Zohir Shironiy (Zahir Şirani) 1966 yil 15 aprelda Ozarboyjonning Ganja shahrida tug‘ilgan. “Orzularim chin bo‘lardi”, “Bir hovuch tuproq” nomli kitoblari chop etilgan.
BIR HOVUCh TUPROQ
Sarhadning u yoni, ota o‘chog‘i,
So‘zimning makonin yetkazardim man.
Bir hovuch tuproqni ichimga solib,
VATANni otamga keltirardim man.
Lahza qo‘ymas edim, so‘nggi xatomga,
Dema birinchi bor o‘lmagan sog‘mish.
Tasalli bo‘lmadi tuproq otamga,
Dard ikkinchi da’fa g‘arib bo‘lmasmish.
Ilk bor anglamadim, ilk vaqt yonmadim,
Man endi netayin, yendi naylayin?
U joydan bir hovuch tuproq keltirib,
Uni ham otamdek dafn aylayin.
Sahari quyoshdek uchgan tuproqni,
Uchirdim abadiy issig‘i so‘ndi.
U joydan bir hovuch tuproq keltirdim,
Ko‘mgandim otamdek g‘aribga do‘ndi.
Hukm eting, hokimlar, yerning qarorin,
Jazom na, o‘limmi, yo‘qsilning ilmi?
Odam o‘ldirgandan holim abgormi,
Tuproq oldirganlar qotil deyurmi?..
* * *
Yana yodga tushdi bola bog‘chasi,
Onam eltar edi qo‘limdan tutib.
Ichimda bir hislar, bir gul havosi,
Balki ko‘plar qo‘ygan buni unutib.
Qorayib chechakdan oq lachaklari,
Kelib-ketmas sira deya o‘ylardim.
Bilarkan onasiz haqiqatlarni,
Oborib ichimda kulcha qo‘yardim.
Zamonlar eltdilar u shan yillarni,
Yoningda bo‘lganda na g‘am, na dardim.
Yuragimga to‘lgan puch fikrlarni,
Chiqarib boshimdan yerga ko‘mardim.
Unutildi orzu, unut bo‘ldi g‘am,
Vaqti xazon keldi, g‘amlar chamalab.
Onamni tuproqqa qo‘ygan u kuni,
Nega qo‘llarimni kesmading falak.
Ko‘rganlar ne deydi, charchadim yana,
Xislarim dildirab, xayolda oyim.
O‘zini o‘girib so‘l tarafiga,
Ko‘rarki, yonida bo‘m-bo‘shdir joyim.
U ki, bu bitta yo‘l rohatda yotgan,
Dard oh, voy, uyqumga uyqu yoyaman.
Onamning yonida, quyoshday botgan,
Eh, bunda men yo‘qman, man yotmayiram.
Yana yuragimda, shovqin, bo‘ron, qish,
Kutmoq ado qildi, sochimda oqlar.
Kim ko‘rsa, onamga desin, ne bo‘lar,
Bola boqchasidan keltirgan choqlar.
Dilbar Haydarova tarjimasi