Tabriza Punxon (Təbrizə Pünhan) 1960 yil Astara rayonida tavallud topgan. Ozarbayjon chet tillar universitetida o‘qigan. Ingliz, frantsuz, rus, turk tillarini mukammal biladi. Shoiraning “Sevgimning unvoni”, “Bizni kechir ollohim”, “Dunyoni saf qildikmi biz” singari she’riy kitoblar muallifi. U Ozarbayjon media “Qizil qalam” mukofotining sovrindori. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi hamda “Oshiq pari injalari” majlisi a’zosi.
VATAN
Ko‘zimning nurisan, dilimning qo‘ri,
Aqlimsan, fikrimsan ey, jonim vatan.
Onamning kunisan, so‘zining qo‘ri,
To‘nmasin tomirda ol qonim vatan.
Dardimning da’vosi, ruhimning yodi,
Tinchligim, panoxim, boshimning toji,
Uzoqdan tuyaman dilim mehroji,
Dunyoda yagona, unvonim vatan.
Ota-bobolarim, avlodlarini,
Bolamning, nabiram, katta momomning,
Butun yetti avlod nasli-nasabim,
Jon olib, jon berar, makonim vatan.
Sanga sig‘inaman, san mani sevgin,
Dushmanga to‘ladir, boq so‘lu-sog‘ing,
Saning sog‘-salomat, tinch yashamog‘ing,
Xar zamon bo‘lgandir mezonim vatan.
Iloxiy qudratdan yo‘g‘rilolmagan,
Menga oltindayin har toshing ayon,
So‘nmas olovlarin dunyoga yoygan,
Dunyo tarixida dostonim vatan.
Sen menga bobomdan qolgan omonat,
Saqlashni bilmadim seni salomat,
O‘g‘il-qizlarimni qo‘ydim qiyomat,
Ularga qolibdi gumonim vatan.
O‘lsam ortimda ko‘zim qoladi,
Tog‘ingda toshingda izib qoladi,
Balki aytolganim so‘zim qoladi,
Ey mening shuxratim ham shonim vatan!
KO‘RARMAN
Dard bilan oromda bir jon bog‘i bor,
Har sevinch izida bir g‘am ko‘rarman.
Chechakni havasda ochgan chog‘i bor,
Uningda ko‘zida bir nam ko‘rarman.
Dunyoning sevinchi qorishib g‘amga,
Har kun o‘lim yetib kelar kundamga.
Insonni o‘ldirmoq osondir dema,
Hayotda naqadar bir sham ko‘rarman.
Endi siynalarda sevgi bog‘i yo‘q,
Majnunning sahroda g‘am o‘ylog‘i yo‘q.
Qizlarning Laylidek ko‘ksi dog‘i yo‘q,
Sevgining bir qadar o‘ktam ko‘raman.
Dunyoda to‘rt yondan oshar quloqlar,
Nish otir yurakda orzu tilaklar.
Orzuga ilashib yongan yuraklar,
Goh olov, qizdirar, tam, tam ko‘raman.
Insonda bo‘lmasa bir orzu havas,
Joningda kezdirar bir quruq nafas.
Qalbimning so‘zlari tilimda qafas,
Fikrning ko‘pini har dam ko‘raman.
DEYIShMADI
Avvaling bollidir, so‘nging bilinmas,
Sen dunyodan ketar oning bilinmas.
Hayrating she’ringda ikki yuzi bor,
Hayringga qanchadir joning bilinmas.
Insonni o‘zingga bog‘la, bog‘lama,
Diliga yaqin yur dog‘la, dog‘lama.
Fikring hayolingni aytaring yo‘qdir,
So‘zingni ichingda saqla, saqlama.
Yillar saf saflashib o‘tar yoningdan,
Har yil o‘z haqqini olar joningdan.
Jonini berganga jon bergan bo‘lmas,
Insonlar bo‘lsada to‘kma qoningdan.
Kunni tutib bo‘lmas, kun kelib ketar,
Goh sevinch keltirar, gohidi bir g‘am.
G‘amlarning ichida bir sevinch yotar,
Sevinch bor, kelishi taqdiri azal.
Insonni ichida ming bir dardi bor,
Dardin bir u bilur, birda to‘rt devor.
Zolim bor ichida bir qizni boshlar,
Mazlum bor ichida yotar (chanovor).
Million yillar ki, yo‘l bosar inson,
Yo‘li goh qiyindir, gohida oson.
Dunyoni tamoman bosdi-ku olchoq,
Hech so‘z demadilar tuyg‘ularingdan.
Yomonlik insoning umrini yerkan,
Do‘stik bor dunyodan yaxshilik kutgan.
