Kametaro Tanaka

HAQIQIY KO‘RINISh

Vayrona yonida turaman yolg‘iz.
Issiq yoz. Shuquhli ko‘kalam har yon.
Oppoq oy nurida qarshimda shu kez
Bir ajib manzara bo‘lur namoyon:
Quturgan zo‘r portlash qirg‘og‘u to‘g‘on
Ikkisin bir yo‘la ko‘kka otadi.
Binolar yo‘qolar benomu nishon,
Tepayu o‘tloqlar suvga botadi…
Sokinlik qo‘ngandir ko‘lning yuziga,
Osmonu ko‘l ichra yulduzlar yonar.
Faryodi yer-ko‘kni solib larzaga
Faqat bir yigitcha kuyib o‘rtanar.
Go‘yoki shu daryo uyini vayron,
Orzusin oqizib olib ketgandek.
Yo shu on va’daga shoshgani jonon
Bu yorug‘ dunyodan nogoh o‘tgandek!

Shuhrat tarjimasi