Yamanoue Okura (山上憶良?, 660 — 733) — yapon siyosiy arbobi va shoir.
* * *
Boyning bolasida engil-bosh bisyor,
Yuz yil kiysa tugamas, to‘zmas,
Boylar sandig‘ida
Chiriydi dunyo,
Ne harir liboslar topadir abas.
Kambag‘al dag‘al bo‘zga zor,
Janda topilmaydi ilgali.
Shunday yashayapmiz,
Bu Ochun – ozar,
Ming dodu faryod qil, barchasi bekor!
* * *
Yo‘limning bag‘ri xun. Dunyo kezaman.
Ko‘zda yosh, dilda dard, xo‘rlik.
Nima qilay,
Uchib ketay desam
Qush emasman, qanotlarim yo‘q!..
* * *
Ana, o‘tib borar og‘izdan-og‘izga,
Yildan-yilga, asrdan-asrga.
Inja xotirlarim, nursiz qiyofam.
Ha-huv, degulik shu sha’nsiz umrga
Shuncha ishtiyoq-la kelmoq shartmidi?
Rus tilidan Abdu Nabi tarjimalari