Zamonning oinai jahonnamosi bo‘lgan jarida, majalla va tarix sahifalarini diqqat ila mutolaa etsak ko‘raramizkim, o‘zga qavm va millatlar ilm va hunar xosiyati ila oz bir zamonda butun jahonni tasxir etdilar. Musulmon hukmdorlari (o‘zlarining zamon iqtizosincha harakat qilmagonlari uchun) asir va nobud bo‘ldilar. Ovrupoiylar hozirda bilgan ilmlarig‘a qanoat qilmay g‘ayrat va himmatlari soyasida kundan-kun yana taraqqiy etmoqtsadirlar. O‘zlarining rohat va osoyishlari uchun na qadar olot va asbob ixtiro qilganlaridek, o‘z nafslarini dushmandin muhofaza qilmoq uchun turli oloti harbiya ijod etmakdadurlarkim, alarning orasida oyandag‘a eng muhimi – ayruplan – tayyora degan baloi osmoniy bo‘lsa kerak. Agarda yana 5-10 yil o‘lmasak ko‘rarmizkim: ovrupoiylar dushman ila havoda urusha boshlarlar. Emdi o‘zimizning ahvolimizga bir yo‘la ko‘z solib qarasak: Qur’oni hikmat bayonimizning alfozini a’molarning ko‘nglida mahfuz ko‘rarmiz. Maorif nuqtai nazaridan qarasak, Zayd ila Amrning urushi va eski yunoniydardin qolma xilofi islomiyat safsatalardek nimarsalarni ko‘rib kamoli huzn va ya’s ila aytarmizkim: «Oh!.. Taassuflik holatdamiz».
«Oyna» jurnali, 1914 yil, 29-son