Kechki payt. Rayon partiya komitetining sekretari o‘rtoq Tohirjon Nosirov chang bosgan «Villis»dan tushib, yoshi ellikdan oshib qolganiga qaramay, raykom binosining zinasidan chopqillab chiqib ketayotgan edi, birdan to‘xtadi; zinaning bir chekkasiga borib, koverkot makintoshining etagini, brezent etigini qoqdi: poxol shlyapasini boshidan olib, ro‘molchasi bilan peshana va bo‘ynini naridan-beri artdi-da, endi salmoqli qadam tashlab chiqib ketdi.
Tohirjon Nosirov rayon partiya komitetining sekretarligiga yaqinda saylangan bo‘lib, hozir rayon bilan tanishib yurgan edi.
Nosirov qabulxonada hurmat yuzasidan o‘rnidan turgan yordamchisi — yigirma ikki yoshlardagi baland bo‘yli, xushqomat, juda nozik qizga salom berib, kabinetiga kirib ketdi. Qiz bir dasta gazeta-jurnal, bitta qizil papkani olib, uning ketidan kirdi, bu narsalarni sekretarning stoliga qo‘ydi-da, borib derazalarni ochib yubordi. Dim kabinetga bog‘chadan muzday havo, handalaknimi, bosvoldi qovunnimi esga soladigan yalpiz hidi kirdi; chumchuqlarning chug‘urlashi, deraza ostida oqayotgan ariqchaning shovillashi eshitildi. Nosirov qizil papkadagi qog‘ozlardan bir-ikkitasini ko‘zdan kechirdi, keyin ko‘zoynagini peshanasiga surib grafindan stakanga qilqillatib yaxna choy quyar ekan, qizga ayrim diqqat bilan razm soldi. Qiz buni payqadi-da, chiqib ketishni ham, chiqmaslikni ham bilmay eshik oldida turib qoldi.
— Menga gapingiz bor shekilli…
— Yo‘q…
Saida chiqib ketmoqchi edi, Nosirov to‘xtatdi.
— Mayli, hozir ayta qolay… O‘tiring.
Saida, arzon chit bo‘lsa ham yaxshi tikilgan ko‘ylagining orqa etagini g‘ijim qilmaslikka tirishib, ehtiyot bilan kursiga o‘tirdi, yo‘l-yo‘l baxmal jiletkasining biqin cho‘ntagidan yarmi chiqib turgan kichkinagina bloknotini olib stolga qo‘ydi, ingichka qalaminnng ketini iyagiga niqtab, Nosirovga savol nazari bilan qaradi. Nosirov bnr stakan za’faronday yaxna choyni nafas olmay shimirdi, stakanni taq etib stolga qo‘ydi-da, qip-qizil, silliq, derazaning aksi ko‘rishib turgan yaltiroq boshini silar ekan, kulimsirab:
— Ko‘chadan ketayotgan avtomobil birovni bossa yoki turtibmi, yiqitibmi ozor-bersa, nima bo‘ladi? — dedi.
Saida cho‘chib tushdi.
— Nima bo‘ldi, mashinangiz birovni urdimi?
— Yo‘… yo‘q, mening mashinam hech kimga ozor bergani yo‘q… Xo‘sh, nima bo‘ladi?
Saida nima deyishini bilmay:
— Militsiya to‘xtatadi… — dedi.
— Bordi-yu, mashinani to‘xtatadigan, shofyorni javobgarlikka tortadigan militsionerning o‘zini qasddan urib, yiqitib o‘tsa-chi, unda nima bo‘ladi?
Saida kuldi.
— Unisnni bilmadim… Qanaqa shofyor ekan u dovyurak?
— Arslonbek Qalandarov!
Saida u odamdan har nima kutish mumkin degan ma’noda jilmayib bosh chayqadi.
Arslonbek Qalandarov — «Bo‘ston» kolxozining raisi, mashhur raislardan bo‘lib, o‘tgan hafta kolxozdan rayonga mashina haydab ketayotganida yo‘lini to‘sgan militsioner bilan janjallashgan, uni urib, yiqitib o‘tgan edi.
Voqea bundoq bo‘lgan edi.
