Bu sarlavhamiz zohirda juda taajjublik ko‘runsa ham, lekin haqiqati holni bilib olg‘ondan keyin qiziqishg‘a uncha o‘run qolmaydur.
Agar siz bir kunlik, bir soatlik boybachchalarni ko‘rmakchi bo‘lsangiz, u yoqqa-bu yoqqa qaramay to‘p-to‘g‘ri Tuproqqo‘rg‘ong‘a chiqingiz. Bunda sunnati Xudoni tomosha qilarsiz. Tuproqqo‘rg‘on chorbog‘ida har kun kim qancha musulmon bandalari boy va kim qanchalari gadoy bo‘ladirlar. Bularni shunday tez o‘zgarishlik holg‘a solg‘uvchi sabil qolg‘ur «g‘ir-g‘irak» o‘yundir. Ilgarigi vaqtlarda bunday o‘yunlar yolg‘iz hayit kunlari bo‘lur edi. Endi shahrimizning obod bo‘lishig‘a va o‘zimizning soat sayin taraqqiy qilishimizg‘a katta bir misol bo‘la olaturg‘on bu o‘yun Xudoning bergan kunida o‘ynaladir.
Bu joyg‘a har vaqt ko‘zingiz tushsa, bir necha musulmon bandai Xudoning «g‘irg‘irak»chilarg‘a o‘xshash «ey Xudo, sharmanda qilma!» deb ko‘kraklariga «dardkam» urg‘onlarini ko‘rub, shodliqdan ko‘ylakingizga sig‘may boshlaysiz. Qimorbozliqdan boybachcha bo‘lub, kunduzlari restoranlarda ichib yurg‘on va kechalari kanaxonalarda uchib yotqonlarning haddu hisobi yo‘qdir. Yaqinda shunday kayflik bir boyvachchaning ko‘chada sayohat qilaman deb, o‘zining ustiga istirohat qilg‘onini ko‘rib qahqahadan ichaklarimiz uzildi.
Shu davlat bizga yetmasmi, Muhammad ummatidirmiz…
Shumshuk,
«Mashrab», 1925 yil, 18-son