Rizvon Ja’farli 1974 yili Ozarboyjonning Qodirbeyli tumanida tug‘ilgan. “Vatan menda yashaydi”, “G‘urbatdan kelgan sas” nomli kitoblari chop etilgan.
QURBON BO‘LAMAN
Sayra bulbul shirin-shirin,
Ovozingga qurbon bo‘lay.
Sen savganing chechaklarning,
Injasiga qurbon bo‘lay.
San sayrading, bahor keldi,
Qishdan qolgan kunlar tindi,
Yuragingdan oh yuksaldi,
Nolishingga qurbon bo‘lay.
Sayra bulbul, har on sayra,
Manim kabi yonib, sayra,
Xuddi kuyday chandon o‘qi,
Nafasingga qurbon bo‘lay.
Tabiatning qo‘ynidasan,
Bir butog‘ning bo‘ynidasan,
San go‘zallik ichindasan,
Safosiga qurbon bo‘lay.
Man vatanda g‘aribdurman,
San gullardan g‘aribdursan.
Men sendurman, sen mendursan,
Shunday holga qurbon bo‘lay.
Rizvon, ko‘pdir nohaq ishlar,
Zulmlarga yamoq ishlar,
Qalbga og‘ir uzoq ishlar,
Kelmasin deb qurbon bo‘lay!
KEChIR MANI
Yana Navro‘z keldi, nastarin gulim,
Qalbingni og‘ritdim, kechirgil mani.
Yuragingdan chiqqan kinni-g‘azabni,
Qafasiga tushdim, kechirgil mani.
San mandan kechursan, man kimdan kechay,
Ko‘p zamon yo‘lingga termulgan ko‘zim.
G‘ussa ichidagi kecha-kunduzim,
Baxtimdan kechibman, kechirgil mani.
Bog‘lama, boshingga qora ro‘moling,
Oshig‘ing dardida surma hayoling,
Tog‘larda kezganda nargiz bayonim,
Qaddingni egibman, kechirgil mani.
* * *
Bu kecha yotmadim osmonga boqdim,
Bu kecha saharning ichiga oqdim.
Hayolan kezdim men butun dunyoni,
Necha tog‘lar oshdim, cho‘qqilar oshdim.
Bu kecha yotmadim, bildingmi nega,
Saning hayolingla suhbat qurganim.
Bu kecha o‘zimni tanho qo‘yganim,
Hayol ichra bilmam qayga ketardim.
Bu kecha man sani tushimda ko‘rdim,
Ko‘rdim bir buloqdan suv ichganingni.
Chashmaga kelgandim suv ichmoq uchun,
Hovuchingda menga suv tutganingni.
Bu kecha kezardik soy qirg‘og‘ida,
Soyning shovullashi hazin bir nag‘ma,
Na san to‘xtar eding na man tinardim,
Aytolmay turardik, bir so‘z- kalima.
Bu kecha tog‘larga chiqqandik birga,
Sen uchun turardim nargiz, binafsha.
Bir sen va men edim, samo va yerda,
Ikkimiz o‘xshardik samoda qushga.
Bu kecha yotmadim, osmonga boqdim,
Saning hayolingla suhba etardim.
Saning hayoling ham chirofli gulim,
Bu kecha dunyoda eng baxtli edim…
Dilbar Haydarova tarjimasi