Xattori Ransetsu (1654-1707)

Xattori Ransetsu (服部 嵐雪, 1654–1707) — Basyo maktabi yapon shoiri. Tokioda samuray oilasida tug‘ilgan.

***

Asta tebranar
Banan yaprog‘i uzra
Jajji qurbaqa.

***

Toshbo‘ron eting:
Men olucha shoxini
Hozir sindirdim.

***

Yashirin. Berkin kirib.
Kel yonimga panoh bo‘layin,
Ey, ho‘l qaldirg‘och!

***

Uni hamma yomon ko‘radi,
Ammo u yashar hamon
Go‘yoki qish pashshasi.

Rauf Parfi tarjimasi

* * *

Mezon oyi
Siyoh bilan
Qarag‘ayni chizar osmonga.

* * *

Yilning birinchi kuni.
Qarg‘alar uzundan-uzoq
Suhbatiga chorlar quyoshni.

* * *

Chechak… yana bitta chechak…
Ana shunday egilar olcha,
Ana shunday xush yoqar mehr.

* * *

Yugurib kelgan to‘lqin
Ketayotgan odamni jiqqa ho‘l qilar…
Daryo naqadar sovuq!

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi

* * *

Kuzgi oy
Qil qalami ila
Chizdi qarag‘ayni moviy osmonga.

Rus tilidan Abdu Nabi tarjimasi