Yosano Akiko (1878-1942)

Yosano Akiko (与謝野 晶子, 7 dekabr 1878, Sakai, Osaka — 29 may 1942, Tokio) — yapon shoirasi. Haqiqiy ismi – Xo Syo (鳳 志よう).

Qo‘rqoqlik

Menga devdilarki, bu yo‘l
Seni o‘lim chohiga eltar,
Va men yarim yo‘lda ortimga qaytdim.
Shundan buyon meni chorlayveradi
Qing‘ir-qiyshiq, xilvat, so‘qir so‘qmoqlar.

Rus tilidan Abdu Nabi tarjimasi