tikildi.
— Qo‘lingizda hunaringiz bor, otam, shu yoshga kirib o‘zingizii eplolmagapingizga… Ahvolingizga qarang… Mening sizga gap uqtirib o‘tirishim uyat. Boring.
Qulahmat xuddi shunday bo‘lishini kutganday, yengil turib eshikka qarab yurdi, lekin ostonada orqasiga qayrilib, xuddi yosh bola singari:
— Ikkinchi qilmayman, leytenant,— dedi-da eshikni tovushsiz yopib chiqib ketdi.
JEKka qaytib kelganida soat to‘qqizdan oshgan, xonalarda hech kim yo‘q edi. Telefon jiringladi, Qulahmat trubkani olib, «Hech kim yo‘q, hamma ob’ektda» dedi-da, o‘zining divaniga cho‘zildi. Uning yotadigan joyi shu, o‘rtoqlari o‘rniga kechalari navbatchilik ham qiladi, shuning uchun hamma xodimlar undan xursand. Kechayu kunduz tinmay jiringlab turadigan telefonga beriladigan javob ham yod bo‘lib ketgan, xuddi avtomatday: «Hech kim yo‘q, hamma ob’ektda».
Hozir yotdiyu yosh leytenantni o‘ylab ketdi: yaxshi bola. Milisaga sira ham o‘xshamaydi. Taqdir odamning o‘z qo‘lida emish… Jo‘n gapini qara. Hay, to‘xta, bordiyu chindan ham shunaqa bo‘lsa-chi? Eh-he… Aytishga oson. Sodda-da, nimani ham ko‘ribdi. Nima bo‘lsa ham, bolani qiynamasligi kerak. Yo‘q! Endi boshqacha yashaydi, gap bitta!
U ishchanlik bilan o‘riidan turib, buyurtmalar yoziladigan daftarni varaqladi. Titilab ketgan varaqlarga santexnikka kechasi bilan to‘rtta buyurtma tushgani yozilgan ekan. Sherikchilik tumbochkasidan kechagi somsa bilan ikkita olmani olib, tikka turgancha chay-nadi, ustidan shishani boshiga ko‘tarib kefir ichdi-da, asbob qutisini olib yaqinroq manzilgohga qarab jo‘nadi. Qayerlaridir zirqirar, boshi g‘uvillab, qoqilib-surilib borardi.
Qulahmatning qo‘li gul. Hunariga ehtiyoj ham ko‘p. Zang bosib ishdan chiqqan vintillar, rezinasi yeyilib oqib yotgan kranlar, latta tiqilib qolgan oqova quvirlarn, tirsillab devorga urgan qaynoq suv… Bu og‘ir, gohi nopok, qora ishlarning oxiri-keti yo‘q. Bu bilan bir umr kun ko‘radiganlar ko‘p. Qulahmat ham yuraversa bo‘lardi, hech kim xalaqit bermaydi. Lekin tirikchilik ekan, ba’zan bir nimaga duch kelib qoqiladi-da, ke-in… Ayb albatta o‘zida. Yoki taqdir o‘z qo‘lingda degani shumikin? Taqdir… taqdir degani bu umr-ku axir? Butun bir umrga bitta leytenant bilan duchlashuv nima degak gap, bir hafta vaqtning o‘tishi-chi? Mana, bir haftasi ham o‘tdi, voqeasiz, mashmashasiz… Hammasi joyida, hamma buryutmalar bekami-ko‘st bajarilib turibdi. Qulahmatning yaralari ham bitib ketdi, milisaga ham duch kelgani yo‘q. Zulukmo‘ylov leytenaitni ham endi yelkasyning chuquri ko‘rsin!
Lekin oilasiz odamning ishi qiyin, ba’zan yolg‘izlik ich-ichini yeydi, yuragi ezilib ketganda dil tortib kimlargadir yaqinlashadi, ulfatga qo‘shiladi. Maia, hafta tinchgina o‘tdi deganda, to‘qqiz qavatlikning bnqinnda bir to‘da remontchilar uchrab qoldi. Kranini tuzatgan kvartiraning issiq suvini ochib, podvaldan chiqib kelarkan, bu suronli, xushchaqchaq bolalar keksa santexnikni kasbdosh deya o‘zlariga yaqin olishib iliq salomlashishdi. Shokir degan bir cho‘log‘i bor ekan, og‘zi qulog‘ida, cho‘ntagidan yaritmani olib ko‘z-ko‘z qildi.
— Qayoqdan olaqolding darrov, Lang?
— Tekin! Osmondan tushdi!— dedi Shokir cho‘loq,— oltinchi qavatdan batareyani ko‘tarib tushayotsam, bir kampir tushmagur etagimga osilib olsa bo‘ladimi! Kirsam, suv oqib vannasi jezday sarg‘ayib yotibdi. Savob bo‘lar deb, shundoq olib qayta burab qo‘yuvdim, tappa to‘xtadi, jonivor. Endi chiqay desam, kampir manuni qo‘ynimga tiqayapti. Yo‘q, buvi, dedim, bizga oylik to‘lashadi, bo‘maydi, dedim. Qani endi ko‘nsa, hansiragan-cha, hadeb tiqishtirayotibdi-da kampir tushmagur. Atay navbatga turib, senga deb olib qo‘yganman, bir hafta kutdim seni, deydi. Meni santexnik deb o‘ylagan ekan. Tak chto, boboy, sizning ham haqqingiz bor bunda, yuravering,— deya Shokir Qulahmatni yengidan ushladi.
— Io‘q, bolalar, menga to‘g‘ri kelmaydi!
— Be, besh kishiga nima bo‘lardi yarimta, yuring,— deyishdi sheriklari ham.
— Rostini aytsam bolalar, kech qolaman…
Qulahmatning bo‘shgina qarshiligini noz deb tushungan ulfatlar qo‘yarda-qo‘ymay uni to‘qqiz qavatlining podvaliga olib tushib ketishdi.
Bu podvalni Qulahmat yaxshi bilardi: ozodagina issiqxonasi bor. Sozlovchilar axlatxonaga tashlab yuborilgan eski stol bilan shaloq divanni ham slib kirib, uyoq-buyog‘ini tuzatib olishgan. Goho sovuq kunlari shu yerda yashiklarga o‘tirib nonushta qilishadi.
Bu gal u yerdan anchagacha ahil gangur-gungur gap, ba’zan esa baralla kulgi, gohida o‘qtin-o‘qtin gurung bir maromda eshitilib turdi. Salkam bir soatlardan keyin lodvalda nimadir taraqladi, shovqin-suron ko‘tarildi, yana keyinroq esa baqiriq-chaqiriq, so‘kinish, xunik tovushlar yangradi. «Issiqxona»ning tunuka qoplangan pachoq eshigi taraqlab, qulog‘igacha qizarib ketgan Shokir otilib chiqdi. Ketidan sozlovchi bolalar yerto‘la eshigidan bir-bir chiqib har tomonga tar-qaldilar, kayfdan asar yo‘q, hammasi behafsala, qovog‘i soliq, gap-so‘zsiz, biri tish orasidan chirs etib tuflab, biri jahl bilan nimanidir tepib, jo‘nab qolishdi.
Qulahmatdan darak yo‘q edi. Yomg‘ir savalay boshladi. Chang bosgan yaproqlar yoqimli shitirlab, tuproq hidi anqidi. Tarnovdan podvalning zinasiga sharillab suv oqar edi. Shu mahal pillapoyalari ko‘chib ketgan o‘sha iflos zinada Qulahmatning qasmoq do‘ppisi, keyin o‘zi ko‘rindi. U ikki qo‘li bilan devorlarni ushlab, gohi esa «to‘rt oyoqlab», zo‘rg‘a chiqib kelar edi. Endigina hushiga kelganga o‘xshaydi. Yorug‘ jahon borligiga ishonmayotganday, ko‘karib ketgan ko‘zlarini chimirib osmonga boqdi, hansirab kesakiga suyandi, keyin o‘pka to‘latib nafas oldi-da, duch kelgan joyga, devorga suykalib o‘tirib qoldi. Yomg‘ir quyar, ro‘parasidagi daraxt barglaridan yelkalariga loyqa suv tomar, u esa, sulayib o‘tirgancha, seskanmas ham edi. Xuddi shu joyga kulmi, jarbit qoldig‘imi to‘kilgan ekan, osti ivnb qo‘lansa hid taraldi. Lekin Qulahmat buni ham sezmadi, hushiga kelishi bilan haligi ulfatlarini ko‘z oldiga keltirishga urina boshladi. U bunday «kampaniya»larni kup ko‘rgan. Ichuvchilarning ajab turfa xillari bo‘ladi. Birov sal kayf qilsa shiringina jinni bo‘ladi-qoladi. Otangdan ham mehribon, umrida ko‘rmagan odamning betiga so‘lagini surkab o‘pishgani-o‘pishgan. Birov bo‘lsa yengiltak, shilqim bo‘lib qoladi. Umrida qilgan hamma iflosliklarini hayosizlik bilan to‘kib soladi. Yana biri bekordan bekor yig‘lab, jigaringni ezib ko‘ksingni ho‘l qilvoradi. Boshqa biri zsa hayvon bo‘tshb ketadi, butun dunyo uning oyog‘iga tiz cho‘kishi kerakday, pichog‘iga qo‘l yugurtiradi. Birov beozor ko‘pirib maqtansa, birov dunyoni dushman bosganday, esiga kelgan odamni yoki o‘z xotinini yomonlab ketadi. Uni bo‘g‘ib o‘ldirishga va’da beradi. Yana birovning esa bir umr ichini tatalab, bag‘rini zaharday tilib yotgan biron dardn qo‘zg‘ab, achchiq alami posodday yoriladi-da…
Qulahmatning hayoli bo‘lindi: yomg‘ir yuvib o‘tgan yo‘lkadan bilagiga qizil tasma taqqan uchta nazoratchi gurunglashib borardi. Qulahmat o‘tirgan joyidan yonidagi buta tagiga asta ag‘anadi. Chunki ko‘z qovog‘i ko‘karib bu ahvolda o‘tirgan odamni ko‘rishsa, nazoratchilar indamay o‘tishmaydi. Qulahmat yumalab yotgan joyi bilchillagan loy bo‘lsa ham, biqiniga sovuq o‘tsa ham, chidadi, bordiyu payqab qolishadigan bo‘lsa ularga nima deyishini o‘ylab ketdi. «Tanimayman ular-ni… Men boshlaganim yo‘q. Nega bo‘lmasa odamning yuziga tuflaydn?.. Men nima qilibman ularga…» Ko‘kargan ko‘zini ushlab qo‘ydi Qulahmat. Nazoratchilar o‘tib ketishdi.
Uh… hali ham or-nomusi bor-da. Uning o‘rnida boshqa birov bo‘lsa bu milisa-yu hushyorxonalarni allaqachon pisand qilmay qo‘ygan bo‘lardi. Ha, nomusini saqlab qolgan, naqadar azob bo‘lsa ham u bilan yashash…
Ammo-lekin jo‘nash kerak bu yerdan. Mahallaga otning qashqasiday bo‘lib qoldi. Umuman, bu tumanda, iloji bo‘lsa bu shahardan butunlay gumdon bo‘lish ke-rak. Yuradimi endi batta zulukmo‘ylov bolaga chap berib… Nega iloji bo‘lmas ekan? Bedananing uyi yo‘q, qayga borsa pitbildiq.
Ertasiga arizasini tashlab, asbob qutisini oldi-da, avtobusga chiqdi.
— Bitta. Ohangaronga.
— Avtobus Chirchiqqa boradi.
— Mayli, Chirchiqqa,— dedi Qulahmat. Pattachi uning aftiga bir qarab qo‘yib patta yirtib berdi.
Qulahmatning yo‘ldayoq omadi yurisha boshladi. Bir o‘rindiqda to‘rxaltalarini tizzasining orasiga olib o‘tirgan qo‘shnisi, baqaloqqina porum yigit, juda ochiq, sergap ekan, bir pasda o‘zini ham batamom tanitib, Qulahmatni ham miridan-sirigacha bilib oldi.
— Bizni xonim mana shunaqa — to‘rttani tug‘ib qo‘yib… Ana endi bu qopu tugunlardan akang qarag‘ayni yelkasi yag‘ir… Xo‘sh, zndi munday qilamiz, Qulahmat aka. Avtobusdan tushib tikka kapratipga boramiz. Temirni qizig‘ida bos, degan mashoyixlar. Bizda ishlaydiganlar albatta kamida ikki-uch hunarni egallagan bo‘lishi kerak, amolaykim boshlig‘imiz o‘g‘ilbola yigit, sizning ahvolingizni hisobga oladi. Keyin, santexnik degani bizda yo‘q hisob.
— Menga qarang, Hojimat uka… Boshliq deyapsiz, men uning oldiga bu qiyofada kirsam…
Hojimat qo‘shnisiga razm solib, boshidan oyog‘igacha yana bir ko‘zdan kechirdi.
— Hechqisi yo‘q, undan avval sartaroshxonaga birrov kirib, pardoz qilib chiqamiz, aka.
Qulahmat xursand bo‘ldi.
— Siz o‘zingiz qaysi hunarlarni…
— Menmi? Men,— deb ilib ketdi Hojimat,— hozircha suvoqdaman. Amolaykim zarur bo‘lganda oboy yelimlashni ham eplab turibman. E, yigitga hunar kasot ekanmi, o‘rganib ketasiz, Qulahmat aka, bizda nima ko‘p ikir-chikir yumush ko‘p. Muhandis, dezayner, agronom, hatto pedagoglar ham bor amolaykim. Ushalarning orasida siz bilan biz ham yursak nima qipti, aka. Daromad bo‘lsa chakki emas.
— Bunisi menga baribir…
— Menga ham! Amolaykim mana bu zumrashalar bor-da,— deb Hojimat negadir yana to‘rxaltalarini ko‘rsatdi. Bu baqaloq Qulahmatga borgan sari yoqardi, ko‘pdan beri birinchi marta ichi ilib, jilmayib qo‘ydi.
Ular to‘rxaltalarni ko‘tarishib tushgach, sartaroshga kirib chiqdilarda, shahar bog‘ining orqasidagi bir qa-vatlik bino yonida to‘xtadilar. Hafsala bilan tekns oqlangan bino peshtoqiga «Fayz»—kooperativ «UYuT» degan lavha qoqilgan edi. Hojimat «Dadil bo‘ling, aka, boshlig‘imiz o‘g‘il bola yigit, ha!» deb Qulahmatni shu yerda qoldirib «zumrashalari» yoniga shoshdi. Boshliq chindan ham o‘g‘ilbola yigit ekan, siyosat, qilib o‘tirmadi:
— Bizda hozir birinchi galdagi masala —«Fayz» ning obro‘sini oshirish. Jamoamizda hamma ziyoli.
— Tushunarlik. Men ichmayman. Agar qoidalarin-gizga xilof bir ish o‘tsa ikkinchi kuniyoq bo‘shatib yuboring, roziman.
— Ish bo‘shatishgacha borsa, kech bo‘ladi. Men sizdan hech narsani yashirmayman.
— Men ham yashirmayman, sizga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan ikkita kamchiligim bor: birinchidan, hunarim bittagina, ikkinchidan, turarjoyim yo‘q.
Boshliq biroz o‘ylanib, kuldi:
— Bu ikkitagina kamchilikdan ikkita fazilat yasamasak, kooperator bo‘lib qayoqqa bordik!
Qulahmat tushunmadi-yu yuzi yorishibroq unga tikilib qoldi.
— Bizga «tungi direktor» ham kerak, hunaringiz ikkita bo‘ladi. Shu yerda, — qo‘llarini yozib, yaxshi jihozlangan keng xonani ko‘rsatdi,— hozircha shu yerda yotib ham yuraverasiz. Shu bilan ikkinchi kamchiligingiz ham…
Qeyin u «tungi direktor»ning vazifalarini uzoq tushuntirdi.
Shunday qilib ajoyib odamlar orasiga tushib qoldi Qulahmat. Bunaqangi omad tushiga ham chalingan emasdi. Uy-xo‘jalik ishlarining o‘nlab xillarini bajarib turgan «Fayz» kooperativini butun shahar bilardi. «Fayz»danman, chaqirganmidingiz?» desa qo‘li gul bolalarga hamma eshiklar lang ochiq. Qulahmat ikki oy deganda umrida kiymagan kostyum oldi, hushyorxonalarda qirilaverib unutilib ketgan sochlari ham qorayib chiqdi. Chakkalarigina jinday kumushrang edi. Yuzidagi, bo‘ynidagi yaralar chandiqsiz bitib ketdi.
Ammo bu yuzaki o‘zgarishlar, yuzadagi yaralar ekan.
Ularning bitmaydiganlari borligini oddiy bir telefon qo‘ng‘irog‘i eslatib qo‘ydi.
Qulahmat tungi buyurtmalarni dispetcherga topshirgandan keyin, kabinetni shamollatib, endi nonushtaga chiqmoqchi bo‘lib turgan edi, boshliqning xosxonasida telefon jiriiglab qoldi.
— Allo, ha, «Fayz,— dedi Qulahmat trubkani olib.
— Ijroqo‘mdai gapiryapmiz, allo, men Mirtojiyevman… eshityapsizmi?
Qulahmat bo‘shashib, oqarinqirab ketdi.
— Kim? Kim gapiryapti?
— Komil Mirtojiyevichman…
Ijroiya komitetining xodimi keyin kooperativ bi-lan tuzilgan shartnoma-yu uning allaqaysi moddalari, qandaydir instruktsiya haqida ezmalanib gapirdi. Bu tanbihu eslatishlar Qulahmatning qulog‘iga kirgani yo‘q, u tarashadek qotib qolgan edi. Trubkaning joyini zo‘rg‘a topib qo‘ydi-yu, hozir Komil Mirtojiyev eshikdanmi, derazadanmi kirib keladiganday, atrofga alangladi. Keyin esini sal yig‘ib oldi shekilli, divanga o‘tirib qoldi, ko‘ziga stoldagi telefon apparatidan boshqa hech narsa ko‘rinmas, haligi ovoz havoda muallaq osilib turar edi: «Komil Mirtojiyevman…»
Avval, u meni atay qidirib topib tusmollab tele-fon qilyapti, degan fikr keldi, unday bo‘lsa, tanidimi-yo‘qmi? To‘xta-chi… ovozi o‘xshamaydi shekilli? E, shuncha yillardan keyin ovozni tanib bo‘lar ekanmi. Qo‘chada ro‘para bo‘lishsa ham bir-birini tanimas… Darvoqe, bu boshqa odam bo‘lsa-chi? Ismi-familiyasi o‘xshash odamlar kammi!
Bu o‘ylardan Qulahmatning joniga orom yetmadi. Bu o‘sha Komilmi, boshqami, endi buning ahamiyati yo‘q, go‘yo butun umrining astar-paxtasi ag‘darilib, o‘y-xotiralari ham, ko‘ngil mulki ham alg‘ov-dalg‘ov bo‘lgan edi.
Ertasiga Qulahmat g‘oyib bo‘ldi. Toshkent vokzalida tasodifan o‘sha Hojimat porumni ko‘rib, «Fayz»ga endi qaytib bormasligini aytdi. U xuddi tuman ichida adashganday, boshi oqqan tomonga qarab yurardi, qayoqqa bo‘lsa ham, faqat olisroqqa ketsa bo‘lgani…
Kechasi bir maromda taqa-tuq, taqa-tuq qilib, shaldirab ketayotgan bo‘sh vagon ichida hushiga keldi. Mudrab qolgan qariyaning tikkaytirib qo‘yilgan qopiga suyanib o‘tirgancha mizg‘iyotgan ekan, ko‘zlarini yirtib, derazaga qaradi. Ushanda ham, bu vagonda qayoqlarga ketayotganini emas, o‘sha Komilni o‘ylardi. Bu uzuq-yuluq xotiralar tushlarini o‘ngiga ulab qancha davom etdi — o‘zi ham bilmaydi.
…O‘qish muhimmi, g‘oyaviy soflik muhimmi? G‘oyaviy soflik muhim. Bu isbot qilingan. Bu isbot talab qilmaydigan aksioma edi. Shuning uchun dars emas, majlis birinchi o‘rinda turardi. Komsomol majlisi uch kun surunkasiga davom etganda ham pedagoglar hech narsa deyolmay muallimlar xonasida intizom saqlab, kun-uzun shumshayib, bekor o‘tirishardi.
Institutning katta zalida bu shovqin ikki kundan beri tinmaydi. Uchinchi kuni Mirkomil (u vaqtda Komilning oti shunday to‘la aytilar edi) majlisni qariyb butunlay o‘z qo‘liga oldi. Uning ovozi hamma suronlarni bosib tushar, keskin, dadil edi. Avval zalning o‘rtarog‘ida kursining ustida tikka turib, qo‘llarini paxsa qilgancha, baqirib gapirdi. Keyin minbarga chiqib oldi. Minbar sahnada, baland joyda bo‘lib, unga chiqib qo‘llarini yoygan odam zaldagi xalqning ustida uchib ketayotgan burgutday ko‘rinardi. Mirkomil dastlab minbarga bir necha gazetalarni yoyib tashladi-da baland ovoz bilan undagi yirik sarlavhalarni o‘qidi:
— «Gazandalar xalqning qahri g‘azabidan qochib qutilolmaydi!» «Hukmimiz beayov: xalq dushmanlariga o‘lim!» «Itga it o‘limi — azmi qarorimiz qat’iy!»— zaldagi mudhish jimlikka bir zum quloq solgandan keyin Mirkomil davom etdi — Mana shu adolatli hukmu qarorlarda institutimiz kollektivining ham munosib hissasi, vijdon ovozi bor! Sovet kishilari halqaro imperializmning qonxo‘r josuslarini temir supurgi bilan supurib tashlayotgan bir paytda biz o‘z saflarimizning g‘oyaviy sofligiga loqayd qaray olamizmi?! Fosh etilgan xalq dushmanlarining arzandalari oramizda bemalol yursa, biz bunga chidab turishimiz mumkinmi? Xo‘sh! Mana, hali ham komsomol safida yurgan ikkinchi kurs talabasi Qulahmat Nazirovning otasi qayerda hozir, bilasizlar! U o‘z arzandasining quloqlariga, uning yuragiga qanday qora niyatlarni, o‘zining qanday chirkin umidlarini shipshidi ekan, xo‘sh, buni kim ayta oladi? Men saflarimizni bunday shubhali unsurlardan tozalashni qat’iy talab qilaman!
Uch kundan beri shunday suronlar ichida gangib o‘tir-gan studentlar zalni boshlariga ko‘tarishdi. Shunda ham Mirkomilning baqiroq chaqiriqlari hammadan baland eshitilar edi.
— …komsomol safida o‘rin yo‘q!
— …o‘chirilsin!
— Haydalsin!
— Otasining yoniga borsin!
Qulahmat, bu suron oyoqdan yiqitadiganday, quloqlarinn ikki qo‘llab bekitib, baqiriq-chaqiriqlar ostida qoqila-suqila zaldan chiqib ketdi. Uni ovozga qo‘yish, qo‘l ko‘tarish yo‘li bilan emas, quvib haydab soldilar. Uni komsomol safidan emas, hayotdan haydab chiqardilar. «Otasining oldiga borsin!» Qayoqqa boradi, otasi qamalganiga ikki yil bo‘ldi, otildimi, surgun qilindimi — darak yo‘q. Qayoqqa boradi.
Tentirab yana o‘sha institut yotoqxonasiga borib qoldi. Begona ko‘zdan yashirinib, qo‘rqa-pisa yotog‘iga kirib, yechinmayoq, ko‘rpaga o‘ranib yotdi. Ko‘zidan tirqirab chiqqan yoshlaridan ori kelib, go‘yo o‘t ichida to‘lg‘anib kunni kech qildi. «Dadajon, o‘zingiz dushman bo‘lsangiz ham, menga yomon ishni o‘rgatmagansiz-ku! Qulog‘imga hech narsani shipshimagansiz! Nega bunday qilishadi? Endi qayoqqa boraman, endi qayoqqa sig‘aman? Mirkomil-ku, mayli, u mendan Murshida uchun o‘ch olayapti, ko‘rgani ko‘zi yo‘q. Boshqalar-chi? Gazabda to‘s-to‘polon ko‘targan zal ko‘z o‘ngiga keldi baqiriq-chaqiriq, nohaq haqoratlar qulog‘ida yangrab, boshini ko‘rpaga burkab oldi.
Ertasiga Murshidani hech qayerdan topolmadi. Dardini aytib ko‘nglini bo‘shatadigan birdan-bir yaqini shu edi, nima “bo‘ldi, nahotki u ham… Institutda darslar yo‘q hisob. Majlislar davom etyapti. Qulahmatning esa endi boradigan majlisi yo‘q. Gaplashadigan odami ham yuq. Moxovday yakkalanib, hech qayerga sig‘may qoldi. Faqat yotoqxonadagi farrosh kampir «dardingni olay, boy bo‘lgur» deb budkasiga chaqiradi-da, choy uzatib gurunglashib o‘tiradi. U bir kuni xunuk gap aytib qoldi: Murshida qishlog‘iga ketib qolganmish.
Keyin Qulahmat bu gapning tagiga yetdi. Mirkomil uning yotog‘iga bostirib kirib shilqimlik qilibdi. Avval yaltoqlik bilan: «jazmaningni kavushini to‘g‘-riladik, endi otasining oldiga ketadi, umidingni uz» depti. Shu gapiga Murshidadan tarsaki yegandan keyin, «manjalaqi, gazandaning quyqasi!» deb haqorat qilib chiqib ketibdi. Tarsakining alami juda o‘tib ketgan ekan, bunga ham qanoatlanmay talabalar orasida Murshida haqida fisqi-pasot tarqatibdi. Endi majlisga olib chiqmoqchi bo‘lib yurganmish: «Fosh etilishini bilib, institutdan qochib ketdi, shuning o‘zi isbot qilib turibdiki…»
Qulahmat bunisiga dosh berolmadi. Uzi har narsaga, harqanday turtkiyu tepkilashlarga ko‘nishi mumkin, ammo Murshidani tahqirlatib qo‘yishga uning yigitlik paylari tortishib.
Qulahmat hali nima qilmoqchi ekanini bilmasdi. Bunday paytda odam o‘z tarbiyasiga, o‘z muhitiga, o‘z zamonasiga yarasha ish tutadi. Davrlar bo‘lganki, bunday vaziyatda yoshlar bir-birlarini duelga chaqirishgan. Lekin Qulahmat o‘z davrining bolasi, uning mnya-siga duel emas, boshqa tadbir kelishi tabiiy edi.
«To‘xtab tur, Mirkomil!—dedi u yaia,— to‘xtab tur, tavbangga tayantirmasam! Uzingni shu kunga solmasam!»— bu tahdidning davomi borga o‘xshaydiyu nima ekanligi darrov esga kelaqolmasdi.
Esga avval boshqa bir narsa keldi, bundan bir yil-cha avval bo‘lgan bir dars. Ximiyadan, tajriba darsi.
