Abdusattor Hotamov. Tug‘ilgan kun (hikoya)

Ravshan ishxonasida o‘ralashib, qolib ketdi. Qo‘l telefonining soatiga qarasa, yettidan oshibdi. Oq xalatini yechib, qora charm kurtkasini ildam kiydi. Qishning qisqa kuni emasmi, allaqachon qorong‘i tushgan, quruq sovuq etni junjitar, lekin simyog‘ochlarga o‘rnatilgan kiyik ko‘z misol uzunchoq lampalar atrofni charog‘on davomi…

Abdusattor Hotamov. Tanholik (hikoya)

Bular qoyalarmi? Ha, shunday! Bag‘rida laxta-laxta qorlar yaltirab yotibdi. Ustida qo‘ng‘ir bulutlar o‘rlayapti. Tosh uycha pastroqda, o‘tloqmi yo yaylov – o‘sha joyda. Tegrasida archazor ko‘zga tashlanadi. Yusuf yetib keldim degandi. E, xom xayol ekan! Yuqoriga inqillab yurgani sayin o‘rkach-o‘rkach tog‘lar davomi…

Abdusattor Hotamov. Tog‘a-jiyanlar (hikoya)

U qorovulxona yo‘lagidan ketayotib bejirimgina qo‘l telefon topib oldi. Sirtiga tilla suvi yugurtirilgan bo‘lib, ajabki, faqat uchtagina tugmachasi bor edi: yashil, qizil va yana ovoz belgisini ko‘rsatuvchi to‘lqinli chiziqchalar tortilgantugmacha!Qari-qartanglar, ko‘zi ojizlar uchun ovoz bilan istagan odamini chaqirib beradigan “sotka”lar davomi…

Abdusattor Hotamov. Ammamning buzog‘i (hajviya)

Ko‘chadan bolalarning qiyqirig‘i eshitilishi bilan xotinimning peshonasi tirishdi:— Uf, yana kelishdi.Uning bu so‘zidan dami chiqib ketgan pufakdek bo‘shashib ketdim.— Eshikni ochmay qo‘ya qolamiz. Qo‘ng‘irog‘ini jiringlatib, uyda emas ekanlar deb, qaytib ketaverishadi, — dedi xotinim qovog‘idan qor yog‘ib.— Esing joyidami? — davomi…

Abdusattor Hotamov. Yovvoyi bog‘ (badia)

Shu haqda o‘yladimu shoxlari ayqash-uyqash yovvoyi olma, bandlari sertikan, qip-qizil na’matak, egri-bugri tolu go‘shtidan ko‘ra danagi katta o‘rikkacha ko‘zimga ko‘rinib ketdi. Tavba, hatto sim-sim yog‘ayotgan yomg‘irning ham boshqacha — chuchmal suvini tuygandek bo‘ldim. Ajabki, qahramonim ham shu bog‘ga mos, ya’ni davomi…

Abdusattor Hotamov. Qush uyasi (hikoya)

Anvar yotoqxonaga qadam bosib, kiyimini almashtirarkan, ko‘ngli g‘ashlandi. Yuragiga qorong‘ilik bostirib kirib, jonsizdek o‘zini divanga tashladi. Atrofga ma’nosiz boqdi. Karavotning oyog‘ida xotinining selon xalati taxlog‘liq. To‘rtta yostiq ikkitadan qilinib, karavot boshiga qo‘yilibdi. Zulayho yostiqlarning bir uchini puchuq qilib turg‘izib, ustiga davomi…


Maqolalar mundarijasi