Berdaq (1827-1900)

Berdaq (taxallusi; asl ismi Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li) (1827—Mo‘ynoq tumani — 1900) — shoir, qoraqalpoq adabiyoti asoschisi.
Avval ovul maktabida, so‘ng madrasada tahsil ko‘rgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Maxtumquli va qoraqalpoq shoiri Kunxo‘ja asarlarini chukur mutolaa qilgan, ulardan o‘rgangan. U tarixni va xalk, ogzaki ijodini yaxshi bilgan.
Berdaqning lirik she’rlarida, dostonlarida qoraqalpoq xalqining 18—19-asrlardagi ijtimoiy hayoti o‘z ifodasini topgan. U o‘z davri voqealariga, ijtimoiy munosabatlarga zukko shoir sifatida baho beradi. Asarlarida tenglik, insonparvarlik, adolat va vatanparvarlik g‘oyalari ilgari suriladi.
Berdaq ijodida mehnatkash xalqning ahvoli asosiy mavzudir («Bo‘lgan emas», «Soliq», «Bu yil», «Umrim» va b.). Shoir qaqiqat uchun, mehnatkash ommaning baxti va kelajagi uchun fidokor kurashchilarni orzu qiladi («Xalq uchun», «Menga kerak» va b.). Tarixni mavzudagi «Avlodlar», «Omongeldi», «Azadosbiy», «Ernazarbiy» asarlarida shoir xalq qaxramonlaripi faxr bilan kuylaydi.
Berdaqning «Avlodlar» asari tarixiy voqealar solnomasi bo‘lib, qoraqalpoq xalqi bilan boshqa turkiy xalqlar hayotidagi mushtarak voqealar qalamga olinadi, qabila va xalqlarning kelib chiqishi haqidagi fiqolari bayon qilinadi. Berdaq ba’zi ta’magir ruhoniylarning kirdikorlarini fosh etadi («Yaxshiroq», «Shekilli» va b.), ayollar huquqini himoya qiladi, yoshlarni vatanni sevishga, ma’rifat cho‘qqilarini egallashga chaqiradi («O‘g‘limga», «Ahmoq bo‘lma» va b.).
She’riy mushohadalari va hayotga qarashlarida boshqa mehnatkashlarning baxtiyor yashashini orzu qildi. Berdaq xalqni baxtli qilish haqida o‘ylar ekan, Allohdan madad so‘raydi («Yordam ber»), baxt haqida fikr yuritadi («Izladim»), odil podshoni orzu qiladi («Kerak»), baxtiyor yashaydigan jamiyat qurilishiga umid qiladi.
Berdaq ijodi xalq og‘zaki adabiyoti an’analariga yaqin turadi. Ijodi serqirraligi, asarlarining g‘oyaviy va badiiy yuksakligi bilan qoraqalpoq adabiyoti tarixida asosiy mavqeni egallaydi. Uning ko‘pgina asarlari o‘zbek va boshqa xalqlar tillariga tarjima qilingan.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda boshqa tavalludining 170 yilligi ksng nishonlandi (1998). Toshkent shahridagi xiyobonlardan biriga boshqa nomi berildi va byusti o‘rnatildi. Shoir tug‘ilgan joy — Bo‘zatovda ham byusti o‘rnatilgan (1998). Nukus shahrida Berdaqqa haykal qo‘yilgan, musiqali drama teatri, ko‘cha va maktabga boshqa nomi berilgan.

XALQ UChUN

Yigit bo‘lsang arslon kabi tug‘ilgan,
Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun,
Yigit bo‘lsang arslon kabi tug‘ilgan,
O‘zim demay, g‘amxo‘rlik qil xalq uchun.

Berdimurod, o‘ylab aytgil so‘zingni,
Ko‘tarma, lof urib, faqat o‘zingni,
Qizartmagay birov sening yuzingni,
Qo‘ldan kelsa, xizmat ayla xalq uchun.

Etarsan murodga, gar xizmat etsang,
Eling yo‘llaganda har qayon ketsang,
Har qachon dushmanning boshiga yetsang,
Kuch ayamay, xizmat ayla xalq uchun.

Yigit kishi odam dilin eritar,
Aytgan so‘zin boldan shirinroq aytar,
Bir aytgan so‘zidan qaytmasdan ketar,
Aynimasdan xizmat etar xalq uchun.

Zolimlar tinglamas faqirning zorin,
Ular o‘ylar o‘z foydasin, o‘z korin,
Hech qachon zolimlar qo‘ldagi borin
Ep ko‘rmaslar, bor bo‘lsa-da, xalq uchun.

Yigit degan yaxshi bilimdon bo‘lur,
Bilim, hunar yigit uchun shon bo‘lur,
Aqlsizlar ishi ko‘p yoman bo‘lur,
Ahmoqlar hech xiemat etmas xalq uchun.

Xizmat qil-u, yurma tag‘in dod etib,
Dushmanni yig‘latgin, do‘stni shod etib,
Ota-yu onani doim yod etib,
Xizmat ayla ota-ona haqqi-chun.

Yigit kirmas fosiqlarning so‘ziga,
Aslo tushmas manmanlikning iziga,
G’ayrat berib o‘lganicha o‘ziga,
Xizmat etar mudom qondosh xalq uchun…

Bo‘ri hech vaqt o‘z dardini bildirmas,
Yaxshi odam dungmanini kuldirmas,
Qo‘ldan kelsa unga davron surdirmas,
Er yigitning joni qurbon xalq uchun.

Sen, ey ko‘nglim, o‘yla, osiylik etma,
Manmanlik aylab nohaqqa ketma,
Dushmanlarga aslo siringni aytma,
Yaxshi bo‘lur ishing chandon xalq uchun.

Yosh yigitga nomus kerak, or kerak,
Bo‘yi xipcha, go‘zal, nozli yor kerak,
Uzoq yo‘lga ketsa, qator nor kerak,
Yaxshi yigit xizmat etar xalq uchun-

Berayin bo‘lajak ishlarni so‘ylab,
Aslo ish qilmangiz yomonlik o‘ylab,
Yuz o‘lchab, bir kesing, ishni soz aylab,
Bor kuchinpni sarf aylagil xalq uchun.

Ey yigit, ishingda xomlik bo‘lmasin,
G’uichalasa guling, hargiz so‘lmasin,
Bilak kuchli bo‘lib, qo‘ling tolmasin,
Bor kuchingni sarf aylagil xalq uchun.

Do‘stlik bilan har bir ishda shay tursang,
Jon ayamay el-yurt uchun ish qilsang,
Qayg‘ulanmay, ulug‘ ishga qo‘l ursang,
Shunda mening ko‘nglim o‘sar xalq uchun.

Mard yigitni agar sevsa elati,
Kundan-kuyaga ortar uning quvvati,
Ortida qoladi yigitning oti,
Shuning uchun xizmat etar xalq uchun.

Bu zamonda jabru jafo chekarman,
Qora ko‘zdan qonli yoshlar to‘karman,
Zolimlarning zulmin ko‘rib so‘karman,
Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun.

Bo‘lmadi hech yerda manzil-makonim,
Zahru zaqqum bo‘ldi ichgan-eganim.
Aytsam-da, bo‘lmadi mening deganim,
Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun.

Berdimurod, haqiqatni izlading,
Mudom elga to‘g‘ri yo‘lni ko‘zlading,
Yovuzlardan qo‘rqmay, haqni so‘zlading,
Jon-taningni berding doim xalq uchun.

Quvvat bergay so‘zim nozik bellarga,
Madad bergay toza g‘uncha gullarga,
Baxt kelarmikin bizniyag ellarga?
O‘lguncha aytarman so‘zni xalq uchun.

Yigitlar, aytayin, tinglang zorimni,
Men bayon etayin arzu xrlimni,
G’am-g‘ussalar olar bo‘ldi jonimni,
Berdimurod aytar dardin xalq uchun.

Ajal yetib o‘lsam shu kunda o‘zim,
Ketimda qoladi o‘lmayin oo‘zim,
Tiriklikda ko‘rdi ko‘plarni ko‘zim,
Farqin bilgan xizmat etar xalq uchun.

Berdimurod, o‘ylab so‘zingni ko‘rgil,
Yurgan so‘qmoqlardan izingni ko‘rgil,
Qayg‘u chekmay g‘ariblarga qo‘l bergil,
Shunda ishing bo‘lur faqir xalq uchun.

Ko‘p yig‘lama, o‘z bag‘ringni dog‘lama,
Sozni chertib, eldan o‘zga chog‘lama,
Dushmandan xavf etib, yo‘ling bog‘lama,
Umr bo‘yi xizmat ayla xalq uchun.

Yaxshi bo‘lsang murodingga yetarsan,
Necha manzil, xavfli joydan o‘tarsan,
Yomon bo‘lsang, ohu fig‘on etarsan,
Yomonni uchratsang daf qil xalq uchun.