Ximiya laboratoriyasi kamdan-kam ochilar, qarovsiz edi. Farrosh xotinning paqiru supurgilari, yong‘inga qarshi asboblar ham shu yerda saqlanar, foto to‘garagining mashg‘ulotlari ham shu yerda bo‘lar, keyingi vaqtda esa bu qorong‘i xona naq omborga aylantirilgan edi. Tajriba darsi boshlanganda muallim bu tartibsizlikni ko‘rib, o‘zicha nimadir deb do‘ng‘illadiyu, darsni davom ettirdi. Oyoq ostida qandaydir portretlar teskari qilib devorga suyalgan, shior yozilgan qizil alvoilar g‘ijimlanib chang bosib yotar, eski kursilar bir-biriga mingashtirib taxlangan, hatto biri pachoq, biri butun qandaydir haykallar, byustlar ham burchak-burchakka yumalatib qo‘yilgan edi. Sirka, oltingugurt hidi anqib, devordagi krandan chak-chak suv tomar; muallim spirtovkayu probirkalar qalashib yotgan o‘z stoli yoni-da u yoq-bu yoqqa yurib turib gapirardiyu, ko‘rinib turardiki, oyoq ostida tartibsiz yotgan lashlush jig‘iga tegardi. Ayniqsa, ganchdan yasalgan bitta oq byust bemalol yurib gapirishiga xalaqit berardi. Kimning byusti ekani ma’lum emas, lekin g‘ira-shirada xuddi tirik odam oyoq ostida yumalab yotganday, muallimning g‘ashiga tegaverdi. U yoqqa o‘tdi — oyog‘i tegib ketib bir qara-di, buyoqqa o‘tdi — oyog‘i tegmasa ham egilib yana bir qaradi. Axiri o‘sha yumalab yotgan labi kemtik oq byustni egilib qo‘liga oldi-da, do‘q etib deraza rafiga o‘tqizdi, keyin basharasiga bir qarab, deraza pardasining orqarog‘iga surib qo‘ydi. Dars davom etdi.
O‘sha vaqtda qorong‘i omborxonalarga tashlab, ko‘zdan yashirib qo‘yilgan siniq-pachoq byustu haykallar ko‘p bo‘lar, bu o‘shalardan biri, Akmal Ikromovning byusti edi. Xo‘sh, allaqachon o‘tib ketgan, odatdagi, jo‘ngina bu dars nima uchun hozir alamzada Qulahmatning hayolita keldi, dersiz. Gap shundaki, o‘sha ximiya muallimi, muloyimgina ziyoli odam, Mirkomilning dadasi edi.
Qasos jazavasida qolgan Qulahmat «hapsanimi!» deb tishini tishiga bosdi-da yotog‘iga bekinib, qo‘liga qog‘oz-qalam oldi.
Xalq dushmanining haykalini ro‘parasiga qo‘yib sovet yoshlariga «dars» beradigan gazanda ozodlikda yurarmidi! Tez orada Qulahmatning qora kuni Mirkomilning boshiga tushdi. Majlislar esa davom etardi. O‘qishlar-chi? O‘qishlar muhim emas, g‘oyaviy soflik muhim. Bu — Mirkomilning o‘z iborasi.
Yillar o‘tib, Qulahmatning dadasi, yupun, orriq, qarib qolgan bo‘lsa ham, eson-omon qaytib keldi. O‘qishdan qolib ketgan bo‘lsa-da, aqli-xushi butun o‘g‘liga to‘ymasdi: «Men o‘zimdan emas, sendan xavotirda edim, o‘g‘lim, xayriyat!—deb Qulahmatni qayta-qayta quchardi,— davr axir odamlarni ne kuylarga solmadi, otasidan kechib ketgan bolalar bor. Yomon yo‘lga kirganlar qancha…»
Qulahmat hali yomon yo‘lga, kirmagan edi. Yana bir yildan keyin ximiya muallimining otilib ketganligi ma’lum bo‘ldiyu, Qulahmat, ichiga lovullagan cho‘g‘ tashlanganday, o‘zini qayoqqa qo‘yishni bilmay, uzlat istab borib «betonka»dagi xoli restoranda birinchi marta «to‘yguncha» araq ichib, yiqilib qoldi. Mastlikda kimga nima dedi, eslolmaydi, lekin noma’lum odamlardan kaltak yeb, sulayib qaytdi. Uning kimgadir nimadir deyishi kerak edi. Lekin hushyor vaqtida aytolmaydi. Ichishi kerak. Bu qilig‘i bilan uch yil deganda otasining o‘lib ketishiga ham zomin bo‘ldi. Ammo bu kudfat ham ichidagi cho‘g‘ni o‘chirolmadi. Nazarida uning yallig‘ini faqat araq sal paslatardi. Negadir, uni ko‘p kaltaklar edilar, u esa o‘chakishib, yana ichaverdi.. Goho tiyildi ham, bunga irodasi yetardi, lekin, hayog eqan, gohida bir qoqilib…
…Vagon taraq etib, tormozlar xunuk g‘irchilladi. Qulahmat uzoq uyqudan uyg‘onganday, bir seskandi-da, qop egasi qariyaga uzr aytib vagondan tushdi. U xuddi shu shaharga kelayotgan yo‘lovchiday chaqqon tushdi, lekin qayerga kelganini hali bilmasdi. Buning ahamiyati ham yo‘q edi.
Bunday paytlarda Qulahmat Ubaydulla tog‘ani eslaydi. U tegi moldaviyalik lo‘lilardan bo‘lib, asli oti Bodulay. Burni doim qip-qizil, sochlari jangalak-patak, bilmagan hunari yo‘q, qo‘li gul odam edi. Qulahmat ikkinchi kursdan haydalib, behujjat, bekasb, sargashtayu sargardon bo‘lib yurganida shu odam uni qanoti ostiga oldi. «Senga bir hunar o‘rgatamanki, hujjatning ham hojati bo‘lmaydi», dedi. Chindan ham, Qulahmat santexnik bo‘lganidan beri hali beish qolgani yo‘q. Bodulay tog‘aning bir hikmatli gapi hozir yana yodiga tushdi: «Shahar yo‘qqi, unda JEK bo‘lmasa, JEK borki unda santexnikka albatta ehtiyoj bo‘ladi!»
Shuning uchun qayerga kelib tushganining ahamiyati yo‘q edi. Darvoqe tez orada ma’lum bo‘ldiki, bu yer Begovot ekan.
Qulahmatning oldida eshiklar yana ochildi. U ishdan qo‘rqmaydi, duch kelgan joyda tunab ketaverishga ham o‘rgangan. Faqat yana o‘sha eski dard — yolg‘izlik. Ayniqsa, charchab kelganida u jismoniy og‘riqqa aylanadi. Gohi shunday tuyuladiki, yonida bir suhbatdoshi bo‘lsa, balki boshi ham chatnab og‘rimas, beli ham zirqiramas edi. U odamlarga intiladiyu ulfatdan hadiksiraydi. «Odamovi ekan» deydiganlar uning dardini bilmaydi albatta, tasodifan uchrashib, ikki og‘izgina gap qilib o‘tib ketadigan odamlar, o‘tkinchi muloqotlar uning uchun birdan-bir najot.
Begovotliklar odamshavanda, xushmuomala, sodda-sofdil bo‘larkan. «Usta» deganni Qulahmat shu yerda eshitdi: «Bo‘ldimi, usta?», «Baraka toping, usta!» Shamolini aytmasangiz, shaharning o‘zi ham durkungina ekan. Shamol nima, Qulahmatning ishi yuzada emas, shaharning tagida. Binolar yangi bo‘lganidanmi, «er osti xo‘jaligi» hali ancha botartib, zanglash, yorilish, avariyalar kam, ko‘pincha mayda-chuyda ish: kran, vintil, deganday… eshik qo‘ng‘irog‘i jiring etadi, «Texnik, chaqirganmidingiz?», «Ha, keling, usta!» Unga hamma peshvoz, hamma xursand.
Kunlardan bir kun zavodga qarashli to‘rt qavatli uydan buyurtma tushdi. Bu ham o‘shanaqa, arzimagan yumush: oshxonada idish-tovoq yuvadigan kran hushtak chaladigan bo‘libdi. Uynab-kulib borib, o‘ynab-kulib to‘g‘rilab keladi.
Uchinchi qavatda yoqimtoygina ayol eshik ochdi, tistarilib yo‘l berdi. Uyda yolg‘iz ekan shekilli, Qulahmat unga razm solib boqqani ham yo‘q, salomlashgach, oyog‘ini artib oshxonaga o‘tdi-da, qutisidan asboblarini oldi. Kran chindan ham ancha xunuk chinqirib, g‘ashga tegadigan bo‘lib qolgan ekan. Buradi, yeyilib ketgan rezinkalarini olib tashlab, zanglarini tozaladi. Qu-tisidan yangi rezinka topdi. Arzimagan shu ishga ter-lab ketganini sezib, xijolat tortdi. Manglayini ho‘l qo‘lining sirti bilan artib, nima ish qilayotganini unutganday, bir pas to‘xtab qoldi. Negadir xayoli joyida emas. Orqasida… haligi ayol tikilib turganday bo‘laverdi. Oshxonaga-ku yolg‘iz o‘zi kirdi, undan boshqa hech kim yo‘q, buni biladi, lekin kimdir… Qimdir emas, uy bekasi, haligi ayol, nazarida hamon yelkasiga tikilib turardi. Qulahmatning qo‘li qaltirab, kalitki zo‘rg‘a buradi, endi tekshirib ko‘rish kerak, kran hushtak chaladimi-yo‘qmi… Chaladimi-yo‘qmi… Qarasa, qo‘llari xuddi shol, hech narsa qilolmay shamday qotib turibdi. Orqasiga qayrilib qarashga yuragi dov bermaydi.
— Murshida…— dedi beixtiyor shivirlab. Qayoqdan keldi ko‘ngliga bu ism… Badani yonar edi. Orqasiga qayirilib qarasa — haqiqatan ham, hech kim yo‘q.
Otilib tashqariga, havoga chiqqisi keldi, nima bo‘lyapti o‘zi, yolg‘izlik dardi unga turli ko‘rinishlarda kelib yopishadigan bo‘lyapti, bu ahvolda jinni bo‘lib qolish ham hech gap emas. Hali eshik ochganida bamaylixotir yonidan o‘tgan beparvo ayol nega hozir birdan miyasini lovullatib qoldi?
Qo‘lini chayishii ham unutib, oshxonadan chiqdi. Ichkarigi xonaning eshigi ochiq, undan bosiq yig‘i tovushi eshitildi. Burchakdagi yumshoq kursiga mukka tushib yuzini yashirib olgan uy bekasining yelkalari titrar edi.
— …Hamma… si… bo‘ldi…— dedi Qulahmat odatiga ko‘ra. Lekin behis, beixtiyor.
— …Rahmat… usta…— dedi uy bekasi boshini ko‘ta-rib. Qizargan yonoqlari nam, ko‘zi hech narsani ko‘rmayotganday mo‘ltirab turar edi.
Qulahmat ketolmadi. Bu yig‘lagan xotinni yupatmoqchi emas, o‘zining yig‘lagisi kelardi. Ma’nosiz termulishib turdilar. Nihoyat, Qulahmat buning tush emasligiga ishondi shekilli:
— Murshida,…— dedi sekin, nimadandir qo‘rqib, ikkilanibroq.
Ayol o‘rnidan turib, yuz-ko‘zini arta-arta, burchakdan yorug‘roqqa chiqdi.
— Shubhalanmang, Qulahmat aka, menman, men…— to‘lishgan yuzida kulgichi yoyildi. Qulahmatning tizza bo‘g‘inlari bo‘shashib ketdi, bu o‘sha kulgich edi, o‘zi to‘lishib ancha o‘zgargan bo‘lsa ham, bolalarga xos kulgichi o‘sha-o‘sha. Yo‘q, kulgichi ham o‘zgargan albatta, ilgarigidek nurlanib turadigan sehri chuqurcha emas, jilmayganida ko‘z tagidagi ajinlarga tutashib ketadigan g‘amgin xotiraga o‘xshardi. Murshida ham yo‘q, umr ham yo‘q, bu tasodifiy uchrashuv ham yo‘q, hammasi xotira! G‘amgin xotira!
— Xushnud emasga o‘xshaysiz… o‘tiring axir. Uchrasharmiz deb men ham hech o‘ylamagan edim,— dedi uy bekasi. Qulahmat duch kelgan kursiga cho‘kdi, ko‘z oldida g‘ujgon o‘ynagan qora nuqtalar tarqay boshladi.
— Murshida…— dedi yana, endi unga astoydil tikilib. Uning ilk muhabbati! U nimalarni, kimlarni ko‘rdi, hayot uni ham ayovsiz mijigladimi, undan nimalar qoldi? Shubhasiz nimadir qolgan, yoshlikning o‘sha sehridan nimadir qolmasa, ular hozir bir-birlarini tanimagan bo‘lar edilar.
Ular bu safar kam gaplashdilar, tikilishib o‘tirib, bir piyoladan choy ichdilar-da, Murashidaning yolg‘izligini bilgandan keyin, Qulahmat negadir ketishga shoshildi.
Nega shoshib chiqib ketganiga o‘zi ham hayron, yolg‘izlikdan qiynalib yurgan odam yolg‘izlik istab qolgani g‘alati edi. Uniing xayoliga boshqa hech narsa sig‘may qoldi, bir vaqtlar besh qo‘lday bilgan Murshidasi zndi unga noma’lum bir olamdek, ttsbora uni ko‘proq bilgisi kelaverdi.
Bir bahona bilan, asbob qutisini ko‘tarib yana bordi. Bu safar ular o‘tgan yillar haqida uzoq, ochiq gaplashdilar. Uzlari haqida bir-birlariga hikoya qilib, go‘yo boshqatdan tanishdilar. Murshidaning eri taksist ekan, mashina halokatida nobud bo‘libdi. O‘zi hozir zavod bolalar boqchasida murabbiya. Bir qizi bor, eri bilan turadi.
— Men shu yerda qoldim, ish joyiga yaqinroq.
— Uying fayzli ekan. Ana u tikka quvirlarni almashtirish kerak xolos. Quruvchilar kalibrni noto‘g‘ri tanlashibdi.
— Kamchiligi ko‘p…— dedi Murshida qandaydir aytilmagan o‘ydan uyalgandek, bosh egib.
Qulahmatning keyingi kelishiga Murshidaning o‘z «buyurtma»si bahona bo‘ldi. Umuman keyingi vaqtda uning «buyurtma»lari tezlashib, ko‘payib qoldi: goh suv bosadi, goh dush ishlamaydi. Duch kelgan joyda quruq-sovuq tamaddi qilib yurgan, boshpanasiz Qulahmatga bunday kunlar — bayram. Murshida binoyidek pazanda ekan, buni yolg‘izlikda o‘zi ham bilmagan ekan, ochilib ketdi, plita yonida yuzlari lov-lov, qo‘li qo‘liga tegmaydi.
