Salom Sarvon (1966)

Salom Sarvon (Salam Eliağaoğlu Novruzov) 1966 yilda tug‘ilgan. “Senga aytilgan so‘z – senga atalmagan” va “Yo‘lni kutib ol” deb nomlangan ikkita she’riy to‘plam muallifi. Zamonaviy she’riyatning yorqin vakillaridan biri.

BIR DAQIQA SUKUT: KUNDALIK PARChALARI

* * *

Qo‘y, kuyinma, kurrai zamin,
Allaqachon sotilgan taning.
Sen o‘lik ustunlar diyori…
Sen endi devorlar vatani.

* * *

Bu uchar kunlardan bittasin tanla,
Yashash va o‘lishga bittasi yetar.
Kan’yuktura Alfonsi kabi
O‘ynashmagil kunma-kun bilan
Bir kunni tanla
G‘ussadan forig‘ bo‘lmoq uchun.

* * *

Sen haqdagi o‘ylarimning izidan
Tinmay yuraverib xonamda tun-kun
Bir yo‘lak yasabman polning ustida.
Velosiped haydamoqda bu yo‘lda o‘g‘lim.

* * *

Hamma tirik va sog‘lom. Xudoga shukur.
Ammo to‘yib yig‘lagim kelar…
Boisin bilmayman.

* * *

Bizga inqiloblar kerakmas, yetar.
Xalqni uyg‘otish —
Unga uyqu bermaslik degani emas…

* * *

Xonim, uchayotgan guruh ichidan
Faqatgina sizga topilmadi joy…
Dunyoda o‘zimga qarashli bo‘lgan
Bir joyni men sizga beraman faqat,
Iltimos, o‘tiring.

Ruschadan Eshqobil Shukur tarjimasi.