Sohib Ibrohimli (1952)

Sohib Ibrohimli (Sahib İbrahimli) – Oxundov Sohib Ibrohim o‘g‘li – 1952 yil 17 aprelda Ganja shahrida tug‘ilgan. Ganja davlat universitetining filologiya fayeultetini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, adabiyotshunos olim. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosidir.

OZARBAYJON

Sani yaraladi har otilgan o‘q,
Ko‘p edi otingga, tilingga taqiq.
Valloh, gunoh bo‘lmas, “Bismillohi” yo‘q,
“Ozarbayjon” deya so‘zni boshlamoq.

Senda tug‘ilgandir, azamat g‘urur,
Qilichda yozgansan o‘z unvoningni.
Savlati bo‘lmagan neftingni so‘rur,
G‘ayrati bo‘lmagan shahid qonini.

Qo‘y, deyman o‘tingda ko‘p yondimki cho‘g‘,
Bu o‘t toleyimga ishqu-nur yoydi.
O‘tlar o‘lkasisan, qay o‘lkasi yo‘q,
Sanga qo‘l uzatgan o‘tda o‘ynaydi.

Siynamga otini naqsh etar hayot,
Dema, bu na sas-kuy, na sas ovozdir,
Sani a’lo bilib quchgandi hayot,
Qo‘li kesilmasa, sandan kechmasdi.

Bir ko‘zim Gangidir, biri shikasta,
Tuyding og‘rig‘ini qora yellarning.
Oraz-imzosidir ko‘ksing ustida,
Sanga tole yozgan yoddagilaring.

G‘urbat bo‘larmishsan mendan u yuzga,
Bog‘ qildik zog‘ yedi mevalarini.
Tanho yuragimni berdim Tabrizga,
Saqladim jonimda og‘riqlarini.

Tovushing qoyadir, toshi dunyoning,
Bag‘ri gullar kabi o‘yiq-o‘yiqdir.
Qayerda g‘alabang yo‘q esa saning,
U yerda Xatoiy qilichi yo‘qdir.

Quyosh bu dunyoda ko‘z ochgan kabi,
Egilib yuzingdan o‘par har bahor.
Tangrining muqaddas Qur’oni kabi,
Sani o‘z bag‘riga bosibdi Hazor.

Ozarbayjon!.. Qurbon bo‘laman Vatan,
O‘g‘il qurbon bo‘lar, yo‘q o‘g‘il o‘lmas.
Ko‘tar oy, yulduzli bafrog‘ini san,
Dunyo oy, yulduzsiz yashaya olmas.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi