Sinobu Origuti (折口信夫; 11 fevral 1887, Osaka — 3 sentyabr 1953) — yapon etnologi, folklorist, adabiyotshunos, shoir, yozuvchi va pedagog. Syaku Tyoku (釈迢空) taxallusi bilan ham mashhur.
***
Bo‘m – bo‘sh yo‘l .
Quyiladi atrofga jimlik
Qichishadi burun katagim
Yoqilgan gulxanning achchiq dudidan .
Choy qaynatyapman…
***
Qalbda xotirjamlik !
Baxor bo‘ronidan so‘ng
Xamma narsa tinchlandi, mana ,
Eshitila boshladi ko‘chada yana
Yog‘och kovushlarning to‘qillashlari…
***
Bulutlardan sizib o‘tayotgan
Oyning xira yog‘dusida
Toshayotgan daryo kechuvidagi
Sholipoyalar aro
Bo‘qoq tortgan sholilar xidi…
***
Tog‘dagi qishloq
Qor bosgan daraxtlar .
Jimlik , sokinlik .
Odam ham , it ham ko‘rinmas
Qarg‘alar yuribdi uylar oldida
***
Mana , yana qaytib keldim men ,
O‘sha tog‘lardagi pastak kulbamga
Oshxonada yangrar
G’aroyib qo‘shiq .
Bu yangi hamxonam – qora chirildoq…
Xoldor Vulqon tarjimasi.