Ermamat Usmonov (Ermamat Osmonov) 1937 yili Novqat tumanining Merkit qishlog‘ida tug‘ilgan. To‘qmoqdagi respublika madaniy-oqartuv bilimgohini tamomlagan (1960). Qirg‘iziston jurnalistlar uyushmasi (1970) va Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasi a’zosi (1988).
Ilk she’riy to‘plami 1976 yili chop etilgan.
DARAXTLAR
Erning yuzi oqu qizil nurga to‘lar,
Daraxtlar bahor chog‘i suygun bo‘lar,
Nafaqat hur tabiat, hatto qushlar,
Uzog‘u yaqinlardan bizga kelar.
Suluvlar olishganday qoshin bo‘yab,
Daraxtlar yerga yoyar yashil bo‘yoq.
Umrga yashilligu hid taratgan
Daraxtlar sog‘ligimiz turar suyab.
Ona yer har qandayin kezda go‘zal,
Mevaliga mevasiz ham bizda go‘zal.
Mehri daryo onalarday «bola»si mo‘l
Daraxtlar bo‘lgan, bo‘lur kuzda go‘zal!..
* * *
Haqgo‘ylik ko‘p qo‘l uzdirdi qari-yoshdan,
Hatto goho uzoq-yaqin qarindoshdan.
Unutmang, kim poydor etsa haqiqatni,
Men endi bir o‘shalarga qarindoshman.
Usmon Temur tarjimasi