Aygerim Taji (1981)

Aygerim Taji 1981 yilda Qozog‘istonning Aktyuba viloyatida tug‘ilgan. Moskvada bo‘lib o‘tgan “Pillapoya” konkursi g‘olibi. She’rlari ingliz, frantsuz, arman tillariga tarjima qilingan. Bir qancha xalqaro festivallar ishtirokchisi.

* * *

mening yuragim taxir
tordir juda ko‘krak qafasim
shahar yo‘llaridan yurib boryapman
sochib yuborilgan do‘nglik chetlari
nafas olsam ozgina havo
nafasimni qo‘ysam so‘zlar jo‘rligi
yirtilgan chodirga namatdan
yuborilgan begona osmon
zoye ketgan shamol shiddati
ko‘zlarda paypaslanar ziyonu zahmat
yovshanlarga chirmashgan ko‘ngil
jarohatli darcha eshigi
oyna orqasida havosiz asr
tutqunlardan darz ketib bo‘lgan

* * *

suzgim kelar oqim bo‘ylab
g‘ijimlangan qog‘oz qayiqda
bo‘m-bo‘sh qirg‘oq tomon esib ketayotgan
shamolni egningga kiyib ko‘rmoq
yopiq shahar yonidan o‘tib
bir tishlangan olma izidan
elib o‘tmoq ayanchli sasda
ariqqa
o‘zanga
she’rlarga

Rus tilidan Go‘zal Begim tarjimasi