Tabriza, dunyodan to ketmaguncha,
Yomonlik so‘zini doim unutgan.
XOTINLAR
Har qudratli bir kishining
Orqasida bir ayol bor,
Bu dunyoning gardishini,
O‘zagidir er-xotinlar.
Goh tog‘larda nochor bo‘lur,
Gohi otda shunqor bo‘lur.
Yotga yarashgan yor bo‘lur,
Ko‘rsatib hunar xotinlar.
Iskandardek hukmdorni,
Mot qilgandir aqillari.
Dorga tushsa o‘g‘illari,
Tomoshabin bo‘lar xotinlar.
Notavon, Hayrli, Mahsati,
Shoirlar aytmish nasihatin.
Mo‘mina xotin shuhrati,
Xalqqa keltirgan xotinlar.
Burla xotin, Bonu chechak,
Sora xotin aqli kundak.
Kiyinar arab zangidek,
Tovushi baland xotinlar.
Yo‘ldoshi tushsa zotiga,
Aylanar Mehrijon Xotinga.
Kirar jangning maydoniga,
Otini chopib xotinlar.
Uyining quyoshi, nuri,
Maqtov so‘z der u-da guli.
Shu dunyoning bor g‘ururi,
Boshiga qo‘ygan xotinlar.
* * *
Bir sevgi yonimdan o‘tdi yel kabi,
Butun borligimni oldi egallab.
Bir hasrat ko‘zimdan oqdi sel kabi,
Mani hasratimdan yondi saharlab.
Ko‘zlari ko‘zimda aks bo‘lib qoldi,
Olovi o‘zimni yondirib ketdi.
Bu boqish jonimni bir dardga soldi,
Oh kabi qalbimni sindirib ketdi.
Sha’ni isyon otli bir xayol edi,
Qalbimdan, ruhimdan, jonimdan kechdi.
Hasratda bukilgan bir visol edi,
Hasrati, sog‘inchi qonimdan kechdi.
Bu hasrat, bu hijron yondirar mani,
Man qaydan axtaray visol damini.
Bu ayb viqorimni sindirar mani,
Kim edi bilmayman hech kimligini.
VATAN FAXRI
Yana yigitlarim belanur qonga,
Yana shahidlarim kelur to‘rt yondan.
Boshingni tik tutgil shahid otasi,
San ham g‘urur-la boq u qahramonga.
Ona, ko‘zlaringda u yoshlar nadir,
Shahidlik maqomda uchgan qanotlar.
Tuproq vatan bo‘lmas, vatan bo‘lmasa,
Shahidlar vatanin muqaddas etar.
Dillarga otini yozdi shahidlar,
Ellarga qolgan u izdir shahidlar.
Nurli sabohlarga to‘g‘ri uzangan,
Yo‘llarga otini yozdi shahidlar.
Tog‘larning boshida yana bir tog‘dir,
Hamisha tirikdir, hamisha sog‘dir.
Vatan tuprog‘ida o‘qqa tutilgan,
Har vaqt ko‘kdagi ulug‘ bayroqdir.
Shahidlar vatanning faxri, g‘ururi,
Xalqning shuuridir, xalqning ko‘z nuri.
Shahid bolalarning qadamlarida,
Vatan odimlaydi zafarga to‘g‘ri.
KO‘NGLIM
San bilan yo‘llarda ko‘p charchaganmiz,
Ay, maning abirli, havoyi ko‘nglim.
Ko‘p so‘zu, ko‘z kabi biz qovrilganmiz,
Dunyoga sig‘magan baloli ko‘nglim.
Tanishsak, dardimiz chiqar yuzaga,
Qo‘rqaman, nodonlar tez tutar bizni.
Sovurib kechani kunduzimizga,
Zerikish bilmagan havoyi ko‘nglim.
Har zamon dardimga bo‘lasan o‘rtoq,
Ko‘p fikr-zikringni etmaysan ayon.
Ichingda jim yotar qirqinchi chatoq,
Ne zamon ochilar bu sirli ko‘nglim.
Aqlimga kelganlar boshimga kelar,
Boshimga tushganlar tushida kelar.
Ichimga oqqan yosh yoshingda kelar,
Hamisha qayg‘uli, davogar ko‘nglim.
To‘fonlar ichinda tanho kemasan,
O‘limlarga qarshi mening kimimsan.
Sevinchni o‘zidan oshirganmisan,
Komil bo‘l sevgisi baholi ko‘nglim.
KELIB KO‘RSANG ASTARANI
Kelib ko‘rsang Astarani,
Jannat sanarsanda ya’ni.
Ham tog‘i bor, ham oroli,
Hamda quchur keng Hazarni.
Tog‘larining toshi qorli,
Insonlari ko‘p viqorli.
