Musa Jong‘oziyev (1921-1997)

Musa Jong‘oziyev (Musa Jangaziyev) 1921 yili Qirg‘izistonning Sokuluk tumanida tug‘ilgan. «Kыrgыzstan pioneri», «Jash leninchi», «Ala-Too», «Kыrgыzstan madaniyatы» nashrlarida ishlagan. Qirg‘iziston xalq shoiri (1981).

Ilk she’riy to‘plami 1950 yili “Bolalik” nomi bilan chop etilgan. Ellikdan ortiq kitoblari nashr etilgan.

ODAMLAR HAM…

Qaritarkan kunlar qo‘shib
Sochga oq.
Yasharadi lol qoldirib,
Olatog‘!..

Gulu daraxt tozaradi,
Yashnaydi,
Bunga sabab shildirqgan
Sof buloq!

Tog‘u toshlar, dov-daraxtlar
Har ishda —
Bizdan ko‘ra tutar o‘zin
Sarishta.
Atay izlab xatosini
Topmaysan.

Bu borada ular chindan
Farishta:
Ular kabi tutsa o‘zin
On sayin —
Odamlar ham yashar edi
Tog‘dayin!..

Usmon Temur tarjimasi.