Yangi sotib olingan besh tonnalik yuk mashinasi maydonni bir aylanib, pravleniye oldiga ko‘ndalang bo‘lganda, Qalandarov juda xursand bo‘lib ketdi; hali g‘ubor qo‘nmagan yam-yashil mashinani aylanib ko‘zdan kechirdi, kapotini ochtirib, motorini ko‘rdi; so‘ng rulga o‘tirib, startyorni bosdi. Motor bir pishqirib ravon gurillay ketdi. Qalandarov mashinani oldinga, orqaga yurgizdi, maydonni bir aylandi, ko‘prikdan o‘tib, katta yo‘lga chiqqanida, shofyorni chaqirib yoniga o‘tqizdi-da rayonga tomon yo‘l oldi. Uning mo‘ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq yangi mashina, to‘g‘ri va ravon asfalt yo‘l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi. Qalandarov yo‘l bo‘yidagi tiniq yashil daraxtlar, barra o‘tlardan ko‘zi quvonib, kishining vujudini yayratadigan may havosidan mast bo‘lib, xirgoyi qilib ketayotgan edi, yo‘l bo‘yida turgan mshshtsioner qo‘lidagi ola tayoq bilan yo‘lning chetini ko‘rsatdi. Qalandarov militsioner ko‘rsatgan joyga kelib to‘xtadi. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lning bahorgi yog‘ingarchilikdan cho‘kkan, buzilgan kichik bir uchastkasi remont qilinayotgan bo‘lib, rayon tomonga o‘tadigan bo‘sh yuk mashinalari bu yerga yarim kilometr keladigan karerdan shag‘al olib, o‘sha uchastkaga to‘kib o‘tishi kerak ekan. Qalandarov bir oz sabr qilsa, yonida o‘tirgan shofyor militsionerga mashina yangi ekanini, og‘ir yuk ortib bo‘lmasligini aytib, ortiqcha so‘zga o‘rin ham qolmas edi. Qalandarov birdan tutaqdi, shofyorni og‘iz ochgani qo‘ymay, shovqin soldi.
Militsionerning achchig‘i keldi, prava so‘radi.
Qalandarov uning so‘ziga quloq solmay mashinani yurgizdi. Militsioner zinaga chiqib rulga tarmashdi.
Qalandarov uning shapkasini olib uloqtirib yubordi.
Militsioner shapkasini olib, uning yo‘lini to‘smoqchi bo‘ldi. Qalandarov gaz berdi-da, mashinaning qanoti bilan uni urib, yiqitib o‘tdi.
Militsioner darrov o‘rnidan turdi va uning ketidak lunjini shishirib, hushtak chalganicha qola berdi.
— Qalandarov shu kuni kechqurun avtoinspektsiyaga kiribdi, — dedi Nosirov kulib. — O‘sha militsionerni topib uzr so‘rabdi. Militsioner nachalnigiga raport bergan ekan. Qalandarov toza yalinibdi: «Jon uka, nachalnikka ro‘para qilib erkak qaddimni bukma, qancha shtraf olsang, ol», deb cho‘ntagini tutibdi. Avtoinspektsiyaning nachalnigi xotin kishi ekan…
Saida piqillab kulib yubordi.
— Soyada o‘sgan raislardan, — dedi kulgi yoshini artib.
«Soyada o‘sgan» degan ibora rayon partiya konferentsiyasidan chiqqan: ko‘p vakillar muzokarada raykom byurosining faoliyatini tanqid qilib, kolxozlarda partiyaviy-siyosiy ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, siyosiy-tarbiyaviy ishlar xo‘jalik ishlari soyasida qolib ketganligi, birmuncha kolxozlarda rahbar kadrlar soyada o‘sayotganligi to‘g‘risida gapirishgan edi.
Nosirov stolining tortmasidan bloknotini olib tez-tez varaqlar ekan:
— To‘g‘ri! Bilar ekansiz! — dedi. — Men «Bo‘ston» kolxozi bilan bir oz mashg‘ul bo‘ldim, tayinli bir xulosaga kelmagan bo‘lsam ham, ko‘ngilda bir xiralik paydo bo‘ldi. Qalandarov soyada o‘sganligidan tashqari, erkaroq rais ko‘rinadi.
— Juda to‘g‘ri payqabsiz, — dedi Saida. — Rayonning ilgarigi rahbarlari, ayniqsa, raykom sekretari o‘rtoq Qodirov Qalandarovni haddan tashqari erkalatib yuborgan edi. Uning militsiyaga bo‘ysunmaganligi ham shuning oqibati. Biroq keyinchalik o‘ylab ko‘rgan bo‘lsa kerak: bu tantiqligini rayonning hozirgi rahbarlari kechiradimi-yo‘qmi? Shuning uchun militsionerdan uzr so‘ragani borgan, shtraf ol, deb cho‘ntagini tutgan. Lekin «Xotin kishi oldida erkak qaddimni bukma» dsgani mening uchun ham yangilik!
Qalandarov, haqiqatan, Nosirov payqaganicha va Saida aytganicha xiyla erka raislardan edi.
Kitobning to‘liq matnini PDF formatda saqlab oling