Yomon odam bilmas so‘zning farqini,
Qadrin bilmas og‘a-ini, xalqining,
Ko‘tarmoqchi bo‘lar o‘zin dong‘ini;
Yomonni uchratsang daf qil xalq uchun.

Yaxshi odam so‘z ma’nosin anglaydi,
Yomon odam buzuq so‘zni tinglaydi,
Nodon odam aslo so‘zga kirmaydi,
Mening ko‘nglim vayron bo‘lar xalq uchun.

Yaxshi odam yoqar shirin joningga,
Yomon odam bo‘yar qizil qoningga,
Qo‘l cho‘zadi yana yegan noningga,
Yomondan nafratlan hamon xalq uchun.

Og‘alar, bo‘ldi-ku bag‘rim yuz pora,
Bu dunyoda qayg‘u oshar tobora,
El kezaman chinlik izlab, ovora,
Tinmay xizmat qilsam deyman xalq uchun.

Yaxshi yigitlarning fe’li tor bo‘lmas,
Yaxshilarga yomon ishlar kor bo‘lmas,
Beodoblik ishlar yodiga kelmas,
Shu sababli ko‘ngling to‘lar xalq uchun.

Rost ayt, Berdimurod, so‘zlama yolg‘on,
Bu dunyo — uzoq yo‘l, otangdan qolgan,
Yurar bu zamonda faqat aql olgan,
Yaxshilar xizmatin qilar xalq uchun.

Odam aytur odamga xush so‘zlarin,
Ma’lum etmas noxaqlarga izlarin,
Ko‘rganini aytur mening ko‘zlarim,
To o‘lguncha xizmat etay xalq uchun.

Aqllilar bilur so‘zning farqini,
Xafa qilmas unday kishi xalqini,
Bilur aql bilan uzoqchyaqinni,
Shunday odam ishlar doim xalq uchun.

Haq ishni yod etib bu Berdimurod,
Tavsif etib, oz emasdir, yozdi xat.
Aytib necha so‘zni, qilib ehtiyot,
Uning farqin o‘ylaganlar xalq uchun.

Shoir edim, ko‘zim ko‘rganin yozdim,
Ko‘nglimning bilganin, sezganin yozdim,
Zamon jafosidan sarg‘aydim, ozdim,
Kelurmu deb yaxshi kunlar xalq uchuya.

Otim Berdimurod, men xalqning o‘g‘li,
Sahroda sayrovchi, sayroq bulbuli,
Un gulidan ochilmadi bir guli,
Murodiga yetolmadi xalq uchun.

SOLIQ

Bulturgidan bu yil yomon,
Qanday bo‘ldi bu shum zamon.
Kambag‘allar qolmay omon,
O‘n tilladan keldi soliq.

Buni soldi Nurimbet«jon».
Buyruq berdi otalik, xon,
Xalq bo‘lsin deb xonavayron,
O‘n tilladan keldi soliq.

Menga hech gap, eshagim bor,
Sotib berarman bir bozor,
Attang, sho‘rli och Ernazar,
Unga qiyin bo‘ldi soliq.

U faqirning narsasi yo‘q,
Koshki qorni bo‘lsaydi to‘q,
Hattoki bir tovug‘i yo‘q,
Dovdiratdi uni soliq.

Uyida bor yetim bollar,
Tomoq, non deb zor yig‘larlar,
Yurak-bag‘rini tig‘larlar,
Juda qiyin bo‘ldi soliq.

Anov yotgan Palim laqqi,
Xaloyiqda bormi haqqi?
Berar edim unga zaqqi,
Darmonni quritdi soliq.

Anov yurgandir Elmurod,
Ostida yomon ola ot,
Unga nedir bu saltanat,
Kishi xuni bo‘ldi soliq.

Undiradi och xalqdan,
Etimlar yig‘lar xorlikdan
Boy omon qoldi soliqdan,
Tuhmat to‘lov bo‘ldi soliq.

U o‘tirgan- Qulimbet boy,
Tayyor oldida oppoq moy.
Och xalq yurar topolmay joy,
Tuhmat bo‘ldi ushbu soliq.

Anov machit yorug‘langan,
Mehrobida chiroq yongan
Qur’on ochib, xalqni so‘rgan
Eshonlarga yo‘qdir soliq.

Oq namatli ulkan o‘tov
O‘z oldiga bo‘lib atov,
Erman oxun turar anov,
Ularga ham yo‘qdir soliq.

Anov yurgan Pirim cho‘loq,
Ulgunday mumsik va yaloq,
Soliq yig‘ishga shay shu choq,
Bizlar uchun qiyin soliq.

