Oshiq Abbos Tufarganli (Aşıq Abbas Tufarqanlı) – XVI-XVII asrlarda yashab, ijod qilgan ozarbayjon shoiri. She’rlarida “Qul”, “Shikasta”, “Bekas” taxalluslaridan foydalangan. Oshiq Abbos Tufarganli Janubiy Ozarbayjonda yashagan. Uning nomi bilan bog‘liq “Abbos-Gulgaz” dostoni ham Ozarbayjon folklorining qiymatli asarlaridandir.
* * *
Ko‘ngil, Majnun kabi yoyil tog‘larga,
Egil, bu lolaning butog‘idan o‘p.
Parvonadek aylan yorning boshida,
Sochlarini sila, qobog‘idan o‘p.
Olib bo‘lmas ne najibning qizini,
Chekib bo‘lmas ishvasini, nozini,
U yuzini, bu yuzini, ko‘zini,
Tilidan, tishidan, dudog‘idan o‘p.
Jamoling ko‘rmoqqa oyna yaxshidir,
Barmog‘ingda yongan xino yaxshidir.
Man dedim: «O‘pmoqqa siyna yaxshidir».
Ko‘ngil ham yolvorar: «Bo‘qog‘idan o‘p!»
Bog‘chalar titrashar borga yetsin deb,
Olmadan, behidan, nordan yetsin deb,
Abbos yig‘lar erding yorga yetsin deb,
Tur, shohimardondan oyog‘ini o‘p.
Karim Bahriyev tarjimasi