-Turing, Nazirbuvi! Turing, To‘xtabuvinikiga chiqamiz!
Nazirbuvi sandalning chetida, derazadan tushib turgan erta bahor oftobiga sho‘rvada pishgan olmadek yuzi-ni tovlab, to‘ygan qo‘zichoqday uxlab yotar edi; bu tovush qulog‘iga kirib, xuddi pashsha qo‘riganday, bir lunjini qimirlatdi; ko‘zini ochmoqchi bo‘lgan edi, faqat bittasi ochildi.
-A? Nima? – dedi.
-To‘xtabuvinikiga chiqamiz. Rais kelibdi.
xRais?
Nazirbuvi darrov o‘rnidan turdi, doka ro‘molini qayta bog‘lab, Shahodatbuvi bilan birga chiqdi.
To‘xtabuvining uyida Roziyabuvi, Ortiqjonlar o‘tirar, rais bularga urushning borishi to‘g‘risida so‘zlar edi; kimningdir savoliga javob berib:
-Endi nemisning poshshosi daryo tagiga uy solib kirib ketganligi masalasiga kelganimizda, — dedi, — men buni gazetada o‘qiganim yo‘q. Agar Gitler shundoq qilgan bo‘lsa, qizil askarlarimiz orasida suvchi bolalar ham ko‘p, birontasi kirib giribonidan bo‘g‘ib chiqadi… Mana, Nazira xola ham, Shahodat xola ham kelishdi. Yaxshi bo‘ldi. O‘zim ham sizlarni yig‘ib ikki og‘iz gaplashmoqchi edim. Gapim shuki, kobkozimizda paxta ishiga yaraydigan odamlar qanchaligi o‘zlaringga ma’lum. Shunday cho‘t urib qarasam, paxta ishiga yaraydigan har bir kolxozchining har bir ish soati bir kilogramm paxta ekan. Shundoq bo‘lgandan keyin odamlarni iloji boricha boshqa ishlardan bo‘shatib, paxtaga solishimiz kerak bo‘ladi. O‘shanaqa ishlardan bittasi pilla-qurt. Men beshovla-ring quit tutinglar, beshta odam bo‘shasin demoqchi emasman. Hech undoq emas. Shundoq qilinglarki, paxta ishiga yaraydigan odam biron soat ham sizlarning qo‘llaringdan keladigan ishga band bo‘lmasin. Agar siz-lar mana shu yo‘l bilan butun bir mavsumda o‘n meh-na
t kunini pilladan yulib paxtaga bergani yordam qilsal-aring ham harna! Men sizlar bilan majlis qilib, mana shu masalani o‘rtaga tashlamoqchi edim. Mana, majlis ochiq. Kim gapiradi?
Hech kimdan sado chiqmadi. Hamma nechukdir, o‘ng‘aysizlanar, qimtinar, yerga qarar edi.
-Xo‘sh, bo‘lmadimi? — dedi rais. Kampirlar bir-biriga qarashdi va hamma birdan:
-Nega, nega bo‘lmas ekan! — dedi.
-Bo‘lsa nega indamaysizlar? Qani, To‘xta xola, gapiring!
To‘xta xola ro‘molining uchi bilan og‘zini yopib, bo‘zargan holda aval o‘rtoqlariga, keyin raisga qaradi.
-Endi, o‘g‘lim, dabduristan majlis deding… asli shu gapni avval o‘z ora jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsagu keyin majlisga solsang bo‘lar edi.
To‘xtabuvi hammaning ko‘nglidagi gapni aytdi. Rais bu suhbatni majlis deb atash bilan kampirlarni qiynab qo‘yganligini darrov fahmladi-da, kulib, xatosini tuzatdi:
-To‘g‘ri, aval jo‘n gaplashib olaylik. Xo‘b, majlis yopiq. Gapni bir joyga qo‘yganimizdan keyin ochamiz.
