Xolida Ilyos qizi Turonli (Xalidə İlyasqızı Turanlı) 1958 yili Ozarboyjonning Gabala shaharchasida tug‘ilgan. Shoira, Ozarbayjon yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oshiqlar birligi a’zosi. “Kapalak qanotlarida chirpangan yurak”, “Men nega yurakdan kula olmayman”, “Ko‘nglimning aytganlari” kitoblari chop etilgan. “Qizil qalam” mukofoti sohibasi.
SALOM OZARBAYJON ASKARI
Salom! Mahkam saqla xanjarni,
Salom!Orqani ol, oldindan! Salom!
Dushman yengan yurtingdan! Salom!
Zafar yurishidir bu!
Salom!
Nurga do‘nishingdir bu!
Salom!
G‘olib bo‘lgil, to‘nmas bo‘l!
Salom!
Qahramon bo‘l, o‘lmas bo‘l!
Salom!
Sanch bayroqni har yonga!
Salom!
Mujda Ozarbayjonga!!!
HAQQA KELDIK
Yig‘aman boshimga dunyoning g‘amin,
Tushdi kiprigimga gullarning nami,
Necha marta to‘ldi, mushnulning jomi,
Yordam bergin sen ham ilohim
Bilganlarni ko‘rdim, bari dard chekar,
Haqning yo‘llariga yaaqat mard chiqar,
Nomardning yukini yana mard chekar,
Yordam bergil unga sen ham ilohim.
Engilmasin yo Rab, mazlum va hoqon,
Nodonga boq, kunda to‘kur nohaq qon,
Uni ko‘tar olsin qasos, qonga qon!
Izn bergil quvonmoqqa, ilohim!
Ko‘payibdi yolg‘onchilar, yolg‘onlar,
Haqni sotib nohaq g‘olib bo‘lganlar,
Ortib borar nohaq askar tomonlar,
Bir yo‘l ko‘rsat, Haq yo‘lida ilohim.
Shukur, yaratgansan go‘zal dunyoni,
Unga ravo qilib go‘zal duoni,
Yashat, haq yo‘lida ko‘zlar quvonib.
Dilbar Haydarova tarjimasi