Kamidzima Onitsura (1661-1738)

* * *

U boshqa odam,
Guli yo‘q daraxt uni
Chorlasa agar.

Rauf Parfi tarjimasi

* * *

To‘lib turgan hovuzdan endi
Hech yoqqa suv sachratolmayman…
Hamma yoqda kuylar chigirtka!

* * *

Ustuxonlarini odamlar
Ipakka o‘rab oldi.
Nazar soldilar gullarga.

* * *

O‘rgimchakning to‘ri novdada!
Jazirama chakalakzorda
Menga qarab olov purkadi.

Rus tilidan Tursun Ali tarjimasi