YoZ KELURMI!

Dovul turdi, tuman yurdi,
Fuqaroga yoz kelurmi?
Qo‘shnimning qamishin surdi,
Fuqaroga yoz kelurmi?

Jon achitar qora sovuq,
Yoz kelmasday bo‘ldi yovuq,
Umr bo‘yi shunday xo‘rlik,
Fuqaroga yoz kelurmi?

Yovg‘onim yo‘q, ichay desam,
Ot-ulov yo‘q, tushay desam,
To‘shagim yo‘q, to‘shay desam,
Sho‘rlik elga yoz kelurmi?

Yurgan yerim Ayricha otov,
Qo‘lu oyog‘imda bo‘g‘ov,
Qachon bizda tugalar dov,
Sho‘rlik elga yoz kelurmi?

Oldimizda taqir sahro,
Orqamizda teran daryo,
Og‘ir mehnat bo‘ldi balo,
Bizga axir yoz kelurmi?

Cho‘zilay desam uyim yo‘q,
Egnimda iliq kiyim yo‘q,
Na mol, na don, na buyum bor,
Biz sho‘rlikka yoz kelurmi?

Haq qayda, haqiqat qayda?
Shunday azob hamma joyda,
To‘qlardan yo‘q qittak foyda,
Yashnab, yayrab yoz kelurmi?

Qaranglar asli zotimga,
Dodimga, ahvolimga,
Yupun, faqir elatimga
Yashnab, yayrab yoz kelurmi?

BO‘LGAN EMAS

Dunyo yaralgandan beri
Podshoh odil bo‘lgan emas,
Shairlar qalam olganda
Xatga to‘g‘ri solgan emas.

Inaqu bekning bollari,
Har nega yetdi qo‘llari,
Ochiq, keng edi yo‘llari,
Hech vaqt horib, tolgan emas.

Bo‘lmadi qilgan niyatim,
Xo‘r bo‘ldi xalqim, himmatim,
Yig‘lay-yig‘lay o‘tdik yetim,
Yig‘lamas vaqt bo‘lgan emas…

Bizning xalqning biylari,
Sozdir jahonda uylari,
Doim tarala kuylari,
To‘g‘ri javob aytgan emas.

Mening bu aytgan chin so‘zim,
So‘zim emas, mening o‘zim,
Yumilgancha mk«i ko‘zim,
Hech vaqt yoshsiz bo‘lgan emas.

Birovlar juda zor bo‘ldi,
Birovlar juda xor bo‘ldi.
Lochinga qurgan to‘r bo‘ldi,
To‘rni hech kim uzgan emas.

Qarag‘ay emas, so‘kit bo‘ldim,
Qari emas, yigit bo‘ldim,
Tog‘dan uchgan burgut bo‘ldim,
Qo‘nar yerim bo‘lgan emas.

Gul bo‘ldimu, yayramadim,
Oqil bo‘lib, o‘ylamadim,
Bulbul bo‘lib sayramadim,
Hodisa kam bo‘lgan emas.

Qurg‘oq kunda yog‘in bo‘ldim,
Bo‘ron bo‘ldim, chaqin bo‘ldim,
Palak yozgan qovun bo‘ldim,
Betashvish kun bo‘lgan emas.

Zolimlarning jabri o‘tdi,
Yig‘lay-yig‘lay esim ketdi,
Nega muncha sho‘rlik yetdi,
Yorug‘ kunim bo‘lgan emas.

Qanchalar och, qanchalar to‘q,
To‘q odamlar qayg‘usi yo‘q,
Ochlarning hech uyqusi yo‘q,
Uni to‘qlar bilgan emas.

Qoraqalpoq ,— xalq bo‘lgandan,
Xalq atog‘in olgan kundan,
Haq taolo yo‘l solgandan —
Bir tenglikni olgan emas.

Eshonlarda muruvvat yo‘q,
Boy-biylarda adolat yo‘q,
Fuqaroda saodat yo‘q,
Xalq o‘ynab-kulgan emas.

Ey yoronlar, sirtim butun,
Bag‘rim yonib bo‘ldi tutun.
Zolim oshirib o‘z haddin,
Aslo rahm qilgan emas.

Bu dunyo dunyo bo‘lmadi,
Erkimizga hech qo‘ymadi,
Dushmanning guli so‘lmadi,
Tilagym hech bo‘lgan emas.

Bu dunyoning dardi yomon,
Quvon, boshing qolsa omon,
Tushdi boshga oxir zamon,
Inon, do‘stlar, yolg‘on emas.

Kundan-kunga bo‘ldi battar,
Har kim o‘z g‘amin tortar,
Qora tuman qachon ketar?
So‘ngan chiroq yongan emas.

Dunyoga keldim, ne ko‘rdim,
Qayg‘u-hasratlarda yurdim,
Ado bo‘lmas dilda dardim,
Hech kim nazar solgan emas.

Berdimurod — mening o‘zim,
Kunxo‘jani ko‘rdi ko‘zim,
Ojiniyozdan uqqan so‘zim,
Ular ham shod bo‘lgan emas.

Mirtemir tarjimalari

Yaxshiroq

Oq bug‘doyi turib, suli sepkandan,
Toza sholi turib, kurmak ekkandan,
Jo‘nsiz qirq kun qayg‘u-hasrat chekkandan,
Tan sog‘likda bir kun shodlik yaxshiroq.

Dunyoga chiqqan so‘ng, baxting ochilsa,
Dushmanlaring oyog‘ingga bosh ursa,
Yov bo‘ysunib, ikki qo‘lin qovshirsa,
Ko‘zni olaytgandan, izzat yaxshiroq.

Yumush ishla, tug‘ilgan so‘ng, el uchun,
Joningni ayama, elda er uchun,
Kindikdan qon tomib, tuqqan yer uchun,
O‘lib ketguningcha xizmat yaxshiroq.

Hech qachon do‘stlaring bo‘lmasin hayron,
Qo‘ldan kelsa soling dushmanga vayron,
Elu xalq bir bo‘lib aylangiz sayron,
Tug‘ilgan yer uchun hurmat yaxshiroq.

G‘ayri birovlarni etib qurdoshing,
Oqizmagin dilbaringning ko‘zyoshin,
Yomon bo‘lsa ham umrlik yo‘ldoshing,
Vaqtincha qo‘l bergan hurdan yaxshiroq.

Odam bolasinda bo‘lsin or-nomus,
Eng kami yuz bo‘lsin ko‘z ko‘rgan tanish,
Magar bilmay qo‘lni qiysa bir qamish,
Shul vaqt qonin tiygan ordan yaxshiroq.

Er yigitga nomus bilan or kerak,
Oqko‘ngil, qalamqosh sevar yor kerak,
Mehmon kelsa kutib olar hol kerak,
So‘ygani bir echki-moldan yaxshiroq.

Xush kelding, deb, otdan tushgan ul qo‘noq,
O‘tirgan bo‘lmasin shu uyni sinab,
Ko‘zli ham oyoqli, tilli bir cho‘loq,
Hunarsiz, bilimsiz qo‘ldan yaxshiroq.

Xiva xon qasd etib, po‘sdi qang‘ib yurt,
Mulksiz nochorlarga tushdi ko‘p solg‘irt,
Uzunasi tekis, yo‘g‘on bir arg‘it,
Soni yuz, sifatsiz toldan yaxshiroq.

Uyg‘onib, ertadan yumushga chiqib,
Qo‘lingni qabartib, belingni bukib,
Tizzangni sizlatib, mehnatin chekib,
Egan bir zog‘orang boldan yaxshiroq.

Teran aql kerak so‘zni tizmoqqa,
Tiniq xayol kerak barin sezmoqqa,
Suv ichinda vahimasiz suzmoqqa,
Bir qayiq olti yuz soldan yaxshiroq…

…O‘zga kam-ko‘st kelib tushdi, oh-voyim,
Sababsiz tayoq yeb, nedur gunoyim,
Erni, ko‘kni xalq aylagan xudoyim,
Bu yurishdan ajal kelgan yaxshiroq.

Bir oqshom ayttirib urdi yoziqsiz,
Ne chora boylog‘siz holda, qoziqsiz,
Qoraqalpoq kuning o‘tdi yorug‘siz,
Bul o‘tgan umrdan zindon yaxshiroq.

Ne asl so‘z aytdim, o‘tdi ayonsiz,
Ne xizmatlar etdim, ketdi poyonsiz,
Men ham bir jon edim yurtga ziyonsiz,
Xo‘rlik ko‘rdim, tek o‘lgandan yaxshiroq.

Berdimurod aytar, ko‘rolmay yog‘du,
O‘lib ketar bo‘ldi, ochilmay baxti,
Berdimurod – xalqni, xalqi – Berdaqni,
Yolg‘izinday ko‘rar jondan yaxshiroq.

Qoraqalpoqchadan Yangiboy Qo‘chqorov tarjimasi