Xolida Nuroy (1962)

Xolida Nuroy (Xalidə Nuray) 1962 yilda Ozarboyjonning Naxchivon viloyatida dunyoga kelgan. Naxshivon davlat institutini bitirgan. “Xayollarning ko‘z yoshi”, “Ruhim sizlaydi”, “Yaproqlarning gunohi” nomli kitoblari chop etilgan.
2018 yildan “Ozod qalam” gazetasida muharrir bo‘lib ishlaydi. “Qizil qalam” mukofoti sohibasi. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.

OZARBAYJON BAYROG‘I

Dunyo larzaga kelsin uch birlikning rangidan,
Odingan tuproqlari begonaning changidan.
Zafar marshi chalinsin istiqlol ohangida,
Ol qo‘yningga birlashtir, parchalangan yerimni,
Ozarbayjon bayrog‘i!

Mustaqillik yo‘lida qurbon bo‘lar jonimiz,
Ol rangning tamalida qaynaydi Turk qonimiz,
Ilohiy islom sasi bilan bir har onimiz.
Tarixga shahid kabi dushmanga ol ko‘z tog‘i,
Ozarbayjon bayrog‘i!

Vatan qiblagohisan, abadiy har yerimiz,
Tongda tug‘ilgan quyosh, tongda orom yerimiz,
Ozodlik ovozidir, qon to‘kilgan yerimiz,
Tuganmas borlig‘im ol, yurtimning siyog‘i,
Ozarbayjon bayrog‘i!

Qizil shafaqlaringla oyat Turon zamini,
Bir o‘qilsin gimnimiz, qo‘riylik Turk tilimiz,
Ko‘kda chaqnagan chaqmoq,
Tangriga haq shu eldan,
Tug‘ilgan o‘choqlarda alishtiray chiroqni,
Ozarbayjon bayrog‘i!

G‘uborli yuraklarni bu orada sasla sen,
Sohilsiz ummonlarda,
Umidlarni boshla sen,
Burgut kabi qanot yoz, ol-alvon ko‘k qurshog‘i, cho‘qqilarni hushla sen,
Dolg‘alangan dengizdek, ol-alvon ko‘k qurshog‘i,
Ozarbayjon bayrog‘i!
Ozarbayjon bayrog‘i!

KUZNING QARG‘IShI

Kuz fasli boshlanar bu fazli xazon,
Yomg‘irning hasrati uni ovutmas,
To‘nini to‘kadi yilning sanog‘i,
Hijrop pichirlari uni ovutmas.

Ko‘kning yoqasida tovlanar bulut,
Qo‘llari ko‘zlarin silay boshlaydi.
Azobdan binodir kuzning chechagi,
Xazon chodiridan topar o‘zini.

Lachaklar sepilib oyoqlar oldda,
Iziga so‘ng vido naqshi tushib.
Ilohim, ne edi gulning gunohi,
Chekiga kuzakning qarg‘ishi tushdi.

Lachagin yuzidan sizilgan tomchi,
Ko‘rasan yomg‘irmi, yo‘qsa ko‘z yoshi…
Yuragi suymaydi kuz hikoyasin,
Gulni so‘ldirmoqqa sas berar qishi…

* * *

Umrimning xazon faslida,
Axtaraman yoshlik chog‘im.
Toleyimning shu aslida,
Unutganman tinchligimni.

O‘tgan umrim gul nafasi,
Saslarimdan sog‘inch ichar.
Ko‘zlarimning qorachig‘i,
Yo‘llarimga hasrat chekar.

Baxtning achchiq tabassumi,
Jondan to‘yar ko‘zlarimda.
Orzularim imillaydi,
G‘am naqshli so‘zlarimda.

Boylaganim panjaradan,
Ayriliqqa yo‘l solmisham.
Bu dunyoning g‘amlaridan,
Borgan sari bo‘g‘ilmisham.

Dilbar Haydarova tarjimasi