To‘raboy Jo‘rayev (1951)

To‘raboy Jo‘rayev (Turabay Joroyev) 1951 yili Botken viloyatining Laylak tumanida tug‘ilgan. O‘sh pedagogika institutini (1972) va Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan (1979). Qirg‘izistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi. Qirg‘iziston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1991).
“Ыyman” (“Iymon”), “Avaz” (“Ovoz”), “Dartikem jүrөk” (“Dardmand yurak”), “Ak jarыk” (“Oq yorug‘”) kabi kitoblar muallifi. She’rlari rus, turk, o‘zbek, tojik tillariga tarjima qilingan.

* * *

Dilda o‘t — yashash yaxshi,
Umr bir, umr qisqa…
Yaralgan — kelmoq-ketmoq,
Yaratgan jo‘mard, usta.

Bir zumday o‘zi hayot,
Goho soz, goho g‘amchi…
Taqdiring yaproqdagi
Mo‘ltirab turgan tomchi…

Kelishing — cheksiz umr,
Qoyilsan barchasiga.
Ketishing — duchor bo‘lish
Oxirat darchasiga.

Nigohday joyga agar
Iz tushsa sendan o‘chmas:
Qoladi zamonlarning
O‘qlari tegsa ko‘chmas.

Qalbing pok bo‘lsa hamki,
Unutma, umring qisqa.
O‘jarlan — el-yurt deya
Yashashdan o‘zing qisma!

SOG‘INAYIN…

Men seni sog‘inarday
Olisla bo‘lay deyman.
Taysallab uzoqlarga
Ketibon qolday deyman.

Bo‘ysunib o‘y-tilakka
Chidamim yetmay qolar.
Go‘zalim, ro‘y-sumbating
Yopishib, ketmay qolar,

Sevgining bo‘ronlarin
Engayin deyman, lekin
Nigohing bog‘lab qo‘yar,
Holimga ishqing hokim.

Ko‘z qiymas, olislatmas
Kuchi zo‘r farishtamsan.
Ishq qo‘li chirmab qo‘ygan,
Bog‘lagan zar rishtamsan.

Bu mening baxtim chog‘i
Bariga chiday olgan.
Sevgida — sabr chindir,
Sevgida — xorish yolg‘on!

Kun, tunda kuttirmasdan
Evrilib tur nur, Oyim.
Qo‘msayin, uzoqlashmay
Qayta-qayta sog‘inayin.

Usmon Temur tarjimasi