Takarai Kikaku (宝井 其角, 1661—1707), Enomoto Kikaku nomi bilan ham mashhur — Basyo maktabi vakillaridan bo‘lgan shoir.
* * *
Gado safarda!
Uning uchun usti bosh
Yozda ko‘k va yer.
* * *
Sahar tushimda
Onam keldi… Haydama,
Kakku, qichqirib.
* * *
Jiddiy ta’na tinglarkan,
Qiz quyi soldi boshin,
Tungi qizg‘aldoq yanglig‘.
Rauf Parfi tarjimasi
* * *
Oyning porloq shu’lasi!
Qarag‘ayning soyasi
Tushib turar chiltorga.
* * *
Yo‘lda yo‘lovchi gado!
Yozda bor-yo‘q libosi —
Uzoq osmon, qattiq yer!
* * *
Tong chog‘i onajonim
kirib keldi tushimga…
Quvib yuborma uni
sayrog‘ing bilan, kakku!
* * *
Sening baliqlaring naqadar totli!
Biroq sen ularni, keksa baliqchi,
Totib ko‘ra olsayding o‘zing.
* * *
Naqadar achchiq faryod!
Mushuk qo‘liga tushgan
Qushning onasi yig‘lar.
* * *
Qahraton qish.
Keng sahroda qo‘riqchi —
Qarg‘alarga qo‘nalg‘a.
* * *
Vaqt qishga boj to‘ladi
Va tinchib qoldi birdan
Saratonda dengizday.
* * *
Ivib qolgan qaldirg‘och!
Oshyoningga kirganday
Shamsiyaga kirib ol.
* * *
To‘lin oy nuri!
Qarag‘ayning soyasi
bo‘yraga tushdi.
* * *
Pashshalarning yengil galasi
Baland uchar — yuzguvchi ko‘prik
Mening orzularim uchun.
* * *
Oy gardishi tuman ichinda…
Ikki soqqa yaltirar butalar aro:
Ko‘zoynagi xira Boyqushning.
* * *
Tong yulduzi!
Olchazorda tinchlik yo‘q.
Tog‘ boshida bulutlar.
* * *
Basyo xotirasiga
Mana, o‘n yil o‘tib ketdi,
Kechagina vafot etganday go‘yo…
Majnuntollar xomushdir!
Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi
* * *
Gado yo‘lda!
Bor-yo‘q engil-boshi –
Osmonu zamin.
* * *
Tushlarimga kirmoqda edi
Xo‘rozlaru… qichqiriqlari,
Nechun haydab yubordingiz, ona?
Rus tilidan Abdu Nabi tarjimasi