Bir kuni qizi kelib qoldi. Juda ochiq-sochiq, sergap, serkulgi qiz ekan:
— Voy, chuchvaraning ustidan chiqippan!—dedi kirasolib, shirin taom hidlariga chiroyli burnini jiyirarkan. Qulahmat unga qarab hang-mang bo‘lib qoldi.
— Murshida!?—dedi ko‘zlarini pirpiratib.
— Murshida emas, Movluda,— dedi onasi kulib.
U qiziga Qulahmat haqida o‘tgan safar gapirib bergan, qizi esa uning hazin ohanglaridan bir nimalarni payqagan edi.
— Yo‘q, sen emas, mana bu — Murshida!—deb turib oldi Qulahmat. U o‘zining zavqli haziliga berilib, Murshidani hafa qilayotganini payqamas edi. Ayol chetroqda teskari qarab, bosh egib qoldi.— Axir mana-ku o‘sha Murshida! Qayoqlarda yurgan eding?—dedi yana Qulahmat go‘yo hazildan xayolatga o‘tib, xotiralar domiga tushib qolganday. Qiz onasi yoniga borib, yelkasidan quchdi. Qulahmat birdan o‘ziga kelganday xomush tortib, kursiga o‘tirdi.
— Juda ham o‘xshar ekansan-da, qizim…— dedi uzr so‘raganday. Nega uzr so‘rash kerak — hech biri tushuntirolmas edi. Oniy noxushlik oradan tez ko‘tarildi. Bunga ko‘proq Movludaning «bir qop yong‘oq»ligi sabab bo‘ldi, dasturxon ustidagi sho‘x kulgisi, beto‘xtov gaplari bilan og‘ir xotiralardan o‘sha chalg‘itdi.
— Qulahmat amaki, oyimlarni yolg‘izlatib qo‘ymang-a!—degani yana bir shaddodlik bo‘ldi. Bu ochiqlikdan ko‘ngli ko‘tarilgan Qulahmat ham uni:
— Yolg‘izlanib qolmasliklari uchun u kishiga nevaracha kerak, puchuq!—deb kuzatib qo‘ydi.
O‘sha kuni Qulahmat ketishga shoshilmadi. Qizining shaddod gaplaridan uyalinqiragan Murshida allaqanday hayajonda edi, «uni ovutmay tashlab ketish noqulay» deya o‘ziga bahona qidirardi, Qulahmat ham. O‘zining qarovsiz hayotidan, Qo‘riqda, BAMda ishlagan boshvoqsiz yillaridan gapirdi. Divaida qo‘l ushlashib, peshana tirashib o‘tirib, tunni yarim qildilar.
— Murshida… o‘sha yonib-kuyib yurgan yillarimda ham seni o‘zimga bu qadar yaqin olmaganman…
— Nnib kuyibsizu quyilmabsiz…— deb kuldi Murshida uning qo‘lini chetlatib…
Xullas, yanagi uchrashuvda ular, to‘y-po‘y emasu, besh o‘nta yoru birodarlarni chorlab, kichkina bir o‘ltirish tashkil qilish haqida osongina kelishib oldilar.
Muyulishdagi kafening kichik zali juda qulay, xuddi shunday kamtarin marosimlarga moslab jihozlangan, begona ko‘zdan xoli, hatto gulzor tomonga chiqadigan alohida eshigi ham bor edi. Dam olish kuni kechga yaqin shu yerga o‘ntacha odam to‘plandi. Qulahmatning JEK da orttirgan bir mo‘ysafid tanitli, boqchadan ikkita durkun juvon, bitta kampir, qo‘shnilardan ikki juft er-xotin, ko‘pi qariyalar. Yoshlardan faqat sershovqin Mavludayu uning ashaddiy kashanda eri, ular ham dasturxonga o‘tirmay, xizmatda bo‘lishdi — biri magnitofolga kaseta tanlashdan bo‘shamadi, biri kabobpaz yonida.
JEKdan kelgan — veteran ekan, qo‘shnilardan biri — baxmal do‘ppi kiygan arvoqqina muallim, ikkalasi «kelin-kuyov» haqida ortiqcha gapirib ularni uyal-tirib o‘tirmay, har xil zamonaviy hazilomuz «turmushaviy» hangomalar bilan o‘ltirishni qizitib yuborish-di. Dasturxon yashnagan, pepsi-mepsidan tashqari, burchak-kunjakda, muallimning iborasicha, andak «aqiqai-ta’qiqa»lardan ham bor edi.
— Bu, deyman, «Yovuzlik saltanati» degan fikridan qaytibdi-a Reygan ham,— dedi veteran «oq»idan
bittasini ochib.
— Qaytmay iloji qancha, mana o‘zi kelib hurmatni ko‘rib turibdi-ku,— dedi muallim. Xalqaro ahvoldan gap boshlagan edi. Lekin «bitta-yarimta»dan keyin xotin-xalaj o‘z xonaki mavzuiga o‘tib ketdi. Dasturxon ustidagi bu erkin, bemalol g‘ovur Qulahmatga yaxshi tushday tuyuldi. U o‘sha Chirchiqda olgan yangi kostyumini kiyib to‘rda o‘tirar, Murshidaga zimdan boqib o‘zicha shirin jilmayar edi. Shuncha haqir sargardonlik yillaridan keyin sevgisiga duch kelib, shunday to‘y qilishni, yaxshi odamlar davrasida, dasturxon to‘rida o‘tirishni xayoliga keltiribdimi?! Umrni ham, umidni ham, o‘zligini ham, hamma narsani yo‘qotdim, deb yurgan paytida…
U hali kuyovlarga xos kamtarlik bilan xo‘plab qo‘yib qo‘ygan birinchi qadahni… olib ichib yubordi. Ha, bugun ichsa arziydi! Bugungisi savob. Bugun ichmagan noshukr…
Davrada g‘ovur musiqa bilan aralashib ketgan edi.
Kabob kelganda muallim bilan veteranning ovoziga zavq qo‘shildi.
— Ular, bilasizmi, hozir bizni nima uchun maqtab qolishdi? Bilmaysiz, taqsir…— dedi veteran. U muallimga gapirardi-yu yonidagi juvonga xushomad qilishni ham unutmay, unga issiq kabob tutardi.— Ularga biz emas, qayta qurishimiz yoqib qoldi.
— Qayta qurishni kapitalizmga qaytish deb tushunishyapti ular. Umidi shundan, taqsir, ha…
Ularning bahsi dam g‘ovur-g‘uvurga ko‘milib ketar, dam kutilmagan joydan yana yuzaga qalqib chiqardi.
— Ammo shaxsga sig‘inishning hammasini chiqarish-yapti baraka topkurlar! Qecha «Oqshom»ni o‘qidingizmi, taqsir?
— Boplashayapti, gazetada ham, televizorda ham.
