Rafiqa Abbosova (1954)

Rafiqa Abbosova (Rəfiqə Abbasova) 1954 yil Ozarbayjonning Shamkir rayoni Chinorli qasabasida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1972 yilda Mikayil Mushfiq nomli o‘rta maktabni, 1978 yilda N. Narimonov nomli Ozarbayjon davlat tibbiyot institutini tugatgan. Kasbi shifokor bo‘lsa ham vaqtli matbuotda, gazeta, jurnallarda uning she’r va publitsistik maqolalari chop etib kelinadi.
O‘nlab she’riy kitoblarning muallifi, “Qizil qalam” mukofoti laureati. Shoira qator xalqaro mukofotlar sovrindoridir. Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.

QORABOG‘—OZARBAYJON

Jangovar turk xalqidir,
Azal-azal otimiz.
Dunyolarda balqidik,
Yaxshilikni yodimiz.

Tilimda bir щaqiqat,
Qorabog‘-Ozarbayjon.
Yarangga malщam vatan,
Qoni oqqan necha jon.

G‘ururlangan yerimdir,
Dolg‘alangan bayroqlar.
Xari bulbul o‘stirar,
Ozod bo‘lgan tuproqlar.

Osmonda parvoz etgan,
Bayroqlar boshda tojim.
Vatan deya hayqirar,
Turk qardoshim, turk bojim.

To‘kilsin og‘riqlar im,
Siynasiga yog‘iling.
Bayroqlarim bezaydi,
Tun-kun baland tog‘imning.

DEYIN

So‘raganing na bor, na yo‘q,
Ko‘pi qolib, ozdan deyin.
Kelishini sezmaganim,
Tuymaganim, yozdan deyin.

Ko‘llarda so‘nadan yo‘q,
Go‘zallarning nozin deyin.
Jo‘shganlari ummon bo‘lgan,
Torday deyin, sozdan deyin.

Subh zamoni ko‘k yuzida,
Porlagan yulduzmi deyin.
Orzularim ko‘lkasida,
Umri o‘tgan qizday deyin.

Kechalarning zulmatini,
Quchoqlagan ko‘zdan deyin,
Dil dudog‘ini sinagan,
Durdonasi so‘zday deyin.

Dunyoning g‘am-g‘ussasiga,
Kulib turgan yuzdan deyin.
Ciyinleri tayoq berib,
Dirillagan qizdan deyin.

Egri bilan ishim yo‘qdir,
Chap o‘tirib, o‘ngdan deyin,
Jon uyimning bor bezagi,
Sof odamlar sizdan deyin.

* * *

Eng so‘nggi umidim, tark etding nega,
Uzding qo‘llaringni, qo‘limdan ketding.
Ko‘klarga qorishgan tog‘ qori kabi,
Tushib burilganda sellarga yetding.

Shonli kunlarimdan sandan yodigor,
Bilasan qanchalar xotira qolgan.
Bag‘ri chatnayotgan xotiralar dor,
Sansizlik g‘alaba bongini chalgan.

Toqatim yetmaydi sansiz telbaman,
San eding quvonchim, ko‘ngli obodim.
Men senman, ichingda yongan shu’laman,
Yanog‘imda yoshlar izi, sog‘inch dodiman.

Kutmagan mehmonday chertding eshikni,
Endi yana yuzga yopib ketarsan.
So‘ndirib yuzimda tabassumlarni,
Boshqa bir yurakka shoshib yetarsan.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi