Andjey Bursa (Andrzej Bursa) – polyak shoiri, yozuvchi va jurnalist. Bor-yo‘g‘i 25 yil umr ko‘rgan bo‘lsa-da, o‘z ijodi bilan polyak adabiyotida yorqin iz qoldirgan. 1967 yili Polshada Andjey Bursa nomidagi mukofot ta’sis etilgan.
HAMLET
Yarim tunda shamlar o‘chgan asnoda
Posbonlar otlarni almashtirgan dam
Qaddini rostlaydi Hamlet shahzoda
O‘zini his etar dadil va bardam
Elkada hilpirar qora libosi
Yurish-turishi ham nozik bag‘oyat
Zulmatli saroyda o‘lim nafasi
Hamlet tanlashi shart – hayot yo mamot
Har kun yerto‘lada qayrashar qilich
Har kimga bittadan ayg‘oqchi xufya
Shart emas baloni bezovta qilish –
Hamlet kulib boqar ko‘zguga qiya
JALLOD
Aytishlaricha, jallod endi
frak ham
niqob ham
kiymas emish
(balki Parijda kiyar bizda esa yo‘q)
u odatdagidek kiyinar
“odatdagidek” demak hamma kabi
jigarrangkulrangyo‘lyo‘l
o didi past
qoloq oliftalar
teatr tanazzuli haqida gap to‘qiydilar-u
biroq o‘zlari shuginani ham eplab sahnaga qo‘yolmaydilar
meni dorga osayotganda
jallod frak kiygan bo‘lsin.
Rus tilidan Rustam Musurmon tarjimasi