— O‘zimizam, ey, qo‘yday yuravergan ekanmiz, taqsir, necha o‘n minglab begunoh odam bekordan-bekor nobud bo‘lib ketsa-ya!
— Hech gap emas edi-da odamni yo‘q qilish.
— Juda to‘g‘ri aytdingiz, qo‘shni,— deb Qulahmat ham gap qotdi. U anchadan beri gapga aralashgisi kelib o‘tirardi-yu nimadir yetishmasdi chog‘i, dasturxon egasn eka-nini eslab, qistab qoldi,— Qani olib o‘tiringlar, hadeb gap bilan bo‘lmay…
Yana «qittak-qittak» olishdi. Gap esa uzilmay davom etdi.
— Bittasi «dushman» bo‘lib ketsa, ketidan o‘ntasi «dum» bo‘lib ketardi-da, qarang.
— Nimasini aytasiz, taqsir, boshimizdan o‘tgan, ha. Bironta oila yo‘qki…
— Juda jo‘n edi-da bu ish, men sizga aytsam, qo‘shni,— dedi Qulahmat hangomaga astoydil kirishib. U ovqatni ham yer, oldida taom to‘la likobchalar qalashib ketgan, o‘zi esa qo‘lida somsami, mantimi, nimanidir bilchillatib ezg‘ilaganicha gapirar edi. Artilmagan mo.yli barmoqlari bilan piyolani ushlab, qolgan araqni yana ichib qo‘ydi. Gohi adashib qo‘shnisidan qolganni ham ko‘tarib yuborardi.— Bir parcha qog‘ozga yozilgan jo‘ngina xat lyuboy odamning boshiga yetardi, men sizga aytsam.
— Bo‘lgan, bo‘lgan, Qulahmat og‘ayni, nimasini ay-tasiz.
— Bo‘lganda qanday!— Qulahmat endi birovning gapini eshitmaydigan bo‘lib qolgan edi,— dushmaningiz bo‘lsa, shartta yozasiz, tamom-vassalom, bir kechada aspalasopinga ketadi! Ko‘rganmizda, mana Murshida guvoh. Deylik, mana sizning o‘nta dushmaningiz bor-a? Qani, oldin bittadan ichaylik… oling. Ha, deylik, mana o‘nta, hay o‘n beshta dushmaningiz bor. Kechasi yotoqqa kirib qalamni asta qo‘lga olasiz-u bitta-bitta… nishonga olib, «chiq!», «chiq!» A labbay? Ha, bamisoli qalam emas, men sizga aytsam, ovozsiz o‘qday gap bu. Faqat tepkisini boshqa joyda boshqalar bosadi. Men o‘zim ham bittasini… Mana Murshida guvoh, gumdon bo‘lib ketgan.
— Qulahmat aka…— bu hang-mang bo‘lib qolgan Murshidaning zaif yolvorgan ovozi edi. G‘ovurga ko‘milib ketdi.
— Lekin bitta-bitta qilib o‘tirmay, avtomat bilan tarillatsa ham bo‘lardi. A, labbay? Buning uchun o‘n beshtasini bir xatga ro‘yxat qilib tirkaysiz. Dom-daraksiz ketadi, meni aytdi deng!
Bu payt kimlardir dasturxonni tashlab chiqib ket-gandi. Ovqatlar sovugan, gap-so‘z tugagan, faqat Qulahmatning «ma’ruzasi» eshitilardi.
— Jining sevmagan odamlarni pashshaday terib tashlash mumkin edi-da, a labbay, qo‘shni. Bir kalima gap topsangiz bo‘lgani… Og‘zingizning yeli. Go‘yo xalq podayu hukmronsan!
— Qulahmat!— Murshidaning yig‘lamsiragan ojiz tovushi yana eshitildi.
— Yomon odam bo‘lishi ham shart emas, menga qarang. O‘sha otilib ketgan ximiya muallimimiz yomon odam emas edi, Lekin o‘g‘li Mirkomil-chi?! Mana Murshida aytsin… Ba’zan odamni ayaysan, bitta chertish bilan ketadi, sho‘ring qurg‘ur. Lekin navbat unga kelganida u seni ayaydimi, qani ayting…
U murojaat qilgan odamning o‘rni bo‘sh edi. Umuman davra tarqagan, veteran bilan muallim ham yetaklashib chiqib ketib borar edilar. Qulahmat gapiraverdi. Bir vaqt barzangi gavdali veteran eshikdan qaytib kirib, hamkasbining yoniga keldi-da, yuziga shartta tuflab asta chiqib ketdi.
— Mana, ko‘rdingmi, Murshida, nega tuflaydi, ayt qani! Har gal shunaqa… urishadi, tepkilashadi.— Qulahmat panjasida ezg‘ilab o‘tirgan go‘shtni tashlab, taom yuqi qo‘li bilan yuzini artdiyu yana davom etdi. Shu vaqt kimdir uni qo‘ltig‘idan olib, «turing» dedi. Bu Murshidamidi, boshqamidi — bilolmadi. Lekin endi u faqat Murshidaga gapirardi.
— Turmayman. Menga qara, Murshida, men turolmayman, ichimda… tosh bor, O‘shanda shum xabarni eshitgandan keyin, peshonamga bir shapati urib, — u peshonasiga tars ztib urib ham qo‘ydi,— peshonamga shunday bir urib, «men qo-til-man!» dedimu, yiqildim. O‘shandan keyin turolganim yo‘q. Ichimda tosh emas, dard bor, Murshida, o‘sha yuzaga chiqadi. Qanday alfozda chiqqanini men bilmayman, eslolmayman…
Murshida es-esingdami… Inson mag‘rur yangraydi, a? Shunday deb o‘qiganmiz maktabda, esingdami? Lekin uni yanchish, lattaga aylantirish mumkin. Qayoqqa ketishdi? Men ularga shuni aytmoqchi edim. Latta… mana ko‘rdingmi? Mudhish gunoh bor, Murshida. Qimda? Bilmaysan. Bu muammo yechiladimi-yo‘qmi, qachon yechiladi, Murshida?
Bilasanmi, bitta armonim bor: mening ham kimningdir yuziga tuflagim keladi. Lekin kimning yuziga, Murshida? Bilmayman. Bir tuflasam, mast bo‘lganda yoriladigan ichimdagi o‘sha pasod balki tufugim bilan birga chiqib ketardi…
Qulahmat oldidagi idish-tavoqni nari surib, atrofiga qaradi. Yonida Murshida ham yo‘q, allaqachon chiqib ketgan edi chamasi. Shunday bo‘lsa ham, yana Murshidaga gapirdi:
— Mendan ko‘ngling qolgani durust. Samoderjaviye… Esingdami tarixda o‘qiganmiz. Men… yangi samoderjaviye davrida yashab, endilikda u bilan birga tarixdan tushib qolgan odamman. Yuragim sovuq…
«Kuyov»ni chiqarib yuborolmay uzoq burchakda nima qilarini bilmay turgan ofitsiant chakkasiga ko‘rsatgich barmog‘ini bigiz qilib buradi-da, sherigiga shipshidi:
— Qandaydir samoderjaviyadan gapiryapti…