Majlis yopiq e’lon qilingandan keyin Roziyabuvi o‘zidan-o‘zi gap boshladi:
-Qurt tutishga bizning qo‘limizdan keladigan ish ko‘p. Aytsangiz-aytmasangiz o‘shanaqa ishlarga qarashish bizdan lozim. Men yana bir narsani o‘ylab qoldim: besh kishi ekanmiz, beshovimiz bir quti urug‘ olsak nainki eplab boqolmasak?
Boshqalar bir qutini bahuzur eplash mumkin ekanini aytib:
-Qurt ishida ko‘zimiz pishgan, qayta yaxshiroq bo-
qamiz, og‘ir ishJari bo‘lsa, bizga qarashadigan yosh-yalang topiladi –
deyishdi.
Rais miyig‘ida kulib:
-Mayli, — dedi. — Agar bir qutini ermak qilamiz, desalaring o‘zlaring bilasizlar. Xo‘b, endi shu gap puxta gapmi?
-Puxta gap! — deyishdi.
-Endi majlisni ochsam maylimi? Xo‘p, majlis ochiq. Beshovlaringni bir zveno deymiz. Zvenoga boshJiq kerak bo‘ladi, kimni saylaysizlar?
Munozara va muzokaralardan keyin zvenoga boshliq qilib yetmish bir yashar To‘xtabuvi Sarimsoqova saylandi.
Majlis yopildi. Rais ketdi.
Shu kuni kechasi, yotar mahalida, To‘xtabuvini vahima bosdi: bular-ku hammasi va’da berdi, sayladi, ertaga bin “Belim og‘riydi”, biri “O‘g‘limdan xat kelmayap-ti, yuragimga qil sig‘maydi” deb uyiga kirib yotib olsa, nima bo‘ladi?
To‘xtabuvi yugurganicha Nazirbuvinikiga chiqdi. Nazirbuvi hali uxlamagan ekan.
-Hoy, Nazirbuvi, shu bo‘ladigan ishmi, yo raisning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘ldirib jo‘natdikmi?
-Voy, To‘xtabuvi, nega bo‘lmas ekan? Majlisga soldik-a, majlis uvol emasmi? Men hali boshqa narsanio‘ylab o‘tiribman; beshta nozanindek kampir bo‘lsagu
bir quti desak butun tumanga kalaka bo‘lmaymizmi? Bizga nima qipti, nega ikki quti tutamiz demadik?
To‘xtabuvining yuragi dadil bo‘ldi. Nazirbuvining andishasi unga ma’qul tushdi. Ikkovi Shahodatbuvinikiga chiqishdi. Shahodatbuvi bu gapni eshitib:
-Gap shu ishga qunt qilishda, qunt qiladigan bo‘lsak, ikki quti ham biru uch qutisi ham bir, — dedi.
Uchovi Roziyabuvinikiga chiqishdi. Roziyabuvi ko‘ngandan keyin, Ortiqjonnikiga borishdi. Ortiqjon o‘sha majlisda “Uch quti tutish qo‘limizdan keladi” demoqchi ekan-ku, boshqalardan istihola qilib aytmabdi. Bular uch quti degandan keyin, u ham bir quti qo‘shdi.
Shunday qilib uyma-uy yurib qilingan majlisda kampirlar zvenosi to‘rt quti qurt tutishga qaror qildi va ertalab kolxoz idorasiga chopar yubordi.
Rais ko‘nmabdi: “Hammasi yig‘ilganda bitta shaftoliga tishi o‘tmaydi-yu, to‘rt quti urug‘ tutar emishmi. Yo‘q, kampirlarning tovoniga qolaman”, debdi. Cho¬par ham bu gapni oqizmay-tomizmay kampirlarga yetqizdi: “Hammalaring yig‘ilganda bitta shaftoliga tishlaring o‘tmas emish”, dedi.
Bu gap kampirlarga nihoyatda alam qildi, ikki kundan keyin rais kelganda uni o‘rtaga olib shunday qilishdiki, rais “tegishgan edim, tavba qildim” deb zo‘rg‘a qutildi va to‘rt quti urug‘ni o‘z qo‘li bilan keltirib berdi.
Hademay qurt ko‘m-ko‘k barg ustida o‘rmalab qoldi. Qurt katta bo‘lgan sayin kampirlarning havasi, g‘ayrati ortar edi. Hech kimning beli ham og‘rimadi, yuragiga qil sig‘maydigan payti ham bo‘lmadi, aksincha, hamma sog‘, dimog‘lar chog‘ edi.
Bir kuni rais kelib qurtni ko‘zdan kechirdi-da:
-Yashasin havaskor kampirlarimiz! — deb qichqirdi.
Eshik yonida ikki qo‘lini beliga qo‘yib, kerilib turgan To‘xtabuvi boshqalarga ko‘z qisib:
-Qani o‘g‘lim, chamangda normamiz to‘ladimi, yo‘qmi? — dedi.
Ie, shunchalik qurt boqasizlaru, qancha pilla chiqishini bilmaysizlarmi? Har qutidan kamida oltmish kilogrammdan olasizlar, — dedi.
-Ana xolos, — dedi Ortiqjon, — to‘lmas ekan-da!
-Nega, norma qancha o‘zi? Qirq besh kilogrammi?
Hamma kulib yubordi.
-Unaqa normangni shaftoliga tishi o‘tadigan tam-tamlarga ber. Bizning normamiz har qutidan yetmish-sakson kilogramm!
Rais tilini tishladi.
Bir necha kundan keyin qurt nishona berdi. Nishona pilla beto‘xtov kolxoz idorasiga yuborildi. O‘sha kuni kechki payt rais yetib keldi va eshikdan kirishi bilanoq:
-Onalar, birinchi terimni olgan kunlaring bitta semiz qo‘y sizlarniki, men tumandan so‘radim, hali hech qaysi kolxozning qurti nishona bergani yo‘q! — dedi.
Kampirlar uchun bu xabar yangilik edi.
-Undoq bo‘lsa, sen bizdan bitta qo‘y bilan qutilmaysan, — dedi. To‘xtabuvi, — birinchi terimni olib topshirgan kunimiz Toshkentga sim qoqasan, aytasanki… Nima desang o‘zing bilasan. Bugun seshanba, yakshanba kuni birinchi terimni topshiramiz.
Uch kun bo‘yi zveno qurtning tepasidan nari ketmadi. Qani endi bu qurt o‘lgur tez-tez o‘ray qolsa!
Rais har kuni tumanga telefon qilib turdi — yo‘q, xotirjamlik — tumanda hech kim pilla topshirgani yo‘q.
Nihoyat to‘rtinchi kuni ertalab zveno har uydan savat-savat pilla olib chiqa boshladi. Rais o‘sha kuni, tu¬manda birinchi bo‘lib, yigirma besh kilo pilla topshirdi va kampirlarga bergan va’dasiga muvofiq Toshkentga “sim qoqdi”.
Zveno raisning Toshkentga sim qoqqani to‘g‘risida xabar kutib To‘xtabuvining uyida o‘tirar edi. Birdan Roziyabuvi yugurganicha kirib keldi:
-Turinglar! Turinglar! O‘tirasizlarmi! Radio gapirdi, hammamizning otimizni aytdi. Qizil askar oilalaridan To‘xtabuvi, Nazirbuvi, Ortiqjon… Hammamizni aytdi.
Nima dedi?
-Bilmayman, chamamda, sim qoqdi dedi.
To‘g‘ri, rais telefon qilgandan keyin, Toshkent radiosining olg‘irlari bu xabarni kechki so‘nggi axborotda berishgan edi.
Hamma ko‘chaga chiqdi. Ko‘chaning u boshida rais kattakon semiz qo‘yning quyrug‘iga arqon solib sudrab kelmoqda edi.