Zaynab Darbandli (1970)

Zaynab Darbandli (Zeynəb Dərbəndli) 1970 yilda Darbandda tug‘ilgan. Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi va Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Shoira, qo‘shiqchi. Qator kitoblari ozar va rus tillarida chop etilgan.

BU FONIY DUNYo

Ko‘nglim siniq toshdir,
Yuragim daryo.
Hammadan qoladi;
Bu foniy dunyo.

Agar istasangki;
Yodda qolasan.
Muhtojlarni ko‘rsang,
Yordam ber inson.

Qo‘y oting har zamon,
Adashda qolsin.
Yaxshini insonlar;
Yodiga solsin.

Vaqt kelar o‘zing ham,
Bir kun aytasan.
Darbandli Zaynabga;
Bu so‘zga ehson.

DARBAND

Ulug‘ shahar maning otim,
Hech vaqt buzilmagan ontim,
Tarixingga suyanganim,
Doimo porlagan Darband,
Hamisha mard tayan Darband.

Umidimsan, yuragimsan,
Ko‘ksi baland tarzimsan,
Sanla fahr etarman man,
Mani mandek tuygan Darband,
Hamisha mard suygan Darband.

Man gavdangman, san boshimsan,
Man yuzingman, san qoshimsan,
Unutilmas yoddoshimsan,
Yotaverma, uyg‘on Darband,
Mardliklarga chulg‘on Darband.

Har toshingda bir tarix bor,
To‘rt tarafing xundir hazor,
Bezakli zo‘r darvozang bor,
Hammani mot qilgan Darband,
Hammani mard bilgan Darband

Shayton tutmas qo‘llaringni,
Qurbon berding ming yeringni,
Janglarini, hunarini,
Tarixdan tashigan Darband,
Hamisha mard bo‘lgan Darband.

Ko‘rgan deydi, ajab yerdir,
Ming jahonga barobardir,
Har kelgan kelib-ketardi,
O‘lmaslikning nomi Darband,
Mardliklarning shoni Darband.

Zaynab seni Onam deydi,
Nomingga ham boshin egdi,
Yozgan she’ri tosh, toshdayin,
Bu har kasga ayon Darband,
Hamisha mard degan Darband.

ONASIZ YeTIMMAN

Holimga yonganim, yig‘laganim yo‘q,
Yaram juda chuqur, bog‘laganim yo‘q,
Mendan og‘iriga dog‘laganim yo‘q,
Onasiz yetimman, yetim shoirman.

Yuragim tanhodir, kula olmasman,
Onam nega ketdi, bila olmasman,
Hamonki, o‘zimga kela bilmasman,
Onasiz yetimman, yetim shoirman.

Dardim ichimdadir, yolg‘iz tashiyman,
Olloh der o‘zing chek, tashiyman,
Dunyoga kelgandan yuk tashiyman,
Onasiz yetimman, yetim shoirman.

Otamdan ayrildim go‘dak yoshimda,
U kundan dunyoning dardi boshimda,
Menga farqi yo‘qdir, yozim, qishimda,
Onasiz yetimman, yetim shoirman.

Zaynabman, dardlarim boshimdan oshgan,
Ichimda injiq bir hislar tutoshgan,
Ba’zan ko‘zlarimda, dengizlar toshgan,
Onasiz yetimman, yetim shoirman.

QAYTARING MANGA ShUShAMNI

Tog‘larimni dard-g‘am olib,
Yog‘iy unda maskan solib,
Dushman toptovida qolib,
Qaytaring manga Shushamni!

Qon to‘kilur u toy, bu toy,
O‘tdi necha yil necha oy,
Sog‘inchim ulg‘ayar har oy,
Qaytaring manga Shushamni.

Notavonim azob chekur,
Hastxratig‘ko‘z yosh to‘kir,
Istamayman bunday umr,
Qaytaring manga Shushamni!

Ikkicha yil ko‘rgan Ahmad,
U jannatga qilib hasad,
Yolvoradi yo Madad,
Qaytaring manga Shushamni!

Dunyo uzra jannat yurtim,
Saninla ming xayol surdim,
Ey davlatim, shonli o‘rdam,
Qaytaring manga Shushamni!

Vatanim Shushasiz yig‘lar,
Sarg‘ayib oq gulli bog‘lar,
Oq ro‘moli qonli tog‘lar,
Qaytaring manga Shushamni.

Xon yeli fig‘on aylayur,
Siynamni hasrat teylayur,
Bizdan intiqom ko‘zlayur,
Qaytaring manga Shushamni!

Qaytaring u tog‘larimni,
Shirin, go‘zal chog‘larimni,
Ozod eting Jabborimni,
Qaytaring manga Shushamni.

Qani xon Ibrohimxalil,
Dushmanin aylasin zabun,
O‘tibdir yigirma to‘rt yil,
Qaytaring manga Shushani!

Shusha manim yuragimdir,
Oltin jannat beshigimdir.
Borim, yo‘g‘im, har sheyimdir,
Qaytaring manga Shushamni!

Qorabog‘ning shoh asari,
Vatanimning jannat yeri,
Bu dunyoning lali, zari,
Qaytaring manga Shushamni!

Vatanda Vatansizman man,
Saningsiz kafansizman man,
Shushamsiz o‘zimsizman man,
Qaytaring manga Shushamni!

Yashasam ham och yoki to‘q,
Siqsin siynamdan qonli o‘q,
Bu dunyoda ovozi yo‘q,
Qaytkring manga Shushamni!

Zaynabman, yuragim udir,
Buloqlarim qonli suvdir,
Ollohim bir orzum shudir,
Qaytaring manga Shushamni!

Dilbar Haydarova tarjimasi