Na yo‘qsildir, na da borli,
Ziynatidir elin tori.
Issiq suvi jon madori,
Tirilur har xasta joni.
Azroil yozsa farmonin,
Unda uzib olar korin.
Ko‘l tubidan binafshalar,
Suv yuzida rohatlanar.
Har tarafni gullar bezar,
Nari tuting och nazarni.
Limon, naringi, teyxao,
Aylanadi yolg‘on munchoqlar.
Qo‘ling tegsa bir butoqqa,
Urar arining lashkari.
Chaylar bosibdir bag‘rina,
Qo‘rqur bir da qalbi sina.
Bu joydagi yarasina,
U tay yomon boqur bormi.
Yoydan sarin kengliklari,
Bargli, bahrli bog‘lari.
Muzdek shirin buloqlari,
Unutdirar dardlaringni.
Og‘och demas, yo‘qdir toti,
Otash bo‘lib yonur suvi.
Unutmassan umring bo‘yi,
Bir kech ko‘rsang sen bu yerni.
Baland tog‘lar, tik maysalar,
Ravoch yegan qo‘zilarim.
Tabrizaga mehmon kelar,
Mehmonning eng mo‘tabari.
DARDIM TUMAN BO‘LIB TOG‘I KO‘RINMAS
Yana asir bo‘ldim, muhabbatingga,
Bog‘langan ko‘ngilning bog‘i ko‘rikmas,
Hayotim tushganda dara,
Qorayar dunyoyim, oqi ko‘rinmas.
Na yomon otibsan mani kamonda?
O‘tib yo‘q bo‘laman tumanda, changda,
Ravo ko‘rolmayman o‘zimni sanda,
Yo‘limning hech so‘li, sog‘i ko‘rinmas.
Yupata bilmadim o‘zimni o‘zim,
Ko‘zim ko‘zlaringdan boqar ko‘zima,
Qiziqib, bo‘ylanib boqsam izima,
Yoshimning sira ham sog‘i ko‘rinmas.
Bo‘lsada hayotim oqli-qorali,
Bir nafas qolmading mendan orali,
Saning qo‘llaringga tushsam yarali,
Yorilmas yaramning tagi ko‘rinmas.
Dardimning do‘llari yorsa boshima,
Qirrali tog‘larim chiqsa qarshimga,
Darhol sen kelasan mening esimga,
Dardim tuman bo‘lib tog‘i ko‘rinmas.
IKKI BOShLI AJDAHOMAN
G‘amlar dengiziman bu kichik jonim,
Unutma, ruhlardan yo‘g‘rilib honim,
Qonimda na qadar shahid qoni bor,
Otashsiz, olovsiz na qadar yonim?
Bilaman dunyoga xordan kelmisham,
Men samoviy o‘zdan, nurdan kelmisham,
Qiyomat kunini xabardor etgan,
Isrofil cholg‘uvchi surdan kelmisham.
Dunyoga ot bergan Avestoman man,
Sharbatli suv kabi oqar soyman man,
Ikkiga bo‘linib parchalansam ham,
O‘lmas ikki boshli ajdahoyam man.
Qanqaning suvidan ichib kelmisham,
Gajladan, Firotdan kechib kelmisham,
Nahang saltanatlar, savlatlarimla,
Bu go‘zal makonni sezib kelmisham.
Aslimga, suvimga bo‘lgan bir onliq,
Qo‘rquvdan kalima manga uzonliq,
Ko‘r o‘g‘li sozila, suxbatlarimla,
Misr qilichi-la bo‘ldi dostonliq.
Butun asrlarga maydon o‘qigan,
So‘zi qofiyalik so‘z-so‘z to‘qigan,
Nizomi, Fuzuli, Essar o‘lmisham,
Manam bu dunyoni motlar qilmisham.
Ham shoxam, ham shoir Xatoiyam man,
Jaxonga sig‘magan Nasimiyam man,
Uzeyir, Jabborli, Jalil, Sobirman,
Xon qizi Notavon, Mexsetiyam man.
Javidam, Mushfiqman, Xalil Rizoyam,
O‘lmas shoirlarman, u toy, bu toyman,
Uchrangli bayrog‘i shamolda uchgan,
Samoni bezagan yulduzman, oyman.
Doim qatlanaman har aziyatga,
Dohiylar beraman bashariyatga,
Hudud tanimagan mahabbatimla,
Men quchoq ochmisham har kun millatga.
Qo‘rqaman tarixing manzarasidan,
Jonimni talashgan ko‘r ginasidan,
O‘lmaslar o‘tirgan bu mamlakatim,
Birga ming yetkazar har donasidan.
Dilafro‘z Akram qizi tarjimasi