Mustafoyeva Parvona Hoji qizi (Pərvanə Zəngəzurlu) 1958 yilda Armanistonning Qafan rayonida tavallud topgan.
U Oshiq Pari majlisining rahbaridir. 10 dan ortiq kitoblari chop etilgan. Ozarbayjon yozuvchilar birligi va Oshiqlar birligining a’zosi. ”Qizil qalam” va “Xon qizi”, ”Notavon” mukofotlari, ”Oshiq Aliaskar-200” nishoni sovrindori.
DARDIMNING DARMONI TOG‘LARDA QOLMISh
Ruhim xastalanib chora topmadim,
Dardimning darmoni tog‘larda qolmish…
Manga tinchlik bermas xotiralarim,
Xayol o‘sha zamon, vaqtlarda qolmish…
Bulbul uchsa gul sarg‘arib, so‘larmish,
Jon sog‘ bo‘lsa, ruh ham sog‘lom bo‘larmish,
Ilohiy na go‘zal kunlarim bormish,
Hammasi u shirin chog‘larda qolmish.
Qancha vaqtki tinchlik, orom topmadim,
Tushlarimda u yerlarga yetmadim,
Hasratimni biror on ham otmadim,
So‘lg‘in gul-chechagim bog‘larda qoldi,
Dardimning darmoni tog‘larda qoldi.
YoN YaNA BIR OZ
Vatanni sevmagan bil yona bilmas,
Ha sen unga aytgil, yonda yon bir oz.
Bu qadar mushkulni yig‘ib qalbingga,
O‘zingni kul etma, yonda yon bir oz.
Nomard kas baqirsa u talar mani,
Isitmas g‘urbatda odalar mani.
Kel, bunday boqmagil o‘t oar mani,
Agar yonar esang, yonda yon bir oz.
Tog‘larim mengzasam, bo‘lar bu toqqa,
Sor qo‘nibdi bulbul qo‘ngan butoqqa.
Zolim falak alishmayman bu toqqa,
Kel, men bechoraday, yon da yon bir oz.
* * *
Dunyodan xabarim yo‘qdir, kel, dema,
Ko‘p ishdan xabarsiz bo‘lsang yaxshiydi.
Yolg‘on-yashiqlarga to‘la dunyoning,
Bir yaxshi kunjinda qolsang yaxshiydi.
Shuncha ko‘p boricha jirkanchga botgan,
Qilgan gunohini bo‘ynidan otgan,
Qay yo‘l ko‘rsatadi vijdonin sotgan,
Aqlni o‘zingdan olsang yaxshiydi.
Azmi-qaroridan to‘rva tikkanlar,
So‘zini havoga to‘kadiganlar?
Qolsin, haromni yeb og‘riq chekkanlar,
Aslida ochidan o‘lgan yaxshiydi.
Saodat, ko‘rq ancha tushur davolar,
Xiyonat izzatda, uchar sabolar,
Yana ko‘klar uzra yangi havolar,
O‘z ko‘hna navoni chalsang yaxshiydi.
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi