Mahmudxo‘ja Behbudiy. Bayoni hol (1913)

BAYoNI HOL

«Samarqand» gaziti sarmoyasiz, faqat va’da va umnd ilan chiqarilib edi. Umidlar tasavvurdan fe’lg‘a kelmadi. Zarar va oqchasizlik sababli choru nochor besh on davom etib, 1913 yil 13 sentyabr 44 adadi-la vaqtincha yotib edi. So‘ngra Xo‘qanddan 500 so‘m iona taklif qilindi. Ammo bu 500 so‘m ila «Samarqand» jaridasining adad-davomi ma’lumligi uchun ionani qabul qilolmay, shirkat ta’sis etilib, jaridani davom etdirmoq uchun idora tarafidan millatg‘a 17 sentyabr oyi 45-adad «Samarqand» ila murojaat qilinib, bir oy muhlat qo‘yulub edi. Ammo maataassuf, bu bir oy muddatda (17 o‘ktabrg‘acha) «Samarqand»ni chiqaraturg‘on shirkat paydo bo‘lmadi.

Digar tarafdan, «Samarqand» mushtariylarining ba’zilari va boshqa turkistonli hamvatanlarimiz tashviqnomalar ila «Samarqand»ni chiqarmoqni taklif qildilar. Inchunin, Rusiyadagi matbuoti islomiya «Samarqand» ta’tilini(ng) taassuflar ila marrat ba’d oxiri yozib, yana chiqishini tamannoda bo‘lindi. Alalxusus, Rusiya musulmonlari jaroidining anosi va piri muhtarami o‘lan «Tarjimon» va «Vaqt» va boshqalari yanadan chiqishig‘a duochi bo‘lub va «Samarqand» jaridasining maslakig‘a, mundarijotig‘a husni zanlarini izhor etdilarki, «Samarqand» muharriri mas’uli barcha hamvatanlariga va Kafkoz, Qrim ham Totoriston matbuoti islomiyasig‘a bul bobda tashakkuroti qalbiyasini ojizona taqdim va minnatdorligini izhor va oyandag‘a ma’nan va moddatan iona va hidoyat etmoqlarini tamanno etar. Bir vajhi bolo taklif va tashviqlar, va’da va duolar bizga yana quvvat va umid berib, ishg‘a savq etdi. Avvalan, «Samarqand»ni chiqarmoqg‘a qasd etildi. Ammo oxiri yana avvali kabi sarmoyasiz edi. Va zararini tahammulig‘a quvvatimiz yetmasligi zohir bo‘ldi. Digar tarafdan, asab(iy), ya’ni singir xastaligi va ham ko‘z kasalig‘a giriftorligimiz uchun haftada ikki yo uch daf’a gazitni tahrir ham idorasi bizg‘a mumkin emas edi. Tahriri uchun vazifa ila rajo va talab qilingan daroyatli muhtaram muharrir janoblarida bayoni muazzot etdilar.

Xulosa: aqcha qahati, rijol qahati bizni mushkul holda qo‘ydi, Va oxiri, haftalik «Oyna» majallasini chiqarib turmoqni tarjih qilindi. Gazitni idorasig‘a kofiy mushtariy mavjud bo‘lguncha va yo oqcha topulguncha «Oyna» davom etar. «Oyna» zarar etsa-da, zarari nafsimizg‘a oid va mushtariylarg‘a aslo zarar yuklanmaydur.

Majalla bahosini-da arzon qilindi.

«Oyna»g‘a muqtadir muharrir va har tarafdan muxbirlar da’vat qilindi. Tili avvalgidek turkiy va forsiy nazm va nasr bo‘lub, mundarijoti ilmiy, adabiy, siyosiy, faniy va tarixiy maqolalardan, vuquot va axbori haftadan, kinoya va mudohakadan iborat va tasvirlik bo‘lur, Tadriji mukammaliyat, nafosat va intizomig‘a diqqat qilinur. Ba’zan ruscha maqolalarida darj qilinur. Arbobi qalam va xabardan rijo etarmizkim, bizg‘a qalam va donishlari ila tanbehotda, ionatda bo‘linsalar, majalla bizniki emas, millatnikidur. So‘ylanaturgan so‘zlar shaxsiy emas, umumiydur, g‘ururiy emas, diniydur.

Qorilarg‘a salom va ehtirom.

«Oyna» jurnali, 1913 yil, 2-son, 2—4-betlar.