Futuhiy (XVIII asr)

* * *

Bir kichik dilbar ko‘rib men qomati nozukkina.
G‘uncha lab havasta erur qip-qizil o‘nglukkina.

Garchi yoshidur kichik, shirin labi asru suchuk,
Har boqishda ko‘zining iymosi bir turlukkina.

Ashkdek bir yerda samo’-jilva aylab har taraf,
Qirmizi ko‘nglak ichida tor tishik bo‘rklikkina.

Kulmusub dedi manga: bir kun sanga rahm aylagum,
Ko‘zidin bildimki, ermas xandasi o‘trukkina.

Navmidim erdi bu yolg‘on va’dasidin surulub,
Yosh bolalar ichra ko‘rdim nogahon surlukkina.

Ixtiyor etdim ayog‘in o‘fkali, qilmay qabul,
Seskanib qochdi samandin sakratib chobukkina.

Chunki ko‘rdim muncha makru shevalar andin dedim,
Ey Futuhiy, un chiqarmay endi bo‘lg‘il shukkina.

Uyg‘ur tilidan Omonbek Jalilov tabdili